» ZF-UZ-VAC2001″ vaksinasidan keyin antitanachalar qancha vaqt saqlanib qoladi?

Innovasiya vazirligida ZF-UZ-VAC2001 o`zbek-xitoy vaksinasi bilan bog`liq shu va boshqa savollarga javob berildi.

Homilador ayollarni emlash mumkinmi?  

— Yo`q. Buning sababi, vaksinaning homilador ayollarga ta`siri klinik sinovlarda o`rganilmagan. Shuning uchun, emlashning oxirgi dozasidan keyin 3-6 oy ichida homiladorlikni rejalashtirmaslik tavsiya etiladi.

Antitanachalar qancha muddat saqlanib qoladi?

— Butun dunyoda bo`lgani kabi, ushbu mavzu bo`yicha tadqiqotlar davom etmoqda. Antitanachalar 1 yildan 2 yilgacha saqlanib qoladi deb taxmin qilinmoqda.

Emlashdan keyin kasallanish holatlari bo`lganmi?  

-O`zbekistonda antitanachalar ishlab chiqilganidan keyin, ya`ni uchinchi doza bilan emlangandan 20-25 kun o`tgach, kasallikka chalinish holatlari ro`yxatga olinmagan.

Vaksina yangi shtammlardan himoya qiladimi?  

— Tadqiqotlarga ko`ra, ZF-UZ-VAC2001 Braziliya, Britaniya, Janubiy Afrika, Hindiston va yaqinda aniqlangan Kaliforniya shtammlaridan himoya qilishi mumkin.

Ushbu vaksina bilan O`zbekiston va Xitoyda qancha odam emlangan?  

— 9 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda 3,2 milliondan ortiq dozadan foydalanilgan, Xitoyda esa 90 milliondan ortiq odam ushbu vaksinani olgan.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya