ZEINALOV haqida
ZEINALOV
Mundarija
скрыть
ZEINALOV Jahongir Rizo oʻgʻli (1865 — Boku — 1918. 4. 11) — ozarbayjon aktyori. Milliy teatr asoschilaridan. Ijodini 1885-y. dan boshlagan. Hajviy va xarakterli rollar ustasi sifatida tanilgan. Uning ijrosi inson xis-tuygʻularini ifoda etishda chuqur psixologik tahlili, badiiy jihatdan sodda va samimiyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Vazir («Lenkoran xonligining vaziri»), Hoji Samad («Baxtsiz yigit»), Hoji Qambar («Yomgʻirdan qochib, jalaga tutildi»), Shamdanbek («Shamdanbek»), Keksa Moor («Qaroqchilar») va b. 3. H. Arablinskiy, Ruxullo Sidqiy kabi dramatik sanʼat asoschilarining ustozi.
Ensiklopediya.uz
ZEINALOV