Zaytunning shifobaxshligi

Zaytunning shifobaxshligi

Zaytunning shifobaxshligi

DO`STLARGA ULASHING:

Keyingi yillardagi tadqiqotlar zaytun mevasi nafaqat yoqimli taom, balki yaxshi sog’lik manbai ham ekanligini aniqladi. Zaytun mevasiga qo’shimcha ravishda, zaytun moyi ham muhim ozuqa manbaidir. Uning sog’likka keltiradigan foydalari quyidagicha umumlashtirilishi mumkin:
5aad244d496fdf3191cee15b28096b69
Yurak tomirlari va arterial sog’lik uchun foydalari
Zaytun mevasi va zaytun moyidagi ayrim yog’ kislotalari mono-to’yinmagan hisoblanadi. Mono to’yinmagan yog’ kislotalari tarkibida xolesterin bo’lmaydi. Shu sababli zaytun moyi xolesterin miqdorini oshirmaydi, balki uni nazorat ostida saqlab turadi. Zaytun moyi tarkibida inson tanasi uchun muhim bo’lgan omega-6 linoleik kislotasi ham mavjud. Mana shu xususiyati tufayli sog’lik muammolari bilan shug’ullanuvchi (Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti kabi) tashkilotlar aholisi arteriya qon tomirlari aterosklerozi va qandli diabet kasalligi bilan ko’p og’rigan davlatlarda iste’mol qilinadigan yog’ kislotalarning kamida 30% omega-6 dan iborat bo’lishi kerakligini tavsiya qiladi. Bu zaytunning ahamiyatini yanada ko’proq oshiradi.

Bu sohada olib borilgan izlanipshar bir hafta davomida kuniga 25 millilitr (taxminan ikki choy qoshiq) tabiiy zaytun moyi iste’mol qilgan odamlarda kam miqdorda zichligi kichik lipo-protein (yomon xolesterin) va ko’p miqdorda antioksidlovchi mavjud bo’lishini aniqladi. Antioksidlovchilar tanadagi erkin radikallar deb nomlanadigan zararli moddalarni neytrallash va hujayra buzilishining oldini olishi sababli juda muhimdir. Ko’plab izlanishlarda yana shu narsa aniqlandiki, zaytun moyini iste’mol qilish xolesterin miqdorini kamaytiradi va yurak kasalligining oldini oladi.

Zaytun moyi qon oqimidagi zararli xolesterin (zichligi kichik lipoprotein) miqdorini kamaytirishi va foydali xolesterin (zichligi yuqori lipoprotein) miqdorini ko’paytirishi bois u yurak hamda arteriya qon tomir kasalliklari bilan og’riydigan bemorlarga ham tavsiya etiladi. Yurak va arteriya qon tomir kasalliklari ko’p uchraydigan mamlakatlarda odatda yuqori xolesterin tarkibli to’yingan yog’lar iste’mol qilinadi.

Bundan tashqari, zaytun moyi omega-6 ning omega-3 ga bo’lgan nisbatiga zarar yetkazmaydi. Omega-3 va omega-6 larning tanada muayyan miqdorda bo’lishi juda muhim, chunki bularning nisbatidagi har qanday nomutanosibliklar ko’pgina kasalliklar, ayniqsa, yurak, immun tizimi va saraton kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Shu sabablar tufayli ko’pchilik odamlar zaytun moyi sharofati bilan o’z salomatliklarini yaxshi ahvolda saqlab turishadi. Amerika Yurak salomatligi assotsiatsiyasi yurak xastaligi xavfini kamaytirish uchun ko’p miqdordagi mono-to’yinmagan yog’lar 30% gacha yog’i kamaytirilgan taomga muqobil bo’lishi mumkinligini ta’kidlaydi.

Saraton kasalligining oldini olishi
«The Archives of Internal Medicine» (Ichki tibbiyot arxivlari) nomli nashrda chop etilgan bir izlanish ko’p miqdorda monoto’yinmagan yog’ iste’mol qiladigan ayollarda ko’krak saratonining kamroq rivojlanish xavfi tug’ilishi haqida yozadi. Buffalo universiteti hamda Nyu-York Davlat universiteti olimlari tomonidan olib borilgan boshqa bir izlanish esa zaytun moyi kabi o’simlik moylarida topiladigan yog’, ya’ni b-sitosterol, prostatada saraton hujayralari paydo bo’lishining oldini olishda yordam berishini isbotladi. Tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdiki, b-sitosterol hujayralar bo’linishiga buyruq beradigan hujayraning ichki aloqa tizimini kuchaytiradi va shu yo’sinda hujayra bo’linishi boshqarib bo’lmas darajaga yetmasdan saraton kasalligining oldi olinishi mumkin. Oksford universitetida shifokorlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqot zaytun moyi ichak saratoniga qarshi himoyaviy ta’sirga ega ekanligini ko’rsatdi. Shifokorlar zaytun moyi ichak saratoni boshlanishining oldini olish uchun oshqozon kislotasi bilan reaksiyaga kirishishini aniqladilar. Oksford universiteti tadqiqotchilari yana shu narsani aniqlashdiki, zaytun moyi safro miqdorini kamaytirib, diamin fermenti oksidazasining miqdorini ko’paytiradi va shu tariqa organizmni nonormal hujayra o’sishi hamda saratondan himoya qiladi.

Artritning oldini olishi
Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, ko’p miqdorda zaytun moyi va pishirilgan sabzavot iste’mol qiladigan odamlarda revmatik poliartrit, bo’g’imlarning surunkali yallig’lanishi kasalligiga chalinish xavfi kam bo’lar ekan.

Zaytun moyi va suyaklar 
Zaytun moyi tarkibida mavjud bo’lgan E, A, B, D va K vitaminlari kattalar va bolalarda suyaklarning o’sib rivojlanishiga yordam berishi va kaltsiy miqdorini barqarorlashtirish orqali suyaklarni mustahkamlashi nuqtai nazaridan ayniqsa ahamiyatlidir. Ular oson hazm bo’lishi va o’z minerallari orqali tanada vitaminlarning ishlatilishiga yordam berishi tufayli yoshi kattalarga ham tavsiya etiladi. U suyakning minerallanishini ko’paytirish orqali kaltsiy yo’qolishining oldini ham oladi. Suyaklar organizmning mineral struktura ombori hisoblanadi. Suyaklarda mineral moddalar to’planishining yo’qolishi suyakning mo’rtlashishi kabi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Zaytun moyi bu masalada eng foydali ta’sirga egadir.

Qarishning oldini olishi
Zaytun moyi tarkibidagi vitaminlar hujayrani yangilash xususiyatiga egaligi sababli ular qariyalarni davolashda hamda terini oziqlantirish va himoya qilishda ham ishlatiladi. Oziq-ovqatlar tanamizda energiyaga aylanishi sababli oksidlovchi deb nomlanadigan ma’lum moddalar hosil bo’ladi. Zaytun moyining tarkibida uchraydigan ko’p miqdordagi antioksidlovchilar zararli moddalar keltiradigan ziyonning oldini oladi, bizning hujayralarimizni yangilaydi va to’qima hamda organlarning qarishini keyinga suradi. Zaytun moyi E vitaminiga ham boy bo’lib, bu vitamin tanamizdagi hujayralarni nobud qiluvchi va qarishga sabab bo’luvchi erkin radikallarni yo’qotadi.

Bola rivojlanishiga qo’shadigan hissasi
Zaytun mevasi va zaytun moyida mavjud linoleik kislota (omega-6 yog’ kislotasi) tufayli ular yangi tug’ilgan chaqaloq hamda o’sayotgan bolalar uchun sog’lom ozuqa hisoblanadi. Linoleik kislotaning yetishmasligi bolalikda o’sishdan orqaga qolishga va turli teri kasalliklarining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.

Zaytun moyi tarkibida tanamizdagi zararli moddalarning halokatli ta’siridan himoya qila oladigan antioksidlovchi elementlar va inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega yog’ kislotalari mavjud. Bular tanadagi gormonlarga quvvat bo’ladi va hujayra membranasining shakllanishiga yordam beradi.

Zaytun moyi ona sutidagi kabi muvozanatlashgan polito’yinmagan tarkibga ega. Zaytun moyi inson tanasidan olib bo’lmaydigan yog’ kislotalarning yetarli manbai bo’lganligi sababli bola tanasi uchun katta ahamiyatga ega. Bu omillar zaytun moyining yangi tug’ilgan bolalar uchun juda muhimligini ko’rsatadi.

Bola miyasi va asab sistemasining tabiiy rivojlanishiga o’z hissasini qo’shishi bois, zaytun moyi mutaxassislar tomonidan homilador ayollar va onalarga iste’mol kilish uchun tavsiya etiladigan yagona moydir. Zaytun moyi tarkibida ona sutidagiga teng miqdorda linoleik kislota mavjud. Yog’siz sigir sutiga zaytun moyi qo’shilganda, u ona sutiga tenglashib, tabiiy ozuqa manbaiga aylanadi.

Qon bosimini tushirishi
2000 yil 27 martda «The Archives of Internal Medicine » (Ichki tibbiyot arxivlari) nashrida chop etilgan bir izlanish yana bir bor zaytun moyining yuqori qon bosimiga nisbatan foydali ta’siriga urg’u beradi. Yuqori qon bosimini tushirish uchun ishlatiladigan dorilar zaytun barglaridan ham tayyorlanadi.

Ichki a’zolar uchun foydasi
Zaytun moyi issiq yoki sovuq holda iste’mol qilinishidan qat’i nazar, oshqozon kislotasi miqdorini kamaytirish orqali oshqozonni gastrit va yaralar kabi kasalliklardan himoya qiladi. Shuningdek, o’tni harakatga keltirib, uning faoliyatini yaxshi-laydi. U o’t pufagidan chiqadigan suyuqlikni tartibga soladi va o’t pufagida tosh paydo bo’lish xavfini kamaytiradi. Zaytun moyining tarkibida xlorid mavjud bo’lib, u jigar faoliyatiga yordam beradi va shu tariqa ortiqcha mahsulotlarni tanadan yo’qotishga ko’maklashadi. U miya arteriyalariga ham foydali ta’sir ko’rsatadi.
d309fc42 7fc3 4511 9e16 9c70aec2fd21
Bugungi kunda ko’pchilik olimlar zaytun moyiga asoslangan ovqatlanish tartibi ideal ozuqaviy modelni tashkil etadi, deb hisoblashadi. Bunday fazilatga ega zaytun mevasi va zaytun moyi har bir kishining kundalik ovqatlanish dasturidagi har bir taomning asosiy tarkibiy qismi bo’lishi kerak.

Manba: Forum.ziyouz.com

Zaytunning shifobaxshligi