Zaytun yog’ining shifobaxshligi to’liq malumot oling
Zaytun mevasida (ekzokarpida) 56 % gacha moy , glikozidlar , oqsil , vitaminlar bor . O’simlikning barglarida esa efir moylari , alkaloidlar , organik kislotalar , fitosterinlar vitamin C va oshlovchi moddalar mavjud . Xalq tabobatida zaytun qadimdan qo’llanilib kelinadi . Zaytunning shifobaxshligi Ibn Sino «Tib qonunlari » kitobining 2- tomida (236 ko’rsatkich maqolasi ) shunday deyilgan : «… Yovvoyi zaytun shirasi quritilib, kulcha qilinadi va quloq oqmasini davolashda ishlatiladi … Chayon solib qo’yilgan zaytun yog’i quloq og’rig’iga tomiziladigan dorilarning eng qimmatlisidir … Yelimi ko’zga tushgan oq va mazguz qatlamining dag’allanishiga qarshi ishlatiladi». Zaytun moyi bilan qilinadigan tashqi muolajada quymich nervlarining yallig’lanishiga , niqriz (podagra) va istisqo (vodyanka) ga yengillik beradi . Zaytunni gazak o’ti bilan qaynatib iste`mol qilinsa , ichakning burab og’rishi to’xtaydi , gijjalardan xalos bo’linadi . Zaytun moyidan ilmiy medetsinada ham keng foydalanilmoqda . O’t qopchasida tosh bo’lsa 100-200 g dan , yengil surgi sifatida esa 15-50 g dan ichish tavsiya qilinadi . Zaytun moyining a`lo navlari emulsiya holida buyrak va qovuqqa tosh kelganida iste`mol qilinadi . Uning moyidan maz va malhamlar tayyorlashda ishlatiladi. Zaytun moyi tarkibida 80 % olein , 10 % palmitin , 5-8 % stearin , limol , araxin va boshqa kislotalarning glisiridlari bo’ladi . Rangli va ingichga bo’g’izli shisha idishlarda , og’zi zich yopilgan holda saqlanishi lozim . Aks holda uning tarkibidagi kislotalar o’zgarib , shifobaxshlik xususiyatlarini yo’qotishi mumkin . Zaytunning 500 ga yaqin navlari bor . Ular asosan 2 gruppaga : konservabop hamda moy beruvchilarga bo’linadi . Konservabop zaytun mevalari odatda yirik , danagi mayda , yumshoq qismida 30-50 % (quruq holida) , moy beruvchi zaytun navlarining tarkibida 50-70% moy bo’lishi mumkin . Zaytunning quyidagi navlari bizning vatanimizda yetishtiriladi : Ozarbayjon zaytuni, Baku zaytuni , Otur , Revolutsiya-25 , Krimskaya-172, Nikitin .

shifo.uz/article/zaytun-yog-ining-shifobaxshligi
Foydali Maslahatlar
Zaytun yog’ining shifobaxshligi
Related Posts