Zaytun yog’i — foydasi, zararlari, tibbiy va kosmetologik ko’rsatmalar, tanlash qoidalari

Zaytun yog’i — foydasi, zararlari, tibbiy va kosmetologik ko’rsatmalar, tanlash qoidalari

Zaytun moyi (yog’i) — Yevropa zaytuni (lot. Olea europaea) o’simligidan oliandigan o’simlik moyi. Yog’li kislota tarkibi bo’yicha olein kislotasi efirlari yuqori bo’lgan yog’ kislotalari triglitseridlari aralashmasini taqdim etadi. To’q-sariqdan sarg’ish-yashilgacha rangga va yengil achqimtir ta’mga ega.

svg%3Ezaytun yog'i haqida ma'lumot

Zaytun yog’i foydasi eng ko’p bo’lgan mahsulotlardan biri sifatida qadimdan mashhur. Undan tibbiyot, dietologiya va kosmetologiya sohasida faol foydalanilmoqda.

Zaytun mevasi mikroelementlarga qanchalik boy ekanini hatto tasavvur ham qilmagan qadimgi yunonlar va misrliklar zaytunning noyob xususiyatlarini qadrlashgan va zaytun daraxtini ilohiy kelib chiqishiga ega deb hisoblashgan.

Xo’sh, keling, afsonaviy qadimgi shoir Gomer tomonidan «suyuq oltin» deb nomlangan zaytun yog’i foydasi nimada ekanligini tushunishga harakat qilaylik.

Zaytun moyining tarixi

Zaytunning kelib chiqishi, foydali xususiyatlari bilan mashhur bo’lgan boshqa mahsulotlar kabi, sirlaga boy. Olimlar zaytun daraxtining vatani Misr ekanligini aytishadi. Va finikiyalik savdogarlar yordamida u Yunoniston, Ispaniya va Italiyaga yetib kelib, bu yer orqali mashhurlikka erishdi.

Mifologiyada bu sehrli daraxt qanday paydo bo’lganligi haqida alohida fikrlar mavjud: yunon afsonasi ma’buda Afina Poseydon bilan bahslashish paytida nayzasini yerga sanchigan, shu yerda zaytun daraxti o’sib chiqqanligini aytadi. Misrliklar zaytun daraxtini birinchi bo’lib Izida hosildorlik ma’budasi tomonidan ekilgan deb ta’kidlashadi.

Qanday bo’lmasin, zaytun mevasi samarali tarzda tibbiy va kosmetik vositalar sifatida olti ming yildan ko’proq vaqt davomida muvaffaqiyatli ishlatilib kelinmoqda.

Zaytun yog’ining foydasi

Zaytun yog’i juda ko’p shifobaxsh xususiyatlarga ega bo’lib, bitta mahsulotda shuncha foyda borligiga ishonish qiyin. Xo’sh, keling, «suyuq oltin» ning qanday ishlatilishini tushunib olaylik.

O’rtayer parhezining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, zaytun moyi hazm qilish tizimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Siri — tarkibida xolesterin miqdorini kamaytiruvchi monoto’yingan yog’ kislotalari, xususan olein kislotasi mavjudligidir. Zaytun moyi organizm tomonidan oson so’riladi, ishtahani pasaytiradi, modda almashinuvini tezlashtiradi va oshqozonga foydali ta’sir qiladi.

Zaytun moyini muntazam ravishda iste’mol qilish — yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishning yaxshi usuli: u tomirlarni mustahkamlaydi va ularni yanada elastik qiladi.

Qon bosimini pasaytirishga yordam beradigan ko’plab dorilar zaytun daraxtining bargi asosida yaratilgan. Bundan tashqari, zaytun moyi suyak to’qimalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va kaltsiy yo’qotilishini oldini oladi, o’simlikning bu xususiyati uni bolalar uchun ayniqsa qimmatli qiladi.

Zaytun yog’ining foydalari orasida, uning tarkibiy qismi bo’lgan linol kislotasi jarohat va kuyishlarning tez tuzalib ketishiga yordam berishi, shuningdek, mushaklar tonusini va organizm to’qimalarining normal ishlashini ta’minlashi bilan ham shifobaxshdir. Bundan tashqari, linol kislota ko’rish o’tkirligi va harakatlar koordinatsiyasiga foydali ta’sir qiladi. Yuz yil ilgari zaytun moyi psixologik buzilishlarni davolashda yordam bera olishi aniqlangan.

Ammo ko’plab tadqiqotlar bilan tasdiqlangan zaytun moylarining eng hayratlanarli foydali xususiyatlaridan biri — bu yomon sifatli o’smalarni, ayniqsa ko’krak bezi saratoni rivojlanish xavfini kamaytirishidir. Yog’ning bir qismini tashkil etuvchi olein kislotasi, vitaminlar va antioksidantlar saraton hujayralari rivojlanishini bostiradi yoki boshqacha qilib aytganda, boshqa omillar qatori hujayralardagi mutatsiyaga ta’sir ko’rsatadigan toksinlarni organizmdan chiqarib yuboradi.

Zaytun moyining tibboytda davo sifatida qo’llanilishi, bunda zaytun yog’ini ichish kerak bo’ladi:

  • Jigarni tozalash;
  • Yarali kasalliklar;
  • Og’iz bo’shlig’i kasalliklari;
  • Paradontit;
  • Ich qotishi;
  • Skleroz.

Zaytun moyining go’zallik xizmatida foydalari

Zaytun foydasi nafaqat shifokorlar, balki kosmetologlar tomonidan ham tan olingan, ular bu mahsulotni yuz, sochlar va tana uchun kremlar, niqoblar va balzamlar tarkibiga faol kiritishmoqda. Zaytun yog’ining yuzga, sochga foydasi allaqachon isbotlangan.

Qadim zamonlardanoq maftunkor qizlar zaytun moyini yuz terisi uchun tozalovchi, yallig’lanishga qarshi va namlovchi vosita sifatida ishlatishgan. Zaytun moyidan niqob — noyob moddalar — skvalen va skvalan tufayli kichik ajinlarni kamaytirishga yordam beradigan ajoyib yoshartiruvchi vosita hisoblanadi.
Ajinlarga qarshi niqoblar haqida→

Fenollar teri qarishini sekinlashtirib, uni silliq va ipakdek mayin qilishga yordam beradi, shuningdek, terini quyosh nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi.

Sochlar uchun ham zaytun moyi mo’jizaviy vosita hisoblanadi. Har bir inson soch uchun eng oddiy oziqlantiruvchi niqobi retsepti bilan tanish bo’lsa kerak: zaytun va kungaboqar moyini teng miqdorda aralashtirib, bitta tuxum sarig’i yoki bir choy qoshiq asal qo’shish.
Soch parvarishi uchun vositalar→

Natijada, sochlar zaytun moyini muntazam iste’mol qiluvchi va undan tayyorlangan niqoblarni tez-tez qo’llovchi ispan va italyan ayollarining mashhur bo’lgan sochlaridek jilva va mustahkamlikka ega bo’ladi. Sochga sog’lom ko’rinish va jilvakorlikni zaytun moyi tarkibidagi A va E vitaminlari bag’sh etadi.

Zaytun moyining yana bir foydali xususiyatidan birini keltirmay bo’lmaydi — bu uni ko’pincha massaj va uqalashlar uchun ishlatilishidir. Moy terini yumshatadi va namlaydi, zararli moddalar chiqarilishini tezlashtiradi va bezlar sekretsiyasini yaxshilaydi.

Zaytun moyining zararlari

Ushbu o’simlik eng foydali mahsulotlardan biri bo’lishiga qaramasdan, uning ortiqcha ishlatilishidan kelib chiqadigan ba’zi salbiy oqibatlarini e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi.

Zaytun moyini qo’llashda eng ehtiyotkor bo’lishi kerak bo’lgan shaxslar toifasi — o’t pufagining yallig’anishiga (xolesistit) chalingan bemorlardir. U kuchli safro haydovchi ta’sirga egaligi tufayli, kasallikni og’irlashtirib yuborishi mumkin.

Zaytun yog’i dietologiyada keng qo’llanilishiga qaramasdan, bu mahsulotni kuniga ikki osh qoshiqdan ortiq iste’mol qilmaslik kerak, chunki bu mahsulot juda kaloriyalidir.

Bundan tashqari, zaytun moyida qovurilgan mahsulot organizmga hech qanday zarar yetkazmasligi haqida noto’g’ri tasavvurga ega bo’lmang. Aslida, isitish natijasida har qanday moy, shu jumladan zaytun moyi ham nafaqat o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotibgina qolmay, zararli ham bo’lib qoladi. Shu sababli, iste’mol qilish uchun termik ishlov berilmagan zaytun moyiga afzallik berish kerak.

Shunga qaramay, mahsulotning barcha salbiy sifati faqatgina uni haddan tashqari ko’p iste’mol qilganda namoyon bo’ladi.

Foydali zaytun moyini qanday tanlash kerak?

Zaytun moyining foydali ekanligiga ishonch hosil qilish uchun siz to’g’ri mahsulotni tanlashingiz kerak. To’g’ri tanlovni amalga oshirishga yordam beradigan bir qator qoidalar mavjud.

  1. Zaytun moyi, qolgan moylar kabi, tozalangan va tozalanmagan bo’lishi mumkin. Barcha foydali xususiyatlar faqat minimal issiqlik ta’siri ettirilganda saqlanib qoladi. Shu sababli, tozalanmagan yog’ga afzallik bering.
  2.  Bundan tashqari, qadoqda siz uchta yozuvdan birini ko’rish mumkin — virgin (tabiiy), refined (tozalangan) yoki pomace (kunjarali). Birinchi variantni tanlang.
  3. Agar qadoqda «mix» so’zi yozilgan bo’lsa, unda bu moy turli xil navdagi moylarni aralashtirish orqali olingan bo’ladi, bu uning xususiyatlariga salbiy ta’sir qiladi.
  4. Zaytun moyining foydali xususiyatlari besh oy davomida saqalanadi, shuning uchun siz mahsulot ishlab chiqariladigan kunga alohida e’tibor qaratishingiz kerak.
  5. Moyning kislotaligi qanchalik past bo’lsa, uning ta’mi shunchalik yumshoq bo’ladi. Zaytun moyining eng yuqori sifatli navlarida bu ko’rsatkich 0,8% ni tashkil etadi.
  6. Eng yaxshi zaytun moyi bitta mamlakatda ishlab chiqariladi va qadoqlanadi. Mahsulotning kelib chiqishini IGP yoki DOP belgilari bo’yicha bilib olishingiz mumkin. IGP (Indicazione Geografica Protetta), zaytun moyi bir mamlakatda ishlab chiqarilgani, ammo boshqa mamlakatda qadoqlanganini anglatadi. DOP (Denominazione d ‘Origine Protetta) qisqartmasi moy bitta mamlakatda ishlab chiqarilgan va qadoqlanganini ko’rsatadi.
  7. Moyning sifatini uning rangi bilan aniqlashga harakat qilmang, bu xususiyatga zaytunning navi, mevalarining pishganligi va yig’im vaqti kabi omillar ta’sir qiladi.
  8. Zaytun yog’ining foydali xususiyatlari shisha idishlarda eng yaxshi saqlanadi.

Salomatlik
tanlash qoidalari, tibbiy va kosmetologik ko’rsatmalar, zararlari, Zaytun yog’i — foydasi