ZAYNIDDIN JURJONIY haqida
ZAYNIDDIN JURJONIY
Mundarija
скрыть
ZAYNIDDIN JURJONIY, Abu Ibrohim ibn Hasan ibn Muhammad ibn Mahmud ibn Ahmad al-Husayniy (? — 1137) — tib olimi, Xorazmning Jurjon sh. da tugʻilgan. Dastlab u otsiz Xorazmshohning shaxsiy tabibi boʻlgan, soʻng Marvga ketib, umrining oxiri-gacha shu yerda yashagan. Arab, fors tillarida ijod qilgan. Olim tibga oid «Al-aʼroz at-tibbiyya» («Kasalliklar belgilari») asarini otsiz Xorazmshohning vaziri, olim Majiduddin Abu-Muhammad iltimosiga koʻra yozgan. U «Zaxirayi Xorazmshohiy» («Xorazmshoh xazinasi»), «Taʼliq shayx ir-rais» [«Olimlar olimi (Ibn Sino) sharhi»], «Zubdat uttibb» («Tib ilmining asosiy magʻzi») kabi asarlar mu-allifidir.
Ensiklopediya.uz
ZAYNIDDIN JURJONIY