ZARNUQ haqida
ZARNUQ
Mundarija
скрыть
ZARNUQ, Zarnuj, UjuqZarnuq, Zerinuh (Saritoq) — qad. shaharqalʼa. Sirdaryoning soʻl sohilida joylashgan. Abu Abdullo Xorazmiyning «Mafotix alulum» asarida «zurnu istilohi chigʻir» maʼnosini anglatgan. Shunga qaraganda 3. qalʼasi chigʻir yordamida suv chiqariladigan balandlikda joylashgan. Chingizxon 1220-y. fev. da Buxoroni olgach, moʻgʻullar Chingizxonning kenja oʻgʻli Tuli rahbarligida Zarnuqni qamal qilganlar. Chingizxon qamaldagilarga oʻzining xos kishisi Donishmand hojibni joʻnatib taslim boʻlishni taklif etgan. 3. ahli kuchlar teng emasligi boisidan taslim boʻlgan. Moʻgʻullar Zarnuqga «Qutlugʻ baligʻ» deb nom qoʻyganlar.
Ensiklopediya.uz
ZARNUQ