ZARIYA haqida

ZARIYA haqida

ZARIYA

ZARIYA, Zaria — Nigeriya shim. dagi shahar. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 350 ming kishidan ziyod (1990y. lar oʻrtalari). Paxta yetishtiriladigan rnning muhim savdo markazi. Paxta tozalash, toʻqimachilik, yogʻ, un tortish, tamaki korxonalari, t. y. ustaxonalari, velosiped zdi bor. Hunarmandchilik rivojlangan, turli buyumlar toʻqiladi, teri oshlanadi. U-nt bor. Shaharga 1513-y. da Zariya davlati poytaxti sifatida asos solingan.

Ensiklopediya.uz
ZARIYA