ZARGARTOGʻ haqida
ZARGARTOGʻ
Mundarija
скрыть
ZARGARTOGʻ (Hayotboshi togʻi) — Shim. Nurota tizmasidagi togʻ. Samarqand va Jizzax viloyatlari chegarasida joylashgan. Uz. 15 km. Markaziy qismining bal. 2000 m dan ziyod. Eng baland joyi — 2169 m. 3. — Nurota tizmasining eng baland qismi. Yalangʻoch qoyalardan iborat togʻ massivi karbonning granit va granodioritlaridan tuzilgan. Eroziya shakllari keng rivojlangan, soylar chuqur (400—700 m) daralar qosil qilgan. Zargartogʻda gumusga boy jigarrang tuproqlar tarqalgan, ularda boshokli oʻtlar, togʻ kserofitlari va barg toʻquvchi butalar oʻsadi.
Ensiklopediya.uz
ZARGARTOGʻ