ZARAFSHON TIZMASI haqida
ZARAFSHON TIZMASI
ZARAFSHON TIZMASI — Pomir-Olay togʻlariga mansub togʻ tizmasi. Zarafshon daryosidan jan. da, Mastchoh (Koʻksuv) togʻ tugunidan boshlanib, Turkiston tizmasiga parallel holda sharqsan gʻarbga 420 km ga (Jom choʻligacha) choʻzilgan. Gersin burmalanishida hosil boʻlgan, keyinchalik yemirilgan va uchlamchi davrda qayta koʻtarilib hoz. qiyofaga kelgan. Zamini asosan paleozoy ohaktoshlari, kristalli slaneslar va qisman granitlardan (gʻarbida) tuzilgan. 3. t. da qoya, tik jarlik va chuqur vodiylar koʻp. Ohaktoshli joylarida karst hodisalari uchraydi. 3. t. ning gʻarbiy qismidagi Qirqtogʻ platosida (Ziyovuddin togʻlari yaqinida) Oʻrta Osiyoda eng chuqur, dunyodagi yirik karst gʻorlaridan biri Kili (yoki Kiyev) gʻori (tubidagi koʻl b-n birga chuq. 950 m) joylashgan. Tizmaning sharqiy qismi Mastchoh va Yagʻnob daryolari havzalarini, gʻarbiy qismi Zarafshon va Qashqadaryo qavzalarini birbiridan ajratib turadi. Sharqiy qismining oʻrtacha bal. 4000—4500 m.
3. t. da bir qancha boʻylama depressiya (graben) va koʻndalang vodiylar mavjud. Zarafshon daryosining irmoqlari — Fondaryo, Kishtutsoy, Magʻiyondaryo 3. t. ni koʻndalang kesib oʻtib, tizmani uch qismga boʻladi. Fondaryogacha boʻlgan sharqiy kambar qismi Mastchoh togʻlari deb ataladi, unda qirrali choʻqqi koʻp. Shim. yon bagʻri qiya, janubiysi tik. Bal. 4500—5000 m, eng baland joyi Tutak choʻqqisi, 5433 m. Baland qismida qor va muzlik koʻp. Sharkda Fondaryo va gʻarbda Kishtutsoy oraligʻida Fon togʻlari joylashgan. Shim. yon bagʻri (Zarafshon vodiysi tomon) tik va qoyali boʻlib, jan. Hisor togʻlariga tutashib ketadi. Slanes va ohaktoshlaridan tuzilgan shim. yon bagʻrida yoriq koʻp. Bu yoriklar tashqi kuchlar taʼsirida kengayib bormoqda; togʻlarda koʻchkilar boʻlib turadi. 3. t. ning kichikroq muzliklar bilan qoplangan eng baland Chimtargʻa choʻqqisi (5489 m) shu qismida. Muzliklarning umumiy mayd. 307 km2. Kishtutsoydan gʻarbga tomon togʻ pasayib, u yerda oʻrtacha bal. 2500 m boʻlgan platosimon togʻlar bor. Magʻiyondaryodan Taxtaqoracha dovonigacha Chaqalikalon togʻi davom etadi, uning sharqiy kismi baland, shim. yon bagʻri tik. Dovonning gʻarbidagi Qoratepa togʻi gʻarbga tomon pasaya borib, bal. 500—600 m li adirlar b-n tugaydi. Adirlar Kattaqoʻrgʻon sh. dan jan. da balandlasha borib, Zirabuloq togʻlariga tutashadi. Zirabuloq va Ziyovuddin togʻlari 3. t. ning gʻarbiy davomidir. 3. t. iqlimi kontinental. Togʻ oldi qiyaliklari va yon bagʻirlarining iklimi issiq va quruq, yuqoriga koʻtarilgan sari iqlimi salqinlashadi va yogʻin koʻpayadi. Yanv. ning oʻrtacha trasi pastroq qismida —0,5° dan 2° gacha, 2500 — 3000 m balandlikda esa —6° dan —10° gacha. Iyulning oʻrtacha trasi past joylarda 25—29°, baland qismida esa 15 — 18°. Maksimum tra 40—42°. Yillik yogʻin miqdori 200—400 mm.
Togʻ yon bagʻirlari siyrak oʻrmon (asosan archazor) bilan qoplangan. Togʻning 800 m gacha boʻlgan va lyoss hamda lyossli qumloq jinslardan tuzilgan qismlarida oddiy va tipik boʻz tuproq, 800—1500 m balandlikda qoʻngʻir boʻz tuproqtarqalgan. 1500—2000 m balandlikda togʻ oʻrmondasht mintaqasidagi jigarrang va jigarrangqoʻngʻir tuproqlarda zarang, archa, yongʻoq, bodom, qatrangʻi, pista, doʻlana, itburun, chiya oʻsadi. 2500—3000 m balandliklar subalp mintaqasidan iborat, u yerlarda mushukquyruq, qoʻngʻirbosh, oqsoʻxta, kovrak, betaga oʻsadi. 3000 m dan baland qismidagi alp mintaqasida toʻq qoʻngʻir va qoʻngʻir oʻtloqi, oʻtloqi tuproqlarda oqmomiq, toʻngʻizsirt, suvrang, choyoʻt, chalov, betaga, qiziltikan, paxtak oʻsadi.
3. t. dagi oʻrmon va butazorlarda oʻrmon kalamushi, olmaxon uchraydi, alp mintaqasida esa qizil dumli sugʻur, qizil pishchuxa, kulrang sassiqkoʻzan, tibet burguti, kaptar, silovsin, tosh suvsari, jayra, yovvoyi echkilar yashaydi.
3. t. yaylovlaridan chorvachilikda keng foydalaniladi. Daryo vodiylarida qishloqlar, ekinzorlar, bogʻlar bor.
Ad.: Baratov P., Orografiya dolinы reki Zarafshon, v sb. «Voprosы izucheniya i ispolzovaniya prirodы i prirodnыx resursov Sredney Azii i sopredelnыx stran», T., 1970.
Ensiklopediya.uz
ZARAFSHON TIZMASI