ZAPOROJYE VILOYATI haqida
ZAPOROJYE VILOYATI
ZAPOROJYE VILOYATI — Ukrainadagi viloyat. 1939-y. 10 yanv. da tashkil etilgan. Mayd. 27,2 ming km2. Axrlisi 2059,2 ming kishi. (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, bolgar va b. yashaydi. 18 rn, 13 shahar, 20 shaharcha bor. Markazi — Zaporojye sh. 3. v. yer yuzasi bir oz oʻrqir tekislik. Jan. da Kora dengiz boʻyi pasttekisligiga qoʻshilib ketadi. Jan. sharqida Azov boʻyi qirlari (200—220 m) joylashgan. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yozi issiq (iyulning oʻrtacha trasi 22 dan 24° gacha), kishi unchalik sovuq emas, qor kam yogʻadi (yanv. ning oʻrtacha trasi —4 dan —5° gacha). Yiliga 300 — 450 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 210 kun. Asosiy daryosi — Dnepr. Tuprogʻi unumdor, asosan, qoratuproq. 3. v. dasht zonasida. Dasht oʻsimliklari jar va soyliklarda saqlanib qolgan. Oʻrmon va butazorlar viloyat maydonining 3,4% ni tashkil etadi. Tulki, malla quyon, boʻri; qushlardan bedana, yovvoyi oʻrdak, dasht va dala toʻrgʻaylari yashaydi.3. v. da qora va rangli metallurgiya yetakchi oʻrinda. Elektroenergetikasining asosini Dneproges, Zaporojye GRES va issiqlik elektr stansiyalari tashkil etadi. «Dneprospesstal», «Zaporojstal» elektrometallurgiya zdlari, Zaporojye titanmagniy kti, alyuminiy, elektrod, ferroqotishma zdlari va Zaporojye utga chidamli zdi bor. Belozyorsk temir ruda koni asosida kon kazish sanoati (Zaporojye temir ruda kti) rivojlangan. Mashinasozlik sanoati («Zaporojtransformatormotor» zdi, yuqori voltli apparaturalar, kabel zdlari, «AvtoZAZ» motor, avtogidroagregat va «Avtosvetmet», «Preobrazovatel», elektroapparat zdlari mavjud. Berdyansk oʻrish mashinalari, Tokmak dizelsozlik i. ch. birlashmalari, Zaporojye abraziv kti, Berdyansk yoʻl mashinalari zdi, «Bыtmash», stanoksozlik, Orexov q. x. mashinasozligi zdlari) keng rivoj topgan. Kime va neft kimyosi muhim oʻrin egallaydi. Uysozlik kti, gʻishtcherepitsa, devor bloklari zdlari bor. Oziqovqat sanoatida un, yogʻmoy, goʻsht, konserva, baliq, sut va yengil sanoatda tikuvchilik, poyabzal, trikotaj, koʻncharm tarmoqlari ham rivojlangan. 3. v. gʻallachilik va goʻshtsut yetishtirishga ixtisoslashgan muhim rn. Asosiy ekinlari: kuzgi bugʻdoy, baxrrgi arpa, kungaboqar. Sugʻoriladigan yerlarda sabzavotchilik bilan shugʻullaniladi. Bogʻdorchilik (gilos, olcha, oʻrik, olxoʻri, olma, nok va b.), tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda goʻshtsut chorvachiligi yetakchi oʻrinda. Choʻchqachilik va parrandachilik taraqqiy etgan. Koramol, mayin junli qoʻy boqiladi. Azov dengizida baliq ovlanadi. Transport yoʻllari zich. Aeroport bor. 7 oliy oʻquv yurti, 800 dan ziyod jamoat kutubxonasi, 3 teatr, 70 dan ortiq muzey mavjud.
Ensiklopediya.uz
ZAPOROJYE VILOYATI