Zanjabilli choy — tez ozish uchun samarali vosita haqida malumot
Zanjabilli choyni ovqatlanishdan yarim soat oldin iching. Shunda siz kamroq ovqatlanasiz, ishtahangiz karnay bo‘lmaydi, yog‘lar parchalanib, hazm jarayoni tezlashadi.
- Zanjabilli choy ichishga qaror qildingizmi, birinchi kun 50 ml., ikkinchi kun 100 ml., uchinchi kun esa 150 ml.dan iching. Miqdorni kun sayin oshirib boring.
- Kuniga 2 litrdan ko‘p zanjabilli choy ichmang. Uxlashdan 3-4 oldin choy ichishni to‘xtating.
- Zanjabilli choy nafaqat ozdiradi, balki immunitetni oshirib, bosh og‘rig‘ini ham qoldiradi.
- Homilador, emizikli ayollarga va oshqozon-ichak xastaliklari bezovta qiluvchilarga mumkin emas.
- 3 osh qoshiq maydalangan zanjabil ildizi va 2 osh qoshiq maydalangan yalpizni 1,5 l. qaynatilgan suvga solib, 15 daqiqa qaynating. Olovdan olgach, biroz sovuting-da, 2 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq qora murch, 4 choy qoshiq limon sharbati solib aralashtiring. Issiqroq holida ichishingiz foydali.
- Qaynatilgan 2 l. suvga 3 bo‘lak zanjabil ildizi va 2 bo‘lak sarimsoqpiyozni maydalab to‘g‘rab soling. Termosga solib qo‘yib, kun davomida iching.
- 30 gr. zanjabilni qirg‘ichning mayda tomonidan o‘tkazib, 250 ml. qaynatilgan suvga solib damlang.
- 2 ta sabzi va bitta lavlagini qirg‘ichdan o‘tkazing, limon va apelsin qirindisi soling. Maydalangan kashnich va zanjabil qo‘shib, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i soling. Bu salat ham ozish uchun foydali.
© Darakchi.uz
Kasalliklar
Zanjabilli choy — tez ozish uchun samarali vosita