Zamonaviy erkaklar kiyimi
Xorazmning tabiiy sharoiti va jug’rofiy muhiti ham jun yoki teridan tikilgan kiyimlarning mavjud bo’lishini taqozo etadi. Qolaversa, po’stin va cho’girma kabi ust-boshlar ichida haroratning normal holatda bo’lishi qattiq bo’ron yoki cho’l shamoli tufayli sodir bo’ladigan har xil nojo’ya ta’sirlardan kishi tanasini asraydi. Xorazm vohasida cho’girma bilan bog’liq yana bir udum saqlanganki, qiz bolaning bo’y etganligini bilish uchun uni otasining cho’girmasi bilan bir urib ko’rishgan. Agar qiz cho’girma bilan urganda yiqilib tushmasa, uni turmushga uzatishgan. Cho’girma XX asrning to 70-yillariga qadar keksalar bosh kiyimi sifatida saqlanib qolgan. Keyinchalik cho’girmalar aholi tomonidan deyarli kiyilmay, faqat teatr va folklor-etnografik ansambl a’zolari tomonidan kiyilgan, biroq “sherozi telpak” nomli cho’girma turi o’rta va keksa yoshdagi erkaklar orasida saqlanib qolgan. U olti oylik qo’zichoq terisidan tikilgan va badavlat xonadon erkaklari tomonidan kiyilgan. XX asrning 60-80 yillarida rahbar xodimlar orasida sherozi papaq (telpak) deb atalgan turi urf bo’lgan.
Erkaklar kiyimlari do‘konlari Toshkentda va O‘zbekistonda
Bolalar va o’smirlar uchun trikotaj mahsulotlari bor.
saytda 3 yil
“INDENIM” DO’KONI
INDENIM – “OAZIS” SAVDO MARKAZI
“OAZIS” CITY CENTRE, JIZ BIZ RESTORANI – FARKHOD BOZORI
“INDENIM” – O’zbekiston buylab barcha turdagi ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlarini qulay va hamyonbop narxlarda taklif etadi.
- Bugun: 09.00 – 21.30
- Tushlik: tushliksiz
saytda 15 yil
“GLOSS” BUTIKI
A.NAVOIY NОMLI DAVLAT AKADEMIK KATTA TEATRI, O’ZBEKISTON AKADEMIK RUS DRAMA TEATRI
Tashkilot etkazib berishga ega
- Bugun: 10.00 – 21.00
- Tushlik: tushliksiz
saytda 1 yil
“ALLMAX” DO’KONI
“KORZINKA.UZ” SUPERMARKET, BUNYODKOR STADIONI YAQINIDAGI KO’PRIK ( MILLIY STADION)
- Bugun: 09.00 – 23.00
- Tushlik: tushliksiz
saytda 3 yil
“ARISTOKRAT” DO’KONI
“KORZINKA.UZ” SUPERMARKET – MERKATO, “MERCATO” SAVDO MAJMUASI
saytda 3 yil
“BERLUTI” DO’KONI
“OILA” SUPERMARKETI, “G’IJDUVON” KAFESI
saytda 1 yil
“BOTTEGA” BUTIKI
ORZU CHIRRAHASI, “PRONTO MOTOR TRADE” AVTOSALONI
- Bugun: 10.00 – 22.00
- Tushlik: tushliksiz
saytda 16 yil
“BRELLARE” BUTIKI
saytda 13 yil
“BRUNO BELLA” BUTIKI
TINCHLIK METRO BEKATI, 298-SONLI MAKTAB
saytda 2 yil
“BUTTON” DO’KONI
“ANDALUS” SUPERMARKET – SHUXRAT, SHUXRAT CHORRAHASI
saytda 10 yil
“CABANI” BUTIKI
“POYTAXT SAVDO MARKAZI” SAVDO MAJMUASI, “KAPITALBANK” BOSH OFIS
saytda 10 yil
“CHIC” BUTIKI
“IPAK YO’LI BANK” MIROBOD FILIALI, “CHEKHOV” SPORT CLUB
saytda 2 yil
“CLIMBER B.C.” DO’KONI
“MEDIA PARK” – CHILONZOR, “ATLAS” KO’NGIL OCHAR SAVDO MARKAZI
- Bugun: 10.00 – 22.00
- Tushlik: tushliksiz
saytda 2 yil
“CLIMBER B.C.” DO’KONI
“NEXT” SAVDO MARKAZI, YAKKASAROY TUMAN HOKIMIYATI
- Bugun: 10.00 – 22.00
- Tushlik: tushliksiz
saytda 2 yil
“CLIMBER B.C.” DO’KONI
CLIMBER – sobiq “ATLAS” CHIMGAN
“ATLAS-CHIMGAN” SAVDO MARKAZI, “INTERMEBEL” MEBEL SALONI
saytda 2 yil
“CLIMBER B.C.” DO’KONI
“KOMPASS” SAVDO MARKAZI , QO’YLIQ KO’PRIGI
- Bugun: 10.00 – 22.00
- Tushlik: tushliksiz
saytda 2 yil
“CLIMBER B.C.” DO’KONI
YAKKASAROY TUMANI FHDYO, “PROFIMED” XUSUSIY KLINIKASI
- Bugun: 10.00 – 22.00
- Tushlik: tushliksiz
saytda 2 yil
“CLIMBER B.C.” DO’KONI
CLIMBER – QOROTOSH
“SAMARQAND DARVOZA” SAVDO MARKAZI, SAMARQAND DARVOZA CHORRAHASI
- Bugun: 10.00 – 22.00
- Tushlik: tushliksiz
saytda 2 yil
“CLIMBER B.C.” DO’KONI
160-SONLI MAKTAB, “GQ” RESTORAN-BAR
saytda 1 yil
“CORLEONE” BUTIKI
ORZU CHIRRAHASI, “PRONTO MOTOR TRADE” AVTOSALONI
- Bugun: ko’rsatilmagan
- Tushlik: tushliksiz
Erkaklar kiyimlari do‘konlari Toshkentda va O‘zbekistonda – kompaniyalar va tashkilotlar ro’yxati kontaktlar bilan: manzillar, mo‘ljallar, telefon raqamlari, ish vaqti “Golden Pages” katalogimizdagi barcha ma’lumotlari
Ushbu sahifada O’zbekiston Respublikasi hududida ushbu faoliyat (Erkaklar kiyimlari do‘konlari Toshkentda va O‘zbekistonda) bilan shug’ullanuvchi O’zbekiston kompaniyalari va tashkilotlarining eng to’liq ro’yxati keltirilgan.
“Golden Pages” kompaniyasi ushbu bo’limda tashkilotlar to’g’risidagi axborotni (telefonlar, manzillar, saytlar, elektron pochta va h.k.) doimiy (20 yildan ortiq) yangilab borish va yangilarini joriy etish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda, biroq O’zbekistonda ushbu faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi barcha kompaniya va tashkilotlar hisobga olinib, joriy davrdagi aloqa ma’lumotlari to’g’ri ekanligini kafolatlay olmaydi.
Kompaniyalar to’g’risidagi ma’lumotlar www.goldenpages.uz veb-saytiga joylashtirilgan paytda tekshirilgan va ishonchli bo’lgan. Hozirgi paytda ba’zi tashkilotlar (manzil, telefon, joylashuvi yoki faoliyat turlari) haqidagi ma’lumotlar” Golden Pages – Uzbekistan” katalogidan mustaqil ravishda o’zgarishi mumkin. Korxona va tashkilotlar ro’yxati doimiy ravishda yangilanib va kengaytirilib boriladi. Ularning aloqa ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib turadi.
Agar siz har qanday tashkilot va/yoki kompaniya haqida joylashtirilganda noto’g’ri ma’lumotni ko’rsangiz, Erkaklar kiyimlari do‘konlari Toshkentda va O‘zbekistonda, bizga elektron pochta (info@gp.uz) yoki telefon (+998) 78-140-09-09 orqali xabar berishingizni so’raymiz. Bizga elektron pochta orqali murojaat qilganda, iltimos, noto’g’ri ma’lumotlar topilgan sahifaga havola yuboring va qanday ma’lumotlarni tuzatish kerak. Xat mavzusida “saytdagi noto’g’ri ma’lumotlar” ni ko’rsating. Sizning ma’lumotlaringiz tekshirilgandan so’ng, kompaniya/tashkilot, shuningdek uning faoliyati haqidagi aloqa ma’lumotlari yaqin kelajakda saytda yangilanadi. Hamkorlik uchun oldindan rahmat!
Shuningdek, biz egalariga va bo’limida taqdim etilgan bir xil faoliyat bilan shug’ullanadigan kompaniyalar va tashkilotlarning xodimlariga murojaat qilamiz Erkaklar kiyimlari do‘konlari Toshkentda va O‘zbekistonda. Agar siz biznesingizning bepul reklamasiga qiziqsangiz, unda сайт O’zbekiston kompaniyalar va korxonalarining biznes-ma’lumot katalogi GOLDENPAGES.UZ sizning biznesingizda siz uchun haqiqiy yordam bo’ladi. Bizning yordam tizimimizda ro’yxatdan o’tish va joylashtirish(veb-sayt, 24 soatli xizmat ma’lumotnomasi – 78-140-09-09 va” Golden Pages” katalogining bosma versiyasi)bizda mutlaqo bepul! Sizdan talab qilinadigan narsa bu sizning tovarlaringiz va xizmatlaringiz haqida nafaqat O‘zbekiston mijozlarga balki boshqa davlatlar mijozlarga ham. Kompaniyangizni/tashkilotingizni hozir O’zbekiston kompaniyalari va tashkilotlarining ma’lumot katalogiga qo’shing! Bizning ma’lumotnomamizni MS WORD formatda(200 Kb), yuklab oling, iloji boricha aniq va batafsil to’ldiring va biz uchun har qanday qulay tarzda (faks, elektron pochta, oddiy pochta yoki bizni shaxsan olib keling) yuboring va sizning kompaniyangiz imkon qadar tezroq paydo bo’lishi va mijozlarga kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun, yiliga 365 kun foydalanish mumkin
Quyida ushbu faoliyat turiga (sarlavhalar) statistikasi keltirilgan . Statistika ochiq va ommaviydir. Sayt 06.07.11 to’liq yangilanganligi sababli, statistikani hisoblash shu kundan boshlab amalga oshiriladi . Avvalgi qiymatlar bekor qilindi va joriy statistika hisobga olinmaydi .
Maqolada Xorazm vohasi erkaklari an’anaviy bosh kiyimlarining o’ziga xos xususiyatlari ko’rib chiqilgan. Bosh kiyimlarning rangi, shakli, kiyilish tartibi tavsiflangan.
Xorazm erkaklarining an’anaviy bosh kiyimlari o’ziga xos va betakror bo’lib, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vohadagi turli etnik guruhlar bosh kiyimlarida o’ziga xoslik saqlanib qolgan. Vohaning an’anaviy bosh kiyimlarini tayyorlanadigan xom ashyosiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Jundan tayyorlanadigan bosh kiyimlar: cho’girma (to’galak, sherozi va silkma).
2. Kigiz (namat)dan tayyorlanadigan bosh kiyimlar: qalpoq, kuloh va h.k.
3. Ip va ipakdan tayyorlanadigan bosh kiyimlar: tahya (chumakli, papakli, qazma); ro’mol (farang ro’mol, sochoqi beqaror, yo’rinja gulli ro’mol, to’r ro’mol, boki ro’mol, shaxmat ro’mol, qozoqi ro’mol va h.k.); lachak (Xiva lachagi, Karvak va Pitnak lachagi), bosho’rov, o’ramol (shim. Xorazm); to’ppi (bolalar va keksalar to’ppisi – sappush); cho’tti (Xazorasp).
4. Mo’ynadan tayyorlanadigan bosh kiyimlar: qunduz popoq yoki qunduz talpak (ondatra telpak), norka popoq (qorako’zan – norka terisidan tikilgan telpak), suvsar talpak (sobol – suvsar mo’ynasidan tikilgan telpak) , quloqchin (ushanka).
Xorazmda bosh kiyim davlat, g’urur, iftixor ramzi sanalgan, shuning uchun bosh kiyimni biror kimsa bilan almashtirish yoki birovga berish mumkin bo’lmagan. Otaning bosh kiyimi faqat uning o’g’liga berilgan. “Oyog’ingda mahsing bo’lmasa ham boshingda cho’girmang bo’lsin”, degan keksalar. “Qadimda farzandi yuzini erga qaratgan ota cho’girmadan mahrum qilingan, bu esa uning elot (mahalla)da yakkalanib qolishiga olib kelgan”. XX asr boshlarida Xorazm aholisi o’rtasida boshyalang yurish odobdan hisoblanmagan. Qariyalar hatto kechasi uxlagani yotganlarida ham yumshoq chitdan, ichiga paxta solib, astar qilingan konussimon bosh kiyim – to’ppi (shabpo’sh) kiyib yotganlar. Bu kabi bosh kiyim O’zbekistonning boshqa hududlarida ham uchraydi.
O’zbek do’ppilarining Chust, Marg’ilon, Andijon, Shahrixon, Qo’qon, Toshkent, Samarqand, Urgut, Buxoro, Boysun, Dashnobod, Shahrisabz, Koson, Xiva, Laqay, Baxmal, zar, ola, gilamnusxa, iroqi, araqchin kabi turlari ma’lum. O’zbekiston tarixi muzeyida turli davrlarga tegishli bo’lgan 260 dan ortiq do’ppi mavjud. Behistun qoyatoshlariga o’yib tushirilgan (bo’rtma) odam suratlarining biridagi bosh kiyim qadimgi xorazmiylar bosh kiyimlariga juda o’xshab ketganligini ko’rish mumkin. Zero qoya yozuvlarida Doro buyrug’i bilan bo’ysundirgan xalqlar orasida saklar, so’g’dlar qatorida xorazmiylar ham tilga olingan. X asrda yashab ijod etgan muarrix al-Maqdisiy Xorazmdan chetga olib chiqiladigan mollar ro’yxatida xorazmliklarning cho’qmor telpagi ham borligini, Xurosonning har bir shahrida mahalliy aholidan o’zlarining cho’qmor telpaklari bilan ajralib turuvchi ko’plab xorazmliklarni uchratish mumkinligini aytib o’tadi. Demak, Xorazmda chumakli tahya deb ataluvchi konussimon do’ppi turi ham qadimiy bosh kiyim bo’lishi mumkin.
Erkak va ayollar do’ppilari bir xil shaklda bo’lib, erkaklarning do’ppilari to’q yashil rangli, ko’k, qora baxmaldan tayyorlangan. Voha aholisi qishda do’ppi ustidan dumaloq, jundan bo’lgan telpak kiyganlar. Xorazm vohasi aholisining bosh kiyimlari rangi, shakli va kiyilish tartibi bilan ham o’ziga xos xususiyatga ega. Xorazmda yashovchi o’zbeklar katta dumaloq cho’girma kiyganlar. Cho’girma voha aholisining etnik xususiyatlarini yanada yaqqolroq namoyon etadigan bosh kiyimdir. Cho’girma uch xil: to’galak cho’girma, sherozi va silkma cho’girmadan iborat bo’lgan. Ustki qismi teri yoki qalin matodan tekis qilib tikilib, atrofiga bosma shaklda qorako’l yopishtirilgan to’galak cho’girma vohada XIX asrdan beri kiyilib kelgan cho’girmaning dastlabki nusxasidir. Uni dastlab faqat hukmdorlar, keyinchalik esa aholining barcha tabaqa vakillari kiygan. Kalta junli Xazorasp uslubida tikilgan cho’girma sherozi cho’girma deb atalgan. Sherozi cho’girma – yangi tug’ilgan qo’zichoqning terisidan tikilgan va tikilish jihatidan ixcham bo’lib, hozirgi telpaklardan ozgina farq qilgan. Uchinchisi aholining kambag’al tabaqasi hamda vohada yashovchi turkmanlar ham kiygan uzun junli silkma cho’girmadir. Silkma cho’girma qo’yning uzun junidan, dumaloq shaklda va ancha katta hajmda tikilgan. Cho’girma ilgari Xorazmda keng tarqalgan bo’lib, u haqda xalq orasida quyidagicha aytim bo’lgan:
Cho’girma-yo, cho’girma-yo, cho’girma
Cho’girmaga qarab yuzing o’girma.
Qishni guni chaqirsa ham yugurma,
O’zi – yarim, og’iri botmon cho’girma.
Xorazmning tabiiy sharoiti va jug’rofiy muhiti ham jun yoki teridan tikilgan kiyimlarning mavjud bo’lishini taqozo etadi. Qolaversa, po’stin va cho’girma kabi ust-boshlar ichida haroratning normal holatda bo’lishi qattiq bo’ron yoki cho’l shamoli tufayli sodir bo’ladigan har xil nojo’ya ta’sirlardan kishi tanasini asraydi. Xorazm vohasida cho’girma bilan bog’liq yana bir udum saqlanganki, qiz bolaning bo’y etganligini bilish uchun uni otasining cho’girmasi bilan bir urib ko’rishgan. Agar qiz cho’girma bilan urganda yiqilib tushmasa, uni turmushga uzatishgan. Cho’girma XX asrning to 70-yillariga qadar keksalar bosh kiyimi sifatida saqlanib qolgan. Keyinchalik cho’girmalar aholi tomonidan deyarli kiyilmay, faqat teatr va folklor-etnografik ansambl a’zolari tomonidan kiyilgan, biroq “sherozi telpak” nomli cho’girma turi o’rta va keksa yoshdagi erkaklar orasida saqlanib qolgan. U olti oylik qo’zichoq terisidan tikilgan va badavlat xonadon erkaklari tomonidan kiyilgan. XX asrning 60-80 yillarida rahbar xodimlar orasida sherozi papaq (telpak) deb atalgan turi urf bo’lgan.
Turkmanlarning yovmut urug’ida ham Xorazm cho’girmasiga o’xshash bosh kiyimi bo’lib, u chovurma deb atalgan. Silkma cho’girma kabi bosh kiyim turkmanlarning ersari va sariq urug’i aholisida ham mavjud bo’lib, u silkma telpak deb atalgan. Manbalarda Xorazm vohasida cho’girma deb nomlanuvchi bosh kiyimning urf bo’lib, voha o’zbek va turkman aholisi o’rtasida keng yoyilishiga afg’on urug’laridan biri – jamshidlar sabab qilib ko’rsatilgan. Ammo cho’girmaga o’xshash bosh kiyim, ya’ni to’galak cho’girma xorazmliklarda qadimdan mavjud bo’lgan, jamshidiylar kirib kelgandan so’ng ularning ta’sirida shakli (dizayni) va hajmi o’zgargan, xolos. Chunki Xorazmning kontinental iqlim mintaqasi shunday bosh kiyim bo’lishini taqozo etgan. Buni so’nggi yillarda arxeologik manzilgohlarda olib borilgan tadqiqotlar ham tasdiqlaydi.
Bosh kiyimlari O’zbekistonning turli hududlarida o’ziga xos bo’lgan. Masalan, Buxoroda va unga yaqin tumanlarda telpaklar qiya konus shaklida bo’lgan. Uning yuqori qismini qorako’l terisidan, ichini qo’y mo’ynasi bilan qoplab, tevarak-atrofini qunduz mo’ynasi bilan bezaganlar. Farg’ona vodiysi va Toshkentda telpakning yuqori qismi uchun mato ishlatganlar, hoshiyasini tulki yoki suvsar mo’ynasidan, ayrim hollarda qo’zi terisidan tikkanlar. Farg’ona vodiysining qishloq ahli qishda mo’ynasi ichkariga qaratib tikilgan tumoq kiygan. Bosh kiyim turlaridan biri salla bo’lib, uni odatda din ahli: mulla, eshonlar va ayrim etnik guruhlar, masalan, Oqdarband eroniylari kiyganlar.
Demak, XIX asr oxiri – XX asr davomida Xorazm vohasi erkaklarining asosiy bosh kiyimi qish faslida cho’girma, yoz faslida taxya (do’ppi) bo’lib, voha iqlimiga juda mosligi uchun xalq bu bosh kiyimlarni sevib kiygan. Hatto keksalar yoz faslida bo’lsa ham cho’girmani boshidan echishmagan. Buning o’ziga xos sababi bor: yoz faslida bosh terlaganda, cho’girma o’ziga terni shimib olgan va boshni yozning jazirama issig’idan asrab namlantirib turgan. Shu sababli keksa otaxonlar paxtali to’n (do’n) va cho’girmani yoz faslida ham kiyib yurishgan. Hozirgi kunga kelib bu bosh kiyimlari xalqimizning an’anaviy bosh kiyimlari sanaladi va qadriyat sifatida e’zozlanadi.
Sh. Nurullaeva
Urganch davlat universiteti,
2013 yil 31 mayda qabul qilingan
(Taqrizchi: t.f.d.U.Abdullaev)
Shotlandiyalik erkaklar nega yubka kiyishadi?
Chiroyli kamzul, qimmatbaho tufli va yubka kiygan erkak. Nima bu? Moda namoyishimi? Yo‘q, bu Shotlandiya!
Aytgancha, ularning katak-katak kiyimini yubka deyishsa, shotlandlarning jahli chiqadi yoki xafa bo‘lishadi. Chunki bu kiyim KILT deb nomlanib, uni kiyib yurish ko‘p asrlar davomida milliy an’anaga aylangan. Shotlandlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday kiyimlar ularning yengilmas ruhga ega ekanliklari belgisidir, deydi “xabardor.uz”.
Kilt tog‘liklar davrida paydo bo‘lgan. Kuchli Shotlandiya erkaklari bu kiyim turli baland pastliklardan oson yurishga yordam berishini aytishgan. Shuningdek, kilt ko‘chada uxlashga to‘g‘ri kelganda ko‘rpa vazifasini bajargan.
Shotlandiya xalqi o‘z milliy libosini mardlik, jasorat va erkinlik ramzi deb bilishadi. Ular bir necha marta kilt kiyish huquqini himoya qilishlariga to‘g‘ri kelgan. XVIII asrda Shotlandiya o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. Mamlakatning yangi hukmdorlariga aylangan inglizlar erkaklarga katak-katak yubka kiyishni taqiqlaydi.
O‘z urf-odatlariga sodiq bo‘lgan shotland erkaklari shimlarni tayoqchalarga kiyg‘izib qo‘yib, o‘zlarining milliy kiyimlarini kiyib gerdayib yurishgan. Bu holatlar ba’zan hibsga olish va qamoq jazosi bilan yakunlangan bo‘lsa-da ozodlikni sevadigan odamlar bundan qo‘rqishmagan.
Mamlakatda klanlar jangi haqida afsona bor. Afsona Shotlandiya va Irlandiya tog‘lari orasida bo‘lib o‘tgan jangda shotlandlar irlandlarning 7 ming kishilik qo‘shinini qanday mag‘lub qilganligi haqida bo‘lib, o‘shanda tog‘lardan qo‘rqmaydigan shotlandlar kiltlarini yechib bitta ko‘ylakda kurashgan ekan. Bu urush tarixga “ko‘ylakli jang” nomi bilan kirgan.
Kilt qanday yaralgan?
Qadimgi davrlarda kilt bir-biriga tikilgan ikkita jun qoplamadan yaratilgan. Uning uzunligi 7-8 metrga yetgan. Erkaklar uni beliga o‘rab, matoning qolgan qismini yelkasiga tashlab olishgan. Keyinchalik milliy kiyimlarning ko‘rinishi o‘zgargan. Oddiy ishchilarga qulay bo‘lishi uchun “ortiqcha mato”dan qutulishga qaror qilingan. Shu bilan uzunligi tizzadan tushib turadigan zamonaviy kilt yaratilgan va u “kichik kilt” deb nomlangan.
Shotland erkaklarining kiyimiga qarab uning qaysi tabaqaga mansubligini aniqlash mumkinligi haqida juda kam odamlar biladi. Kiltning rangi, tikilishi va chiziqlarining soni shotlandlarning barcha sirlarini ochib beradi. Masalan, kambag‘al va uy xizmatchilari bir rangdagi yubka kiygan, fermerlar 2 xil, ofitserlar 3 xil, harbiy qo‘mondonlar 5 xil, yozuvchi va shoirlar esa 6 xil rangdan iboratlilarini kiygan. Rahbarlarga 7 xil rangli yubka kiyishga ruxsat berilgan.
Hozirgi kunda kilt uchun, taxminan, 700 ga yaqin chiziqlar to‘plami mavjud. Kilt tabiiy ranglar bilan bo‘yaladi. Masalan, maymunjondan binafsharang olinadi. Kilt tikiladigan mato tabiiy jundan tayyorlanadi – u tartan deb nomlanadi.
Bugungi kun an’analari
Zamonaviy shotlandlar o‘z urf-odatlariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lsalar-da bugungi kundagi kundalik hayotlarida kilt kiyib yurishmaydi. Milliy kiyimdagi odamni faqat katta bayramlarda, to‘ylarda yoki sport musobaqalarida ko‘rish mumkin.
Shotlandiya maxsus raqs tomoshalariga mezbonlik qiladi. Ularda kilt kiygan erkaklar qatnashadi. Bu manzaraning ko‘rinishi juda chiroyli va qiziqarli.
Qiziqarli malumotlar
Zamonaviy erkaklar kiyimi