Zamonaviy boshlang’ich sinf o’qituvchisining qiyofasi

Zamonaviy boshlang’ich sinf o’qituvchisining qiyofasi

5141600 – «Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish» yo’nalishining o’quv rejasida «Yosh davrlari psixologiyasi» fani bo’yicha o’quv soatlari rejalashtirilmagan. Vaholanki, boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy faoliyati asosan kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni har tomonlama shakllantirish bilan bog’liqdir Boshlang’ich sinf o’qituvchilari yuqori sinflar(6-9sinflar)dagi fizika, matematika, biologiya fanlari o’qituvchilaridan faoliyat turlari bo’yicha keskin farqlanadilar. Yosh o’quvchilar boshlang’ich sinf o’qituvchilariga o’zlarining hamma narsaga qiziqishlari bilan yon-atrofda ko’rgan tabiat hodisalari, katta yoshdagi kishilardan eshitgan so’zlarni anglab olish uchun tabiiy va ijtimoiy fanlarga oid barcha savollar bilan murojaat qilaveradilar. Yuqori sinf o’quvchilari ulardan farqli o’laroq fizika o’qituvchisiga matematika yoki biologiyaga oid savollar bilan murojaat qilishmaydi. Bu holat esa boshlang’ich sinf o’qituvchilari barcha fan sohalarini yaxshi bilishlarini (ya’ni universal bo’lishlarini)taqozo etadi.

Reja: Boshlang’ich sinf o’qituvchisiga qo’yiladigan talablar

BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI TAYORLASNDA PEDAGOGIK INAVATSIYALARDAN FOYDALANISH.

1.Boshlang’ich sinf o’qituvchisiga qo’yiladigan talablar.

2.Boshlang’ich sinf o’qituvchisining o’zini –o’zi rivojlantirish yo’llari.

3.O’quvchilarni tarbiyalashda inavatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari.

Mustaqil O’zbekistonimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risidagi» Qonun asosida boshlang’ich sinflar uchun har tomonlama yetuk o’qituvchilar tayyorlash va ular malakasini zamon talablari doirasida muntazam oshirish ta’lim tizimini isloh qilishning tarkibiy va uzviy bo’g’ini sifatida davlatning ustivor vazifasi hisoblanadi. Haqiqatan ham ilm-fan va texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi oqibatida axborotlar hajmining keskin ortishi ilg’or davlatlar darajasidagi raqobatbardosh va yetuk malakali adrlar tayyorlash masalasi uzluksiz ta’limning asosiy fundamenti isoblangan boshlang’ich ta’lim tizimi uchun yuksak pedagogik-kasbiy mahoratga ega bo’lgan ijodkor o’qituvchilarni tayyorlashni taqozo qiladi.

Mamlakatimizda amalga oshiralayotgan ta’lim islohotlari an’anaviy ta’lim turlaridan farqli o’laroq, yoshlarni barkamol shaxs sifatida shakllanib, rivojlanib borishini ta’minlashga xizmat qiluvchi boshlang’ich ta’lim tizimida o’quv jarayonini tashkil etishning samarali shakl va usullarini ishlab chiqish, kichik maktab yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning pedagogik va psixologik asoslarini optimallashtirishga olib keluvchi ilmiy qarashlar, pedagogik nazariyalar va didaktik materiallar yaratish imkonini beradi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: «Mutaxassis o’z faoliyati, sohasidan qat’iy nazar, ijodiy jamolarda ishlay olish qobiliyatiga menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo’lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo’jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak». Ushbu fikrlar o’qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir. Chunki jamiyatimizda sodir bo’layotgan tub o’zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz o’qituvchidan nafaqat kasbiy bilimlarni, balki iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo’lishni taqozo qilmoqda. Shuningdek, bu o’rinda boshlang’ich sinf o’qituvchisi xususida alohida to’xtalmoq zarurdir.

Boshlang’ich sinflarda ko’zda tutilgan ta’lim samaradorligi boshlang’ich ta’lim konsepsiyasida e’tirof etilgan g’oyalar asosida yaratilgan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, metodik tavsiyanomalar, o’quv jarayonini tashkil etishning metod va mexanizmlari, o’qitishning innovasion g’oyalari va vositalariga bog’liq, albatta. Lekin bu pedagogik jarayonda yuksak pedagogik malaka va kasbiy bilimga ega, dars mobaynida muammoli vaziyatlarni yarata oladigan va uni yechimi taklif eta oladigan boshlang’ich sinf o’qituvchisining o’rni alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd qilish lozim bo’ladi. Yuqori sinf o’qituvchisi tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarning fundamental asoslari va umumiy qonuniyatlari, ularni kishilik jamiyatidagi o’rni va hamiyatini tizimli o’rgatishga, bilim berishning differensial jihatlariga ko’proq maqsadni yo’naltirsa, boshlang’ich sinf o’qituvchisi pedagogik-psixologik bilimlar majmuasi, ta’lim samaradorligini oshirish metodlari, omil va vositalari bilan qurollangan, matematika, ona tili, tabiat, inson va jamiyat ta’lim sohalarining ilmiy- nazariy asoslarini mukammal bilgan holda bolaning yosh (fiziologik va psixologik) xususiyatidan kelib chiqib fanning umumiy jihatlarini o’rgatishga, ya’ni integrativ ta’lim berishga yo’naltiradi. Bundan tashqari boshlang’ich sinf o’qituvchisi bolani o’yin faoliyatidagi elementlarni ta’limiy faoliyatga yo’naltirishni boshqara olish, mas’uliyatni his qilish, ayrim muammoli vaziyatlarda to’g’ri qarorlar qabul qila olish, vaqtni rejalashtirish, o’quvchilarni istak-xoxishlariga e’tiborli bo’lish, shuningdek ezgulikni qadrlab istiqbolli kelajakni ko’zlash fazilatlarining shakllanishiga mas’ul tarbiyachi hamdir. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining yana bir muhim sifatlaridan biri- ta’limiy faoliyatni boshlang’ich va umumta’lim fanlarining uzviylik jihatlari hamda boshlang’ich ta’lim bosqichi fanlarining o’zaro aloqadorlik tamoyillari asosida tashkil etishidir.

Hozirgi vaqtda shahar va tuman maktablarining boshlang’ich sinf o’qituvchilari faoliyatida ko’plab muammolar, jumladan, boshlang’ich ta’limning xususiy fanlarini o’qitishda noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalanish jarayonidagi kamchiliklar; o’quvchilar bilimini baholashdagi noaniqliklar; o’quvchilarning psixologik holatlarini his qila olmaslik va natijada ularda o’quv jarayoniga nisbatan motiv uyg’ota olmaslik; o’quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlay olmaslik; didaktik tamoyillarning mohiyatini to’liq tushunib yetmaganligi sababli ularga rioya qilmaslik holatlari ko’zga tashlanmoqda. Bu masalalarning ijobiy yechimini topmasdan turib, boshlang’ich sinflarda ta’lim sifati va samaradorligi to’g’risida gapirib bo’lmaydi.

Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadida biz Samarqand viloyatining umumta’lim maktablari boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy mahorati, o’quv jarayonini tashkil etish va boshqarish jarayonidagi faoliyati yuzasidan anketa so’rovlarini o’tkazdik.

Anketa so’rovlari tarkibiga quyidagi savollar kiritildi:

 Nima uchun boshlang’ich sinf o’qituvchisi kasbini tanlagansiz?

 Boshlang’ich sinf o’qituvchisiga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat?

 Boshlang’ich sinf o’quvchilarining individual psixologik xususiyatlari

to’g’risida nimalarni bilasiz?

 O’quvchilar fiziologik holatining bilim, ko’nikma va malakalar

o’zlashtirishga bog’liqligini sharhlab bering.

 Ta’lim tamoyillarining mohiyati va ahamiyatini qanday izohlaysiz?

 Fanlararo aloqadorlikning mohiyatini izohlab bering.

Anketa natijalari tahlili shuni ko’rsatdiki, so’rovnoma o’tkazilgan boshlang’ich sinf o’qituvchilarining aksariyat qismi asosiy pedagogik jarayon va tushunchalarning mohiyatini to’liq sharhlab bera olmaydi.

Bu holat shuni ko’rsatadiki, maktablarda boshlang’ich sinf o’qituvchilari bilan ishlash, ularning darslarini tahlil qilish, malaka va ko’nikmalarini oshirish, innovasion pedagogik texnologiyalarni mukammal o’zlashtirishiga oid ishlar qilinmagan. Boshlang’ich sinflarda o’qituvchilarni tanlash va tanlov asosida ishga olish ahbariyat diqqat e’tiboridan chetda qolib ketgan. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining pedagogik faoliyatini muhokama qiluvchi pedagogik kengashlar yo’q, mavjudlari bu faoliyatga rasmiyatchilik nuqtai nazaridan yondashishgan. Tahlillarimiz shuni ko’rsatdiki, juda ko’pchilik umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’qituvchilarining muayyan fanlar bo’yicha bilim darajasining yetarli emasligi, ta’lim-tarbiyaga oid hujjatlarning bilmasligi, o’zining kasbiy bilimi va mahoratini oshirishga qaratilgan maqsadli va rejali faoliyat yo’lga qo’yilmaganligini e’tirof etish lozim. Xuddi shuningdek, boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kichik maktab yoshdagi o’quvchilarning psixologik va fiziologik xususiyatlari, shuningdek ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uni boshqarish hamda baholash o’rtasidagi mutanosibliklar hamda ta’lim-tarbiyaning metodik jihatlari to’g’risidagi ko’nikma va malakalar yetarli emasligi, pedagogik voqyelik va pedagogik jarayon o’rtasidagi turg’un bog’liqlik e’tiborga olinmayotganligi ham ayon bo’ldi. Binobarin, buyuk g’arb pedagogi A.Disterverg ta’kidlaganidek: «Yaxshi o’qituvchi o’zining tarbiya prinsiplaridan hyech qachon voz kechmaydi. O’qituvchi o’z ustida mustaqil ishlashi lozim. Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib qo’ya qoladi. Yaxshi o’qituvchi o’quvchilarga haqiqatni topishga o’rgatadi».

Prezident Islom Karimovning 1997 yil 29 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so’zlagan nutqidagi «Eski talim tizimining eng yomon qusuri boshlang’ich talimga ikkinchi darajali ish deb qarayotganimizdir. Ochiq aytishimiz kerak: bilimi sayoz muallimlar ham birinchi sinfda dars beraveradi. Boshlang’ich ta’limga past nazar bilan qaralishining isboti shuki, sobiq SSSRda butun boshli pedagogika texnikumlari va bilim yurtlari tizimi tashkil etilib, ular asosan 1-4 sinf o’quvchilarini o’qitadigan muallimlar tayyorlar edi. Vaholanki, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang’ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar berkitib qo’yilishini oddiy mantiqning o’zi talab etadi» [1], degan fikr-takliflari asosida oliy ta’lim tizimi tarkibida o’rta maxsus bilimli mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan maxsus sirtqi bo’limlar ochildi, boshlang’ich ta’lim tizimi zamonaviy darslik va adabiyotlar, didaktik materiallar bilan boyitildi. Lekin hamma maktablarda bu faoliyat birdek yaxshi yo’lga qo’yilgan deb bo’lmaydi. Jumladan, ba’zi umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida boshlang’ich ta’lim metodikasini bilmaydigan filolog yoki boshqa bir diplom egalari ishlab kelishmoqda.

Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarining bilim saviyalarining pastligi yana bir sabab-oliy o’quv yurtlarida ularni tayyorlash jarayonida yo’l qo’yilib kelayotgan kamchiliklardir. Bo’lajak boshlang’ich ta’lim o’qituvchilariga bu oliy ta’lim muassasalarida «Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi», «Olam tuzilishining yagona manzarasi» kabi maxsus kurslarning o’qitilmasligi yoki «Innovasion pedagogik texnologiyalar», «Axborot texnologiyalari asosida boshlang’ich sinflarda o’quv jarayonini tashkil qilish» kabi muhim kursmavzularga ikkinchi darajali predmet sifatida yondashilishdir. Bundan tashqari

5141600 – «Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish» yo’nalishining o’quv rejasida «Yosh davrlari psixologiyasi» fani bo’yicha o’quv soatlari rejalashtirilmagan. Vaholanki, boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy faoliyati asosan kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni har tomonlama shakllantirish bilan bog’liqdir Boshlang’ich sinf o’qituvchilari yuqori sinflar(6-9sinflar)dagi fizika, matematika, biologiya fanlari o’qituvchilaridan faoliyat turlari bo’yicha keskin farqlanadilar. Yosh o’quvchilar boshlang’ich sinf o’qituvchilariga o’zlarining hamma narsaga qiziqishlari bilan yon-atrofda ko’rgan tabiat hodisalari, katta yoshdagi kishilardan eshitgan so’zlarni anglab olish uchun tabiiy va ijtimoiy fanlarga oid barcha savollar bilan murojaat qilaveradilar. Yuqori sinf o’quvchilari ulardan farqli o’laroq fizika o’qituvchisiga matematika yoki biologiyaga oid savollar bilan murojaat qilishmaydi. Bu holat esa boshlang’ich sinf o’qituvchilari barcha fan sohalarini yaxshi bilishlarini (ya’ni universal bo’lishlarini)taqozo etadi.

Ko’rsatib o’tilgan muammolar bevosita oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini tashkil qilishda innovasion yondashuvni, shuningdek bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlashda fanlararo aloqadorlikdagi tizimli bilimlar berilishini ta’minlashni talab qiladi. O’qituvchi pedagogik faoliyatni tashkil etish uchun pedagogika nazariyasi, falsafa, sosiologiya, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, psixologiya, siyosatshunoslik kabi fanlarni bilishi shart hisoblanadi. Shuningdek, boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik faniga oid obyekt va hodisalarni to’g’ri talqin qilish uchun fizika fani qonuniyatlarini bilishni taqozo qiladi. Bundan tashqari bugungi kunda ta’lim jarayoniga texnologik yondashuvning rivojlanishi pedagogika fanini o’qitishda kibernetik fanlar aloqadorligini ta’minlash maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yana bir muhim narsaga e’tiborni qaratish lozim deb hisoblaymiz,o’qituvchilik kasbining mohiyati va uning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni hamda o’qituvchilik kasbining asosiy xususiyatlari pedagogika fani orqali shakllantiriladi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida ta’lim jarayonini loyihalash, pedagogik texnologiyani o’zlashtirish, kommunikativ sifatlar va tadqiqotchilik faoliyatiga oid ko’nikmalar past darajada ekanligi tadqiqotlarda o’rganilgan va ushbu holatning sabablari sifatida quyidagilar ko’rsatib o’tish lozim:

– pedagogik amaliyot davrida bo’lajak o’qituvchilarning o’quvchilar jamoasi bilan individual muloqot o’rnatishga e’tibor qilinmaganligi;

– ta’lim jarayonini loyihalash ko’nikmasiga ega emasligi;

– bo’lajak o’qituvchilarning interfaol usul vositasida dars o’tishlariga yetarlicha ahamiyat berilmaganligi;

– pedagogika nazariyasi va amaliyoti bilan yetarli darajada tanish emasliklari

Tajriba va tahlillar asosida boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlash va ularga qo’yiladigan talablarni optimallashtirishga qaratilgan quyidagi takliflarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz:

 Ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatdan kelib chiqqan holda boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari tarkibini belgilash va ularga ajratiladigan qabul kvotalarini haqiqiy talab va ehtiyoj nuqtai nazardan qayta ko’rib chiqish.

 Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlashda bugungi kun talablaridan kelib holda yosh o’quvchilarning ruhiy-fiziologik holatlarini e’tiborga olgan holda o’qitiladigan fanlar miqdorini belgilash.

 Viloyatlardagi o’qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari xodimlari tomonidan bevosita maktablarda boshlang’ich sinf o’qituvchilarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalarini ko’rib chiqish.

 Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshga oid qiziquvchanlik xususiyatlarini hisobga olgan holda universal bilimga ega bo’lgan o’qituvchilar tayyorlash maqsadida o’quv rejasiga «Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi», «Olam tuzilishining yagona manzarasi», «Yosh davrlari psixologiyasi», «Pedagogik psixologiya» kabi maxsus kurslarini kiritish.

 Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika fanini o’qitishda fanlararo aloqadorlik prinsipi asosida o’qitishning ishlab chiqilgan nazariy g’oyalari asosida o’quv jarayonida qo’llashga yo’naltirilgan dars loyihalarini ishlab chiqish.

Adabiyotlar

Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent. 1998

Bespal`ko “Slagaemoe pedagogichskoy texnologii” 1990.M.

Farberman B. L. Ilg`or pedagogik texnologiyalar.T.1999.

Zamonaviy boshlang’ich sinf o’qituvchisining qiyofasi

Mamlakatimizda ta’lim tizimi dunyo mamlakatlari orasida alohida e’tirofga ega. Chunki milliy mentalitetimizdan kelib chqqan holda tashkil topgan bunday tizim uzoq tarixiy ildiz asosida shakllangan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ining qabul qilinishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim bilan birga boshlang‘ich ta’limning ham mavqei oshib bormoqda. Chunki bolalarning ta’limi va tarbiyasi ana shu davrdan boshlab shakllantiriladi. Har bir xalqning, millatning ertangi kuni o‘sib kelayotgan yosh avlodning bugun qanday ta’lim-tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularning har tomonlama yеtuk va barkamol insonlar bo‘lib yеtishishlariga bog‘liq. Bunday mas’uliyatli vazifani bajarish hozirgi zamon o‘qituvchisi, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan o‘z kasbiy mahoratlarini oshirib borish, ilg‘or pеdagogik tеxnologiyalar mohiyatini anglash va ulardan o‘z darslarida unumli foydalanishni taqozo etadi. Zamonaviy o‘qituvchi yuksak tarbiyaviy va ta’limiy tayyorgalikka ega bo’lgan, ta’lim jarayonida ilg‘or pеdagogik tеxnologiyalarni puxta egallagan, ularni tahlil qilish va amaliyotga joriy eta oladigan inson bo’lishi lozim.

Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarda tafakkur qilish faoliyatini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalari rivojlantiriladi. Xususan, darslar ijtimoiy-foydali bo‘lishi uchun o‘quvchilarda o‘z fikrini grammatik to‘g‘ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini tinglayolish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o‘stirish ko‘rsatmasi grammatik materialni o‘rgatishda o‘quvchilarning tilimizdagi har bir so‘z turkumi yoki so‘z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni qo‘llashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya grammatik to‘g‘ri va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o‘stirishga amalda tatbiq etish uchun o‘rgatiladi. Darsda o‘quvchilar nutqini o‘stirish darsning mazmunida va qo‘llannilgan vazifalar turlarida o‘z aksini topadi. Bu ma’suliyatli vazifani bajarish hozirgi zamon pedagoglariga, ayniqsa boshlang‘ich sinflarda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarga o‘z kasbiy mahoratlarini doimiy tarzda oshirib borishlari, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini to‘liq anglashlari va uni o‘z darslarida mohirona foydalanishlarini taqozo etmoqda. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni erkin fikrlaydigan erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi, o‘quvchilar esa ishtirokchiga aylanmog‘i kerak. Ana shu vazifani uddalashga innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik zarur. Ularga oddiy, oson va kam vaqt sarflanadigan o‘yin mashqlaridan foydalanib, darslar o‘tish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatlarini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.

Axborot oqimi keskin ortgan, turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, yangilikni o‘rganishga doim tayyor bo‘lgan, hamkorlikdan cho‘chimaydigan, muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi bo‘lishi kerak va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qo‘llanishiga yo‘l ochilishi maqsadga erishish yo‘lidagi to‘g‘ri qadamdir. Hozirgi kun o’qituvchisidan ta’lim tizimida yangi texnologiya unsuri bo‘lgan interfaol usullardan keng foydalanish ham talab etiladi.

Bu usullar orqali o‘quvchilarni darslarda yana ko‘proq munozaraga kirishishga chorlash talab etiladi. Bunda o‘quvchilarga erkinlik berish, ularni qo‘llab-quvvatlash lozim. Har bir bolaga fe’l-atvori, yoshi, aql-idrokiga qarab ijobiy munosabatda bo‘lish, o‘quvchi bilan o‘qituvchi hamkorligini ta’minlaydi. Kichik yoshdagi bola ruhiyatida har bir narsa va hodisaga qiziquvchanlik faoliyatini rivojlantirish, ulardagi bilishga bo‘lgan intilish kabi xislatlar rivojlantirilishi kerak. O‘quvchilarni vaqtida rag’batlantirish va maqtab turish lozim, sababi, bolalar maqtovni juda yaxshi ko‘radilar.

Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya berishda, o‘qituvchidan chuqur bilim, katta mahorat, ma’naviyati boy, izlanuvchan, eng muhimi fidoiy bo‘lish talab etiladi. To‘g‘ri va xilma-xillikda tashkil etilgan darslar, o‘quvchilarni faolligi va qiziqishi, bilimini oshirish orqali, barkamollikni shakllantirib boradi.

Hozirgi kunda, biz yangi pedtexnologiyalar, interfaol metodlar, umuman ta’lim jarayonini yuksak samarasini oshiruvchi yo‘l-yo‘riqlar ko‘p bo‘lib, ulardan fanga, mavzuga mosini erkin tanlab, unumli foydalanib, ozgina izlanish orqali o‘ziga xos darslarni tashkil etishimizga imkon beradi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida turli usullardan foydalaniladi. Lekin, bir usul borki, bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi yaqinlikni ta`minlaydi, darsning mana shu jarayoni “o‘yin” deb ataladi. Bunda deyarli barcha o‘quvchilar qatnashadilar va harakat qiladilar. Bu jarayonda o‘quvchilar nimadir o‘rganadilar. Bunda hamma harakat qiladi, a’lochi ham, o‘rta o‘quvchi ham, ulgurmovchi ham sergak tortadi. Chunki sinfda o‘tirgan bolajonlar yaqinginada o‘yinlar olamidan kelgan. Agar o‘qituvchi ta`limiy o‘yinlarni o‘ylab qiziqarli qilib o‘tkazsa bolada “hayratlanish” tuyg‘usi uyg‘onadi, ta’lim-tarbiyaning ana shu jarayoni o‘quvchilarning yodidan chiqmaydi va o‘yindan ko‘zda tutilgan maqsad shakllana boradi. O‘yinlar ikki xil ahamiyatga ega bo‘lib, ular ta’limiy va tarbiyaviydir.

Ta’limiy o’yinlarda bolalarda o‘qituvchi tomonidan berilayotgan bilim, ko‘nikma, malakalar o‘yin orqali o‘zlashtiriladi. Tarbiyaviy o’yinlarda esa, Bolalarga singdirilayotgan bilim, ko‘nikma, malakalar orqali axloqiylik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi sifatlari shakllantiriladi.

Bugungi kunda interfaol metodlar nomi bilan kirib kelayotgan metodlar o‘qituvchi-o‘quvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Qisqa vaqt mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni o‘quvchiga yetkazish unda ayrim faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hosil qilish, ma’naviy sifatlarini shakllantirish, shu bilan birga ularni nazorat qilish hamda baholash, o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat va chaqqonlik talab etadi. Quyida ba’zi interfaol usullarning afzalliklari haqida o’z fikrimizni keltiramiz.

Aqliy hujum – bu metod asosida chegaralangan vaqt ichida aqlning tezkor harakati orqali o‘ziga xos muammo, vazifa xususida barcha ishtirokchilarning imkon qadar ko‘proq g‘oyalarni yaratishi yotadi, ya`ni topshiriq barcha uchun yakka holda bajarilib, fikrlar umumlashtirilib bittasi ustida to‘xtaladi.

Debat – bu usulning maqsadi o‘zaro bahs-munozara asosida mukammal yechim variantlarini yuzaga chiqarishdir. Shu asosda bolalarda og’zaki nutq o’stirish ishlari ham amalga oshiriladi.

GAPNI OXIRIGA YETKAZISH – bu metodda o‘quvchi o‘z g‘oyalarini ifodalash ustida ishlash, keyinchalik esa uni boshqalar bilan muhokama qilish imkonini beradi. Bunda bir jumla yoki so‘z berilib, uni mantiqan oxiriga yetkazish so‘raladi, o‘quvchi esa shu jumlalarga mos so‘z tuzadi.

DAVRA SUHBATI – ta`lim oluvchilar davra stolida o‘tirib, bir-birlarining savollariga konvert orqali javob yozadilar yoki suhbatni olib boruvchi boshlovchi orqali savol-javobga kirishadilar.

GURUHDAGI MUNOZARALAR – qoida tariqasida boshqa texnika turlari bilan aralash qo‘llaniladigan hammaga ma’lum usulidir.

ROLLI O‘YIN – dramma yoki “qoyilmaqom qilib o‘xshatish”. Rollar ishtirokchilarga aynan mo‘ljallanganligini va ularga “go‘yoki chinakamiga” harakatlanish imkonini beradi.

O‘YINLAR VA BARDAMLASHTIRUVCHI MASHQLAR – kichik treninglar, o‘yinlar, qo‘shiq va she’rlar mazmuniga ko‘ra harakatlar qilish asosida amalga oshirilib, o‘yin, o‘qish, mehnat kabi faoliyat turlaridan foydalanadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy faoliyat turi o‘qish bo‘lishiga qaramay, bir faoliyatdan to‘la ikkinchisiga o‘tish bolada qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli, dars jarayonida turli ta’limiy o‘yinlar qo‘llangan holda darslar tashkil etiladi. Bular bilan bir qatorda, yuqorida ham to‘xtalib o‘tgan edik, o‘quvchini tetiklashtiruvchi mashqlar, dam olish daqiqalari o‘tkazish orqali ruhiy, jismoniy toliqishini oldini olib, darsga bo‘lgan diqqatini jamlashga olib keladi. O‘tkazilayotgan dam olish mashqlari avvalo, dars mavzusiga qolaversa, fanga mos bo‘lsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda dam olish mashqlari asosan harakatli o‘yinlar, she’r, qo‘shiqlar mazmuniga ko‘ra harakatlar, kichik yoshdagi o‘quvchilarga mos psixologik testlar, qiziqarli hangomalar, topishmoqlar ko‘rinishida bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchi qaysi o‘quv fanini yoqtirishi, yaxshi, mukammal o‘zlashtirishi va shu asosda mustaqil fikrlash qobiliyatiga erishishi mumkinligini o‘qituvchi oldindan bila olishi kerak. Bu ijodiy muhit barpo etilganda, o‘qituvchi bilan o‘quvchi orasida o‘zaro bir-biriga hurmat, ishonch va o‘zaro shaxs sifatida tan olish hissi paydo bo‘lganidagina namoyon bo‘ladi. Bu darsni o‘tish jarayonida munozara, bahs, muloqotlar kabi usullardan foydalanish orqali ham amalga oshiriladi.Vatanimiz kelajagi bugun maktablarimizda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilarimizga, ularning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo‘lib yetishlariga bog‘liq. Hozirgi kunda maktab o’qituvchilarining axborot texnologiyalari bo‘yicha ham malakasini oshirish ishlari keng yo‘lga qo‘yilgan. Har bir pedagog o‘z kasbiy faoliyatida kompyuter imkoniyatlaridan erkin va faol foydalanishni, dars jarayonida tatbiq qilishini nazarda tutadi. Pedagoglarning axborot texnologik tayyorgarligi bir necha komponetlarni o‘z ichiga oladi. Ulardan biri axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish asoslari va ularni kasbiy faoliyatda qo‘llash metodikasini egallash hisoblanadi.

Jamiyatimiz hayotida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar ta’limning maqsadi, mazmuni va vazifalarini ham qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi. Buning natijasida o‘quvchi dars jarayonida faol ishtirokchiga aylandi, uning fikrlash doirasi kengaydi, undan ijodkorlik, tashabbuskorlik talab etila boshlandi. Dars jarayonida o‘qituvchi emas, o‘quvchi faol bo‘lishi, savol topshiriqlar va bahs-munozaralarda ko‘proq ishtirok etib, bilimini oshirishi fanlararo uzviylik ta’limning ilg’or pedagogik texnologiyasida muhim rol o‘yiaydi. Darslarda mustaqil mutolaa, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish, o‘quvchining zehnini o‘stirish, atrof olamga nisbatan mehr va e’tiborni, fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda zamonaviy dars o‘tish usullaridan foydalanishda o’qituvchining faolligi zamon talablaridan biridir. Shunday ekan, har bir o’qituvchi avvalambor yuksak kasbiy mahoratga ega bo’lsagina, biz yosh avlod ta’lim va tarbiyasini a’lo darajaga yetkazishga erishamiz.

Qiziqarli malumotlar
Zamonaviy boshlang’ich sinf o’qituvchisining qiyofasi