Zamburugʼlardan qutulish yoʼli
Zamburugʼlardan qutulish yoʼli
DO`STLARGA ULASHING:
Oyoqlarda, ayniqsa barmoqlar orasida mikroblar hamda zamburugʼlar tufayli paydo boʼlgan kasalliklar endi boshlanayotganda oddiy usullar bilan davolash mumkin ekan. Buning uchun aptekadan tayyor novshadil (nashatir) spirtini sotib olasiz.
Kechqurun uxlashdan oldin 200 g suvga 1 oshqoshigʼini aralashtirasiz. Keyin bir parcha toza lattani unga boʼktirib oyoqlarga oʼraysiz, ustidan sellofan (polietilen) paket va paypoq kiyib olasiz. 5-6 marta ushbu muolajani qoʼllaganingizdan soʼng mikroorganizmlar qirilib, zamburugʼ «qalpoqchalari» toʼkila boshlaydi. Qarabsizki, tez orada sizni bezovta qilgan parazitlar, shuningdek eski qadoqlardan ham qutulasiz.Bu usulni oʼzimda ham, koʼpchilik tanishlarimda ham sinab koʼrganmiz, doim samarali natija bergan. Muolajadan keyin bir necha kunlar oyoqlarni sovunlab yuvishga erinmang, toza sochiqqa artib, yangi paypoq kiyishni unutmang.
Аzamat (Fargʼona viloyati).
Zamburugʼlardan qutulish yoʼli