Zahiriddin Muhammad Bobur Ruboiylari haqida to’liq ma’lumot oling
Gʻazallar
Ne koʻray toʻboni[1] qaddi[2] xushxiroming borida?!
Ne qilay sunbulni[3] xatti[4] mushkfoming[5] borida?!
Kim Xizr suyin ogʻizlagʻay labingning qoshida?
Kim Masih alfozidin[6] degay kaloming borida?!
Oshiqingni davlati vasling bila qil muhtaram,
Xusn ahli ichra muncha ehtiroming borida.
Bizdin ayru doim el birla icharsen bodani[7],
Bizni ham gohi sogʻin shurbi[8] mudoming borida.
Ey koʻngul, gar gʻayr soʻzi zahri qotildur, ne gʻam,
Lablaridin sharbati yuhyil-izoming borida.
Tarki nomus aylabon badnom boʻlgʻil ishq aro,
Kim seni oshiq degay nomusu noming borida?![9]
Bobur, ul gul koʻyida bulbul kibi topting maqom,
* * *
Keltursa yuz baloni oʻshal bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni evursam[11], balo manga!
Netgaymen ul rafiq[12] bilakim, qilur base,
Mehru vafo — raqibgʻa, javru jafo — manga.
Begona boʻlsa aql meni telbadin, ne tong,
Chun boʻldi ul parisifatim oshno manga.
Ohu yoshimdin ortadurur za’f[13], ey tabib,
Bildim: yarashmas emdi bu obu havo manga.
Dardim koʻrub, muolajada zoye’ etma umr —
Kim, jonda dardi ishqdurur bedavo manga.
To yor kimni iyetaru koʻngliga kim yoqar,
Tashvish bejihatdurur oxir sango, manga.
Bobur, boʻlubturur ikki koʻzum yoʻlida toʻrt,
Kelsa ne boʻldi qoshima bir-bir mango manga.
* * *
Chun falak qoʻymas meni bir laxza vasl ayyomida,
Tong yoʻq, ey bemehr, agar oʻlsam firoqing shomida.
Ey koʻngul, yuzin koʻrub, zulfi parishonin sogʻin,
Shomi xijrondin tavahhum[14] ayla vasl ayyomida.
Zulfidakim maskan etting, koʻr zanaxdon[15] choxini,
Voqif oʻlgʻilkim, erursen ajdahrning komida.
Gʻunchadek ogʻzing gʻami koʻnglumda gar yoʻq, bas nedur
Chok koʻnglum xay’ati gul gʻunchasi andomida?[16]
Yorning paygʻomi yetkach, topti jon farsuda tan,
Iso e’jozi[17] magar muzmardurur[18] paygʻomida?
Bobur, ul gul zulfi ostinda emastur xollar,
Jon qushin sayd4 aylar uchun donalardur domida.
* * *
Yogʻligʻingkim[19], jon bila men xastadurmen, zor anga,
Xasta jonlar rishtasidindur magar xar tor anga?
Evrulur boshinggʻayu gox,i yuzunga yuz qoʻyar,
Bu jihattin ot emish «gulpech»u gax, «gulzor» anga.
Bir chamandur saxnikim, boʻlgʻay binafsha sarbasar,
Tegrasi gulzordurkim, boʻlmagʻay bir xor anga.
Yogʻligʻing tokim yuzu koʻzushta tegmish, bordurur
Yuz meningdek zoru yuz ming men kibi bemor anga.
Ey koʻngul, yuz pora qilsa yor tigʻi, gʻam yema,
Lutf etib, gar bogʻlar oʻlsa yogʻligʻini yor anga.
Koʻnglum istar yogʻligʻingni, bapki andin bir nasim
Yetsa Boburgʻa erur jon birla minnatdor anga!
* * *
Ul parining tigʻidin qoʻrqutma meni, ey raqib,
Ishqida boshimgʻa mening har ne kelsa, yo nasib!
Evrulub boshinggʻa, ey oy, qilmisham tarki vatan,
Rahm qilgʻil mangakim, sargashtadurmen, ham gʻarib.
Telba boʻlmoqligʻdin oʻzga choraye yoʻqtur manga,
Ul pariroʻ nogahon ar[20] chiqsa uydin yosanib.
Jonda berkitgan oʻqin chekmak[21] manga ranjedurur,
Qoʻygʻil ul oʻqni, chekay deb ranj chekma, ey tabib!
Boburo, xargiz quloq she’ringgʻa ul gul solmadi,
Gulga ne parvoye, yuz faryod qilsa andalib.
* * *
Eshikingga bosh urarmen telbalar yangligʻ yurub,
Ey pari, yoʻl ber visolinggʻaki, ketmay bosh urub.
Sarv qadding borida oʻz qaddini chun qildi vasf,
Oʻtqa yoqti bogʻbon sarvi sixisin sindurub.
Oʻlturub erdi, qoʻpub ketmakka chun azm ayladi,
Yona tirguzdi meni, alhamdulillah, oʻlturub.
Koʻzlari sayd aylar uchun telba koʻnglumni mening
Qoshi yosini qurub, kirpik oʻqini toʻldurub.
To sabo zulfini ul gulning parishon ayladi,
Jon bila aqlu koʻngulni yelga berdim sovurub.
Topshurub erdim koʻngulni yorgʻa, chun bordi yor,
Qamdam ettim xasta koʻnglumni Xudoga topshurub.
Boʻynuma zanjiri gʻam, yo boʻgʻzuma tigʻi sitam,
Har ne kelsa ishq yoʻlida turubmen telmurub.
Men bilurmen koʻzi qotil, la’li1 jonbaxsh erkanin,
Chunki, Bobur, hajrida koʻp yigʻladim ogʻzim qurub.
* * *
Gʻofil oʻlma, ey soqiy, gul chogʻin gʻanimat tut!
Vaqti aysh emas boqiy, ol chogʻir, ketur, bot tut!
Bu nasihatim tingla: ne boʻlur kishi yongla,
Ne boʻlur ekin tongla, sen bu kun gʻanimat tut!
Gʻofil oʻlma davlatta, oʻzni solma mehnatga,
Tangri berur albatta, davlat ista, himmat tut!
Xushturur visoli yor, anda boʻlmasa dayyor[22],
Boʻlsa vasl beagʻyor davlatu saodat tut!
Gʻam cheriki behaddur, chorasi budur, Bobur:
Bodani koʻmak keltur, jomni himoyat tut!
* * *
Ey yuzi nasrin, qomati shamshod,
Necha qilursen jonima bedod?
Sen kibi purkor[23], shevasi[24] bisyor,
Bilmadi, ey yor, hech kishi yod.
Javrda nodir, zulmda mohir,
Ishvada qodir, gʻamzada ustod.
Yor gʻamidin, hajr alamidin,
Sabr kamidin nolayu faryod!
Boburi bedil[25], ey buti qotil,
Javrunga moyil, zulmunga mu’tod[26].
* * *
Shoh Sulton Uvays binni Mahmud[27],
Moh Sulton Uvays binni Mahmud.
Qaddu ogʻzingdin ayru tortarmen —
Oh, Sulton Uvays binni Mahmud.
Meni yod ayla bazmi ishqingda
Goh, Sulton Uvays binni Mahmud.
Xushturur hamrahim agar sensen —
Roh, Sulton Uvays binni Mahmud.
Podshahdur agarchi Bobur lek,
Shoh Sulton Uvays binni Mahmud.
* * *
Baloi ishqki, har dam manga jafoyedur,
Bu ishqdin kecha olmon[28], ajab baloyedur.
Xati labigʻa tutosh boʻlsa, ey koʻngul, ne ajab-
Ki, Xizr chashmai hayvonga[29] rahnamoyedur.
Yarar bu xasta koʻngul dardigʻa oʻqin yarasi,
Magarki har yarasi yorning davoyedur.
Bahor fasliduru may havosi boshimda,
Ayoq[30] tut manga, soqiyki, xush havoyedur.
Ul oy raqibgʻa boʻldi rafiqu Boburning
Rafiqu hamdami hajrida ohu voyedur.
* * *
Yangi oy yor yuzi birla koʻrub el shodu xurramlar,
Manga yuzu qoshingdin ayru bayram oyida gʻamlar.
Mening bu tori moʻ yangligʻ tanimgʻa toblar soldi
Ul oyning yuzida sunbul kibi zulfidagʻi xamlar.
Havogʻa dudi ohin tutratur ishq ahli gʻayratdin,
Sabo tahrikidin[31] har gah parishon boʻlsa parchamlar[32].
Ochildi zulfiyu xaylar[33] namudor[34] oʻldi yuzida,
Gul uzra chun boʻlur paydo kecha ochilsa shabnamlar.
Menu kunji[35] gʻamu ohu figʻonu ashki xunolud[36],
Ne xushdur goʻshai xoli, mayi sofiyu hamdamlar.
Koʻngulni ishq buzdi, ne asigʻ[37] pandu nasihatdin,
Mening majrux. koʻnglumga yarashmas ushbu marhamlar.
* * *
Ochilib ikki sochi, yuziga yoyilmishlar,
Yoruq jahonni koʻzumga qorongʻu qilmishlar.
Chogʻir bagʻir qonidur barcha ishq ahligʻa,
Zihi alarki, bu maydin dame oyilmishlar.
Ne qilsam, aylama, ey yor, aybkim, menda
Jununu ishqu yigitlik bori qotilmishlar.
Salohqa xirad ahli meni yovuq derlar,
Koʻrungki, ushbu chechanlar yiroq yongilmishlar.
Ne sud ishqni eldin yoshurmoq, ey Bobur,
Chu holatingni bori olam ahli bilmishlar.
* * *
Xati — binafsha, xadi — lola, zulfi rayhondur,
Bahori husnda yuzi ajab gulistondur.
Iki mengi oyu dogʻi yuzu soʻzi gulu mul,
Qadi ravonu tani jonu irni marjondur.
Qoshida chinu koʻzida kinu angabin labida,
Soʻzida zahr va lekin tilida darmondur.
Qoshinggʻa koʻp bora olmon, netay, aroliqda,
Yoshim tishing duridin ayru bahri Ummondur.
Oʻtumni tez etasen har tarafgʻa sekretib ot,
Samandi noz inonini bir beri yondur.
Ki, husnunga sening, ey ruh, aql hayrondur.
Jafoyu javr agar qilsa, Boburo, netayin,
Ne ixtiyor manga, har ne qilsa, sultondur.
* * *
Za’fdin goʻyo mening bu zor jismim noldur —
Kim, oning sharhin demakta xoma tili loldur.
Za’fliq jismim bila bu notavon koʻnglum aro
Dard yor erkanga ushbu egma qaddim doldur.
Men damodam qon yutarmen hajr ayogʻidin, netay,
Oʻzgalarning jomi vasli garchi molomoldur.
Zulfigʻa vobastamen, vasligʻa yoʻqdur dastras,
Ey xush ul ozodakim, beqaydu forigʻboldur.
Ul paridin men nechuk jon eltamenkim, Boburo,
Vasli mushkil, xajri muxliq gʻamzasi qattoldur.
* * *
Koʻk vusmada ul oy qoshi goʻyo xayoldur,
Yo oy boshida koʻkta koʻrungan hiloldur.
Oning zavoli borduru bu bezavoldur.
Ogʻziyu ikki zulfu qadi boʻlmasa manga,
Rayhonu sarvu gʻuncha koʻrardin maloldur.
Ushshoq oxi yelidin osib topmasun
Qaddingki, husn bogʻida nozik niholdur.
Koʻnglumga dard kelgali xam boʻldi qomatim,
Qaddim magarki «dard» yonidagʻi «dol»dur.
Garchi vafoyu mehoni bilmas mening oyim,
Lekin jafoyu javrda sohibkamoldur.
Har necha beinoyat esa yor, Boburo,
Sen qoʻyma xidmatingniyu oni uyoldur.
* * *
Koʻnglumni chu ul pari olibtur,
Devona boʻlurgʻa ne qolibtur?!
Bedil ekanimni emdi bilgay,
Chun bir kishi koʻnglini olibtur.
Koʻnglumni olib, tagʻofulin koʻr,
Bilmasga oʻzini ne solibtur.
Zulfung cherigini yigʻki, jam’i
Bu fitnadin asru qoʻzgʻolibtur.
Bobur, necha kun koʻngulni xush tut,
Bu olam ishi chun munqalibtur.
* * *
Vaslin ul oy manga muhol qilur,
Hajridin meni xastahol qilur.
Bilmayin holatimni ul bemehr,
Oʻzgalardek meni xayol qilur.
Ol yuzi koʻz yoshimni qon qildi,
Koʻrgach-oʻq deb edimki, ol qilur.
Sarfaroz etsa daxr, shod oʻlma,
K-oxir ul-amr poymol qilur.
Men kimu zuhdu tavbakim, zohid
Necha andishai mahol qilur.
Tavba ishin buyurma Boburgʻa —
Kim, bu ishni oʻshal oʻsol qilur.
* * *
Mendin oʻzga xastalargʻa la’lidin darmon berur,
Men berurmen jonu ul umr oʻzgalarga jon berur.
Oshiqi men, ul qilur agʻyorgʻa maxbubluq,
Dardmandi men, vale ul oʻzgaga darmon berur.
Oʻqida paykon emas, bir qatra hayvon suyidur,
Yetgach-oʻq jonsiz tanimga jon oʻshal paykon berur.
Qosh yoshimni xajrida, she’rimni vasfida koʻrung —
Kim, bu yangligʻ durru gavhar qaysi bahru kon berur?
Boʻlgʻali qaddigʻa moyil vaslidin mahrummen,
Boburo, ul husn naxli bar magar hirmon berur
* * *
Qaro zulfung firoqida parishon roʻzgorim bor,
Yuzungnung ishtiyoqida ne sabru ne qarorim bor.
Labing bagʻrimni qon qildi, koʻzumdin qon ravon qildi,
Nega holim yamon qildi, men ondin bir soʻrorim bor.
Jahondin manga gʻam boʻlsa, ulusdin gar alam boʻlsa,
Ne gʻam yuz muncha xam boʻlsa, seningdek gʻamgusorim bor.
Agar muslixmen, ar mufsid va gar oshiqmen, ar obid,
Ne ishing bor sening, zohid, meningki ixtiyorim bor.
Figʻonim oshti bulbuldin, gʻami yoʻq zarra bu quldin,
Base, Bobur, oʻshal guldin koʻngulda xorxorim bor.
* * *
Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur,
Gʻuncha sirrin ochqon ul ikki labi xandonidur.
Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida,
Gul uza agʻnar, magar ul ikkining davronidur.
Oʻqi zaxmini koʻrub har yon tanimda, el degay —
Kim, bu koʻhi dardning ul lolai nu’monidur.
Sel emasdur yer yuzin tutqon — koʻzumning yoshidur!
Ra’d emasdur koʻkka chirmashqon — koʻngul afgʻonidur!
Lojaram, boʻlgʻay parishonu xavoyi men kibi
Zarra yangligʻ kimki bir xurshid sargardonidur.
Ul pari ishqida, Bobur, qoʻnglum andoq telbadur—
Kim, sochi zanjiridur, chohi zaqan zindonidur.
* * *
Mening koʻnglumki, gulning gʻunchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor oʻlsa, ochilmogʻi ne imkondur.
Agar ul qoshi yosiz bogʻ gashtin orzu qilsam,
Koʻzumga oʻqdurur sarvu koʻngulga gʻuncha paykondur.
Bahoru bogʻ sayrin ne qilaykim, dilsitonimning
Yuzi — gul, zulfi — sunbul, qomati sarvi xiromondur.
Visoli lazzatidin ruh topmogʻliq erur dushvor,
Firoqi shiddatida yoʻqsa jon bermaklik osondur.
Boshidin evrulur armoni birla oʻldum, ey Bobur,
Mening na’shimni bori ul pari koʻyidin aylondur.
* * *
Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkildur,
Sening birla chiqishmogʻliq dogʻi bisyor mushkildur.
Mizojing noziku sen — tundu, men — bir beadab telba,
Sanga xolimni qilmoq, ey pari, izhor mushkildur.
Ne osigʻ nolayu faryod xobolud baxtimdin,
Bu unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkildur.
Manga osondurur boʻlsa agar yuz ming tuman dushman,
Vale boʻlmoq jahonda, ey qoʻngul, beyor mushkildur.
Visolinkim tilarsen, nozini xush tortgʻil, Bobur —
Ki, olam bogʻida topmoq guli bexor mushkildur.
* * *
Ichgucha jomi ajal koʻnglumda ul soqi(y)durur,
Toʻlgʻucha paymonam ul soqi(y) bila boqi(y)durur.
Bosh koʻtarmon bodadin chun bor ayogʻi oʻrtada,
Qoʻymon ilgimdin’ ayoq chun jilvagar soqi(y)durur.
Egma qaddim ayb qilma qoshi yolar ishqida,
Yangi oydek xam boʻlur gar xud falak toqidurur.
Ul hiloling birla xurshiding sifotin yozgʻali
Muxtasardur filmasal gar charx avroqidurur.
Ishq ila maydin koʻngulni tutmogʻing ne sudkim,
Dard naf’idur nechukkim, zaqr taryoqidurur.
Turklar xatti nasibing boʻlmasa, Bobur, ne tong,
Boburiy xatti emasdur, xatti sigaoqi(y)durur.
* * *
Yordin ozor koʻnglum ichra behad bordur,
Ey xush ul koʻngul, anga ne yoru ne ozordur.
Yoʻqturur gar yor — yoʻqtur toqatu sabru shikeb,
Yor agar bordur, jafoyu javru mehnat yordur.
Necha koʻrsatsam vafoyu mehr, etar javru jafo,
Nechakim men zormen, mendin ul oy bezordur.
Koʻzi hajrida, yuzi yodida, soʻzi shavqida,
Xotirim afgoru jismim zoru koʻz xunbordur.
Senda, Bobur, yoʻq gunah, yorning itobi kam emas,
Jurmsiz doim itob aylar — ajab dildordur.
* * *
Yuzida ul labi xandon koʻrunur,
Sutga koʻp boqsa, bale, qon koʻrunur.
Xatti mushkinmudurur gul yuzida,
Yo suman ustida rayhon koʻrunur?
Koʻrmagay xotirini jam’ oʻzga,
Kimga ul zulfi parishon koʻrunur.
Ishqni el ne xayol aylabdur,
Asru mushkildurur — oson koʻrunur.
Sarv boʻyluq sanaming, ey Bobur,
Rost aytay, soʻzi yolgon koʻrunur.
* * *
Bahor ayyomidur, dogʻi yigitlikning avonidur,
Ketur, soqiy, sharobi nobkim, ishrat zamonidur.
Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun,
Gahi sahni chaman gul chehrasidin argʻuvonidur.
Yana sahni chaman boʻldi munaqqash ranga gullardin,
Magarkim sun’ning naqqoshigʻa rang imtihonidur.
Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori,
Qading, ey gul, hayotim bogʻining sarvi ravonidur.
Ne yerda boʻlsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,
Gʻaribinggʻa tarahhum aylagilkim, andijonidur.
* * *
To uzuldi koʻnglum ul oy qaddidin afsurdadur —
Kim, uzulgan gʻuncha gulning shoxidin pajmurdadur.
Koʻksum ichra tah-batah qonni bagʻir qilmang xayol —
Kim, aning ishqin yoʻlida bir tah Etgan gurdadur.
Husn koʻrmas koʻzlarim, koʻnglum dogʻi ishq istamas,
Goʻiyokim koʻzlarimdur koʻru koʻnglum murdadur.
Tan hijobin raf’ qil, gar yor vaslin istasang,
Ey qoʻngul, bilkim, aroda hoyil ushbu pardadur.
Bormu erkin ishq elinda, balki olam ahlida
Muncha chogʻligʻ hasratu anduhkim Boburdadur?!
* * *
Sochiyu qoshiyu koʻzidin boshta havodur,
Ne boshda havo — har birisi boshqa balodur.
Qosh yosi bila ul qora koʻz gʻamza oʻqini
Ushshoqdin oʻzga sorigʻa otsa xatodur.
Gar chin desangiz, koʻzi oning ohui Chindur,
Xattini, xato qilmasangiz, mushki Xitodur.
Evrulsam oning boshigʻa, topshursam onga jon,
Jonimda havas ulduru boshda bu havodur.
Ishq ichra yoshurgʻon yurakim qonini, vahkim,
Bu seli sirishkim bori olamgʻa yoyodur.
Bobur desa oyini, ne tong, javru jafoliq —
Kim, husn eli oyini, bale, javru jafodur.
* * *
Chu dod berdi manga shoh yuz umidi vafodur,
Ne sud rashki hasudoki, dod dodi Xudodur!
Ne tong, qotinda agar boʻlsa la’lu dur toshu tufroq —
Ki, ma’dani karamu judu bahri lutfu saxodur.
Agarchi dahr alamidin toʻkuldi seli sirishkim,
Valek shah karamidin umidim asru toʻlodur.
Yazid eliga ne miqdor gʻoziylar qotidakim,
Ul eldur asru yuraksiz, bu xayl asru bahodur.
Adovat odi, muhabbat nishoni qolgʻucha, Bobur,
Aduv xayli Yazidu muhibe oli abodur.
* * *
Gʻurbatta ul oy hajri meni pir qilibtur,
Hijron bila gʻurbat manga ta’sir qilibtur.
Maqdur borincha qiluram sa’yi visoling,
To Tengrini, bilmonki, ne taqdir qilibtur.
Taqdirdur ul yonu bu yon solgʻuchi, yoʻqsa,
Kimga qavasi Sanbalu Tatyir qilibtur?
Bu Hind yeri xosilidin koʻp koʻngul oldim,
Ne sudki, bu yer meni dilgir qilibtur.
Sendin bu qadar qoldi yiroq — oʻlmadi Bobur,
Ma’zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur.
* * *
Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.
Bu shaklu shamoyil bila xud x,uru parisen —
Kim, jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.
Agʻyor koʻz olidayu ul yor ayon yoʻq,
Gʻam xori koʻngul ichrayu gʻamxor topilmas.
Ey gul, meni zor etmaki, husnung chamanida,
Koʻzni yumub-ochquncha bu gulzor topilmas.
Bobur, seni chun yor dedi — yorligʻ etgil,
Olamda kishiga yoʻq esa yor topilmas.
* * *
Qoʻy, ey oqil, nasihat soʻzlarinkim, dilpisand ermas,
Mening devona koʻnglumga nasihat sudmand ermas.
Necha devona koʻnglumni qilursen nafy, ey oqil,
Agarchi telbadur, bori seningdek xudpisand ermas.
Qilursen talx ayshim komini behuda soʻzlardin,
Sarosar soʻzlaring zahredur, ey nosihki, pand ermas.
Boʻlubmen bir parining anbarin sochigʻa vobasta,
Meni telbaga emdi hojati zanjiru band ermas.
Jahonda koʻp gado garchi lavandatvorliq bordur,
Va lekin, Boburo, hargiz seningdek shah lavand ermas.
* * *
Ul oyning ittifoqi nifoqigʻa arzimas,
Ayyomi vasli shomi firoqigʻa arzimas.
Bu dahr ichra bistari rohat tilarni qoʻy,
Ul farsh chun bu koʻhna ravoqigʻa arzimas.
Aysheki oʻtti — oʻzga ani zikr aylama,
Har nimaiki yitti — soʻroqigʻa arzimas.
Qilmoq umidu biym ila xidmat shah olida,
Darbonining soʻkunchu tayoqigʻa arzimas.
Bobur, visolni ne tilarsen, chu hajr bor,
Bir lahza ayshi mehnati boqi(y)gʻa arzimas.
* * *
Oldi qoʻnglumni, sogʻindimkim, manga dildor emish,
Oshiq oʻlgoch, koʻrdum ul shamshod qaddin yuz balo,
Olloh-Olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish!
Iltifot etmasligin boziy xayol aylar edim,
Emdi bildimkim, anga mendin bu yangligʻ or emish.
Ul pari ishqida yoʻq oʻlmoqdin oʻzga choraye,
Chun oʻzi — qotil, soʻzi — muhlik, koʻzi — xunxor emish.
Husn ahli, ey koʻngul, olam aro ishq ahlining
Koʻnglini soxlar emish, har kimgakim, dildor emish.
Ul vafosiz yordin chekmak ne, ya’ni muncha gʻam,
Husn ahli, chunki, Bobur, dunyoda bisyor emish.
* * *
Necha davron gʻussasi boʻlgʻay mening jonimgʻa xos,
Koshki oʻlsam, dogʻi bu gʻussadin boʻlsam xalos!
Ohu vovaylo — surudum, dardu gʻam — hamsuhbatim,
Boda — ashkim qoni, kim koʻrdi muningdek bazmi xos?
Gar shikastim boʻlsa sust agʻyordin, ta’n etmangiz —
Kim, shikayetigʻa sabab olmosning bordur rasos.
Oshiq oʻlgʻoch, bexudu devona boʻldum, bilmadim —
Kim, pariruhsoralar ishqiga bu ermish xavos.
Xublarni koʻz koʻrub, qon qildi Bobur bagʻrini,
Emdi koʻzdin qon toʻkarmenkim, budur anga qasos.
* * *
Kim koʻrubdur, ey qoʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ?
Kimki, ondin yaxshi yoʻq, koʻz tutma ondin yaxshiligʻ!
Gar zamonni nafy qilsam, ayb qilma, ey rafiq,
Koʻrmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshiligʻ!
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun koʻngluma,
Kelmadi jonimgʻa hech oromi jondin yaxshiligʻ.
Ey koʻngul, chun yaxshidin koʻrdung yamonliq asru koʻp,
Emdi koʻz tutmaq ne, ya’ni har yamondin yaxshiligʻ?
Bori elga yaxshiligʻ qilgʻilki, mundin yaxshi yoʻq —
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiligʻ!
Yaxshiligʻ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim koʻrubdur, ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ?!
* * *
Soʻrma holimniki, boʻldum burnogʻidin zorroq,
Jism jondin zoru jonim jismdin afgorroq.
Banda taqrir aylay olmon band-bandim dardini,
Yuz temur band oʻlsa, ondin bu erur dushvorroq.
Mastu bexudluq bila umrungni oʻtkarding, darigʻ,
Ey koʻngul, mundin beri boʻl bir nima hushyorroq.
Gʻaflat uyqusidin uygon — gar tilar boʻlsang murod —
Kim, yetar maqsadgʻa har kim boʻlsa ul bedorroq.
Oʻlgali yettim, mening jonim gʻamin ye, ey rafiq,
Dahr aro chun yoʻq kishi sendin manga gʻamxorroq.
Kelmas oʻxshar zahmating islohgʻa, Bobur, magar,
Har davokim qildilar, boʻldung taqi bemorroq.
* * *
Yor yuzumni koʻrub, dardu gʻamim bilsa kerak,
Yuz koʻrub, dardu gʻamim chorasini qilsa kerak.
Ey sabo, jonu koʻngulni oʻzining chun qildi,
Koʻngli birla degasen, joni uchun kelsa kerak.
Vaslini ne qilayin — gʻayrdin ayrilmadi hech,
Yor vasli menga, u agʻyordin ayrilsa kerak.
Vaslining qadrini chun bilmadi bu telba koʻngul,
Hajrining tigʻi oning yuragini tilsa kerak.
Shukr, Boburni bilurmen, degan ermish ul oy,
Lojaram, bandalarin shohlari bilsa kerak.
* * *
Bir pari men telbani husnigʻa moyil qilgʻudek,
Koʻzum ichra yer tutub, koʻnglumda manzil qilgʻudek.
Koʻnglumu koʻzum yuziga volayu hayron boʻlub,
Jonima yuz ming gʻamu mehnatni hosil qilgʻudek.
Notavon koʻnglumgʻa ishqi qaygʻuni kelturgudek,
Ayshu ishratni koʻnguldin qaygʻu zoyil qilgʻudek.
Qilmadi Farhodu Majnun oʻzni rasvo men kibi —
Ul pari ishqida Bobur jon berib, ey ahli ishq,
Ishq atvorini ishq ahligʻa mushkil qilgʻudek.
* * *
Chiqsa quyosh falakka, sen otqa chiqqaningdek,
Boʻlgʻaymu ul seningdek, ul biri tavsaningdek?
Koʻksumni chunki yording, kirgil koʻngulgakim, bor —
Ul yora eshigingdek, koʻz anda ravzaningdek.
Gar siym bargi gulni qilsa libos oʻziga,
Boʻlgʻaymu, ey gulandom, koʻnglak bila taningdek?
Ul yor x.azratinda bisyor yaxshidur gʻayr,
Men xdm yamon emon, lek, yaxshi emon aningdek.
Da’viyi ishq etib, gʻayr, Boburni ayb qilma —
Kim, men edim seningdek, sen boʻlgʻasen meningdek.
* * *
Oʻzni, koʻngul, aysh ila tutmoq kerak,
Bizni unutqonni unutmoq kerak.
Ayshu tarab gulbunigʻa suv berib,
Gʻussa niholini qurutmoq kerak.
Tiyradurur zuhd damidin koʻngul,
Ishq oʻti birla yorutmoq kerak.
Har nimagʻa gʻam yema — gʻam koʻpturur,
Aysh bila oʻzni ovutmoq kerak.
Qoʻyma mashaqqat aro, Bobur, koʻngul,
Oʻzni farogʻat bila tutmoq kerak.
* * *
Koʻngulga boʻldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta koʻngluma ermish qaro balo soching.
Boshimgʻa chiqti tutun rashkdin qora sochdin,
Ayoqqa tushgali, ey sarvi noz, to soching.
Muyassar oʻldi junun mulki, ey junun axli,
Nisori ashkni emdi bu kun mango soching!
Soching shikastida bordur shikasta koʻngullar,
Koʻngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching.
Ochildi koʻngli, chu ochting sochingni, Boburning,
Ne ayb, agar desa dilbandu dilkusho soching!
* * *
Oʻlturur garchi meni guftoring,
Tirguzur ul labi shakarboring.
Kuydurur xasratida meni, netay,
Otashin guldek iki ruhsoring.
Ey koʻngul, yaxshi iki dunyodin
Bir nazar qilsa sanga dildoring!
Xor koʻrma gʻamin ul oyningkim,
Budurur furqatida gʻamxoring.
Qildi to gul yuzida zohir xat,
Boburo, boʻldi xati bezoring.
Xiradu sabr kelib albatta,
Ishqidin emdi meni qutqoring!
* * *
Olida goʻyin koʻrung, ilgida chavgonin koʻrung,
Yuzida zulfi bila goʻyi zanaxdonin koʻrung!
Sekretib yeldurganida tavsanigʻa koʻz soling,
Yoyqolib yoʻl yurusa, sarvi xiromonin koʻrung!
Ul pari maydon aro javlonda yuz ming noz ila,
Orqasinda yuz meningdek zoru hayronin koʻrung.
Ishqida jonni malomat oʻqigʻa qilmang hadaf,
Qoshining yosini koʻzlang, tiyri mujgonin koʻrung!
Derki, Bobur, iltifot aylay sanga yetgan zamon,
Menga yetgach, qoshida yuz chinu yolgʻonin koʻrung.
* * *
Qaysi bir ozorin aytay jonima agʻyorning?
Qaysi bir ogʻritqonin qoʻnglumni dey dildorning?
Qaysi bir berahligʻini tolei gumrohning?
Qaysi bir kajravligʻini charxi kajraftorning?
Qaysi hasrat birla armonin vafosiz vaslning?
Qaysi mehnat birla ranjin furqati xunxorning?
Gʻurbat ichra, ey koʻngul, eldin vafo istarni qoʻy,
Chun vafosin koʻrmading hargiz diyoru yorning.
Bobur, ul gul javr etar, agʻyordin ne yaxshiligʻ?
Gulning ozori bu boʻlsa, vah, ne boʻlgʻay xorning?
* * *
Kimki, boʻlgʻay sen kibi olamda dildori aning,
Har qayon azm aylasa, boʻlgʻay Xudo yori aning!
Koʻyidin men azm etarmen — qolgʻudektur xotirim,
Xotirimni saxlasa, Tengri nigahdori aning!
Keldim ersa, kelmadi hargiz aning koʻngliga rahm,
Bordim, ammo bormadi koʻnglumdin ozori aning.
Ul quyoshdin ne asigʻ chekmak jafoyu javrkim,
Mayli yoʻqtur zarraye mehru vafo sori aning.
Borgʻay erdim bosh ila koʻyiga, naylay, Boburo,
Har qachon borsam eshigiga, kelur ori aning.
* * *
Telba koʻnglumkim, sening changingdadur, yod aylagil,
Ishrat ichra har qachonkim, chang olsang ilginga,
Furqatingda qolgon egri qomatim yod aylagil.
Soz aylab bir nishotangez chang, ey dilrabo,
Majlis ichra chang birla tortib ovoz, ey pari,
Sabru hushim juzvu avroqini barbod aylagil!
Changda har kun cholur yoring chu yoʻqtur, Boburo,
Yerga bosh chalmoq bila oʻzungni mu’tod aylagil
* * *
Ne fikrekim, sening fikring emas — ul fikr erur botil,
Ne umrekim, oʻtar sensiz — erur ul umr behosil!
Taolalloh, ne koʻzu qoshdururkim, har qachon koʻrsam,
Gahi koʻnglum boʻlur bexud, gahi aqlim boʻlur zoyil.
Jafoyu javr tavridin erursen asru koʻp voqif,
Vafoyu mehr rasmidin boʻlursen asru koʻp gʻofil.
Quyosh yangligʻ yuzungga mendururmen volayu hayron,
Yangi oydek qoshinggʻa mendururmen oshiqu moyil.
Kechurdung oyu yilni mastu bexudluq bila, Bobur,
Necha gʻaflat bila umr oʻtkarursen, necha kun oyil!
* * *
Jonimdin oʻzga yori vafodor topmadim,
Koʻnglumdin oʻzga maxramy asror topmadim.
Jonimdek oʻzga jonni dilafgor koʻrmadim,
Koʻnglim kibi koʻngulni giriftor topmadim.
Usruk koʻziga toki koʻngul boʻldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xoʻy etmisham, netay,
Chun vasligʻa oʻzumni sazovor topmadim.
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.
Bobur, oʻzungni oʻrgatakoʻr yorsizki, men
Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim.
* * *
Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon boʻldum,
Demon bexonumon, ovorai ikki jahon boʻldum.
Labing gar bermasa boʻsa, nechuk jon elta olgʻayman,
Bu yoʻldakim, adam sahrosigʻa emdi ravon boʻldum.
Soʻrub ul oy labidin, ogʻzining ramzini angladim,
Bir ogʻiz soʻz bila, koʻrungki, muncha xurdadon boʻldum.
Nechakim, qoshi yolar ishqida tuzlukni koʻrsattim,
Vale oxir malomat oʻqlarigʻa-oʻq nishon boʻldum.
Kular erdim burun Farhodi miskin dostonigʻa,
Bu Shirindurki, oning birla-oʻq hamdoston boʻldum.
Visoling davlatigʻa yetmasam Bobur kibi, ne tong —
Ki, hajring mehnatida asru zoru notavon boʻldum.
* * *
Xazon yafrogʻi yangligʻ gul yuzung hajrida sargʻardim,
Koʻrub rahm aylagil, ey lola ruh, bu chehrai zardim.
Sen, ey gul, qoʻymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayogʻinggʻa tushub, bargi xazondek muncha yolbordim.
Latofat gulshanida gul kibi sen sabzu xurram qol,
Men archi dahr bogʻidin xazon yafrogʻidek bordim.
Xazondek qon yoshim, sorigʻ yuzumdin el tanaffurda,
Ba har range, bihamdillah, ulusdin oʻzni qutqordim.
Ne tole’dur mangakim, axtari baxtim topilmaydi,
Falak avroqini har nechakim daftardek axtardim.
Ulusning ta’nu ta’rifi manga, Bobur, barobardur,
Bu olamda oʻzumni chun yamon-yaxshidin oʻtkardim.
* * *
Gʻayr toshi zaxmidin dardimni izhor etmadim,
Ichtagi pinhon gʻamim toshtin namudor etmadim.
Qondin elga yoydi tifli ashk sirrimni mening,
Chunki men ul yoshni hargiz sohibasror etmadim.
Yuzi xurshidi, tishi durridin ayru jismda
Qolmadi bir zarra yerkim, tishdin afgor etmadim.
Kelmadi koʻnglumga ishqining sururu davlati,
To oʻzumni mehnatu gʻamgʻa sazovor etmadim.
Toleimdin ne osigʻ, Bobur, fiyunu nolakim,
Uyquluq baxtimni bu un birla bedor etmadim.
* * *
Oyogʻin oʻpsam, yetishgay arsh togʻigʻa boshim,
Dast bergay davlatim, gar tutsa ilgim mahvashim.
Qoʻymogʻumdur etaging ketsam ilikdin har necha,
Bormogʻumdur ostoningdin agar borsa boshim.
Oʻtti el boʻlmoqdin ul yosh, men qarigʻum ishqida,
Doʻstlar, koʻnglumdagin qabrim toshigʻa yozgʻasiz,
Toki birdek boʻlgʻay ul oy ishqida ichu toshim.
Yor iti, qichqirma gar Bobur desa holin sanga,
Naylayin, bu gʻurbat ichra sendin oʻzga yoʻq kishim.
* * *
Ne xush boʻlgʻayki, bir kun uyquluq baxtimni uygʻotsam,
Kechalar tori moʻyidek beliga chirmashib yotsam.
Gahi guldek yuzini ul shakar soʻzlukning islasam,
Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la’lidin totsam.
Qani Shirin bila Layliki, sendin noz oʻrgansa?
Qani Farhodu Majnunkim, alargʻa ishq oʻrgatsam?!
Yoruq kunduz, qorongʻu kechada anjum kibi boʻlgʻay,
Chekib gar oh dudini, koʻngul oʻtini tutratsam.
Koʻzum ravshanligʻida boʻlgʻay, ey Bobur, base kamligʻ,
Agar qoshi bila yuzin hilolu kunga oʻxshatsam.
* * *
Hajr aro ishrat ayogʻin bormu noʻsh aylar chogʻim,
Sensizni yurub ayoq ichkuncha sinsun oyogʻim!
Men nechun bormay oʻzumdinkim, dame yoʻqtur sogʻim.
Dogʻlar qoʻydum diramlar kibi koʻksumni yorib,
Ne osigʻkim, yorgʻa tushmas qabul ul yormogʻim.
Dast bermas vaslu kelmas yoru rahm etmas, ne sud?
Bormogʻim boʻgʻzumgʻa eltib, bormogʻim yolbormogʻim.
Istaram, ey ishq, mendin qolmagʻay nomu nishon,
Tufroq et jismimni, dogʻi yelga bergil tufrogʻim!
Koʻzlarimdin borgʻali yoshim tanim boʻldi nizor,
Bilmadim, ul yosh ekandur, Boburo, mening yogʻim.
* * *
Gʻurbatu hijrongʻa qoldim, oh, ul jon ilgidin,
Jongʻa yettim emdi gʻurbat birla hijron ilgidin.
Koʻrsatur gah tigʻu gah oʻq — holatimni bilmayin,
Ne balolar koʻradurmen yori nodon ilgidin.
El figʻonimdin bajonu men bu jondin, ey ajal,
Qil xalos elniyu meni jonu afgʻon ilgidin.
Bobur, ul oy hajrida ishing base dushvor edi,
Shukrkim, qutqardi oʻlum seni oson ilgidin.
* * *
Yana koʻz uyida ma’vo qilibsen,
Koʻngul koshonasida jo qilibsen.
Yana savdoi zulfungdin, nigoro,
Meni oshuftayu shaydo qilibsen.
Gʻaming yoʻq jon agar bersam gʻamingda,
Oʻzungni muncha beparvo qilibsen?!
Qoshingdin meni oʻqdek tashlar uchun,
Yangi oydek qoshingni yo qilibsen.
Koʻzumdin yoshunub, ey bahri altof,
Koʻzumning yoshini daryo qilibsen.
Sogʻinmas jannat ul-ma’voni Bobur,
Aning koʻnglida to ma’vo qilibsen.
* * *
Ne vafo umrumda ul jonu jahondin koʻrgamen,
Kim vafo jondin koʻrubturkim, men ondin koʻrgamen?!
Koʻz yoʻlidin ul pari husnin nazar aylar edim,
Qon yoshim ul yoʻlni tutti, emdi qondin koʻrgamen?!
Yo Rab, ul kun shum tole’din manga boʻlgʻaymukim,
Jonima orom ul oromijondin koʻrgamen?
Koʻz koʻrar, lekin solur meni balogʻa bu koʻngul,
Bu baloni necha chashmi xunfishondin koʻrgamen.
Bartaraf qilgʻil vafo istarni eldin, Boburo,
Ul gʻalatdurkim, vafo ahli jaxondin koʻrgamen.
* * *
Takalluf har necha suratda boʻlsa, ondin ortuqsen!
Seni jon derlar, ammo betakalluf jondin ortuqsen!
Parining husn ichra garchi oti benihoyatdur,
Meni devona qoshimda va lekin ondin ortuqsen!
Pari bu husn birla koʻrsa yuzungni, boʻlur telba,
Seni ta’rif etar, lekin sifat qilgondin ortuqsen!
Qadam ranjida qil koʻnglum uchun, ey yorning oʻqi,
Mening bu notavon koʻnglumga chun darmondin ortuqsen!
Iqomat chunki qilding, Boburo, ul hur koʻyida,
Maqoming ravzadin avlo, oʻzung rizvondin ortuqsen!
* * *
Bu yangligʻ bilsam erdi hajrning muhlik qaro shomin,
Berurmu erdim oʻlguncha ilikdin vasl ayyomin?!
Jahonda ayshu ishratdin koʻngul orom topqaymu,
Kishi to koʻrmaguncha yonida mahvash diloromin?
Koʻngulda hasrati ul oyning ogʻzining chu behaddur,
Koʻngul goʻyoki mundindur tutubtur gʻuncha andomin.
Masih anfosi yangligʻ jon berur farsuda jismimgʻa,
Sabo keltursa nogah hajr aro ul yor paygʻomin.
Muvofiq yorlar birla bu damni xush kechur, Bobur,
Na uchunkim, kelur damgʻa boʻla olmas kishi zomin.
* * *
Soʻzlab ul la’li shakarxoni shakarrez etasen,
Ochib ul zulfi sumansoni dilovez etasen.
Gah qoshing sekretibu goh, koʻzung oʻynatib,
Ne balo fitna mening jonima angez etasen.
Suv kibi tigʻing chekib, tund samandingni minib,
Yeldurub har sorigʻa, mening oʻtum tez etasen.
Meni ogʻriqqa magar yoqqali parhez etasen?
Hajr shomi mehnatidin qutula olmay chu sen,
Boburo, har nechakim oʻzni saharxez etasen.
* * *
Xurshid yuzung birla bu kun, ey maxi tobon,
Da’vo gar etar boʻlgʻusi kun, soʻngra pushaymon.
Sen gul kibi to gʻamzadasen x,usnunga magʻrur,
Bulbul kibi men gʻamzadamen husnunga hayron.
Gul yuzung erur lola, vale, lolai xudroʻy,
Tor ogʻzing erur gʻuncha, vale, gʻunchai xandon.
Gohi qulogʻing toʻlgʻadi, gah yuzunga keldi,
Zulfungni yigʻishturki, base boʻldi parishon.
Chun boʻldi sochi torigʻa jon rishtasi payvand,
Bobur, koʻngul uzmak sochidin emdi ne imkon?!
* * *
Qadu xating bila koʻzu yuzung, ey sarvi siymintan,
Biri sarvu biri rayhon, biri nargis, biri gulshan.
Hadisu la’lu raftoru jamolingdin erur har dam
Tilim goʻyo, soʻzum rangin, koʻshul xurram, koʻzum ravshan.
Meni madhushu miskin, naylay, ul shoʻxi balo birla,
Men asru bedilu bexud, ul asru purdilu purfan.
Falak javru jafosidin, ul oy dardu balosidin
Chekarmen nolayu afgʻon, qilurmen giryayu shevan.
Baloi ishqu yolgʻuzluq, dagʻi hijronu gʻurbatda
Otim — Majnun, kishim — mehnat, ishim — zori, yerim — gulxan.
Oʻqung birla xayoling, dardingu mehringga Boburdek,
Tanim — manzil, koʻzum — maskan, koʻkus — ma’vo, koʻngul — maxzan.
* * *
Ishq elining ohidin ul sarv qad xam boʻlmasun,
Gʻam yelidin ul muanbar zulf darham boʻlmasun.
Koʻp jafoyu javr koʻrduk, ey quyosh, hajring kuni,
Boshimizdin soyai sarvi qading kam boʻlmasun!
Dahri dundin tegmasun ozor nozik jismingga,
Dahr ahlidin muborak koʻnglungga gʻam boʻlmasun.
Olam ahli birla olamdin manga sensen gʻaraz,
Zoti poking boʻlmasa, olamda odam boʻlmasun!
Gar havodorim erursan, ey sabo, arz aylakim,
Ul yuzi gul sarv har xas birla hamdam boʻlmasun.
Garchi oshiq lozimi olamda rasvoliqturur,
Ishq aro Bobur kibi rasvoi olam boʻlmasun!
* * *
Tushumda chun quyoshdek orazingni koʻrdum oʻtrudin,
Tilarmen to qiyomat ochmagʻaymen koʻzni uyqudin.
Sening vaslingdin ayru tushgali borgʻon sori ortar
Tahassur — orqadin, mehnat — yonimdin, hajr — oʻtrudin.
Koʻnguldin qatьi ummid ayladim ul vaqtkim, bildim,
Kesildi rishtai jondin, osildi tori gisudin.
Tiya olmon yigʻini koʻrgach ul yoshni, vale, ul ham
Koʻzum yoshini koʻrgach, asray olmas oʻzni kulgudin.
Koʻzum yoshiki, yemruldi shikebu sabr uyi ondin,
Ziyonlar sanga, ey Bobur, bu yangligʻ bilmadim sudin.
* * *
Quyoshim har sorigʻa azm kilsa, zarraye qolmon,
Ne uchunkim, agar ayrilsam ondin, kun koʻra olmon.
Oningdek boʻlmisham hayron quyosh yangligʻ yuzungakim,
Quyoshdek nayzalar tegsa koʻzumga, koʻz ola olmon.
Agarchi yor ishki notavon koʻnglumga oʻt soldi,
Vale, men notavon ul yor ishqida koʻngul solmon.
Ibodat vaqti boʻlsa, har necha mehrob oʻtrumda,
Qoshin naqshin tasavvur qilmagʻuncha yerga bosh cholmon.
Iroqu Fors gar yetsa, sening bu she’ring, ey Bobur,
Ani hifz etgusi Hofiz, musallam tutqusi Salmon.
* * *
Mening qoʻnglumni har dam ogʻritib, parvoye qilmaysen,
Sen, ey bedard, naylaykim, koʻngul dardini bilmaysen.
Ne bilgaysen mening dardu gʻamim har soatu har dam —
Ki, husn usruklugidin oyu yil, ey oy, oyilmaysen.
Vafo maktubi birla gʻamza oʻqin hech yozmaysen,
Jafo rasmiyu javr oyinini hargiz yongilmaysen.
Qotilma, ishq eli holin chu bilmassen, manga, ey shayx,
Ne bilgaysenki, hargiz bu jamoatqa qotilmaysen.
Boʻlubtur ishqing ichra garchi xasdek jismi Boburning,
Vale, ne foydakim, xascha chogʻliq koʻzga ilmaysen.
* * *
Jamoling vasfini, ey oy, necha eldin eshitgaymen,
Ne kun boʻlgʻay, visolinggʻa meni dilxasta yetgaymen!
Tarahhum yuzidin yuzungni koʻrmakka buyurgʻaysen,
Xush ulkim, orazingni koʻrgamen, soʻzung eshitgaymen!
Itingdurmen, soching zanjirini boʻynumgʻa mahkam qil —
Ki, vodiyi firoqing ichra qoʻrqarmenki, yitgaymen.
Tarahhum qilmasang yo boqmay, istigʻno bila oʻtsang,
Tazarru’ qilgʻamen yo yigʻlagʻaymen — oʻzga netgaymen?!
Muyassar boʻlmasa boshimni qoʻymogʻligʻ ayogʻigʻa,
Boshimni olib, ey Bobur, ayoq yetgancha ketgaymen!
* * *
Bu kecha kulbamgʻa keldi ul quyoshim yoshurun,
Qarnlarda kelmadi hargiz muningdek kechqurun.
Ogʻzidek tor fursati vasli, vale, hajri tuni
Ul muanbar sochi yangligʻ ham qorongʻu, ham uzun.
To xayoli orazing tushti koʻngulga, ey quyosh,
Boʻldi koʻnglum bir yonar oʻtu soʻngaklarim — oʻtun.
Boʻldi koʻnglumda girih hasrat oʻti tor ogʻzidin,
Bor magar jismim mening toru koʻngul anda tugun.
Olgʻali jonimni hijrongʻa havola qildi yor,
Qoʻyma hijrongʻa, ajal, jonimni ol, Tengri uchun!
Sarvdek qaddi firoqida figʻonimdur baland,
Gul kibi ruhsori hajrida yoshimdur lolagun.
Ishq ila devonaligʻda boʻlmisham sohibkamol,
Ishq ahli, emdi Boburni degaysiz zufunun.
* * *
Shoxi gulu nastaran yod berur boʻyidin,
Atrni mushki Xoʻtan kasb qilur moʻyidin.
Gul — yuzidin munfail, sarv — qaddidin xijil,
Rang olur muttasil lolayu gul roʻyidin.
Jongʻa qilur yuz sitam, koʻngluma yuz oncha ham,
Koʻz oqizur joʻyi gʻam shoʻxi balojoʻyidin.
Ravzagʻa gar yetgamen, onsiz ani netgamen?
Mumkin emas ketgamen ul qaro koʻz koʻyidin.
Garchi qilur yuz karam, vasli etar muhtaram,
Lek, base, qoʻrqaram, Bobur, oning xoʻyidin.
* * *
Qayongʻa borsang, itingmen, oʻzumni yetkuroyin,
Yetishmasam sanga, boqib duo qilib huroyin.
Yuzum boʻsagʻashta sursam — ne yaxshi ayshdurur,
Inoyat et, eshigingda bu ayshni suroyin.
Firoqing ichra yigʻidin nechuk yigʻay oʻzni,
Necha tagʻoful etib, menga boqmay yurar ul,
Necha tazarru’ etib, men anga boqib turoyin.
Quyoshgʻa zarra nazar solmagʻay sevunmakdin,
Qutulsa gʻam tunidin, koʻrsa yona Bobur oyin.
* * *
Necha husn ahlidin, mahzun koʻngul, ozor topqaysen?
Necha gulchehralardin bagʻring ichra xor topqaysen?
Necha ishqu firoqu rahmsiz agʻyor ilgidin
Oʻzungni xoru jonni zoru koʻz xunbor topqaysen?
Necha maqdur borincha aning royicha borgʻaysen?
Necha borgʻon soyi oʻzungni bemiqdor topqaysen?
Tanimgʻa nechakim nazzora qilsang, dogʻ koʻrgaysen,
Koʻngulda har nechakim istasang, ozor topqaysen.
Bu mahvashlargʻa koʻnglung bermagʻilkim, asray olmaslar,
Koʻngulni asragʻil, boʻlgʻayki, bir dildor topqaysen.
* * *
Xating bila yuzungu kokulung sening, ey jon,
Biri — binafsha, biri — yosuman, biri — rayhon.
Takallum aylarida tiliyu tishiyu labi,
Biri — aqiqu biri — injuyu biri — marjon.
Koʻngulni zoru meni xoru tanni tor etgan
Biri — jafoyu biri — gʻurbatu biri — hijron.
Tanu koʻngul bila koʻz vaslu nozu husni uchun
Biri — harobu biri — volayu biri — hayron.
Tamomi umrida Boburgʻa uch soʻz aytibtur:
Biri — soʻkunchu biri — qattiqu biri — yolgʻon.
* * *
Necha la’lingdin mening bagʻrim toʻla qon qilgʻasen?
Xotirimni necha zulfungdek parishon qilgʻasen?
Necha yetkurgaysen el boshini koʻkka mehr ila,
Necha meni javrdin yer birla yakson qilgʻasen?
Koʻngluma dashnomu ta’ning ulcha maqdur etgasen,
Jonima bedodu zulmung ulcha imkon qilgʻasen.
Manga bormoq mushkilu kelmak sanga osondurur,
Ushbu mushkilni manga, yo Rab, sen oson qilgʻasen.
Demagay axsant lafzin, Bobur, ul yoring sening,
Nechakim Hasson kibi oʻzni suxandon qilgʻasen.
* * *
Keldi ul vaqtki, boshimni olib ketgaymen,
Olam ichra ayogʻim yetganicha yetgaymen.
Istaram oʻzni aziz elga koʻrunmasliktin,
Necha oʻzumni ulus koʻzida xor etgaymen?
Xalq yuz javr ila ishlar buyurur, kosh elning
Har sori borsa bu devona koʻngul, ayb etma,
Oʻyla devona emaskim, ani berkitgaymen.
Dema Boburga netarsen, bosh olib ketmak ne?
Tengrining xosti mundoq esa, men netgaymen?
* * *
Ne yerda sokin oʻlay, ne qilay, qayon ketayin?
Ne dayrdin eshigim ochilur, ne masjidtin,
Necha eshikdin eshikka gado kibi yetayin?
Jahon eli bila guftu shunud qilmasmen,
Necha soʻzumni deyin, necha qattiq eshitayin?
Dema ne boʻldi ishing, fikr qilgʻil, ey Bobur,
Ne boʻlsa, ul boʻlur erkin ishim, ne fikr etayin?
* * *
Gʻayrgʻa necha vafo qilgʻaysen?
Jonima necha jafo qilgʻaysen?
Bexato elga otib gʻamza oʻqin,
Bizga yetganda xato qilgʻaysen.
Koʻrmagaysen alamu dard yuzin,
Dardima, eyki, davo qilgʻaysen!
Tilaram sarvi ravoning ravishin,
Tilagim, kosh, ravo qilgʻaysen.
Bobur, ul umr seni soʻkkan uchun,
Umr borincha duo qilgʻaysen.
* * *
Sendin nafase murod topmon,
Ishqingda koʻngulni shod topmon.
Ishq ahligʻa iltifot koʻrmon,
Husn ahlida e’tiqod topmon.
Qilsam sanga har necha tazallum,
Faryodu figʻonki, dod topmon!
Faryodki, derga ishq rozin,
Bir kishini e’timod topmon.
Qoshing gʻami sharhini yozargʻa
Koʻz qorasidek midod topmon.
Men banda juz inqiyod bilmon,
Sen shohda juz inod topmon.
* * *
Xush ulki, yona muborak yuzungni koʻrgaymen,
Yuzum bila qadaming gardini supurgaymen.
Demaki, javr kelur sanga yor koʻrmaktin,
Meni ne qoʻrqutasen, har ne kelsa koʻrgaymen.
Gahi jafoyu gahi javr etib yuz evrulasen,
Men ul emonki, bular birla yuz evurgaymen.
Necha firoq xumori aro azob chekay,
Qachon visol mayidin dame usurgaymen?
Firoq oʻtida ovunsam chogʻir bila, ne ajab,
Magar bu suv bila ul shuьlani oʻchurgaymen.
Demish meniki itim, Xayrkulpanda koʻrgumdur,
Necha bu va’da bila, Boburo, yugurgaymen.
* * *
Kelki, sensiz tobakay maqtuli hijron boʻlgʻamen?
Choraye qilkim, sening ollingda qurbon boʻlgʻamen!
Ey xush ulkim, turgʻasen kelib koʻzum oʻtrusida,
Men tikib ikki koʻzum yuzungga, hayron boʻlgʻamen.
Necha sensiz dardu gʻam boʻlgʻay mening koʻnglumda jam’,
Necha zulfung ishtiyoqidin parishon boʻlgʻamen?
Koʻyung ichra gar saqar boʻlsa, maqar jannatcha bor,
Jannat oʻlsa gar makon, sensiz ne imkon boʻlgʻamen?!
* * *
Bayaknogax. koʻzumga uchrab oʻtru,
Meni devona qilding, ey pariroʻ.
Jahonda har kishiga bor murode,
Mening yoʻqtur murodim sendin ayru.
Magar uyquda yuzush koʻrgay erdim,
Vale, xajringda koʻzdin uchti uyqu.
Iki soching bila yuzung quyoshin
Kechalar yod etarmen tongga tegru.
Tarahhum aylakim, bechora Bobur
Sening ishqingda boʻldi zor asru.
* * *
Charxning men koʻrmagan javru jafosi qoldimu?!
Xasta koʻnglum chekmagan dardu balosi qoldimu?!
Meni xor ettiyu qildi muddaiyni parvarish,
Daxri dunparvarning oʻzga muddaosi qoldimu?
Meni oʻlturdi jafoyu javr birla ul quyosh,
Emdi tirguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?
Oshiq oʻlgʻach, koʻrdum oʻlumni oʻzumgʻa, ey rafiq,
Oʻzga koʻnglumning bu olamda harosi qoldimu?!
Ey koʻngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tengri uchun de, bu olamshshg safosi qoldimu?
* * *
To olgʻali koʻshlumni ul yuz bila ul gisu,
Kunduz manga ne orom, kecha menga ne uyqu!
Har yongʻaki azm etsam, yonimda borur mehnat,
Har soriki yuzlansam, oʻtrumgʻa kelur qaygʻu.
Yuz javru sitam koʻrgan, ming mehnatu gʻam koʻrgan,
Osoyishi kam koʻrgan mendek yana bir bormu?!
Ul yuzi quyosh qajri, bu sa’b balo dardi,
Koʻnglumga urubdur oʻt, holimni qilibdur su(v).
Har nechaki muhlikdur, dardingni dema elga —
Kim, yigʻlamogʻing, Bobur, bu elgadurur kulgu.
* * *
Sochining savdosi tushti boshima boshtin yana,
Tiyra boʻldi roʻzgorim ul qaro qoshtin yana.
Men xud ul tifli parivashgʻa koʻngul berdim vale,
Xonumonim nogahon buzulmagʻay boshtin yana.
Yuz yamonligʻ koʻrub ondin, telba boʻldung, ey koʻngul,
Yaxshiligʻni koʻz tutareen ul parivashtin yana.
Tosh urar atfol meni, uyida forigʻ ul pari,
Telbalardek qichqirurmen har zamon toshtin yana.
Oyogʻim yetgancha Boburdek ketar erdim, netay,
Sochining savdosi tushti boshima boshtin yana.
* * *
Koʻzumda muttasil ul egma qosh kerak boʻlsa,
Qoshimda koʻz yorugʻi ul quyosh kerak boʻlsa.
Sujud vaqtida mehrob boʻlmasun hargiz —
Ki, bosh qoʻyarda oʻshal egma qosh kerak boʻlsa.
Habib ishqida boshdin kech, ey koʻngul, yoʻq esa
Bu yoʻlgʻa qoʻyma oyoq sanga bosh kerak boʻlsa.
Qoʻyub oyogʻiga bosh, soʻrsa la’lidin har kim,
Boshigʻa tufroqu ogʻzigʻa tosh, kerak boʻlsa!
Sening bila bori el noxush oʻlsa, ey Bobur,
Ne boʻlgʻusi sanga ul yori xush kerak boʻlsa?
* * *
Kim koʻrar xurshidni ul mohsiymo boʻlmasa?!
Kim soʻrar shakkarni ul la’li shakarxo boʻlmasa?!
Gul tikandur koʻzlarimga ul yuzi guldin yiroq,
Sarv oʻqtur bagʻrima ul sarvi bolo boʻlmasa.
Jannat ul-ma’voni, ey zohid, netay men zorkim,
Istaram koʻyidin oʻzga manga ma’vo boʻlmasa.
Tiymagʻil devona koʻnglumniki, rasvo boʻlma deb,
Oshiq oʻlgʻaymu edi ul telba, rasvo boʻlmasa?!
Gar boshingni kessalar ishqida, ey Bobur, sening,
Yordin koʻnglung, kerakkim, oʻzga katьo boʻlmasa.
* * *
Jonima oʻt soldi ul ruhsorai zebo yana,
Koʻngluma ul zulf boʻldi moyai savdo yana.
Koʻrsatib ruhsoru zulfin ul paripaykar manga,
Jonu koʻnglumni qilibtur volayu shaydo yana.
Yor koʻyindagi tom sensen menga pushtu panoh,
Soyai lutfungni sol, chun sanga keldim to yana.
Shodligʻniyu farogʻatni qoʻyub, oshiq boʻlub,
Mehnatu gʻamni qilib men oʻzuma paydo yana.
Yorgʻa qulmen degach, Boburni rasvo ayladi,
Tengri mendek bandasini qilmasun rasvo yana.
* * *
Oʻlum uyqusigʻa borib, jahondin boʻldum osuda,
Meni istasangiz, ey doʻstlar, koʻrgaysiz uyquda.
Nekim taqdir boʻlsa, ul boʻlur tahqiq, bilgaysiz,
Erur jangu jadal, ranju riyozat barcha behuda.
Oʻzungni shod tutqil, gʻam yema dunyo uchun zinhor —
Ki, bir dam gʻam yemakka arzimas dunyoi farsuda.
Zamona ahli ichra, ey koʻngul, oyo tonilgʻaymu
Seningdek dardpaymoyu meningdek dardpaymuda?
Ulusdin tinmadim umrumda hargiz lahzaye, Bobur,
Magar oʻlsam bu olam ahlidin boʻlgʻaymen osuda.
* * *
Xating aro uzoring sabza ichinda lola,
Ul chashmi purxumoring loladagʻi gʻazola.
Barcha parilar, ey jon, girdingda zoru hayron,
Goʻyo erur namoyon oy tegrasida hola.
Mehru vafoni, ey yor, koʻp koʻrdi sendin agʻyor,
Javru jafoni bisyor qilding manga havola.
Hajringda, ey pariroʻ, koʻzumdin uchti uyqu,
H.ar kecha tonggʻa tegru ishimdur ohu nola.
Yuz safhasinda xatlar yoshdinki, har taraf bor
* * *
Hajr oʻlturdi meni, anglasam erdi muncha,
Doʻstlar, yordin ayrilmas edim oʻlguncha.
Zohido, doʻzax oʻtidin meni ne qoʻrqutasen,
Hajr oʻti qoshida koʻrmasmen ani uchquncha.
Ul quyosh mehrini bir zarra manga koʻrguzmas,
Kavkabi ashk toʻkub, boʻlsam agar garduncha.
Husnda ortuq agar boʻlsa yuzi Laylidin,
Men taqi bormen aning ishqida yuz Majnuncha!
Rindlar ollida hayvon suyini koʻp oʻkasen,
Ey Xizr, bormu ekin ul suv mayi gulguncha?
Boburo, she’ringga gar solsa quloq ul shohing,
Boʻlgʻusidur soʻzunga qadr duri maknuncha.
* * *
Qoshiyu qaddiyu ogʻzin ul moh
Koʻrsatmasa manga, naylayin, oh!
Tutgum sochini yuzun koʻray deb,
Tun uzunu men gʻarib gumroh.
Qaddi bila ikki zulfu ogʻzi
Jonimgʻa balo boʻlubtur, Olloh!
Xoh ista koʻngulni, xoh qovla,
Chun sensen bu koʻngulga dilxoh.
El bilmasa holatim, bilur yor,
Holimdin erur Xudoy ogoh.
Kobul sori gar azimat etsang,
Qurbon qilay oʻzni sanga, ey shoh!
Bobur, yana oʻtluq oh chekting,
Kuydurmasun elni oh nogoh!
* * *
Xating parvona kelturgach, tirildi ushbu devona,
Ani tirguzmak uchun goʻiyo kelturdi parvona.
Quyoshtek yuzungu durdek tishingning hajrida, ey jon,
Koʻzumning yoshidur yuz qatrayu har qatra — durdona.
Qading koʻrsatmading, bir tori sochingdin yubor pinhon,
Inoyat toʻgʻri gar yoʻqtur, ne boʻldi boʻlsa toʻlgʻona?
Aning usruk koʻzidin bordi chun dinim uyi barbod,
Menu, ey doʻstlar, mundin nari may birla mayxona.
Jamoling sham’i hijronida Bobur oʻrtanib bordi,
Qachon boshingdin evrulgay kelib parvonadek yona?
* * *
Boʻlmadim umrumda bir dam xotiri xurram bila,
Gar iliktin kelsa, bir damni kechurmang gʻam bila.
Necha boʻlgʻay yor hijroniyu davron mehnati,
Naqdi umrum, ohkim, oʻtti gʻamu motam bila.
Zohir oʻlgʻay har nafas bir tun sochingning hajrida
Oʻtluq ohim dud yangligʻ chiqsa pechu xam bila.
Ey koʻngul, tokim koʻrubmen ul paridin iltifot,
Ixtilot etmak manga yoqmas bani odam bila.
Qat’ etib Bobur boridin chun sanga kelturdi yuz,
Bok emas yakroʻy boʻlsa jumlai olam bila.
* * *
Necha rasvo boʻlgʻamen ishq ichra shaydoligʻ bila?
Hech kishi koʻrmaydurur oshiq bu rasvoligʻ bila.
Har nechakim tuttum oʻzni porsoligʻ tavrida,
Boʻldum oxir shuhrai ofoq shaydoligʻ bila.
Menki hijroningda qon yutmoq bila mu’todmen,
Manga yoʻqtur hech nisbat ayshu sahboligʻ bila.
Shayx she’rim man’ etar yetmay balogʻat lutfigʻa,
Naylagay, yo Rab, kishi bu piri noboligʻ bila?!
Boburi bedilni ishqi telbaratsa, ne ajab,
Chunki hargiz rost kelmas ishq donoligʻ bila.
* * *
Qachon boʻlgʻay musharraf boʻlgʻamen, jono, jamolinggʻa?
Qutulgʻaymen firoqingdin, yetishgaymen visolinggʻa!
Koʻz ochqil boqqalikim, boʻlmisham bemor ul koʻzdin,
Lab ochqil soʻrgʻalikim, tashna boʻlmishmen zulolinggʻa.
Ul oyning yuzi birla toʻsh boʻlub, da’voyi husn etting,
Yaqin boʻldi bu kunkim, ey quyosh, yetting zavolinggʻa.
Kabutar, eltasen xatgam, ne boʻlgʻay gar qabul etsang,
Koʻngulni bogʻlasam ul noma yangligʻ parru bolinggʻa.
Belingdinkim, xayoledur, yiroqdurmen, meni yod et,
Umidim borki Boburdin yetishgaymen xayolinggʻa.
* * *
Soqiy, erur ishrat chogʻi, afsurda boʻlma day bila,
Uttek chogʻir keltur, dagʻi suhbat tutoshur may bila.
Keltur sharobi nobni, omoda qil asbobni,
Xush tut shabi mahtobni, chun bordur ul oy bila.
Davron gʻamin barbod qil, ishrat uyin obod qil,
Jonu koʻngulni shod qil ovozi changu nay bila.
Majlisda bordur sarbasar may nash’asidin shoʻru shar,
Borini mastu bexabar qil jomi paydarpay bila.
Hamdard yore qonikim, bir gʻamgusore qonikim,
Abri baqori qonikim, Bobur kibi yigʻlay bila.
* * *
Ulki yillar-oylar oʻtkargay gʻamu motam bila,
Ulki davronning ayogʻidin damodam qon yutar,
Nash’a topmas, gar ichar har davr jomi Jam bila.
Dema, ey hamdam, diyoru yor soʻzinkim, mening
Ulfatim yoʻq olam ahli birla, bal olam bila.
Oyu yil xushtur sening birla agar boʻlsam bila.
Tortib afgʻon, oh urub hijronda, Bobur, yigʻlasang,
* * *
Gʻurbatqa soldi charx meni yuz jafo bila,
Yod ayla men gʻaribni gohi duo bila.
Behad vafoyu mehr sanga koʻrsatib edim,
Sen ham sogʻingʻasen meni mehru vafo bila.
Chun qildi meni ul buti Chin zoru mubtalo,
Inshm mening qolibturur emdi Xudo bila.
Koʻrmon faraxni bir dam agar andin ayrumen,
Bilmon alamni, bormen aning birla to bila.
Ul sarvgʻa karam qilibon yetkur, ey sabo,
Bobur niyozini yer oʻpub xoʻb ado bila.
* * *
Xush ulkim, yordin qat’ aylabon tarki diyor etsa,
Jahon kezmak ila beqaydligʻni ixtiyor etsa.
Aningdek boʻlsakim, aslo tafovut boʻlmasa paydo:
Agar bu dahri dun xor aylasa, gar e’tibor etsa!
Jafodur jongʻa boʻlmogʻligʻ muqayyad olam ahligʻa,
Xush ul ozodakim, elning arosidin kanor etsa!
Kishining jonigʻa dushman, balodur boshigʻa bu el,
Agar boshin tufayl aylab va gar jonin nisor etsa!
Diyoru yordin Bobur jafoyu javr koʻp koʻrdi,
Xush ulkim, yordin qat’ aylabon tarki diyor etsa.
* * *
Javrni koʻrsatti koʻpu oz koʻrundi.
Boʻldi boshim past poyboʻsida oxir,
Garchi burun asru sarafroz koʻrundi.
Sening uchun ulki, bosh oʻynamadi xech,
Sanga ajoyibki, ishqboz koʻrundi.
Ishq borida salohu tavbayu taqvo —
Borchasi, tahqiq bil, majoz koʻrundi.
Dushmani jon oʻldi, ne qilay, sanga, Bobur,
* * *
Ne chamanda sarv bor ul qomati ra’no kibi,
Ne guliston ichra gul bor ul ruhi zebo kibi.
Ne jafo tavrida bor dunyoda ul bemehrdek,
Ne vafo bobida bor olamda men shaydo kibi.
Donai xoli Masihoso labining ustida,
Notavon jonimgʻa boʻldi moyai savdo kibi.
Aylasam koʻyida ma’vo, naylayin jannatnikim,
Bor manga ul xur koʻyi jannat ul-ma’vo kibi.
Bazm aro, ey doʻstlar, ne mayki, qon ichmakdurur,
Soqiye gar boʻlmasa ul shoʻxi bazmoro kibi.
Minsa abrash ul quyosh kuymay netaykim, Boburo,
Meni kuydurmakka yeldur markab, oʻtdur rokibi.
* * *
Qadi shoxi guldek nigorim qani?
Labi gʻunchadek gul’uzorim qani?
Ne tong, yuz nigor oʻlsa qon yosh bila —
Ki, ul yuzi gul yosh nigorim qani?
Qaro kechalarda koʻzum yorutur,
Ushal sham’i shabhoi torim qani?
Yarim kechalar kelur erdi burun,
Bu tun kelmadi, oh, yorim qani?
Demang, tarki ishqini qil ixtiyor,
Bu ishda mening ixtiyorim qani?
Firoqingda koʻnglumni qon aylasang,
Sanga boʻlgʻay ul beqarorim qani?
* * *
Shomi hijronin manga ul bevafo koʻrsatmagay,
Hajr shomi asru muhliktur, Xudo koʻrsatmagay!
Va’da aylab vasl, koʻrsatgay necha jonimgʻa hajr,
Necha koʻnglumgʻa jafo qilgʻay, vafo koʻrsatmagay.
Ul qaro koʻz hajrida tundek qarordi kunduzum,
Yo Rab, andoq kunni ul koʻzi qaro koʻrsatmagay!
Ochmagʻay koʻzini to soʻkmakka ogʻzin ochmagʻay,
Yuzini koʻrsatmagay to yuz jafo koʻrsatmagay.
Ishq istar boʻlsa, Majnun aylagay payravligʻim,
Yoʻlni ne bilgay kishi to rahnamo koʻrsatmagay.
Uchqudekdur jon qushi hijronda Bobur ohidin,
Kel pari ta’jil ila jonim havo koʻrsatmagay.
* * *
Yuz qoʻrsatib, oʻlturursen, ey oy,
Yoʻq sen kibi xudnamoyu xudroy.
Qadding «alif»u qoshing erur yo»,
Desam ne ajab agar seni oy?
Ham lola yuzung qoshida berang,
Ham sarv qading borida bepoy.
Oʻqung yuragimda jo qilibtur,
Tortib yana, oʻqni qilma bejoy.
Sendin manga yuz xazor xasrat,
Sendin manga bormu hech parvoy?
Ul yor agar yoshursa yuz, ox,,
Agʻyorgʻa gar koʻrunsa — yuz voy!
Kulmas manga subhi vasl, Bobur,
Har nechaki shomi hajr yigʻloy.
* * *
Gʻunchadek koʻnglum mening gulzor mayli qilmagʻay,
Gʻam bila butgan koʻngul gulgasht ila ochilmagʻay.
Ranga-ranga gullaringni, bogʻbon, arz etmakim,
Tah-bataq qonligʻ koʻngul gul orzusin qilmagʻay.
Yoʻqtur ulkim, gul yuzungdin ayru boqsam gul sari,
Gʻuncha yangligʻ koʻngluma yuz xori gʻam sanchilmagʻay.
Orazu qaddingni ta’rif etsalar yuz yil, hanuz,
Ey yuzi gul, sarvqad, yuzdin biri aytilmagʻay.
Sendin ayrildim esa boʻldi nasibim xori gʻam,
Sendin, ey gul, emdi Bobur bir zamon ayrilmagʻay.
* * *
Gahi sogʻin, ne boʻldi, zorlarni,
Unugmagʻil burungʻi yorlarni.
Seni koʻrmay, yirokdin zor boʻldim,
Biror yod et yiroqdin zorlarni.
Yuzungdin ayru men xor, ey azizim,
Kishi guldin ayirmas xorlarni.
Koʻzung bemorimen, mendin yumub koʻz,
Yana ogʻritmagʻil bemorlarni.
Sanga bir yoʻl yetar fikridadurmen,
Unutma bir yoʻli afgorlarni.
Sanga koʻnglumni oldurdum, jahonda
Koʻrubmen garchi koʻp dildorlarni.
Sihi qadlargʻa, Bobur, oshiq oʻlsang,
Burunroq koʻzlagaysen dorlarni.
* * *
Yo qoshing yangligʻ egilgan jismi zorimnimu dey?
Yo sochingdek tiyra boʻlgon roʻzgorimnimu dey?
Kunduz oʻlsa, tungacha aytaymu bepoyon gʻamim,
Kecha boʻlsa, tonggʻa tegru holi zorimnimu dey?
Hajri qotil birla koʻnglum holatinmu sharh etay,
Dardi muhlik ichra joni beqarorimnimu dey?
Telbayu madhushu bexud dema kim qildi seni,
La’li maygun, soʻzi mulk, oʻzi xumorimnimu dey?
Bobur, ul oyning quyoshdek orazi hijronida
Tonggʻa tegru har kecha yulduz sanorimnimu dey?
* * *
Ul ahd ila paymon qani, ey yor, ne boʻldi?
Ul lutf ila ehson qani, ey yor, ne boʻldi?
Kettim meni hayron eshigingdin, demading hech:
Ul telbai hayron qani, ey yor, ne boʻldi?
Yuz koʻrsatibon el ichida lutf etar erding,
Ul lutfi namoyon qani, ey yor, ne boʻldi?
Sening sari bordi koʻngul istab topa olmon,
Sening sari borgon qani, ey yor, ne boʻldi?
Jonimgʻa davo soʻzung edi, soʻzlamading, oh,
Jon dardigʻa darmon qani, ey yor, ne boʻldi?
Mundoqmu edi ahdki, Boburni unuttung,
Ul ahd ila paymon qani, ey yor, ne boʻldi?
* * *
Zuhd ketti esa, karam qildi,
Ishq keldi-yu, muhtaram qildi.
Ul alif boʻyluq oyning ishqi
Meni olam aro alam qildi.
Koʻziyu zulfu ogʻzi furqatida
Falak oxir meni adam qildi.
Koʻnglum oʻrtandi har dam ohimdin,
Magar ul yel bu oʻtni dam qildi?
Qoshi yolar jafosidin bu charx
Mening otimgʻa-oʻq raqam qildi.
Changi gʻamdin qutulmadi Bobur,
Nechakim, nola zeru bam qildi.
* * *
Koʻrmagay erdim jamoli olamoro koshki,
Boʻlmagʻay erdim bori olamgʻa rasvo koshki.
Ishq bogʻining niholi — gʻam, bari — hirmon emish,
Qilmagʻay erdim bu gulshanni tamosho koshki.
Qilmagʻay erdi koʻngul ishqin havas, bal, tilga ham
Kechmagay erdi aningdek lafz aslo koshki.
Qoshi yolar koʻyida umri sharif etguncha sarf,
Qilgʻay erdim masjidu mehrob aro jo koshki.
Ixtiyor et oʻzga ish, Boburki, hosil boʻlmagʻay
Ishqu vaslu aysh ila ishratgin illo koshki.
* * *
Yoz boʻldi-yu, boʻldi yana jannat kibi yozi,
Xush ul kishikim, aysh ila oʻgtay qishu yozi.
Dutora uni ayshu farogʻatni berur yod,
Mutribqa quloq tutki, ne der nagʻmada sozi.
Chun qiblam erur yor — qilay qoshida sajda,
Nosih soʻzini naylay, emas soʻzi namozi.
Bu telbayu madhush dilu jongʻa ne xushtur,
Gah qahru itobi bila, gah ishvayu nozi.
Tut mugʻtanam ul yorni, Boburki, jahonda
Mahmud kim erdi, ne kishi erdi Ayozi?
* * *
Demang oʻqini tanimgʻa baloi jon keldi,
Hayotsiz badanimgʻa oʻqi ravon keldi.
Hayot suyini qoʻykim, labidin oldim kom,
Bor, ey Xizrki, manga umri jovidon keldi.
Sipexri koʻyini koʻk evrulur kelib har kun,
Ne yerdurur buki, rafьattin osmon keldi.
Xush ulki, bir kishi koʻzum yoʻlida erkanda,
«Sevinchi!» — deb yugurub yetsakim: «Falon keldi!»
Firoq aro oʻlarimda yetishti ul jonon,
Xudogʻa shukr qilaykim, oʻlar zamon keldi.
Adam yoʻligʻa koʻngul kirdi ishq dogʻi bila,
Bu yoʻldin oʻtmadi har kimki, benishon keldi.
Farogʻat istar esang, boʻl jarida, ey Bobur —
Ki, jonu tangʻa gʻamu gʻussa xonumon keldi.
* * *
Boshda gar yoʻqtur jalolat gavharidin afsare,
Yonima basdur mazallat tufrogʻidin bistare.
Kirgali koʻksum aro koʻnglum ishi kuymakdurur,
Men nechuk kuymayki, koʻksum ichra bordur axgare.
Sabru x,ushu aklu dinimni olibtur, naylayin,
Sarvqadde, gulruhe, rayhonxate, nasrinbare.
Kirpidek xanjarin el koʻksiga koʻrgan zamon,
Koʻzuma har kiprikin, yo Rabki, qilgʻil xanjare!
Abrashini yeldurub yetgach yiqildim, doʻstlar,
Oxkim, umrum daraxtini yiqitti sarsare.
Ganji husnida koʻrung zulfi bila gulgunasin,
Goʻiyo oʻt soldi har yon ganj uzra ajdare.
Hajr shomidin mening qon yutmogʻimni yod eting,
Cheksangiz ul nozanin birla sabuxiy sogʻare.
Har nechuktur umrni, Bobur, xush oʻtkarmak kerak —
Kim, bu besh kun umr gʻamgin boʻlgʻali qilmas gari.
* * *
Bihamdullahki, ul gulda vafodin bor emish boʻe,
Jafo tarkin qilur ermish yana turki jafojoʻe.
Qadam ranja qilib, boshimgʻa kelgaymu debon ul oy,
Tutubmen poyi devori, qilib maskan sari koʻyi.
Soching belingcha-yu, beling dogʻi soching kibi borik,
Latofat ichra yoʻq farqi bu ikkining sari moʻyi.
Muyassar boʻlsa, bilgilkim, bori olamdin ortuqdur
Kabobiyu mayi nobiyu mahtobiyu mahroʻyi.
Eshittim, iltifot aylab demishsen: «Kimdurur Bobur?»
Faqire, nomurode, besarupoye, duogoʻe.
* * *
Tuno kun birla bu tun majlisi asru xush edi,
Majlis ahli bori dilxohu bori dilkash edi.
Borining soʻzi edi xoʻbu latifu rangin,
Ne parishonu ne bema’niyu ne chirmash edi.
Yaxshi may yoʻq edi-yu, nash’ai may yaxshi edi,
Noxush el yoʻq edi-yu, asru xavoi xush edi.
Bori ahbob edi xozir, bori asbob edi jam’,
Sozu xonanda bila nuqlu mayi begʻash edi.
Goq purxanda edi el, base, sarxushluqtin,
Mastligʻdin yana gox, el koʻzi toʻla yosh edi.
Barcha ta’zim qilib bir-birini mastona,
Goh boshta oyoq erdi, gox. oyoqta bosh edi.
Majlis ahlining ishi har sorigʻa tarqash edi.
Men ilikdin borib erdim, tutub ilgimni birov —
Meni uygʻotdi, koʻz ochtim esa, ul maxvash edi.
Tortib ilgini, quchub boʻynini, ogʻzini oʻpub,
Tonggʻacha oʻynamoq ish erdi, ne xush oʻynash edi.
Bobur ar harza dedi, majlis eli, ayb etmang,
Karam aylang, ani ma’zur tutung, sarxush edi.
* * *
Yoz fasli, yor vasli, doʻstlarning suxbati,
She’r baxsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati.
Yoz faslida chogʻir ichmakning oʻzga holi bor,
Kimga bu nash’a muyassar boʻlsa, bordur davlati.
Ishq dardini chekib, har kimki topsa vasli yor,
Ul zamon boʻlgʻay unut yuz yilgʻi hijron shiddati.
Doʻstlarning suxbatida ne xush oʻlgʻay baxsi she’r,
To bilingay har kishining tab’i birla holati.
Gar bu uch ishni muvofiq topsang ul uch vaqt ila,
Mundin ortuq boʻlmagʻay, Bobur, jahonning ishrati.
* * *
Shukrilillah, aysh yuzlandi-yu, mehnat qolmadi,
Yetti ayyomi visolu shomi furqat qolmadi.
Yuzlanib amnu farogʻat, gʻussayu gʻam boʻldi daf’,
Ayshu ishrat keldi-yu, ranju mashaqqat qolmadi.
Mehnati hijronki, ondin chok-chok erdi koʻngul,
Boʻldi rohatqa mubaddal, ul jarohat qolmadi.
Murtafe’ boʻlgonda hijron, kel, tavaqquf qilmakim,
Intizoringni chekarga oʻzga toqat qolmadi.
Vaslinga yetkurdi davron oqibat Boburni, shukr,
Emdi davrondin manga aslo shikoyat qolmadi.
* * *
Yana bir koʻz gʻamidin xayeta koʻrarmen oʻzni,
Yana bir zulfgʻa vobasta koʻrarmen oʻzni.
Labining xasratida zor toparmen jonni,
Koʻzining furqatida xasta koʻrarmen oʻzni.
Koʻzidin ul krshi yo garchi meni soldi yiroq,
Lek, ul oy qoshida payvasta koʻrarmen oʻzni.
Zulfi zanjirigʻa to boʻldi koʻngul vobasta,
Shukr, Bobur kibi vorasta koʻrarmen oʻzni.
* * *
Chamanda sarvni oʻlturgʻuzubturur yurushi,
Qiyomate qoʻporibtur ot uzra oʻlturushi.
Meni shikastani qistab, qoʻngulni gʻuncha qilur,
Qoshini chetmogʻi birla tor ogʻzini burushi.
Soʻrub gʻamimni, taajjub qilib, labin tishlar,
Ne xushturur menga irnini tishlabon soʻrushi.
Turar raqib chiroyin tursh qilib doim,
Tili chuchuk sanamim, yaxshidurmu bu turushi?
Koʻrar raqibni doim, xayol etar meni gʻayr,
Ne aylagay anga Boburki, gʻayrdur koʻrushi.
* * *
Habib boʻlsa edi, yo raqib oʻlsa edi,
Raqib oʻlsa edi, yo habib boʻlsa edi.
Koʻngulga mehnatu gʻam har ne boʻlsa, boʻlsa edi
Ki, yorga qotilib, gʻayrdin qutulsa edi.
Firoq shaxrida boʻlgʻuncha, kosh koʻyingda
Tanim soʻngak boʻlubon, soʻngakim oʻkulsa edi.
* * *
Ulki, yuz Laylivash oning ishqidin Majnundurur,
Xoʻblar sultoni Mirzo Qosimi Argʻundurur.
Tiyrboronidin ul chobukning, ey koʻngul, ne bok?
Garchi behad tezdur, yuz shukrkim, oʻtkundurur.
Zuhd sahrosigʻa tushtum ishq yoʻlidin ozib,
Boburi gumraxni emdi kim bu yoʻlgʻa koʻndurur?
Ruboiylar
Jono, bitigingki, boʻldi marqum manga,
Mehnat bila gʻamni qildi ma’dum manga.
Koʻrgach ani garchi shod behad boʻldum,
Mazmuni, vale, boʻlmadi ma’lum manga.
* * *
Ne ishratu aysh uchun mayi nob manga,
Ne toat uchun goʻshai mehrob manga,
Ne fisq qilurgʻa bordur asbob manga,
Ne zohid oʻlurgʻa toqatu tob manga.
* * *
To boʻlgʻali dildor oʻshal oy manga,
Holimni bilib, qilmadi parvoy manga.
Men asru harobu yor koʻp mustagʻniy,
Ey voy manga, voy manga, voy manga!
* * *
Xush ulki, koʻzum tushti sening koʻzushta,
Bevosita holimni desam oʻzungga,
Bermay soʻzuma javob achigʻlanasen,
Qilding meni muhtoj chuchuk soʻzungga.
* * *
Asru koʻp emish jur’atu ximmat sizga,
Roʻziy qilgʻay Xudoy nusrat sizga.
Mardonaligʻingizni bori el bildi,
Rahmat sizga, hazor rahmat sizga!
* * *
To qildi meni firoq aro yod habib,
Mahjur koʻngulni ayladi shod habib.
Gar vasl muyassar oʻlmasa, netay, ey Bobur,
Faryod habibu ohu faryod habib!
* * *
Ey qomati sarvu lablari obi hayot,
Budur tilagimki, — yetkamen vaslingga bot!
Hajringda manga ne sabr qoldi, ne sabot,
Yo kel bu sorigʻa yo meni oʻzungga qot!
* * *
Bu qoziyi fosiqki, yibordim sanga bot,
Sen dogʻi uzatqil botu ham badraqa qot!
Gar xotiring istasa yiborgil savgʻot:
Ma’junu sharobu obi noranju nabot.
* * *
Keldi ramazonu men taqi bodaparast,
Iyd oʻldi-yu, zikri, may qilurmen payvast.
Ne roʻzayu ne namoz yillar, oylar;
Tun-kun mayu ma’jun bila devonayu mast.
* * *
Boʻldum meni oshuftai hayron mardud,
Qilgʻil madadeki, boʻldi imkon nobud.
Dunyo bila uqboda ruju’um sangadur,
Ey ikki jahonni shahi Sulton Mahmud!
* * *
Mutribki, unini har kishi goʻsh qilur,
Jon birla koʻngulni zoru madhush qilur.
Maqsud nedurki, elni yod etganda,
Ul doirada bizni faromush qilur?
* * *
Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur,
Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur.
Gʻam yemaki, yetkursa boshini koʻkka,
Oxir yana yer kibi oni past qilur.
* * *
Koʻzung bori sogʻlarni mast etgusidur,
Gʻamzang bori mastlarni past etgusidur.
Koʻp zohidu porsoni Bobur yangligʻ
La’ling xavasi bodaparast etgusidur.
* * *
Ishlar bori koʻnguldagidek boʻlgʻusidur!
In’omu vazifa — bori buyrulgʻusidur!
Ul gʻallayu muxmalki, deb erding, berdim,
Muhmalgʻa boʻyu gʻalladin uy toʻlgʻusidur!
* * *
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur!
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur!
Yaxshi kishi koʻrmagay yomonliq hargiz,
Har kimki yomon boʻlsa, jazo topqusidur!
* * *
Bu telba koʻngulki, ishq aning sudidur,
Ahbobning ixtiloti maqsudidur.
Hijron chekib, ahbobni har kimki koʻrar,
Xush davlatiyu tolei mas’udidur.
* * *
Hijron qafasida jon qushi ram qiladur,
Gʻurbat bu aziz umrni kam qiladur.
Kim, koʻz yoshi nomaning yuzin nam qiladur.
* * *
Jismimda isitma kunda maqkam boʻladur,
Koʻzdin uchadur uyqu chu axsham boʻladur.
Har ikkalasi gʻamim bila sabrimdek,
Borgon sori bu ortadur, ul kam boʻladur.
* * *
Yo Rab, menda ne yaxshi tole’ bordur —
Kim, baxti muti’yu yori tobe’ bordur.
Ma’zur tut ar vaslingga kechroq yetsam,
Ne chora qilay, ozgʻina mone’ bordur.
* * *
Xotirni bahor faslida gasht oladur,
Koʻz nurini rangi lolayu dasht oladur.
Xush ulki, tolalarda yurub sayr etsa,
Bu fasldakim, latifu dilkash toladur!
* * *
Eykim, quyosh ul yuzung, hilol ul qoshtur!
Poʻloddurur koʻnglushtu bagʻring toshtur!
Nomamgʻa agar yaxshi javobing yoʻqtur,
Soʻkmak bila yod aylasang xam xushtur!
* * *
Hajri aro oromu qarorim yoʻqtur,
Vasligʻa yetarga ixtiyorim yoʻqtur.
Kimga ochayin rozki, yoʻq maxrami roz,
Gʻam kimga deyinki, gʻamgusorim yoʻqtur.
* * *
Ulkim, anga ilm ichra gʻolib yoʻqtur,
Derlarki, beri kelurgʻa rogʻib yoʻqtur.
Dedimki, bu soʻz rost emastur, negakim,
Tolibni tilar andaki, tolib yoʻqtur.
* * *
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
Sarrishtai ayshdin koʻngulni zinhor
Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
* * *
Qaygʻungni cheka-cheka qoribtur Bobur,
Rahm aylaki, oʻzidin boribtur Bobur.
Noranj yibordi yeengaki, bilgaysen,
* * *
Bobur, necha bu dahr meni zor aylar,
Sabrimni kamu gʻamimni bisyor aylar.
To dahrdurur, budur aning rasmikim,
Oyrib kishini azizidin xor aylar.
* * *
Qish boʻldi-yu, boʻldi borcha tomu tosh qor,
Jam’iyati bor kishiga bordur xush qor.
Bu qishda yomon yoʻlu parishon holim,
Yo Rab, meni yaxshiligʻ sori boshqor!
* * *
Arbobi hasad soʻziga buttung oʻxshar,
Begonaligʻ atvorini tuttung oʻxshar.
Bir dogʻi sogʻinmading bu fursatta meni,
Men xastani, ey yor, unuttung oʻxshar.
* * *
Vaslingga koʻngul qiyossiz tolibtur,
Hajring aro ixtiyorsiz qolibtur.
Mushtoqligʻim sharhini dey olmasmen,
Diydoringa ishtiyoq koʻp golibtur.
* * *
Ey bodi sabo, ayla Xurosongʻa guzar,
Mendin degil ul yori parishongʻa xabar.
Necha safar oʻz koʻnglung uchun qilgʻaysen,
Emdi bizing uchun ayla bu yongʻa safar.
* * *
Koʻpdin berikim, yoru diyorim yoʻqtur,
Bir lahzayu bir nafas qarorim yoʻqtur.
Keldim bu sori oʻz ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yoʻqtur.
* * *
Qish garchi zamoni manqalu otashtur,
Lekin bu shito Hindta koʻp dilkashtur.
Hangomi nishotu bodai begʻashtur,
May boʻlmasa, ma’jun dogʻi boʻlsa xushtur.
* * *
Ahbobki, bazmida guliston xastur,
Yoʻq lek alar bazmida bizga dastur.
Gar sizda hzur birla jam’iyat bor,
Yuz shukr, bu jam’ behuzur ermastur.
* * *
Yuz shukr de, Boburki, karimi Gʻaffor,
Berdi sanga Sindu Hindu mulki bisyor.
Issikligʻigʻa gar senga yoʻqtur toqat,
Sovuq yuzini koʻray desang, Gʻazni bor.
* * *
Koʻnglumda oʻtu ikki koʻzumda sudur,
Men xastagʻa rahm qilki, holim budur.
Gʻam kunduziyu firoq shomi yangligʻ,
Tun-kun menga ne qaroru ne uyqudur.
* * *
Bu yogʻligʻkim, «Bogʻi jahon» chogʻliqdur,
Jon rishtasi har rishtasigʻa bogʻliqdur.
Tan tori yuzum oltunidektur sensiz,
Koʻr ul ikkidin namuna bu yogʻliqdur.
* * *
Jismimda isitma tobidin otashdur,
Jonimgʻa baloyu gʻussa bebarkashdur.
Koʻp dard ila gʻamdin manga noxushluq edi,
Sen soʻrgʻali, ey habib, koʻnglum xushdur.
* * *
Devonima ne rabtu ne tartibdurur,
Ne jadvalu ne lavhu ne tazhibdurur.
Gar sanga yibordim ani, ayb aylamakim,
Devoningni tilarga taqribdurur.
* * *
Ey qoʻrgʻon eli, qoldimu darmonlaringiz?
Chiqmay, nedurur bu jaxl qilgonlaringiz?
Jondek kishilar ochligʻidin chun chiqadur,
Siz chiqmasangiz — chiqsa kerak jonlaringiz!
* * *
Ahbob, yigʻilmoqni farogʻat tutungiz!
Jam’iyatingiz borini davlat tutungiz!
Chun gardishi charx budurur, Tengri uchun,
Bir-birni necha kuni gʻanimat tutungiz!
* * *
Hajring gʻamidin oqibat oʻlgum, qaro koʻz,
Yuz gʻussayu andux. ila borgum, qaro koʻz.
Vasling bila qilmading ilojin, Bobur,
Mushkilki, firoqingda tirilgum, qaro koʻz.
* * *
Ozor ila necha guftugoʻ qilgʻaysiz?
Ozurda boʻlurni justujoʻ qilgʻaysiz.
Munchaki, koʻngullarga yetishti ozor,
May birla magarki shustushoʻ qilgʻaysiz?
* * *
Hammomki, to maskani jonona emish,
Anda parilar husnigʻa devona emish.
Ul xud paridur, borcha mulozimlari ham,
Alqissaki, hammom parixona emish!
* * *
Husn axligʻa zoru mubtalo koʻz ermish,
Jonim bila koʻnglumga balo koʻz ermish.
Faxm ayladim emdi, Boburo, ishq ichra
Koʻzumni qorortqon qaro koʻz ermish.
* * *
Qar hazki, xaloyiq andin ayrilmas emish,
Ul haz mazasiyu qadrini bilmas emish.
Ma’junu basitu boʻzayu luteki,
Bir jur’a chogar durdi ishin qilmas emish.
* * *
Bu xasta koʻngul erdi visoling bila xush,
Jonim ham erur sening jamoling bila xush.
Hijron gʻami garchi asru noxushtur, lek,
Fikring bila shodmen, xayoling bila — xush.
* * *
Chun bordi Xudoy rahmatigʻa ul yosh,
Ne foyda toʻkmak gʻami hijronida yosh.
Ul yosh gʻami hijronida koʻp yosh toʻktung,
Bir yoshing uchun Xudoy bersun yuz yosh!
* * *
Gar vodiyi xajring aro boʻldum noqis,
Ayb aylamakim, xrdisayedur xodis.
Qavmi ajabe chogʻirgʻa qildi targʻib,
Amri ajabe xajrgʻa boʻldi bois.
* * *
Eykim, bori she’r ahligʻa sen xon yangligʻ!
She’ring bori she’rlarga sulton yangligʻ!
Mazmuni aning xatti savodiy ichra,
Zulmat arosida obi qayvon yangligʻ!
* * *
Ne yor vafo qilgʻusi oxir, ne harif,
Ne sayfu shito qolgʻusi boqiy, ne harif,
Yuz xayfki, zoye’ oʻtadur umri aziz,
Afsuski, botil boradur umri sharif.
* * *
Andin berikim, qasdim uchun turdi firoq,
Yuz dardu alamni manga yetkurdi firoq,
Meni eshikingdin, netayin, surdi firoq,
Qil chora, yoʻq ersa meni oʻlturdi firoq.
* * *
May tarkini qilgʻali erurmen gʻamliq,
Bor tiyra koʻngulga har zamon darhamliq.
Gʻam birla fasurdaliq xalok etti meni,
May birla emish shodligʻu xurramliq.
* * *
Oludai yuz tuman maosiy boʻlmoq,
Yuz ranju tuman azob xosi boʻlmoq.
Koʻp yaxshi ekin ax,li xiradning qoshida —
Kim, ogʻritibon atoni osiy boʻlmoq.
* * *
Kim yor anga ilm, tolibi ilm kerak,
Oʻrgangali ilm tolibi ilm kerak!
Men tolibi ilmu tolibi ilme yoʻq,
Men bormen ilm tolibi — ilm kerak.
* * *
Yuzung bila lablaring erur gul, muldek,
Balkim, yuzung olida erur gul quldek.
Bobur kibi ishqdin dam urmaydur edim,
Ey gul, meni ishqing ayladi bulbuldek.
* * *
Boburni burun mahrami asror etting,
Vaslinggʻa berib yoʻl, oʻzunga yor etting,
Oxir bording, dogʻi oni zor etting,
Hijron alami birla giriftor etting.
* * *
Lutf ettingu koʻngul bila jon oʻrgatting,
Vasling bila, ey jonu jahon, oʻrgatting.
Bu qotla yomonroq oʻlsa holim sensiz,
Ayb aylamagaysenki, yomon oʻrgatting.
* * *
Xatting bila koʻnglakingki, irsol etting,
Qaygʻu bila mehnatimni pomol etting.
Ul xat bila xotirimni xursand aylab,
Bu koʻnglak ila koʻngulni xushhol etting.
* * *
Koʻz sham’ini yorutqali maxvash kelding,
Sabr uyini kuydurgʻali otash kelding,
Qilding meni kelganing bila minnatdor,
Rahmat senga, yaxshi keldingu xush kelding!
* * *
Sensiz necha gʻam birla malole koʻraling,
Hajring necha boʻlgʻusi, visole koʻraling.
Hajringda necha xayol ila oʻtkaraling,
Lutf ayla-yu kelgilki, jamole koʻraling!
* * *
Eykim, yasabon yuzungni xurshid etting,
Furqat alamini jonga jovid etting.
Men seni dedim, sen oʻzgani qilding yod,
* * *
Yotlarni, kerakki, oshno kam qilsang,
Har kimki vafo qilsa, jafo kam qilsang.
Gar shoh nazaring birla vafo kam qilsang.
* * *
Hijron aro yod etib, meni shod etting,
Mahjur koʻngulni gʻamdin ozod etting.
Ne lutf edi, dey, huri parizod etting,
Goʻyoki buzuq Ka’bani obod etting!
* * *
Har yerdaki gul boʻlsa, tikon boʻlsa, ne tong?!
Har qandaki may durdidan boʻlsa, ne tong?!
She’rimda agar xazl, agar jid, kechurung,
Yaxshi borida agar yomon boʻlsa, ne tong?!
* * *
Hijron gʻamidin necha shikoyat qiloling,
Kelgilki, visoldin hikoyat qiloling.
Tengri haqi, bizni deb agar sen kelsang,
Koʻnglungdagidek lutfu inoyat qiloling.
* * *
Kelgilki, dame oʻlturubon may icholing,
Dunyo gʻamu ranjidin zamone kecholing.
Chun ayshu nishot lashkari saf tuzdi,
Ey mehnatu gʻussa xayli, sizlar sijoling!
* * *
Koʻrdung, dogʻi koʻzushta giriftor etting,
Soʻrdung, dogʻi soʻzushta giriftor etting.
Bu tab’u kamoling bila oʻz boshing uchun,
Boshdin meni oʻzungga giriftor etting.
* * *
Ey yor, hazin koʻnglumni yod aylamading,
Mehringni kam aylading — ziyod aylamading.
Yo menda gunah bordur, unuttung yo sen,
Oyo, ne jihatdururki, yod aylamading?
* * *
Yo qahru gʻazab birla meni tufroq qil!
Yo bahri inoyatingda mustagʻraq qil!
Yo Rab, sengadur yuzum — qaro, gar oq qil,
* * *
Noz uyqusidin biror zamon oyilgʻil!
Guldek kulub, ey gʻunchadaxan, ochilgʻil!
Koʻnglumni iliklading cholib chang, ey yor,
* * *
Doim sogʻinib, koʻngulni ol, xush qolgʻil!
Rahmat nazarini menga sol, xush qolgʻil!
Noxush edi buki, men yomon bordim, lek,
Sen lolauzor, yaxshi qol, xush qolgʻil!
* * *
Ey yel, borib ahbobqa nomimni degil!
Har kim meni bilsa, bu payomimni degil!
Mendin demagil gar unutulton boʻlsam,
Har kimki meni soʻrsa, salomimni degil!
* * *
Naqqosh, mening holima tadbir etgil,
Bir yogʻligʻ aro kashida taxrir etgil.
Ul safxada men xayol qilgon yangligʻ,
Ul yorgʻa mushkilimni taqrir qilgʻil.
* * *
To qilgʻali zikr tab’ nomini koʻngul,
Vird ayladi tab’ ahli kalomini koʻngul.
To hajr gʻamu mehnati taskin topqay,
Istaydurur ahbob payomini koʻngul.
* * *
Gʻavtoda may irtikob qilmoq mushkil,
Jongʻa kuch ila azob qilmoq mushkil,
Boʻlmay dogʻi mast xob qilmoq mushkil,
Ahbobdin ijtinob qilmoq mushkil.
* * *
Ey yor, sening vaslinga yetmak mushkil,
Farxunda hadisingni epshtmak mushkil,
Ishqingni dogʻi bartaraf etmak mushkil,
Boshni olibon bir sari ketmak mushkil.
* * *
To vodiy hajringda qilibmen manzil,
Suvrat bila garchi ayrumen men bedil.
Vallahki, ey yor, sening yodingdin
Bir lahzayu bir zamon emasmen gʻofil.
* * *
Jonigʻa yetishti tuzu togʻ birla koʻngul,
Dardini tugatmas isitmogʻ birla koʻngul.
Gʻurbatda oyoq birla badan yetmasdek,
Yuz shukrki, tinchdur qulogʻ birla koʻngul.
* * *
Yakson karaming qoshida mudbiru muqbil,
Oson sening ollingda jami’i mushkil.
Yo lutfu inoyat oncha qilkim, koʻtaray,
Yo qahru gʻazabni toqatim boricha qil.
* * *
Yuz hamd angakim, hamdin aning ahli maqol,
Yuz yil desalar tugatmagi amri mahol.
Vasfida xirad ojiz erur, notiqa — lol,
* * *
A’zoyu javorihingni hozir qilgʻil,
Jon birla koʻngul hoziru nozir qilgʻil.
Har lahza bir andishayu bir fikrni qoʻy,
Andishayu fikringni borin bir qilgʻil.
* * *
Koʻzungdin erur, nazora qil, xastaligʻim,
Qoshingdin erur gʻam bila payvastaligʻim.
Boshimni olib ketgay edim yuz qotla,
Boʻlmasa edi sochinggʻa dilbastaligʻim.
* * *
Sening bila menki, oshnoligʻ qildim,
Ishqingni hazin jongʻa baloligʻ qildim.
Koʻrmay-bilmay meni vafosiz debsen,
* * *
Koʻnglum tilagi visol emishtuk, bildim,
Ul vasl dogʻi mahol emishtuk, bildim.
Har qandaki boʻlsa mehribondur, der edim,
Ul dogʻi gʻalat xayol emishtuk, bildim.
* * *
Zulfigʻa koʻngul qoʻyub, parishon boʻldum,
Koʻz oldurubon yuziga, hayron boʻldum.
Chin dey senga, Boburoki, oshiqligʻda,
Har neki qilib edim, pushaymon boʻldum.
* * *
Husnung sifatini eshitib zor oʻldum,
Koʻrmay seni ishqinggʻa giriftor oʻldum.
Soʻrgʻilki, gʻaming firoqi behol etti,
Koʻrgilki, koʻzung hajrida bemor oʻldum.
* * *
Hijronda, sabo, yetgi falakka ohim,
Gar ul sori borsang, budurur dilxohim-
Kim, arzi duo niyoz ila qilgʻaysen,
Gar soʻrsa men xastani gulruh mohim.
* * *
Yillar tilab, ishni qobu saxlab turdum,
Yuz jahd bila ishni munga yetkurdum.
Mardona boʻl, emdi yaxshidur ish kelishi,
Tengriga seni, elni senga topshurdum.
* * *
Gar Ruhdam etsa erdi ohangi nagʻam,
Majlisda ne huzn qolur erdi, ne gʻam.
To borgʻali Ruhdam bizing majlisdin,
Majlis eliga ne ruh qoldi-yu ne dam.
* * *
Oʻt soldi koʻngulga ranju betobligʻim,
Suv qildi bu xasta jonni beobligʻim.
Bu ikkalasi agarchi bor muhliku sa’b,
Lek oʻlturadur tonggʻacha bexobligʻim.
* * *
Ey gul, ne uchun qoshingda men xor oʻldum?
Yuz mehnatu anduh bila yor oʻldum!
Vasling bila bisyor sevindum avval,
Qajring bila oqibat giriftor oʻldum.
* * *
Yuz nomai ishtiyoq tahrir ettim,
Ma’zur tut, ey quyoshki, tole’ yoʻqidin
Vaslinga yetar mahalda taqsir ettim.
* * *
Yor yogʻligʻidin koʻngulni xursand ettim,
Ruhum qushini tori bila band ettim,
Jon rishtasini torigʻa payvand ettim.
* * *
Bemehr desa el seni, men butmas edim’,
Hargiz bu sifatni senga yovutmas edim.
Nohaq ogʻrib, meni unuttung oxir,
Vallohki, sendin bu tama’ tutmas edim.
* * *
Islom uchun ovorai yoziy boʻldum,
Kufforu hunud harbsoziy boʻldum.
Jazm aylab edim oʻzni shahid boʻlmoqqa,
Alminnatulillohki, gʻoziy boʻldum.
* * *
Har kunda yuzungni koʻrmak erur xavasim,
Har kecha soching xayolidur hamnafasim.
Iso damidin ruh berur jismimgʻa,
Sening soridin payom keltursa nasim.
* * *
Qotingda agar gunox. gohe qildim,
Yuz qotla nadomat bila ohe qildim,
Qildim yomonu asru tabohe qildim,
Lutfung bila sen kechur — gunohe qildim.
* * *
Ahbob unutmasa kerak ahdi qadim,
Yetkursa kerak xabar gahi payki nasim.
Bobur, chu umid ila qilur arzi niyoz,
Shoyadki, qabul aylagay tab’i salim.
* * *
Bu olam aro ajab alamlar koʻrdum,
Olam elidin turfa sitamlar koʻrdum,
Har kim bu «Vaqoye’shi oʻqur, bilgaykim,
Ne ranju ne mehnatu ne gʻamlar koʻrdum.
* * *
Hammomki, ark ichinda paydo qildim,
Sogʻinmaki, sudin tabarro qildim.
Sud ushbu emasmukim, tadbir bila
Pokiza badanlarni tamosho kildim.
* * *
Yuz shukr qilayki, yona oshiq boʻldum,
Olamgʻa boʻlub fasona, oshiq boʻldum.
Yaxshi soʻzunggu vasfi jamoling eshitib,
Koʻrmay seni goyibona oshiq boʻldum.
* * *
Hammomki, qildim koʻrungizkim, ayyom,
Oʻxshatti aning bori ishi manga tamom.
Koʻz yoshiyu koʻngul oʻti birla mendin
Gulchehralar istabon yuruydur hammom.
* * *
Ul yuzi quyoshki, bordur oydin afzun,
Husn ichra ul oy ollida xurshid zabun.
Koʻk doira boʻldi-yu, jalojil oyu kun.
* * *
Ishqing yoʻlida firoq ila netgaymen?
Bir yoʻl koʻrsatki, vaslinga yetgaymen!
Vasling manga gar muyassar oʻlmas boʻlsa,
Boshimni olib bir sorigʻa ketgaymen!
* * *
Vasfingni necha ulusdin eshitgaymen,
Gar vasl muyassar oʻlmasa netgaymen?
Boshimni olib qay sorigʻa ketgaymen?
* * *
Ul xatki, men anda seni yod etgaymen,
Koʻz oqida, koshki, savod etgaymen.
Kirpiklardin anga qalam rost qilib,
Koʻz qorasidin anga midod etgaymen.
* * *
Bir goʻshai bogʻ oʻlsayu sen boʻlsangu men,
May quysoq ikimiz qadah ichra bir hin.
Ondin soʻngra ayoq ilikka olibon,
Sen tutsangu men ichsam, men tutsamu sen.
* * *
Ham mol yigʻishtirur laim ermasmen.
Kobulda iqomat etti Bobur dersiz,
Andoq demangizlarki, muqim ermasmen.
* * *
Mehring nedurur — burun chu bor, javr — keyin,
Befoida ishqing gʻamini necha yeyin.
Holimni necha desam, demassen meni yor,
Sen demasang «Ey yor!» meni, men ne deyin?!
* * *
Hajringda ne qon qoldiki, yutmaydurmen?!
Koʻz yoshini bir lahza qurutmaydurmen.
Diydoringning haqqini, ey yuzi quyosh,
Tengri haqi, bir zarra unutmaydurmen.
* * *
Sen gulsenu men haqir bulbuldurmen,
Sen shu’lasen, ul shu’lagʻa men kuldurmen.
Nisbat yoʻqtur, deb ijtinob aylamakim,
Shahmen zlga, vale senga quldurmen!
* * *
Xattimni koʻrub, soʻzumni chun bilgaysen,
Kelmakta bizga yel kibi yelgaysen.
Ixlosingni bilib yibordim qosid,
Rahmat senga, zinhorki, bot kelgaysen!
* * *
Ul bordiki, ishrat orzu qilgʻaysen,
Ishrat tilamaklikta gʻulu qilgʻaysen.
Chun ayshu farogʻ mumkin ermas zinhor,
Bobur, gʻamu mehnat bila xoʻ qilgʻaysen.
* * *
Ahbobgʻa har xatki, savod etgaysen,
Bizni dogʻi ul bitikda yod etgaysen.
Maqsudki, qosidi agar kelsa bu yon
Bir noma bila koʻngulni shod etgaysen.
* * *
Hijronda sogʻinib, meni shod etgaysen,
Men xastani muxlis e’tiqod etgaysen.
Bu xatni aning uchun bitidim munda,
Koʻrgach bu xatimni meni yod etgaysen.
* * *
Necha menga javr muttasil qilgʻaysen?
Mehring yoʻqu necha munfail qilgʻaysen?
Javringni koʻrub, mehoni koʻrmay kettim,
Gar koʻrsamu koʻrmasam bihil qilgʻaysen.
* * *
Zaxmingni koʻngul tilar — ango qilgʻaysen,
Zaxmingni koʻngulga bexato qilgʻaysen.
Til iki alif koʻksuma, na’l oʻrtadakim,
Koʻnglum tilarin haqqin ado qilgʻaysen.
* * *
Xush ulki, kelib yonimda oʻlturgʻaysen,
Yo bir nafas ollimda kelib turgʻaysen.
Ogʻzinggʻa oʻpar soʻzin bitiy olmasmen,
Borgon kishidin ogʻiz soʻzin soʻrgʻoysen.
* * *
Davlat bila shodu shodmon boʻlgʻoysen,
Shavkat bila maighuri jahon boʻlgʻoysen.
Koʻnglungdagidek dahr aro kom surub,
Bu dahr borincha Komron boʻlgoysen.
* * *
Eyki, yoroligʻ jismima marham sensen,
Majruh koʻngulgʻa nishtar xam sensen.
Gah shodu gahi gʻamgin esam, ayb etma-
Kim, boisi shodmonligʻu gʻam sensen.
* * *
Jonimda mening hayoti jonim sensen,
Jismimda mening ruhu ravonim sensen.
Boburni seningdek oʻzga yoʻq yori azizi,
Alqissaki, umri jovidonim sensen.
* * *
Eykim, manga mujda berding ul jonondin,
Qilding meni ozod gʻami hijrondin.
Goʻyoki, xabar berding oʻlukka jondin.
* * *
Davron meni oʻtkardi saru somondin,
Oyirdi meni bir yoʻli xonumondin.
Gah boshima toj, gah. baloyi ta’na,
Nelarki, boshimgʻa kelmadi davrondin.
* * *
Soʻz soʻrgʻali la’li nuktadoning topmon,
Yuz surtgali ul ostoning topmon.
Benomu nishonligʻ istasam, ne tongkim,
Nomingni eshitdimu nishoning topmon.
* * *
Ahbob yigʻinidin necha qolgʻoymen,
Oʻzumni netib ul arogʻa solgoymen?!
Borsam dagʻi anda mehmon kasratidin,
Ma’lum emaski, yer topa olgʻoymen.
* * *
El suhbatiniki, orzu qilmishmen,
Ne xushlugʻ ila bu guftugoʻ qilmishmen.
Ishrat bila ayshni ne ish qilgʻoymen,
Menkim, gʻamu mehnat bila xoʻ qilmishmen.
* * *
To tarki manohiyu sharob etmishmen,
Nafsimgʻa Xudoy uchun azob etmishmen.
Tavba eshigi hanuz ochuq erdi,
Bu tavbada bir nima shitob etmishmen.
* * *
May tarkini qilgʻali parishondurmen,
Bilmon qilur ishimniyu hayrondurmen.
El barcha pushaymon boʻluru tavba qilur,
* * *
Ishqing meni qildi asru shaydo, netayin?
Olam eliga ayladi rasvo, netayin?
Jonimni fido qilib sanga, andin soʻng
Dermenki, seni jon etay, ammo netayin?
* * *
Vaslingni tilab necha, sabodin bilayin,
Kelgilki, quyundek boshingga evrulayin.
Gar kelmasang, istasang meni xidmatingga,
Boshimni qadam qilib, qadamgʻa kelayin.
* * *
Ishq ishini boshtin yana bunyod etayin,
Ishqing gʻami birla xotirim shod etayin.
Debsenki, unutma meni hijron aro, voy,
Seni unutub, ne kishini yod etayin?!
* * *
Yoring sening ilohiy «Taborak» boʻlsun!
Dushmanlaringga toʻ’ma palorak boʻlsun!
Mulkungda farogʻat bila xonliklar qil,
Mulkung bila xonligʻing muborak boʻlsun!
* * *
Ne dinning ishin qildimu ne dunyoning,
Yo Rab, netay, oʻz ishimga hayrondurmen.
* * *
Ul shoʻxki, bildurdi vafodorligʻin,
Tark ayladi goʻyoki sitamkorligʻin.
Lutf ayladi — yorliqqa farmon berdi,
A’do bila yordur, netay yorligʻin?!
* * *
Sening bila soʻz muqarrar andoq qilayin,
Olamda seni moʻ’tabar andoq qilayin.
Tengri xaqi, bu xidmat agar sen qilsang,
* * *
Nisyon qalamin necha menga surgaysan,
Vaqt oʻldiki, xajr nomasin burgaysen.
Budur tilagim — xatimni chun koʻrgaysen,
Albatta, oʻzungni manga yetkurgaysen!
* * *
Kechrak kelasen, bu xastadin toʻydungmu?
Dil safhasidin harfi vafo yoʻydungmu?
Nomusu uyot kerak, uy, ot sahldurur,
Yuz qoʻy uchun ul eshikka yuz qoʻydungmu?
* * *
Gʻam xonasi sori guzar, ey jon, qilma!
Ishrat uyini kulbai ahzon qilma!
Zulfung kibi koʻnglumni parishon aylab,
La’ling kibi bagʻrimni toʻla qon qilma!
* * *
Har zulftin, ey koʻngul, parishon boʻlma,
Har yuzga ham asru zoru hayron boʻlma.
Men senga demonki, tarki ishq et, lekin,
Andoq qilkim, soʻngra pushaymon boʻlma!
* * *
Muncha meni zor, ey yuzi xurshid, etma,
Furqat alamini menga jovid etma.
Tengridin agar sening umiding bordur,
* * *
Davlatqa yetib, mehnat elin unutma!
Bu besh kun uchun oʻzungni asru tutma!
Borgʻonni, kel emdi, yod qilmay, ey doʻst,
Borish-kelishingni lutf etib, oʻksutma!
* * *
Hijron aro yod etib, meni shod ayla,
Mahjur koʻngulni gʻamdii ozod ayla.
Bu xatni aning uchun bitidim munda,
Koʻrgan soyi xattimni meni yod ayla!
* * *
Koʻz ravshan edi sening jamoling birla,
Koʻngul xush edi sening visoling birla.
Bas tiyrayu noxush etti hajring bizni,
Emdi qilaling xoʻy xayoling birla.
* * *
Sen anda farogʻu ayshu ishrat birla,
Men munda harob ranju mehnat birla.
Asrarmen oʻzum birla seni naqsh qilib,
Xursand boʻlurmen ushbu suvrat birla.
* * *
Netgay kishi bu falak nifoqi birla,
Etgay bu falak otu soʻroqi birla.
Gah tirguzadur visol ayyomidin,
Gah oʻlturadur shomi firoqi birla.
* * *
Rafgoriyu qaddigʻa ravonim sadqa,
Bir boqishigʻa ikki jahonim sadqa.
Ogʻziyu beliga budu nobudum sarf,
Koʻziyu labigʻa jismu jonim sadqa.
* * *
Bobur mutavajjih oʻlsa Langar sorigʻa,
Qilmas nazari bixishtu kavsar sorigʻa.
Sendin tilagumdur madad, ey shoh Gʻiyos,
Har vaqtki, azm aylasam har sorigʻa.
* * *
Azm ayla, sabo, yet guli xandonimgʻa,
Ne gulki, quyoshdek mahi tobonimgʻa.
Yetgil dogʻi ishtiyoq ila Boburdin,
Zinhor degil salom tuqqonimgʻa!
* * *
Keldim sanga yuz umid birla, ey moh,
Lekin, bordim yuzungni koʻrmay, yuz oh,
Hamsuhbatu hamrahni netay bu yoʻlda?
Darding menga hamsuhbatu ishqing hamroh.
* * *
Ne xesh meni xushlaru ne begona,
Ne gʻayr rizo mendinu ne jonona.
Har nechaki yaxshiliqta qilsam afsun,
Xalq ichra yomonligʻ bila men afsona.
* * *
Bu dahr aro gar ehtimoli boʻlsa,
Mendek senga yori louboli boʻlsa.
Ul yor base noziku yoʻq menda adab,
Mendin, ne ajab, agar maloli boʻlsa.
* * *
Yor uldurkim, she’rgʻa mayli boʻlsa,
Netgay kishi she’r gʻayr xayli boʻlsa?!
Agʻyorning ozorini har hol bila
Chekkaymen agar yor tufayli boʻlsa.
* * *
Dunyo borisi manga musaxhar boʻlsa,
Uqboda dogʻi Xudoy yovar boʻlsa.
Budur tilagim ikki jahonda Haqdin,
Har ne tilasam, bori muyassar boʻlsa!
* * *
Bobur bila Mir ittifoqi boʻlsa,
Yoʻqtur gʻam agar jahon nifoqi boʻlsa.
Budur tilagimki, shoh dargohida
Men banda uchun hamisha boqiy boʻlsa!
* * *
Koʻnglushta nechaki, sayr matlub oʻlsa,
Ahbobni soʻrmoq dogʻi margʻub oʻlsa.
Gar hajring imtidodi mundin ortar,
Qolmas manga sabr — sabri Ayyub oʻlsa.
* * *
Xush ulki, bahor fasli bu dunyoda,
Boʻlgʻay tarab asbobi bori omoda.
Gar boʻlmasa asbob, etoling dangona,
Mendin gazaku taom, sendin — boda.
* * *
Ahbobqa qilsang guzar, ey yel, nogoh,
Ul jam’ni bu soʻzumdin etgil ogoh.
Siz koʻrgandek eson-salomatturmiz,
Siz dogʻi eson boʻlgʻosiz, inshoolloh!
* * *
Jon vola erur la’li shakarboringgʻa,
Koʻnglum ham erur harob ruhsoringgʻa.
Guftoring erur boshdin-ayoq borchasi xoʻb,
Men banda boʻlay boshtin-ayoq boringgʻa.
* * *
Ey, oy yuzung ollida quyosh sharmanda,
Shirin soʻzu yaxshi xulqungga men banda,
Hijronda necha noma bila soʻzlashaling,
Yo sen beri kel, yo borayin men anda.
* * *
Necha bu falak solgʻusi gʻurbatqa meni,
Har lahza tugongusiz mashaqqatqa meni.
Ne chora qilay, netayki, Tengri goʻyo,
Mehnatni menga yaratti, mehnatqa — meni.
* * *
Bedard habib bilmadi dardimni,
Tufroqcha koʻrmadi ruhi zardimni.
Mendin necha koʻnglida gʻubori boʻlgʻay,
Kettim muna, emdi topmagʻay gardimni
* * *
Koʻngli tilagan murodigʻa yetsa kishi,
Yo borcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki muyassar oʻlmasa olamda,
Boshini olib bir sorigʻa ketsa kishi.
* * *
Yod etmas emish kishini gʻurbatta kishi,
Shod etmas emish koʻngulni mehnatta kishi.
Koʻnglum bu gʻaribliqda shod oʻlmadi, oh,
Gʻurbatta sevunmas emish, albatta, kishi.
* * *
Ovoraligʻ asru xonumondin yaxshi,
Bir goʻsha manga ikki jahondin yaxshi.
Ovora boʻlurni yaxshi ermas demagil,
Boʻlsam agar ovora, ne ondin yaxshi?!
* * *
Har soʻzniki dermen sanga, lof oʻlmagʻusi,
Bema’niyu harzayu gazof oʻlmagʻusi.
Ul ishta agar muxolafat aylarsen,
Tengri haqi, bu soʻzda xilof oʻlmagʻusi.
* * *
Ey yor, jafo rasmi chiqormoq ne edi?!
Yo mehr giyohini qoʻpormoq ne edi?
Bir mehr, yana lutf, yana javr nedur?
Bir bordingu kelding, yana bormoq ne edi?
* * *
Gar mehr bila bu charx evrulsa edi,
Jonlardin aning javfi kerak toʻlsa edi.
Bobur kibi jongʻa mehr bogʻlar erdim,
Gar ushbu jahonda mehr, jon boʻlsa edi.
* * *
Holimgʻa, kerak, habib evrulsa edi,
Ishrat qadahi habibdin toʻlsa edi.
Xush vaqtturur yoz, vale noxushmen,
Xushvaqt boʻlur edim, chogʻir boʻlsa edi.
* * *
Jon ahdi bor, ey nigor, yetmasmu edi?
Ul ahd bila qaror yetmasmu edi?
Emdi dogʻi vasl intizorin berasan,
Muncha mahal intizor yetmasmu edi?
* * *
Gʻurbat tugʻi yopqon ruhi zardimnimu dey?
Yo hajr chiqargon ohi sardimnimu dey?
Holing nedurur? Bilurmusen dardimni?
Holingai soʻraymu, yoʻqsa dardimnimu dey?!
* * *
Ishvang bila gʻamzangaiyu nozingnimu dey?
Javrung bila soʻzunggu gudozingnimu dey?
Ovozu usulingniyu sozingaimu dey?
* * *
Koʻzum uyi yuzidin musavvar boʻldi,
Yuz shukrki, Bobur kibi oshiqlikda,
Har neki tilab edim — muyassar boʻldi.
* * *
Xattingni koʻrub, koʻngulga hayrat boʻldi,
She’ring eshitib, jongʻa musarrat boʻldi.
Bu necha mahal tagʻoful etting, demagil,
Tole’ yoʻq ediki, muncha gʻaflat boʻldi.
* * *
Ey payk, borib sano bila qulluq, de!
Yer oʻp, dogʻi qoʻp, ado bila qulluq, de!
Gar yor meni xastani soʻrsa zinhor,
Mendin yuqunub, duo bila qulluq, de!
* * *
Nomangki, tirikligim nishoni erdi,
Har satri hayoti jovidoni erdi.
Har lafzida oshkor yuz harfi vafo,
Har harfda yuz mehr nihoni erdi.
* * *
Hajringda bu tun koʻngulda qaygʻu erdi,
Vaslinggʻa yetishmadim — jihat bu erdi:
Ohim tutuni birla koʻzumning yoshidin
Yoʻl balchiq edi, kecha qarongʻu erdi!
* * *
Hajringda, agarchi jongʻa bedod erdi,
Sensiz manga yuz figʻonu faryod erdi.
Fikringdin erdi, valek, xursandligʻim,
Zikring bila bu xasta koʻngul shod erdi.
* * *
Xotirgʻa xutur etti bu soʻz yongla, axiy,
Aytay senga, sen quloq solib ongla, axiy.
Umrungni bu kun xush kechir ahbob ilakim,
Topilmagusidur ushbu kun tongla, axiy.
* * *
Eshitsa kishi bu shoʻru shevan, ne degay?
Doim bu tariyq ichkuni koʻrgan ne degay?
Dushman soʻziga kirma, eshit doʻst soʻzin,
Eshitmasa soʻzni doʻst, dushman ne degay?
* * *
Ishqingda koʻngul harobdur, men ne qilay?
Hajringda koʻzum purobdur, men ne qilay?
Jismim aro pechutobdur, men ne qilay?
Jonimda koʻp iztirobdur, men ne qilay?
* * *
Shoxim, sanga ma’lum emastur, ne qilay?
Ohim sanga ma’lum emastur, ne qilay?
Mohim, sanga ma’lum emastur, ne qilay?
* * *
Boshimni tufayl ul saromadqa qilay,
Jonimni fido oʻshal sihi qadqa qilay.
Bu xasta koʻngul bila xamida qadni
Koʻzi bila zulfigʻa aning sadqa qilay.
* * *
Yetsam sanga, qullugʻumni choʻq arz qilay,
Sen yetsangu men desamki, yoʻq arz qilay.
Koʻptur soʻzumu mahram emas hech kishi,
Ruhsat etsa, tobugʻungda-oʻq arz qilay.
* * *
Hijron aro necha noma tahrir qilay,
Xoma tili birla hol taqrir qilay.
Xush ulkim, soʻzum sanga desam vositasiz,
Sen andayu men munda — ne tadbir qilay?
* * *
Mening tilagim budurki, to zinda boʻlay,
Qar qanda esang, banda dogʻi anda boʻlay.
Ne xulq edi, yona koʻnglum olding soʻz ila,
Shirin soʻzu yaxshi xulqungga banda boʻlay!
* * *
Husnungai sening kimki taaqqul qilgʻay,
Sendin boshqa nechuk tahammul qilgʻay?
Bu tab’u bu ixtilotkim, sendadurur,
Ne menki, bori olam elin qul qilgʻay.
* * *
Ash’oringkim, she’r oti to boʻlgʻay,
Tab’ ahli anga volayu shaydo boʻlgʻay.
Har lafzi duru bahri maoniy anda,
Kim koʻrdi dureki, anda daryo boʻlgʻay.
* * *
Arbobi hasadki, dunyodin dur oʻlgʻay,
Istar sevaridin kishi mahjur oʻlgʻay.
Doim koʻrayin yuzung alo ragʻmi hasud,
Har kim koʻra olmasa, koʻzi koʻr oʻlgʻay.
* * *
Nosih soʻzi sanga necha mardud oʻlgʻay,
Yaxshiyu yamon qoshingda nobud oʻlgʻay.
Haq roziyu olam eli xushnud oʻlgʻay.
* * *
Yuz jahd ila yetmay sanga, ey oy, netay?
Hajring alamida necha yigʻloy, netay?
Yoʻq sanga vafoyu rahmu parvoy, netay?
Ey voy, netay? Voy, netay? Voy, netay?
* * *
Men necha jafoyu javrunga sabr etay?
Bir zarra vafoyu mehr yoʻq senda, netay?
Chun boshim ayogʻinggʻa qoʻyargʻa yaramas,
Boshimni olib ayoq yetgancha ketay!
* * *
Ahbob, firoqingiz bila el netgay?
Sizlarga kishi ne chora aylab yetgay?
Jam’iyatingizni jam’ tutqay Tengri,
Boburni dogʻi bu jam’da jam’ etgay.
* * *
Qosidki yibording, ayladi shod meni,
Doim bu yoʻsunluq aylagil yod meni.
Ozodingga qul boʻlayki, xatting keturub,
Hajring gʻamidin ayladi ozod meni.
* * *
Har kim desa burno yo agar yongla meni,
Oʻzungga musohibu muxib angla meni.
Bu kun meni yod etib, unutma tongla,
Zinhorki, koʻz tut ushbu kun tongla meni.
* * *
She’ring eshitur fikrini Bobur qildi,
Ne fikri xushu yaxshi tasavvur qildi.
Koʻzni yoruq ayladi savodi birla,
Mazmuni bila quloqni purdur qildi.
* * *
Hijron gʻamidin zaif jonim soʻldi,
Gʻurbat alami birla ichim qon boʻldi.
Yuz shukrki, muncha yilgʻi gʻam birla alam
Rohat bila ishratqa mubaddal oʻldi.
* * *
Tole’ yoʻqi jonimgʻa baloligʻ boʻldi,
Har ishniki, ayladim — xatoligʻ boʻldi.
Oʻz yerni qoʻyib, Qind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qaroligʻ boʻldi?!
* * *
Husnungki sening shuhrai skroq oʻldi,
Jon birla koʻngul vaslingga mushtoq oʻldi.
Hajring aro intizor haddin oshti,
Kel yo meni ista — toqatim toq oʻldi.
* * *
Idrokinggu tab’u hushungga banda boʻlay,
Ovozu usulu joʻshungga banda boʻlay.
Taqsim qilurda naqshlargʻa abyot,
Ta’rib bila oʻqushugata banda boʻlay.
* * *
Bu chehrai zardimdin uyolsang, netgay?
Rahmat nazarini manga solsang, netgay?
Bir ishva bila koʻngul berib Boburgʻa,
Bir boʻsa bila koʻngulni olsang, netgay?
* * *
Gar sidq bila birovki, oshiq boʻlgʻay,
Ma’shuq visoli anga loyiq boʻlgʻay.
Pir ollida topqusi murodin beshak,
Har kimki, agar muridi sodiq boʻlgʻay.
* * *
Ishqing, netay, ixtiyorsiz qildi meni,
Sabrimni olib, qarorsiz qildi meni.
Olam zli ichra orsiz qildi meni,
Zuhd ahligʻa z’tiborsiz qildi meni.
* * *
Boburki, demas har kishiga har soʻzini,
Elchingga dedi vale sarosar soʻzini.
Sultonali ar soʻzum senga desa, ne tong,
Ore, laqu daq degay qalandar soʻzini.
* * *
Kelmas koʻzuma quyosh kibi gar mingdur,
Yoqmas menga gar oy mingi yangligʻ mingdur.
Gil birla gul ichra farq eta olmasmen,
Gulxan bila gulshan menga emdi tengdur.
* * *
Koʻnglumki, erur quyosh kibi yuzungo,
Yl oʻtdi-yu, kelmadi bu sori ul moh
Til birla koʻngul ishq aro bir qildimu bas,
Yor ogʻritti gʻamin koʻngulni ammo.
Tuyuqlar
Vasldin soʻz derga yoʻq yoro manga,
Hajr aro rahm aylagil, yoro, manga.
Oʻqung etti koʻp yomon yoro manga,
Marxami lutfung bila yoro manga.
* * *
Ulki, har koʻzi gʻazoli Chindurur,
Qoshida payvayeta oning chindurur.
Chunki koʻp yolgon aytti ul manga,
Gar desam yolgʻonchi oni chindurur.
* * *
Meni behol aylagan yor oydurur —
Kim, oning vasli menga yoroydurur.
Gar visoli boʻlmasa, ketar yerim
Yo Xuroson, yo Xitoy, yo Roydurur.
* * *
Ishq ahli ishq dardini taning,
Koʻp yomondur, dardi ishqidin taning.
Har necha koʻzum och ersa, koʻz toʻyor
Gar ochilsa siymdek nozik taning.
* * *
Mehrkim, koʻkka qilur ohang tong,
Ollida boʻlsa, emas berang tong.
Xoliyu ikki labidek boʻlmagʻay,
Hindu ar keltursa shakkar tang-tang.
* * *
Kel, qilay jonni nisoring, o yorim,
Naqdi jonni bormu sendin oyorim?!
Boʻsa bersang gar tamom ogʻzing bila,
Kunji ogʻzingdin oloyin oyorim.
* * *
Sen kibi bir dilraboni bilmanam,
Oshiki sodikki derlar, bil, manam,
Qil tasavvur koʻz yoshimni bir tengiz,
Oʻzga oshiq ashki yangligʻ bilmanam.
* * *
To chiqardi xat uzori pokidin,
Gul yuzi ozurda boʻldi pokidin.
Istar erdi el burun yuz mehr ila,
Emdi ul yuz mehri ketti pokidin.
* * *
To koʻngul berdim oʻshal qoysorigʻa,
Borgonini bilmadim qoy sorigʻa.
Doʻstlar, yorgʻa meni sogʻindurung,
Solsangiz nogah quloq qoysorigʻa.
* * *
Shah, supuray ostoning yuz ila,
Tiymanakdin necha uray yuz ila,
Ikki yuzluk muddaiydin ne gʻamim,
Gar ishim tushsa alardin yuzila?!
* * *
Ne balo biyikturur davlat togʻi,
Koʻyi gʻamni ne bilur davlat togʻi.
Himmate tut, dogʻi davlat istagil,
Ximmating boʻlsa, boʻlur davlat togʻi.
* * *
Jongʻa soldi daf gʻurbat norini,
Koʻz yoshim boʻldi moʻgʻulning norini.
Bu aroda men degandek boʻlmasa,
Koʻzlay Issigʻkoʻlu andin norini
* * *
Qaddimni firoq mehnati yo qildi,
Koʻnglum gʻamu anduh oʻtigʻa yoqildi.
Holimni sabogʻa aytib erdim, ey gul,
Bilmon, sanga sharh qilmadi yo qildi?!
Qit’alar
Ey alarkim, bu Hind kishvaridin
Bordingiz anglab oʻzga ranju alam.
Kobulu xush havosini sogʻinib,
Hinddin garm bordingiz ul dam.
Koʻrdingiz — toptingiz ekin anda
Ishratu aysh birla nozu niam?
Biz dogʻi oʻlmaduq, bihamdilloh,
Garchi koʻp ranj edi-yu, behad gʻam.
Hazzi nafsiy, mashaqqati badaniy,
Sizdin oʻtti-yu, oʻtti bizdin ham.
* * *
Davron gʻami bila sitamini unutgurur
Ul sabzchehra yor xayoli aladdavom.
Hijronida xayol eta olmon, bu turfakim,
Vaslida ham xayol agar boʻlsa, borcha xom.
Vasfida xomlik agar oʻlsa, ne gʻamdurur,
Chun daf’ etar xayoli gʻamu gʻussani tamom.
Chun yori rozdor qilurman seni xayol,
Asror fosh aylama zinhor, vassalom!
* * *
Bobur niyozu madhini yetkurgil, ey sabo,
Ul shahzoda Nosir olijanobqa.
Boʻl oyu yil farogʻatu xushboshligʻ bila
Boʻlguncha mohu sol oyu oftobqa.
Hijron choʻlida jahd bila poʻyalar urub,
Istab ziloli vasl, yetishtim sarobqa.
Chun xost mundoq erdiki, hajringni chekkamen,
Bexost raj’at aylamisham Andarobqa.
* * *
Eyki, targʻib qilursen chogʻir ichmakka meni,
Sozu xonanda bila soqiyu saxbo bormu?
Bovujudiki, oʻtubtur chogʻir ichmak vaqti,
Majlis asbobini, bilmonki, muhayyo bormu?
* * *
Noumid boʻldum, ey Moʻgʻul, sendin,
To eshitgimki, Andijon bording.
Aytgʻon soʻzga keldim, ammo, sen
Yaxshi kelding demay, yamon bording.
* * *
Qolmadi hurmat ahli olamda,
Olamu olam ahdidin yuv ilik!
Boburo, ikki podsholigʻdin
Yaxshiroq bu zamonda bir beklik.
* * *
Muyassar oʻlsa agar yor vasli gʻurbatta,
Vatanni ne qilayu oʻz diyor nega kerak?
Yibordi yor manga yodgor deb xatini,
Manga habib kerak, yodgor nega kerak?!
* * *
Ne sud andin poy dar gilligʻim,
Chu al doʻstlardin ul oy yub emish.
Oʻzin forigʻu bizni qilgon asir-
Kim, ermish bu yangligʻ ul Ayyub emish.
* * *
Tamomi husn eli sogʻu hushyor ekanda,
Durushtu tund agar boʻlsalar, bilingki, yeridur.
Chogʻir kerakki, ichib, bazm boʻlsa, barcha yigitlar,
Chogʻir ketur, bori xublar chogʻirga tushkularidur.
* * *
Ne qilayin sening bila, ey til,
Jihatingdin mening ichim qondur!
Necha yaxshi desang bu hazl ila she’r,
Birisi fahshu biri yolgʻondur.
Gar desang kuymayin bu jurm bila,
Jilavingni bu arsadin yondur!
* * *
Ul sarvning harimigʻa gar yetsang, ey sabo,
Bergil bu hajr xastasidin yod koʻngliga.
Rahm aylabon sogʻinmadi Boburni, bor umid,
Solgoy Xudoy rahmni Foʻlod koʻngliga.
* * *
Bu viloyatka muqayyad boʻlmagʻil,
Kel, Xuroson jonibigʻa azm qil!
Gar borur boʻlsang, erurmen hamrahing,
V-ar turarsen, men borurmen jazm qil!
* * *
Yoʻqturur nozingdin ozore manga,
Noz agar qilsang manga matlubdur.
Xoh koʻrsat lutfu xohi javr qil,
Har ne voqe’ boʻlsa sendin xubdur.
* * *
Qilmasa ul oy nazar manga, ne tong?
Tengri tole’ chun manga yorotmadi.
Oʻqi yorar erdi koʻnglum dardini,
Netayin, koʻnglum uchun yor otmadi.
* * *
Kobulu Gʻazni eliga aytingiz:
Bizga yer emdi Xushobu Beradur.
Qay sorigʻa borgʻasizkim, mulku mol
Bizga munda Haq taolo beradur.
* * *
Kimki, mubtal etar ul yotishini,
Sindururlar boshini yo tishini.
Negakim, oʻz ishini tark etibon,
Harzagard oʻlub, etar yot ishini.
* * *
Xurosongʻa oʻn oy tortib cherik, Kobul sori yonduk,
Qish ichra Chixchiron birlakim, ul yoʻl vahmi jon oldi.
Bu fursatta kishi oʻtmoydurur hargiz bu dobondin,
Biz oʻttuk, lek elning ilik-oyogʻin sovuq choldi.
Necha kun qor tepib, muz yostonib, tashvish ila qoʻnduk,
Sovuqu qor asru behd uchun el koʻngul soldi.
Jebayu otlari elning qoldi aksar yoʻl yomon uchun
Bu yurushta ziyon koʻb boʻldi, bore yaxshi ot qoldi.
* * *
Eyki, debsen lutf etib, lutfi itobomez ila:
«Koʻnglung istar yorlar birla xamisha shod boʻl!»
Mendinu kimdin yana bordur niqori xotiring?
«Mendinu kimdinki koʻnglung istamas, ozod boʻl!»
* * *
Firoqing oʻlturur oxir meni dilxastani beshak,
Meni oʻltur visolingda, ne ya’ni andoq oʻlturmok.
Necha nosih. nasihat degayu, men ham ne qilgʻaymen?
Azalda chunki bordur bu koʻngulga koʻrguluk emgok.
* * *
Tariqi faqr suluk axligʻa ne xush yoʻldur,
Vale bu yoʻlda keraklikturur rafiqi shafiq.
Tariqi faqr agar istasang, beri kelkim,
Suluk ahli demish: «alrafiqu summa tariq».
* * *
Otani chunki qibla debturlar,
Qibla yangligʻ anga nazar qilgʻil.
Ota ogʻritma, ey otam, zinhor,
Ota ozoridin xazar qilgʻil.
* * *
Bilur jahon elikim mehmon ziyofatidin,
Mening tariqim emas ijtinob qilmogʻliq.
Qavo xush erdi-yu, ahbob dogʻi qoʻymadilar:
Zarurat oʻldi chogʻir irtikob qilmogʻliq.
Toʻrtliklar
Tutmagʻil, ey gul, ravokim, ishqing ichra har gʻarib,
Yerga bosh qoʻygʻay xazon yafrogʻi yangligʻ sargʻarib.
Shaxrdin bezor boʻlsa, ne ajab, bezar kishi,
Ishq aro bemor boʻlsa, tong emas, bemar gʻarib.
* * *
Yor koʻb bemehrdur, tole’ base noi’tamid,
Vahki, kun-kundin boʻlurmen oʻz-oʻzimdin noumid.
Vasl borgondek koʻnguldin, bordi ilgimdin koʻngul,
* * *
Kelki, bormay, seni koʻrmay yuz tuman armon bila,
Maqdamingda naqdi umrum sarf aylay jon bila.
Necha istarsen mening dardimgʻa darmon, ey tabib,
Ishq dardi yaxshi boʻlgʻaymu ekin darmon bila?
* * *
Necha mehrsizliktin hijron yoʻligʻa borgʻay?
Kim bu yoʻldin, ey koʻngul, ul quyoshni qaytargʻay?
Hech eshitmayin soʻzni, gʻamga soldilar oʻzni,
Yo koʻngulni, yo qoʻzni, — qaysi birisin qargʻay?
* * *
Abdussamadi Tarxon, ishrat bila boʻl begʻam,
Abdussamadi Tarxon, ishrat bila boʻl xurram.
El xamdami boʻlgʻanda, ishqingda gʻamu mehnat,
Abdussamadi Tarxon, ishrat bila boʻl hamdam.
* * *
Xayol etsam ul belni, hol eltadur,
Meni beli sori xayol eltadur.
Qadining xayolin koʻz asrab magar,
Koʻngul ravzasigʻa nix,ol eltadur?
* * *
Ey xush ulkim, qilsa gʻamdin koʻnglini ogoh, ishq,
Aylasa begʻamligʻining qissasin koʻtox, ishq.
Vah, ne kun boʻlgʻayki, qovlab aqlu donish xaylini,
Boʻlsa jon birla koʻngulning kishvarida shoh ishq.
* * *
Safar azmini qilding, men boraolmay turub qoldim,
Nazar lutfini qilding mendinu men telmurub qoldim.
Aningdek tund surdi xajr raxshin ul qarokoʻzluk,
Yiroqtin yuz alam birla qarosini koʻrub qoldim.
* * *
Seni koʻrmaslik koʻngulga gʻam edi, jonimgʻa xam,
Gʻayrning koʻrmakligi boʻldi alam uzra alam.
Yo sening koʻrmakligingdin gʻayr boʻlsa erdi daf’,
Yo seni koʻrmaydururmen, gʻayrni xam koʻrmasam.
* * *
Qadi furqati meni duto qilur,
Qoshi xajri qomatimni yo qilur,
Necha gʻayrgʻa ul oy vafo qilur?
Necha jonima mening jafo qilur?
Sabo, ul gul harimigʻa guzar qil,
Mening holimdin ul gulga xabar qil.
Salomim yetkur ul oromi jongʻa,
Yana mundoq degil ul dilsitongʻa:
«Yuzungni koʻrsatib, koʻnglumni olding,
Olib koʻnglumni, koʻzdin meni solding.
Degil dildorligʻ mundoq boʻlurmu?
Tariqi yorligʻ mundoq boʻlurmu?
Seni mundoq tasavvur qilmas erdim,
Bu yangligʻ rah,msiz ham bilmas erdim.
Seni deb barcha olamdin kechibmen,
Rafiqu yoru hamdamdin kechibmen.
Zamone qilmadim sendin farogʻat,
Vale, bordur senga mendin farogʻat.
Meni avval oʻzungga h.amdam etting,
Yona bilmon nega nomahram etting.
Soʻzungkim, Xizr suyidin nishondur,
Vale, ul suv kibi mendin nihondur.
Ne, ya’ni muncha bizdin soʻz yoshurmoq,
Jafo oyinini haddin oshurmoq?
Birovningkim, birovdin koʻngli qolur,
Kishi yuz soʻz bila koʻngulni olur.
Ajabkim, mendin, ey dildor, toʻydung,
Mening koʻnglumni bir soʻz birla qoʻydung.
Uzatma muncha ham, Bobur, soʻzungni,
Bu soʻzlar birla xor etma oʻzungni.
Agarchi koʻp soʻzung bor, muxtasar qil,
Ul oygʻa soʻzning aslidin xabar qil.
Gar ul soʻzkim, yoshurdung, aytmassen,
Bu yangligʻ odatingdin qaytmassen.
Sening sevmasligingni jazm etarmen,
Bosh olib oʻzga bir sori ketarmen.
Agar botroq yibormassen javobim,
Bu xatdin ortuq oʻlur pechu tobim».
* * *
Ey payki sabo, qotimgʻa kelgil!
Eshit bu soʻzumni, dogʻi bilgil!
Yeldek yetib ul quyosh qoshigʻa,
Quyun kibi evrulub boshigʻa.
Yuz hasratu ishtiyoq birla,
Yuz ming alamu firoq birla.
Mendin tobugʻida boʻyla arz et,
Bu xidmatni oʻzungga farz et:
«K-ey podshahi viloyati husn!
Sha’ningda kelibtur oyati husn!
Sen husn sariri podshohi!
Men ishq faqiri dodxohi!
Hajru gʻaming etti zulmu bedod,
Ey jonu jahon, fitonu faryod!
Oyrilgʻali, ey nigor, sendin,
Oyrildi hushu qaror mendin.
Koʻzumda, agarchi, yoʻq jamoling,
Koʻnglumdadurur, vale, xayoling.
Fikrim budururki, senga yetsam!
Zikrim budurur — soʻzung eshitsam!
Bormadi koʻnguldin ul sochu yuz,
Yod ettim alarni kecha-kunduz.
Chun yoʻq qoshinga yetarga haddim,
Qoshing gʻamidan egildi qaddim.
Zulfung girihigʻa bastadurmen,
Koʻzung havasida xastadurmen.
To oq yuzung yiroq tushti,
Ikki koʻzum ichra oq tushti.
Ogʻzing gʻamidinki, tangdilmen,
Oʻlmay yururam, ne sangdilmen!
Lutf etki, harob boʻldi holim,
Rahm aylaki, qolmadi majolim.
Xush ulki, yuzungni yona koʻrsam,
Hayron boqibon yuzungga tursam.
Oʻpsam ayogʻing qoʻyub yuzumni,
Surtub anga har zamon koʻzumni.
Boʻynunggʻa qoʻlum hamoyil etsam,
Sarvingni oʻzumga moyil etsam.
Gah ilkima gʻabgʻabingni olsam,
Gah ogʻzima ul labingni olsam.
Koʻzumni koʻtarmasam koʻzungdin,
Yuzumni koʻtarmasam yuzungdin.
Gah ogʻzimgʻa tilingni olsam,
Gah ogʻzinggʻa tilimni solsam.
Hosilki, agar qoshinggʻa yetsam,
Koʻnglum tilagancha ishrat etsam.
Yuzung yana koʻrsam erdi, ey jon,
Oʻlsam dogʻi qolmas erdi armon.
Yuz muncha xayollar qilurmen,
Yoding bila hollar qilurmen.
Men ushbu xayollar bila shod,
Sen meni qilursen oʻzgacha yod.
Mahjur koʻngulni shod qilmay,
Yaxshi soʻz birla yod qilmay.
Yolgʻon soʻz ila itob etarsen,
Yuz qahr bila xitob etarsen.
Gar yolyuni boʻlsa zohir, ey doʻst!
Sharmanda boʻlarsen oxir, ey doʻst!
Ey yor, sen aylama tasavvur-
Kim, koʻnglini oʻzga qildi Bobur.
Yuz hursifat qoshimgʻa kelsa,
Yuz tigʻi jafo boshimgʻa kelsa.
Koʻnglumda hanuz oʻshal vafodur!
Boshimda dagʻi oʻshal havodur!
Fikrim oʻshalu xayol oʻshaldur!
Dardim ulu zor hol oʻshaldur!
Gar munda taraddud etsa oyim,
Bu soʻzda guvoh erur Xudoyim.
Hol ul edikim, hikoyat ettim,
Gah shukru gahi shikoyat ettim.
Har neki koʻngulda erdi — dedim,
Emdi sendin budur umidim:
Har ishta shitob qilmagʻaysen!
Bu tavr itob qilmagʻaysen!
Qolgon koʻnglumni olgʻasen bot,
Olgʻon nazaringni solgʻasen bot.
Gar yaxshiyu gar yamon qilursen,
Dedim sanga, emdi sen bilursen.
To daxrdurur, salomat oʻlgʻil!
Xushluq bila to qiyomat oʻlgʻil!
Xushvaqtligʻing mudom boʻlsun!
Davlat sanga muyetadom boʻlsun!
* * *
Xotirimni tilar esang, kel, qoʻp!
Bu soʻzumni eshitgil, ey yel, qoʻp!
Ul parining harimigʻa guzar et!
Meni devona holidin xabar et!
Degil avval anga salomimni,
Yana arz ayla bu payomimni-
Kim: «Sanga nomalar ravon qildim,
Qolatimni borin bayon qildim.
Seni dedim umid ila, ey yor-
Kim, olib koʻnglum oʻlgʻasen dildor.
Yoʻqkim, koʻshlumga javr qilgʻaysen,
Yorligʻni bu tavr qilgʻaysen!
Kam emas erdi yor olamda,
Har taraf yor bor olamda.
Boridin seni ixtiyor ettim,
Jonni ishqingda beqaror ettim.
Garchi, koʻp furqatingda qon yuttum,
Lek, doim visola koʻz tuttum.
Bilmadimkim, firoq koʻrgaymen,
Mehnati ishtiyoq koʻrgaymen.
Nomalar yozdim iztirob bila,
Sarfaroz etmading javob bila.
Muncha chogʻliq niyoz zohir etib,
Muncha soʻzu gudoz zohir etib.
Boʻlmadi, ey nigor, nozing kam,
Ne qilay, eldin ehtirozing kam.
Gʻamu dardu alam bila toʻldum,
Oxir ul-amr noumid oʻldum.
Noumid oʻlub, oʻlturub erdim,
Mutaxayyir boʻlub, turub erdim-
Kim, yana noma birla yod etting,
Qaygʻuluq xotirimni shod etting!
Qoʻyubon boshqa beqaror oʻldum,
Yana boshtin umidvor oʻldum.
Lutflar aylading, vale, ne sud?!
Emdikim, vasl ishidurur nobud.
Ey jafojoʻy, mundogʻing bor emish,
Koʻnglung, ey yor, muncha yumshor emish.
Ne balo, berding intizor manga,
Koʻp jafo qilding, ey nigor, manga.
Bu qulung sanga chun kerak erdi,
Bu inoyat burun kerak erdi.
Emdikim, va’daga vafo qilding,
Meni oʻzungga oshno qilding.
Hech bilmonki, chinmudur bu soʻzung,
Yaxshiliqqa yaqinmudur bu soʻzung?
Yo bu ham ishvayu firibmudur?
Doʻstluqta bular hasibmudur?
Yorligʻni, agar, qilur boʻlsang,
Yorligʻ tavrini bilur boʻlsang.
Ahdu qavlung durustu mahkam qil!
Va’da chun aylading, vafo ham qil!
Chun bu dam vasl ishi yiroqdurur,
Koʻnglumiz xastai firoqdurur.
Har qachon vasl ishi yovuqlashsa,
Gʻamu hijron cheriki tarqashsa.
Yonmogʻil aytqon hadisingdin!
Tonmagʻil aytqon hadisingdin!
Shodmon qil meni visol bila,
Ixtilot et bu xastahol bila.
Banda Boburni muhtaram qilgʻil,
Mahram et vaslinga, karam qilgʻil!
Sanga koʻnglumdagin dedim, ey yor,
Emdi sendin javob umidim bor.
Xat javobigʻa yoʻlda boʻldi koʻzum,
Vassalom, emdi xatm boʻldi soʻzum».
* * *
Ey sabo, yelmakni qoʻygil, hazm qil!
Sarvinozim koʻyi sori azm qil!
Yel kibi yet sarvinozim qoshigʻa!
Ham quyundek evrul oning boshigʻa!
Bosh qoʻyub yerga, niyozim arz qil!
Soʻrsa holim sarvinozim, arz qil!
Oytgil ul husn mulki xonigʻa,
Demayin xon, balki jonlar jonigʻa:
«Koʻrmayin yuzungai bemor oʻlmisham,
Gʻoyibona oshiqi zor oʻlmisham.
Hech bilmonkim, bilursen, ey nigor-
Kim, necha yildur chekarmen intizor.
Bir dogʻi yod etmading bu necha yil,
Xotirim shod etmading bu necha yil.
Bahraye koʻrmay visolingdin dame,
Xoli yoʻq erdim xayolyutgdin dame.
Fikring erdi doʻstdoru hamdamim,
Yoding erdi gʻamgusoru mahramim.
Zarra, ey oy, qilmading parvo manga,
Ne balo koʻrsatting istigʻno manga!
Qilmading bir zarra istigʻnoni kam,
Bu na istigʻnodurur, ey jonakam?
Sen bu yangligʻ mast husnung jomidin,
Men muningdek ayru vasling komidin.
Nechakim, qildim vafo, koʻrdum jafo,
Nechakim, koʻrdum jafo, qildum vafo.
Ishqdin begona jovid oʻlgʻamen.
Ishq rohu rasmini unutqamen.
Zuhd tavru shevasini tutqamen-
Kim, bayaknogoh keldi qoside,
Yordin ogoh keldi qoside.
Vaslidin bir mujda berdi ul manga.
Jondin ortuq mujda erdi ul manga.
Vasfini nechuk qilay bu mujdaning,
Chinini qandin bilay bu mujdaning.
Boʻlsa chin bir noma kelmasmu edi,
Bir nasimi lutf yelmasmu edi?
Qoʻygil, ey qosid, bular yolgondurur,
Mehru husn ahli bu ne imkondurur?!
Men koʻrubmen xoʻblar javrini koʻp,
Men bilurmen xoʻblar tavrini xoʻb.
Gar soʻzung chindur, yana bilmak kerak,
Yordin bir xat olib kelmak kerak.
Yettil avval xidmatigʻa yorning,
Boʻyla arz et hazratigʻa yorning:
«Yaxshi paygomingni yetkurdi rasul,
Lutfu ikromingni yetkurdi rasul.
Garchi qilding lutf, ey dilbar, manga,
Kelmadi lekin bular bovar manga.
Hajr oʻtigʻa necha yonsun bu koʻngul,
Andoq aytgilkim, inonsun bu koʻngul.
Gar vafo qilmoq xayoling bordurur,
Qoʻy jafonikim, koʻngul muztardurur.
Bir inoyatnoma birla yod qil!
Qil inoyat, xotirimni shod qil!
Yo meni qoshinggʻa yetkur, qil karam,
Yo qoshimgʻa kel, koʻzumga bos qadam.
Har nekim koʻnglushta kelsa, ey pari,
Ul inoyatnomada yozgʻil bari.
Gar sening vasling umidi boʻlmasa,
Oʻzga boʻlmas oʻzni bilmaklik manga!
Balki mushkildur tirilmaklik manga!
Vasl ila farsuda jismim zinda qil!
Lutf ila Boburni boshtin banda qil!
Xat javobigʻa chekarmen intizor,
Bot javobini yiborgil, ey nigor!
Har ne koʻnglumda edi — dedim tamom,
Xatm boʻldi soʻzum, emdi vassalom!»
* * *
Bir kecha xotirim mushavvash edi,
Koʻzda suv, koʻnglum ichra otash edi.
Dahr ishidin figʻon qilur erdim,
Xotirimni yamon qilur erdim.
Har zamon daxgji xitob qilib,
Oʻlturub, gax, qoʻpub, shitob qilib.
Der edim: «Ey vafosi yoʻq zolim,
Zulmdin yetti oʻlgali holim!
Zulmdin oʻzga ishni bilmaysen,
Meni miskinga rahm qilmaysen.
Gar men oʻlturgulukmen — oʻlturgil!
Yoʻq esa, soʻrguluk esam — soʻrgil!
Har nechuk tavr qil, bu javr etma!
Har nechuk javr qil, bu tavr etma!
Yoʻq edi hech ishim sening birla,
Neng bor, ey daxri dun, mening birla?
Kunji uzlatga roʻ qilib erdim,
Gʻamu mehnatta xoʻ qilib erdim.
Ey xush ulkim, jamii hamdamdin,
Dema hamdamki, jumla olamdin,
Forigʻ erdim, qanoatim bor edi,
Qone’ erdim, farogʻatim bor edi.
Goʻshaye ixtiyor qilgon edim,
Gʻaflat uyqusidin oyilgon edim.
Yana yuz ishvayu firib bila,
Hech bilmonki, ne hasib bila.
Davlat oʻtrusigʻa meni solding,
Gʻaflat uyqusigʻa meni solding.
Bori ahbobni qilib masrur,
Bori a’doni aylading maqhur.
Ota taxtida forigʻ oʻlturdum,
Bal, otam koʻrmaganni men koʻrdum.
Olti oy ichra olti taxt oldim,
Yetni iqlima, balki, koʻz soldim.
Dedim, emdi murodima yettim,
Bilmadimki, gʻalat xayol ettim.
Ishratu aysh vaqti yetgan chogʻ,
Mehnatu gʻussa oti yitgan chogʻ,
Yana maxrumi xonumon qilding,
Yana ovvorai jahon qilding.
Dardu gʻamni manga anis etting,
Mehnatu ranjni jalis etting.
Aysh ila ishratimdin ayrildim,
Davlatu izzatimdin ayrildim.
Davlatu taxtu izzu joh qani?
Hamdamu hamnishinlar, oh, qani?
Bordi ul ayshu komronligʻlar,
Emdi kim koʻrsa holatim — yigʻlar.
Koʻrsatib davlat, emgaking na edi?
Yerga urdung, koʻtarmaging na edi?
Bu nyochuk zulmdur — nihoyati yoʻq?
Bu na yangligʻ sitamki — goyati yoʻq?
Dahrgʻa ne vafoduru ne rahm,
Dahr koʻp bevafoduru berahm.
Yoʻqturur mehri hech kishiga aning,
E’timod etma hech ishiga aning.
Goh kufr ahlini musallat etar,
Ahli dinning ishini munhat etar.
Goh bir qulni podshoh qilur,
Shohni banda goh-goh qilur.
Goh johilni sarbaland aylar,
Goh oqilni poyband aylar.
Jonu koʻnglida juz jaholat yoʻq,
Hech ishida aning adolat yoʻq.
Ne vafo qilganini bilsa boʻlur,
Ne jafosigʻa sabr qilsa boʻlur.
Ne qilay, ne kishidin istay dod?
Kimga dahr ilgidin qilay faryod?
Dahri dundin shikoyatim koʻptur,
Dahr elidin hikoyatim koʻptur!»
Ushbu holatta notavon koʻnglum,
Gʻussadin topmogon omon koʻnglum.
Uz qatiq holatigʻa yigʻlar edi,
Koʻz qatiq holatigʻa yigʻlar edi.
Keldi boshimgʻa subhidam oxir,
Mehrdin urdi subh dam oxir.
Meni oʻz dedi mehribonligʻdin,
Necha soʻz dedi mehribonligʻdin.
Manga soʻzlarki, tong bu tun qotti,
Jonima oʻqlar erdi, tong otdi.
Subhi sodiqligʻi chu zohir edi,
Nafasi subhning muassir edi:
«K-ey faloni, bu ne razolattur?
Ne jaholatturu ne holattur?
Necha dunyo gʻamidin etmaklik,
Koʻp soʻz oning uchun engatmaklik.
Arzimas gʻam yemakka bu dunyo,
Bal, otin ham demakka bu dunyo.
Tama’ uzgil bu zski dunyodin,
Xotiringdin chiqar bu dun yodin.
Davlat uchun koʻngulni zor etma!
Izzat uchun oʻzungni xor etma!
Koʻz ochib-boqqucha safo yoʻq anga,
Koʻz yumub-ochqucha baqo yoʻq anga.
Dahrdin kimga boʻlma multamasi,
Besh emas orzu bila havasi.
Nafsning kasbidur havoyu havas,
Ruh olidadur bular yaramas.
Nafs dushmandurur yaqin bilgil,
Doʻstum, bu soʻzumni chin bilgil.
Dushmanedur, agarchi, oʻtru emas,
Lek, bir lahza sendin ayru emas.
Garchi zohirda toʻgʻridektur nafs,
Jisming uyida oʻgʻridektur nafs.
Burnogʻilar soʻzin nazar qilgʻil,
Uyning oʻgʻrisidin hazar qilgʻil.
Nafs tavsanini rom qil oʻzungga,
Qodir oʻl harna soʻz desang soʻzungga.
Necha nafs ilkida zabun boʻlmoq,
Suxrai zumrai junun boʻlmoq.
Ne desang nafsning rizosi bila,
Neki qilsang aning havosi bila,
Fisq qilmoqdin oʻzga fikring yoʻq,
Fahsh demaqdin oʻzga zikring yoʻq.
Uyla razlu lavand oʻlubsenkim,
Xalq aro rishxand oʻlubsenkim.
Har zamon bir lavandi masharaye,
Ma’siyat dudidin yuzi qaraye.
Uzni yondoshturub oʻzung birla,
Soʻzni chirmashturub soʻzung birla.
Oni oʻzungga sen bilib hamdam,
Oni soʻzushta sen qilib maxram.
Qilgʻasiz xalqni tuman gʻiybat,
Degasiz otingizni xushsuhbat.
Har yamon bor — yor qilgʻaysiz,
Har yamonligʻki bor — qilgʻaysiz.
Nogahon bir javon guzor aylab,
Ollida oʻzni beqaror aylab.
Har yigitkim, koʻrunsa xol qilib,
Keynida yuz tuman xayol qilib.
Bu ne umru bu ne baloligʻdur?
Bu ne tavru ne yuz qaroligʻdur?
Yoʻqturur hech e’timid sanga,
Tengridin yoʻqmudur umid sanga?
Lodaligʻ birla umrum oʻtti, netay?
Qay sorigʻa bu umr birla ketay?
Umr gʻaflatta oʻgkarib borasen,
Ey yigit, voqif oʻl, qarib borasen.
Haq taolo nega yaratti seni?
Odamiylar sonigʻa qotti seni.
Kim, oʻzung birla fikr qilgʻaysen,
Gʻaflat uyqusidin oyilgʻaysen.
Bilgasen jahd ila bori sifatin,
Qilgʻasen dark Tengri ma’rifatin.
Rost qilgʻaysen e’tiqodingni,
Bilgasen mabda’yu maodingni.
* * *
Jismingga za’f esa, jonim sadqa!
Jonishta ikki jahonim sadqa!
Koʻzungga bu tani bemor fido,
Beligacha bu badani zor fido!
Sensizin jism bila jonni netay?
Dard sendin esa darmonni netay?
Manga sensen bu jahondin maqsud,
Ne jahon, jism ila jondin maqsud.
Qomating yangligʻ uzun yosh topqil!
Umr husnung kibi dilkash topqil!
Qosiding keldi — safo kelturdi,
Xabari mehru vafo kelturdi.
Nomani manga ravon aylabsen,
Joni yoʻq jismima jon aylabsen.
Koʻrubon nomani oʻzdin bordim,
Oʻqubon soʻzini soʻzdin bordim.
Koʻrgach-oʻq koʻzuma surtub oʻptum,
Oʻpgach-oʻq boshima qoʻyub qoʻptum.
Borcha mazmuni aning xub erdi,
Bori lafzi dagʻi margʻub erdi.
Yorda mehru vafo bor ermish,
Lillahil-xamd, vafodor ermish.
Tunu kun fikru xayolim budurur,
Oyu yil tavrumu holim budurur.
Hajrning kulbasidin ketgaymen,
Vasl koshonasigʻa yetgaymen.
Vaslingga Tengri meni yetkursa,
Lutf etib, manga seni yetkursa.
Yetgach-oʻq evrulayin boshingdin!
Gʻoyib oʻlmay nafase qoshingdin!
Men demasmenki, dudogʻini oʻpay,
Gar ilik bersa, ayogʻini oʻpay.
Bir zamon xoli emon fikringdin,
Bir nafas gʻofil emon zikringdin.
Gar desam jism ila jondin sen-sen,
Gʻarazim ikki jahondin sen-sen.
Oy yuzung yoʻqda qaro kun boʻlsun!
Yeru koʻk ostinu ustun boʻlsun!
Har ne koʻnglumda edi men dedim,
Emdi sendin budurur ummidim:
Mehoning rasmini unutmagʻosen,
Bevafoliq yoʻlini tutmagʻosen.
Burnogʻidek meni yod etgaysen,
Xotiri xastani shod etgaysen!
Gʻayri ixlosu duo birla salom,
Ne deyin oʻzga, soʻzum boʻldi tamom!
* * *
Xotirim saklar esang, kel, qoʻpgʻil!
Bu soʻzumni eshit, ey yel, qoʻpgʻil!
Ahli dil ollida sur’at bila yet!
Sanga har neki desam, sen arz et!
Mushkilim ollida taqrir etgil,
Holatim sharhini bir-bir etgil.
Degasen muьtaqidu ma’mulum,
Ravishu tavru suluku yoʻlum.
Bordur andoqki, ayon aylabmen,
Men «Mubayyin»da bayon aylabmen.
Bir aning birla ish ochilmas emish,
Dardi dil chorasini qilmas emish.
Netayin, ne qilayin dardim uchun?
Chora kimdin tilayin dardim uchun?
Chora dardimgʻa magar pir etgay,
Chorasiz ishima tadbir etgay.
Naylayin murshidu netay irshod?
Qobiliyat qaniyu iste’dod?
Musta’id boʻlu qil oʻzni qobil,
Fayzlar to sanga boʻlgʻay vosil.
Senda ne sa’yu oʻzingda ne qabul,
Ne ishing yaxshi, ne soʻzung maqbul.
Ne oyoqkim, talabida yurugay,
Ne koʻngulkim, havasida churugay.
Ne aning ishini qilmoqqa ilik,
Ne aning kunhini bilmakka bilik.
Shahvatu nafs giriftorisen,
Dad bila dev namudorisen.
Shahvatu nafs qaviy dushmandur,
Ming seningdekni zabun qilgondur.
Lazzati yeguluku ichkulugung,
Xushiyi kayfiyatu ichkulugung.
Mazai ashribayu hazzi yaxob,
Holatu nash’ai ma’junu sharob.
Hurvashlar bila hamdast oʻlmoq,
Maykash el birla ichib mast oʻlmoq.
Nash’ai subhu sabuhiy naigьa,
Maykash el quvvati ruhi nash’a.
Tund raxshingai minib yeldurubon,
Elga oʻzni tanitib — bildurubon.
Hukmung oʻlmoq bori elga joriy,
Soʻzung oʻlmoq bori yerda kori.
Tobe’ing mulki Xuroson boʻlmoq,
Hindu Chin olmogʻing oson boʻlmoq.
Qulluqu xidmating etmak yilu oy,
Nasli Joʻjiyu urugʻi Chigʻatoy.
Borcha ishga boʻlubon dastrasing,
Kelib ilkingga, nekim, bor havasing.
Bori foniyu bori xechturur,
Seni dunyo boridin kechturur.
Bilmisham har neki, qilding taxrir,
Fahm qildim gʻarazingni bir-bir.
Bu demaktin, bu bitiktin ne sud,
Talabekim, kerak uldur nobud.
Tengri qilgaymu ekin turfa sabab,
Hosil oʻlgʻaymu ekin ushbu talab?
Tengri tavfiqi magar yor oʻlgʻay,
To kishi Haqni talabgor oʻlgʻay.
Tengri tavfiqi deyu tek turayin,
Ne qilay, chorani kimdin soʻrayin?
Tut quloqkim, budurur tahqiqi,
Tengrining boʻlmagʻucha tavfiqi,
Mumkin ermas boʻla olmoq hech ish,
Nega kerak sanga muncha pechish!
Kirdigor, manga tavfiqe ber!
Yurumakka rahi tahqiqe ber!
Umr gʻaflat bila oʻtkormishmen,
Nafs buyrugʻi bila bormishmen.
Nafs yogʻisini magʻlub etgil!
Ishlarimni borini xub etgil!
Bori hazdin meni oson oʻtkar!
Ishlarimni mening oson butkar!
Goʻshu hushumni soʻzung sori qil,
Jonu koʻnglumni oʻzung sori qil!
Gʻamlaring birla ovut koʻnglumni!
Ma’rifat birla yorut koʻnglumni!
Qoʻyma Boburni bu holat birla!
Oni oʻlturma batolat birla!
Bir kishini anga gʻamxor etgil!
Himmatin badraqayu yor etgil!
Toki dardigʻa davo yetkurgay,
Tortibon oni sengo yetkurgay.
* * *
Necha isyon bila oludaligʻing,
Necha hirmon aro osudaligʻing?
Necha nafsinggʻa boʻlursan tobe’,
Necha umrungni qilursen zoye’?
Niyati gʻazv ilakim yurubsen,
Oʻlmakingni oʻzungga koʻrubsen.
Kimki oʻlmak oʻziga jazm etar,
Ushbu holatta bilursenki netar.
Dur etar barcha manoh.idin oʻzin,
Aritur jumla gunohidin oʻzin.
Xush qilib oʻzni bu kechmaklikdin,
Tavba qildim chogʻir ichmaklikdin.
Oltunu nuqra surox,iyu ayogʻ,
Majlis oloti tamomin ul chogʻ
Hrzir aylab, borini sindurdum,
Tark etib mayni, koʻngul tindurdum.
* * *
Koʻngulga dardu gʻamni ne yovutay?
Oʻzumni ovu qush birla ovutay.
Jahonning ahlidin uzgil tama’ni,
Bu olam ichra boʻl ozoda, ya’ni.
* * *
Ulki, taqdir xatin etti savod,
Ayladi oqu qaroni irshod.
Payvasta qoshini menga chitib,
Kirpik oʻqini menga otib.
* * *
Ey qodiri barkamol, Tangrim,
V-ey qohiri zuljalol, Tangrim.
Ey berguchi Biru bor, Tangrim,
V-ey olgʻuchi girudor, Tangrim.
Boʻlmas sifatingni desa, nechun-
Kim, borsen, ey Xudoy, bechun.
Ar tufroq erur kamoling andin,
Afzunroq erur jaloling andin.
Koʻb soʻz eshitildi magʻfirattin,
Koʻb nukta deyildi marhamatgin.
Har soʻzki eshitsa, desa boʻlmas,
Soʻz borki, aytsa — desa boʻlmas.
Some’gʻa agarchi koʻb havayetur,
Soʻz munda yetishti, emdi bastur.
* * *
Xush ul kunlarki, oshiq erdim,
Ishq ahli bila muvofiq erdim.
Har ne desa ishqdin, der erdim,
Har gʻam esa ishqdin, yer erdim.
Koʻnglumda, koʻzumda ishq edi, ishq,
She’rimda, soʻzumda ishq edi, ishq.
Ne yozda tinorimu ne kuzda,
Ne togʻda qarorimu ne tuzda.
Koʻr surati ishqkim, bor uch harf,
Uch harfdurur vale har uch harf.
Majmui huruf toʻqquz oʻlgʻay,
Har harfda bir ajab soʻz oʻlgʻay.
Borini bayon qilay, eshitgil,
Koʻngluyuta ayon qilay, eshitgil:
«Ayn»i, ya’niki: ayb qilma,
Bal, ayb qilurni koʻzga ilma.
«Yo»si, ya’ni: yigʻidurur tavr,
Gar yor tarahhum etsa yo javr.
«Nun»i buki: nang boʻlmagʻay hech,
Har nechaki rang boʻlmagʻay xech.
«Shin»: shavqdurur shiori oshiq,
Onsiz kishi ishi ori oshiq.
«Yo»: yod berur yagona boʻlmoq,
Olam aro benishona boʻlmoq.
«Nun»i buki: bu ishing nihon tut,
Dam urmayu ishq ishida qon yut.
«Qof»i buki: qavlungga durust oʻl,
Ishq ishida sust boʻlma, rust oʻl.
Aytay «alif»ini, senga, ey.yor:
Ozor bu ishda chekkil, ozor.
Bil oxiri jumla harfi «fo»ni:
Boʻl oxiri kori ishq, foniy—
Kim boʻlsa bu vasflargʻa mavsuf,
Ul oshiqi komil, oʻzgalar yuf.
Lekin bu demonki, ishq birdur,
Bu vasflar ichra munhasirdur.
Sen demaki, ishq ushbu-oʻqdur,
Ishq anvo’i, bil, asru choʻqdur.
* * *
Ey xush ulkim, bori eldin yoshurun,
Biz ikov boʻlsaku bir goʻshayu tun.
Dafu changeyu rubobe boʻlsa,
Mayu nuqleyu kabobe boʻlsa.
«Darrai nur» mayin noʻsh etsak,
Gʻami hijronni faromush etsak.
Men oʻzum ichsamu tutsam senga ham,
Sen dagʻi ichsangu tutsang menga ham.
Dam-badam bodai gulrang ichsak,
Tun yarimigʻacha ul rang ichsak.
Mast oʻlub yotsak ikov, andin soʻng,
Ne huzur oʻlgʻusi yotqondin soʻng.
Umr aksar bu tariq oʻtkarsak,
Xushturur gar bu tariq oʻtkarsak.
* * *
Siposu sitoyish Xudovandgʻa-
Ki, andin kushod oʻldi har bandgʻa.
Anga ne misolu ne monanddur,
Xudovandlargʻa Xudovanddur.
Anga ne amiru anga ne vazir,
Anga ne shabihu anga ne nazir.
Ne yoroyu ne haddurur kishiga-
Ki, daxl aylagay Tangrining ishiga.
Yomonligʻ bila yaxshiligʻ ul qilur,
Burungʻi bila soʻnggʻini ul bilur.
Aziz ul qilur, xor ham ul qilur,
Shifo ul berur, zor ham ul qilur.
Base podshoni gado qilgʻay ul,
Gadolarni ham podsho qilgʻay ul.
Gadoyigʻa bor shohliqdin nufur,
Ne shahliqki, dorayndin yuz futur.
Tilarmen gadoyigʻa boʻlsam gadoy,
Bu davlatni qilgʻay muyassar Xudoy.
Deyin hamdidin soʻng rasuligʻa na’t,
Ilohiki, tushgay qabuligʻa na’t.
Rasuli jahonu habibi Xudoy-
Ki, andin kelur elga tiybi Xudoy.
Senga oʻzni bu kun mute’ istaram,
Seni tonglaliq kun shafe’ istaram.
Nabigʻa durud aytayin bardavom,
Ham avlodu ashobigʻa, vassalom.
Chu hamdu sanodin koʻngul topti kom,
Qilay emdi maqsud sori xirom:
Mening soʻzlarim budur ahbobqa,
Bori xeshu atbo’u ashobqa-
Ki, qilgʻaymen albatta darveshlik,
Tariqat yoʻlida vafokeshlik.
Jahon ishlarin jumla tark etgamen,
Ketar vaqtta beasar ketgamen.
Xiraddin bu ish garchi koʻbdurur,
Valekin bu devona ma’zurdur.
Menga koʻb jihattin bu ish boʻldi farz,
Jihatlarni aylay borin sizga arz:
Biri buki, tole’ menga yor emas,
Sipehru kavokib madadkor emas.
Falakdin yetishti jafolar menga,
Balo uzra boʻldi balolar menga.
Gahe qildi davlat bila hamnishast,
Gahe qildi mehnat bila yerga past.
Gahe toʻldurur jomi ishrat menga,
Gahe kelturur dardu mehnat menga.
Base qal’a berdi qabalmoq uchun,
Koʻtardi vale yerga cholmoq uchun.
Agar noʻshi bir boʻlsa, yuz neshi bor,
Agar marhami bir, tuman reshi bor.
Birovni desam jon, qilur jongʻa qasd,
Yebon tuzni, aylar namakdongʻa qasd.
Bor ermish ajab shum tole’ menga,
Esiz umrkim, boʻldi zoye’ menga.
Yana bir bukim ushbu fitrat chogʻi-
Ki, bu jam’i badbaxt boʻldi yogʻiy.
Dedim, bu yigʻilgʻongʻa topsam zafar,
Bu jam’i parishongʻa topsam zafar.
Qilay bartaraf saltanatning ingan,
Oʻzumdin kam aylay ulus qargʻishin.
Yana saltanat zikrini qilmayin,
Bu behuda ish fikrini qilmayin.
Xudo yoʻli sori xirom aylayin,
Bu yoʻl qat’ida ehtimom aylayin.
Uchunchi jihat budurur, doʻstlar,
Soʻzum magʻzidin ayrayin poʻstlar.
Ne bogʻu ne gulning havosi menga,
Ne gulroʻylar muddaosi menga.
Ne yozu ne kuzdin koʻngul ochilur,
Ne yoziyu tuzdin koʻngul ochilur.
Ne tiru ne daydin menga nash’adur,
Ne nuqlu ne maydin menga nash’adur.
Ne davlat qolibturki, men koʻrmadim,
Ne ishrat qolibturki, men surmadim.
Base ayngu koʻb shurbi may qilmisham,
Bori orzularni tay qilmisham.
Alarni borin koʻrmisham, bilmisham,
Bularni borin topmisham, qilmisham.
Menga emdi koʻb orzu yoʻqturur,
Yemon nafsima koʻb gʻulu yoʻqturur.
Taalluq aloyiq bila qolmadi,
Ishim bu xaloyiq bila qolmadi.
Shariat ishida meni qodir et,
Tariqat yoʻlida meni sobir et.
Ayirgʻil meni jumla hamrohdin,
Yuzumni evurma soʻyi Ollohdin.
* * *
Ne xabar erdi, sabo, yetkurdung,
Ne xabar, jongʻa balo yetkurdung.
Ne kelib tundu ne noxush ketasen,
Ne dimogʻimni mening xushk etasen.
Borurungda ne soʻzumga kirasen,
Kelasen tundu koʻzumga kirasen.
Yoʻq emish sabru saboting, ey yel,
Xunuk ermish harakoting, ani bil.
Fardlar
Holimni sanga aytib, xajr oʻtigʻa oʻrtondim,
Ey yor, yamon qildim, har neki dedim — yondim.
* * *
Sanboʻsa sening koʻnglung gar istasa, andoq qil,
Sanboʻsa kerak boʻlsa, san boʻsa inoyat qil.
* * *
Qutulmoq firoqingdin oson emas,
Yetishmak visolinggʻa imkon emas.
* * *
Darding oʻlsa, ilojni netayin?
Sensizin taxtu tojni netayin?
* * *
Mehrubon istab, baloi bevafogʻa uchradim,
Bevafo ermish, Xudoyim, ne balogʻa uchradim?
* * *
Boʻldum yana oshufta, devona dagʻi bormen,
Goʻyoki bu fursatta oshiq boʻlub oʻxshormen.
* * *
Koshki el birla ul mahvash hikoyat qilmasa,
Yo hikoyat qilgʻanini el rivoyat qilmasa.
* * *
Koʻnglum visolidin xushu koʻzumda nurdur,
Koʻz ravshani, koʻngul xushi Abdushukurdur.
* * *
Boʻlmadi hargiz, netay, ul bevafo yorim mening,
Gar menga yor oʻlsa ul, boʻlgʻay Xudo yorim mening.
* * *
Yorning agʻyorgʻa meh_ru vafosin angladim,
Notavon koʻnglumga ham javru jafosin angladim.
* * *
Qadin koʻz joʻyborigʻa ul oy bexost keltursa,
Oyogʻidin koʻtarmay boshni, Tangri rost keltursa.
* * *
Ne osigʻ ishq aro man’ aylamak oxu figʻonimni
Ki, men barbod bermishmen bu yoʻlda xonumonimni.
* * *
Sengakim, arzi holimni ado men notavon qildim,
Muborak xotiringgʻa noxush-ar kelsa, yomon qildim.
* * *
Mushtoqdurur xasta koʻngul vaslinga bisyor,
Yorim kecha kelgilki, xabar topmasun agʻyor.
* * *
Eyki, la’li jonfizoing nuqlu maydin yaxshidur,
Kelgil ushbu kecha, yuz koʻrsatki, oydin yaxshidur.
* * *
Kelki, onda furqatingdin dogʻi hirmon qolmasun,
Qolmasun gʻamda koʻngul, koʻnglumda armon qolmasun.
* * *
Ishqing mayidin, ey jonkim, mastu bexabarmen,
Gohi oʻzumda yoʻqmen, gohi oʻzumda bormen.
* * *
Koʻzum yorugʻlugʻiyu xasta koʻnglum xushligʻi sensen,
Badanda jonsenu jonning dagʻi dilkashligʻi sensen.
* * *
Senga holimni yozdim, sajda qildim,
Aytqilkim, ne yozdim, ne yongildim?
Otin ogʻzimgʻa oldim ersa, tortar tigʻi kin ul mah,
Meni agar oʻlturur boʻlsa bu yozuq birla, bismillah.
* * *
Meni yoʻq e’tiqodi deb, bori el ichra yod etma,
Xudoy uchun bori elni oʻzungdek e’tiqrd etma.
* * *
Jahon chun bevafodur, nechakim andisha Bobur qil,
Oʻzungni podshoxi jumlai olam tasavvur qil.
* * *
Mehr ila xursand etarsen, javr ila pomol ham,
Bir zamon gʻamgin qilursen, bir zamon xushhol xam.
* * *
Koʻrmas jahonda hargiz koʻnglini shod Bobur,
Topmas murodi dilni, ey nomurod Bobur.
* * *
Bu koʻzaki, boʻynumgʻa qoʻyub kelmisham oni,
Har kim bu chogʻir ichmasa, oʻz boʻynigʻa qoni.
* * *
Yod aylamading hargiz, munchaki yolinibmen,
Sen meni sogʻinmaysen, men seni sogʻinibmen.
* * *
Xati birla ul oy xaddi: biri — mohu biri — hola,
Yuzi birla aning qaddi: biri — sarvu biri — lola.
* * *
Ulfatim el birla ozdur, koʻbdur el javri menga,
Ne mening tavrim yoqar elga, ne el tavri menga.
* * *
Bahor mavsumi yettiyu xush xavo oʻtti,
Tagʻoful aylama soqiyki, oʻtti, hr, oʻtti.
* * *
Bodadin ishrat uyini doim obod etgasen,
Har qachonkim, boda noʻsh etsang, meni yod etgasen.
* * *
Yo Rab, xavos jam’ida Boburni xos qil,
Yoxud avom tafriqasidin xalos qil.
* * *
Oʻzga hamdam istabon, jonimgʻa mahram naylayin?
* * *
Ochildi koʻnglum oʻshal gul’uzor kelganidin,
Nechukki, gʻuncha ochilgʻay bahor kelganidin.
* * *
Bir fikru bir havodadurur har nafas koʻngul,
Har lahza bir havas qiladur bulhavas koʻngul.
* * *
Visol shavqidamen, ishtiyoq koʻrsatma,
Xudoy uchun menga asru firoq koʻrsatma.
* * *
Necha boshimgʻa yogʻdurgʻay jafo toshini ul mahvash?
Necha sabr aylay oning javrigʻakim, oʻtdi haddin tosh?
* * *
May xumoridin oʻlur har nafas afzun dardim
Soqiyo, kel, bir ayoq berki, ilikdin bordim.
* * *
Jafoni qoʻy, vafo tarkini tutma,
Unutmasmen seni, sen ham unutma.
* * *
Senga oshiq emasmenkim, menga javr etgasen doim,
Sening nozingni kim tortar, mening sendin ne parvoim?
* * *
Gar koʻzungdin tushtum ersa, koʻrdum oni bodadin,
Boʻldi taqsir emdi sen oʻtkor meni uftodadin.
* * *
Chun zarurat boʻldi, qildim sendin ayru mayli jom,
Har chogʻirkim, ichmasam yoding bila, boʻlsun harom.
* * *
Tasavvur qilmagʻilkim, sendin, ey jon, oʻzga qilgʻaymen,
Koʻngul ul, fikr xam uldur, ne imkon oʻzga qilgʻaymen?
* * *
Bormakim, koʻnglumda vasling ishtiyoqidur hanuz,
Kelki, vasling ishtiyoqi menda boqidur hanuz.
* * *
Eshikishta boshim qoʻymoq uchun har dam itob etma,
Bosh olib ketgum oxir eshikingdin, iztirob etma.
* * *
Yana oshuftaroq koʻrdum oʻshal nomehrubonimni,
Ne ish qildim? Ne taqsir oʻldi? Bilmasmen gunohimni.
* * *
Hajr ila qoʻnglumni buzding, vasl birla tuz meni,
Bordingu oʻlturdung oxir, kel, dagʻi tirguz meni.
* * *
Oʻtgan oqshom va’da aylab, ul pariroʻ kelmadi,
«Koʻzlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi».
* * *
Ichib chogʻirni, ishim telbalikka yovushti,
Nechuk tahammul etay, ichimga oʻt tushti.
* * *
Goʻshaye tutsam, jahonning elidin gʻam koʻrmasam,
Istaram el koʻrmasa meniyu men ham koʻrmasam.
* * *
Bizga chun mehring yoʻq, elga mehrubonligʻ qilmagʻil,
Yaxshiligʻ chun qilmading, bore yomonligʻ qilmagʻil.
* * *
Jahon birla jahonning ahlidin behad malolim bor,
Biridin qat’ etib, ul birga qotilmas xayolim bor.
* * *
Jonni fido qilib senga, bormen dagʻi yomon,
Qilgʻan hamondurur dogʻiyu qilmagʻan hamon.
* * *
Ey sabo, sharh aylagil hijronda avqotim mening,
Oʻtsa ul shahning tobugʻida agar otim mening.
* * *
Boʻldi hajring doʻzaxining bartaraf boʻlmoq chogʻi
Kim, visolingning dalilidur koʻzumning uchmogʻi.
* * *
Ham husnining binafshayu gul banda-bardasi,
Ham sarv erur chamanda bir ozodkardasi.
* * *
Tani zorimni de, gulshanda shoxi notavon koʻrsang,
Sarigʻ yuzumni sogʻin, bogʻ aro bargi xazon koʻrsang.
* * *
Boburdurur bu ikki varaqning muharriri,
Biri butun varaqturu payvandlar biri.
* * *
Bormu erkin hech nima olamda hijrondin yomon,
Har nekim ondin yomonroq yoʻq, budur ondin yomon.
* * *
Base, firoqida ichsam chogʻir, yigʻim keladur,
Manga chogʻirni keturmangki, achchigʻim keladur.
* * *
Tutmagil, ey gul, ravokim, ishqing ichra bir gʻarib,
Yerga bosh qoʻygʻay xazon yafrogʻi yangligʻ sargʻarib.
* * *
Zuhd sahrosigʻa tushtum ishq yoʻlidin ozib,
Boburi gumrahni emdi kim bu yoʻlgʻa koʻndurur?
* * *
Ul ikki labi ramzi dard ahligʻa qilmaydur,
Gul gʻunchasidur goʻyo, bizlarga ochilmaydur.
* * *
Bor archi boisi yuz shoʻru yuz gunoh chogʻir,
Chogʻir firoqi qildi halok meni, oh chogʻir!
* * *
Firoqingdin yovushtum oʻlgali, ey yor, kelgaysen!
Visolinga base mushtoqmen, zinhor kelgaysen!
* * *
Ul pariruhsora hargiz notavonliq koʻrmasun!
Yaxshidur yaxshi kishi, hargiz yomonliq koʻrmasun!
* * *
Sendin ayru naylagaymen ayshu sahbo xushlugʻin,
Ki, sening uchun tilarmen barcha dunyo xushlugʻin.
* * *
Sening uchun vatanim koʻhu dasht boʻlgʻusidur,
Aning uchunki, vafosiz gʻazol koʻrunasen.
* * *
Yor qadrin bilmadim to yordin ayrilmadim,
Yor qadri muncha ham dushvor ekandur bilmadim.
* * *
Koʻrub hijron gʻamin, jonongʻa yettim,
Agarchi ranj chektim, jongʻa yettim.
* * *
Meni hijronda kuydursang, koʻngul sendin sovutmasmen,
Agarchi sen unutgung meni, seni men unutmasmen!
* * *
Qovun birla uzumning hajrida koʻnglumda gʻam har soʻ,
Oqar suvning firoqidin koʻzumdin har dam oqar su(v).
* * *
Jahon eliyu jahon borcha gar adam boʻlsa,
Adam yoʻlini tutay zarra menda gʻam boʻlsa.
* * *
Istaram yetsam quyundek gul’uzorim qoshigʻa,
Ollida tufrogʻ boʻlub, evrulsam oning boshigʻa!
* * *
Garchi olamda visol ayyomi dilkashdur, axiy,
To bilingay vasl qadri, hajr ham xushdur, axiy.
* * *
Mehribon sogʻingʻonim nomehribon ermish, netay?
Yaxshiligʻ koʻz tutgonim asru yomon ermish, netay?
* * *
Necha ul yor yod etmay, meni agʻyor sogʻingʻay,
Ne kun boʻlgʻay meni dilxastani ul yor sogʻingʻay.
* * *
Bu dunyodin farah yoʻqtur meni mahzungʻa jononsiz,
Jahondinkim, desun, billoh, kerakmas manga jon onsiz!
* * *
Doʻstluqni gar tilarsen aylasang isbot kel,
Suhbatinggʻa asru koʻp mushtoqdurmen bot kel.
* * *
Xush ul burunqi zamonlarki, oʻtgiyu bordi,
Xush ul kishiki, zamonlarni yaxshi oʻtkordi.
* * *
Murod vasling erur — ayla yod Boburni,
Unutmogʻil yana bu nomurod Boburni.
* * *
Koʻzumning nurisen, koʻnglum huzuri,
Tanim xurramligʻi, jonim sururi.
* * *
Sabzayu gullar bila jannat boʻlur Kobul bahor,
Xosa bu mavsumda Boron yozisiyu Gulbahor.
* * *
Gʻayrgʻa necha ul oy vafo qilur,
Necha jonima mening jafo qilur?
* * *
Qadi firoqi meni duto qilur,
Qoshi hajri qomatimni yo qilur.
* * *
Zahri hijron ichmisham, ber boda taryoki manga,
May xumori boshta choʻxtur, tut chogʻir soqi(y) manga
* * *
Bogʻ necha xoʻb esa, koʻyicha yoʻqtur,
Sarvni mavzun desa, boʻyicha yoʻqtur.
* * *
Agʻyorgʻa oʻq urubon, dardigʻa davo qiladur,
Bisyor yomon boradur, ul yor xato qiladur.
* * *
Bormoqqa ne maskan muyassar,
Turmoqqa ne davlat muyassar.
* * *
Biling muni davlat, gar oʻlsa muyassar
Rahiqi muravvaq, rafiqi suxanvar.
* * *
Ishqni har kimki qilur ixtiyor,
Men kibi olamda boʻlur xoru zor.
* * *
Shayxu mullo Shihobu Xondamir,
Keling uch-uch, iki-iki, bir-bir.
* * *
Jamolingdin quyosh asru bot oʻtotligʻ,
Sochingga banda bogʻ ichra sunbul otligʻ.
* * *
Vahmu usrattin amone toptuq,
Yangi jon, toza jahone toptuq.
* * *
Kel, ey rafiqi gulroʻy, ketur raqiqi gulrang,
* * *
Yashurdi otini gʻayr ittifoqi birla ul qamdam,
Dedim otini elga, fosh qildim ittifoqin ham.
* * *
Ishq yuki ayladi sipehri a’loni ham,
Ne ajab, ar aylasa meningcha shaydoni ham.
* * *
Raqib yoʻldoshu men hajrdin duto oʻldum,
Gʻarib turki sitamgargʻa mubtalo oʻldum.
* * *
Boshim qadam qilibon visolinga yetayin,
Muyassar boʻlmasa vasl, bosh olibon ketayin.
* * *
Haj yoʻligʻa kir, koʻngul, himmat bila,
Ber qaz, oq ar oʻlsa yuz ming qofila.
* * *
Gʻam yuzini koʻrma, boʻlsang jur’ayu jome bila,
Shukr qil, may noʻsh qilsang gar gulandome bila.
* * *
Ne malak andoq erur, ne erur oncha kishi,
Qamar aning muqirri, quyosh aning qayoshi.
* * *
Har kimki, boʻyunni qoʻymas, oni tiygay,
Chopqay, talogʻay, mute’yu munqod etgay.
* * *
Qading jannat riyozining niholi,
Eram gulzori xadingning misoli.
* * *
Hajr shomi sochi savdosi chekar har yon meni,
Vahki, bu poyoni yoʻq tun qildi sargardon meni.
* * *
Koʻpu ozgʻa Tengridur berguchi,
Bu dargohda yoʻqtur kishining kuchi.
↑ Toʻbo (Toʻbiy) — jannatdagi rang-barang mevali va xushboʻy cersoya daraxt.
↑ Qad (Qomat) — koʻngilning vahdat olamiga yuzlanishi, ilohiy mahbubaning oʻziga jalb qilishi.
↑ Sunbul — ingichka bargli, gullari halqa-halqa, qoʻngʻiroqcimon va xushboʻy oʻsimlik. Ma’shuqaning cochi halqa-halqa va muattar hid taratishi jihatidan unga oʻxshatiladi.
↑ Xat — qizlarning labi ustidagi mayin tuklar. Tacavvuf istilohida gʻayb olami.
↑ Mushkfom — mushk rangli, ya’ni qora.
↑ Alfoz — soʻzlar.
↑ Boda — mayning nomlaridan biri boʻlib, tasavvuf adabiyotida ishq va irfon (ma’rifat) ramzi boʻlib keladi.
↑ Shurb — 1) ichish; 2) ulush, nasiba.
↑ Ilohiy mahbubani aql emas, koʻngil bilan dark etish mumkin. Shuning uchun soʻfiyona adabiyotda akl-hushni yoʻqotish ulugʻlanadi.
↑ Evurish — oʻgirish, burish; aylantirish.
↑ Rafiq — doʻst, sirdosh, hamroh.
↑ Za’f — xastalik, holsialik, quvvatsizlik.
↑ Tavahhum — vahimaga tushish, qoʻrquv.
↑ Zanaxdon — iyak. Zanaxdon chohi — iyak chuqurchasi, kulgich. Tasavvufda solikni abadiy chohdan zulmat chohiga soladigan mahbubaning qahromez itobi.
↑ Andom — bu yerda: koʻrinish.
↑ E’joz — moʻ’jiza. Iyeo moʻ’jizasi — oʻlikka jon ato etish.
↑ Muzmar — pinhon, maxfiy.
↑ Yogʻligʻ – roʻmol.
↑ Ar — agar bogʻlovchisining qisqartirilgan shakli.
↑ Chekmak — bu yerda: tortmoq, sugʻurmoq, chiqarmoq.
↑ Dayyor — sohib, uy egasi.
↑ Purkor — ishchan, faol.
↑ Sheva — 1) odat; 2) hunar; 3) noz-ishva.
↑ Bedil — oshiq, giriftor, mubtalo.
↑ Mu’tod — oʻrgangan, odatlangan.
↑ Sulton Uvays — Samarqand hokimi Sulton Mahmudning oʻgʻli, Boburning xolavachchasi (Sulton Nigorxonimning oʻgʻli).
↑ Olmon — olmayman.
↑ Chashmai hayvon — obi hayot chashmasi.
↑ Ayoq — may idishi, kadah, jom, kosa.
↑ Tahrik — harakat.
↑ Parcham — bu yerda: soch, kokil.
↑ Xay — ter tomchisi.
↑ Namudor — namoyon, zohir.
↑ Kunj — chet, burchak.
↑ Xunolud — qonga bulangan.
↑ Asir (Osigʻ)—foyda, naf, bahra.
Malumotlar
Zahiriddin Muhammad Bobur Ruboiylari