Za’faron – dorivor ne’mat haqida malumot

Za’faron – dorivor ne’mat haqida malumot

Za’faron – savsarguldoshlar oilasiga mansub subtropik o‘simlik onaligining quritilgan tivitlaridir. Xalq tabobatida za’faronli choy yuragi zaif va nafasi qisadigan kasallarga ichirilgan.

iran saffron 1400x889 min

Za’faron to‘g‘risida Ibn Sinoning fikri quyidagicha: «…Burishtiruvchi va erituvchidir. Bunda burishtirish va yelimlar xususiyati bo‘lganidan yetiltiruvchi hamdir. Issiqligi mo‘’tadil bo‘lib, tiqilmalarni ochadi: Sasishni tuzatib, ichki a’zolarni kuchaytiradi. Za’faron ichish rangni chiroyli, ko‘zni ravshan, yurakni quvvatli qiladi. Balg‘am ko‘chishini osonlashtiradi va nafas a’zolarini kuchli qiladi».

Yarim litrli choynakka 15-20 tivit (pichoq uchida olingan) za’faron, 1 choy qoshiq oliy navli ko‘k yoki qora choy solib, ustidan qaynoq suv quyiladi. Sochiqqa o‘rab, 4-5 daqiqa dam yediriladi, shunda u yaxshi shira beradi. Choy oz-ozdan ho‘plab ichiladi.

Manba: Tib.uz

Kasalliklar
Za’faron – dorivor ne’mat