ZАYTUN YoGʼINING ShIFOBАXSh XUSUSIYaTLАRI
ZАYTUN YoGʼINING ShIFOBАXSh XUSUSIYaTLАRI
DO`STLARGA ULASHING:
Zaytun yogʼi tarkibida toʼyinmagan yogʼ kislotalari – olein kislotasi bor. U inson organizmidagi xolesterinni parchalaydi, qon tomirlari devorini mustahkamlaydi. Kishining umumiy sogʼligʼini tiklaydi, turli kasalliklarga shifo boʼladi.
Zaytundagi linol kislotasi tanadagi jarohatlar tez bitishiga, koʼz ravshanligiga yordam beradi. Yurak kasalliklari (falaj, xuruj) oldini oladi, ularni samarali davolaydi. Keksalar yuragi faoliyatini yaxshilaydi, arteriya qon tomirlarini egiluvchan (elastik) qiladi. Sistolik, diastolik qon bosimini pasaytiradi, qondagi xolesterin miqdorini meʼyorida ushlab turadi.

Ovqat hazm qilish aʼzolariga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Ooshqozon, ichaklar, oshqozon osti bezi, jigar faoliyatini yaxshilaydi Oshqozon, oʼn ikki barmoqli ichakdagi yaralarni tuzatadi, ich kelishini ravon qiladi. Organizmning yosharishiga yordam beradi.
Ruhiy kasalliklarning oldini oladi. Jumladan, tushkunlikni bartaraf etadi. Chunki, miya faoliyatini rivojlantiradi, xotirani kuchaytiradi. Shuningdek, zaytun yogʼi miya faoliyati bilan bogʼliq muammolarni bartaraf etadi, qarilikni sekinlashtiradi, Yaratganning izni bilan kishiga uzoq umr bagʼishlaydi.
Zaytun yogʼi teriga surtilsa, uni nafis qiladi, u labga, qovoqlarga surkab turilsa, labni chiroyli qiladi, koʼzni quvvatlantiradi, soch, tirnoq oʼsishiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi, sochlarni mustahkam, egiluvchan qiladi (Buning uchun zaytun yogʼini isteʼmol qilish bilan birga sochlarga surtish kerak), Uning yogʼini isʼtemol qilish oʼta quruq terini muloyimlashtiradi, ovozni mayinlashtiradi, tishni, milkni mustahkamlaydi.
Sevara Gazibaeva,
1-Respublika tibbiyot kolleji
kafedra mudiri
ZАYTUN YoGʼINING ShIFOBАXSh XUSUSIYaTLАRI