Yuz uchun niqoblar: uy sharoitida, teri turiga mos keladigan niqob tayyorlash
Hatto kosmetologlar ham uy sharoitida tayyorlanadigan yuz uchun niqoblar kosmetika va salon muolajalaridan qolishmasligi, hatto ba’zan ulardan ham yaxshiroq deb hisoblashadi — quyida yuz uchun niqoblar tayyolashning ko’plab usullari keltirilgan, ba’zilarini tayyorlash juda sodda, boshqalarini esa o’ta murakkab, lekin ta’siri ham shunga yarasha.
O’z tashqi ko’rinishiga qarab yuradigan, go’zal va parvarishlangan ko’rinishni xohlaydigan ayollarga yuz uchun foydali niqoblar juda zarurdir. Albatta siz salonga borishingiz yoki kosmetik do’konda qimmatbaho mahsulotni tanlashingiz mumkin, lekin hatto mutaxassislar ham, uyda tayyorlanadigan yuz uchun niqoblar hech tomondan ulardan qolishmasligi va hatto yaxshiroq deb ta’kidlaydilar. Siz o’zingizning talabingizga mos keladigan retseptlarni tanlab, yuzga niqoblar tayyorlashingiz mumkin. Asosiysi — qaysi muammoga qarshi va qanday yuz terisi turi uchun ekanligini aniqlab olish darkor.
Yuz uchun niqoblarni qanday tayyorlash kerak
- Uyda tayyorlanadigan niqob retseptini diqqat bilan o’qib chiqing, barcha kerakli masalliqlarni oling va uni tayyorlash uchun idish oling;
- Niqobning tarkibiy qismlarini yaxshilab aralashtiring;
- Yuzingizni skrab yoki tonik bilan tozalang;
- Niobni yuzga tekis, yengil haraktlar bilan surting, terini ishqalash yoki bosish tavsiya etilmaydi;
- Yuzda niqob 15-20 daqiqa ushlab turiladi, bundan ko’p emas.
Yuz terisi turini aniqlash — uyda bajariladigan test
Terini parvarish qilish vositalari (niqoblar, kremlar, piling, massajlar va boshqalar) ta’sir samarasi yuqori bo’lishi uchun teri turini uchta mezon bo’yicha to’g’ri aniqlash kerak — teri yog’ligi, sezuvchanligi, tarangligi. Buni uy sharoitida aniqlash usullari mavjud.
Terining yog’liligini aniqlash
Yuz terisi yog’lilik darajasini aniqlash uchun ushbu amalni bajaring. Yuzingizni sovun bilan yuvib tashlang, bir yarim soatdan keyin teriga ingichka qog’oz qo’ying, yuzingizni butun yuzasi bo’ylab yaxshilab bosing, qog’ozni oling va unda nechta yog’li dog’lar mavjudligiga qarang.
- Agar yuzingiz yog’li terili bo’lsa, qog’ozning 5 ta joyida dog’ mavjud bo’ladi: peshona, iyak, yonoqlar va burun sohasida.
- Agar teringiz normal yoki kombinativ bo’lsa, siz 3 ta dog’larni ko’rasiz: peshona, shuningdek, burun va iyak sohasida.
- Agar teri quruq bo’lsa, qog’oz toza qoladi — uning yuzasida yog’li dog’lar bo’lmaydi.
Terining sezuvchanligini aniqlash
Terining sezuvchanligi quyidagicha aniqlanadi. O’tkir yog’och tayoqcha oling, masalan, tish tozalagich yoki o’tkir qalam, va uni yengil bosim bilan yuzning terisi bo’ylab o’tkazing. Birozdan keyin yo’qoladigan qizil chiziq paydo bo’ladi.
- Agar chiziq 30 soniyadan kam vaqt ichida yo’qolsa — teri past sezgir;
- 30 dan 90 soniyagacha — o’rtacha sezgir;
- 2 daqiqadan ortiq — juda sezuvchan teri, sizga yumshoq muolajalar kerak va ular tarkibida kimyo va allergen mahsulotlari bo’lishi tavsiya etilmaydi, uy sharoitida tayyorlanadigan yuz uhcun niqoblar qo’llash mumkin.
Terining tarangligini aniqlash
Afsuski, so’nggi yillarda terining tarangligi yoshga kamroq bog’liq bo’lib qoldi, shuning uchun uning tonusi qanchalik yaxshi ekanini oldindan tekshirish yaxshiroq. Buni amalga oshirish uchun siz ikki soatdan ortiq ish joyingizda yoki uyingizda bo’lgan vaqtni (ya’ni, barqaror xona haroratida bo’lgan) tanlang, oynaga yaqinlashing, qo’lning bosh barmog’ini yonoqqa qo’ying, ozgina bosing va barmoqni buring.
- Barmoqning aylanishiga qarshilik sezsangiz, demak sizda tarang teri mavjud;
- Agar burganingizda birdan ajinlar paydo bo’lsa va yo’qolib qolsa, teri yetarlicha tarang emas va uning oziqlanishiga alohida e’tibor berish kerak;
- Agar barmoqni burganingizda juda ko’p ajinlar paydo bo’lsa- bu maxsus parvarishni talab qiladigan terang bo’lmagan teri ekanligini anglatadi.
Yuz uchun niqoblar — muammolarni bartaraf qilish
Yuzni oqartiruvchi niqoblar. Har bir ayol sutdek oppoq, chinnidek toza, har bir hujayrasi o’zidan nur taratadigan yuz terisiga ega bo’lishni orzu qiladi. Bunday yuzli ayol hatto katta olomon orasida ham e’tiborni tortadi. Ushbu niqoblar tiniqlashtirish xususiyatiga ham ega.
Yuz uchun yoshartiruvchi niqoblar. Ma’lum bir yoshdan keyin yuz terisida namlik, teri osti yog’lari yo’qoladi, yuzda xiralik paydo bo’ladi. Bu birinchi mimik ajinlar paydo bo’lishiga olib keladi. Ularning tashqi ko’rinishi hamma ayollarni tashvishga soladi.
Yuzdagi dog’larga qarshi niqoblar. Yuzning ba’zi sohalaridagi yosh bilan bog’liq rang o’zgarishlari, sepkillar, xollar pigmentli dog’lar deb ataladi. Bu jarayon organizmda melaninning ortiqchaligi yoki yetishmasligi tufayli rivojlanadi.
Yuzdagi sepkillarni ketkazish uchun niqoblar. Sepkil — yuzdagi pigmentli dog’lar. Uni yodga olganda kishi ko’z oldiga qizil-sarg’ish sochli, quyoshli va keng tabassumi dunyoni yoritadigan qizning qiyofasi paydo bo’ladi. Lekin bu faqatgina obraz…
Yuzdagi ajinlarga qarshi niqoblar. Bu nafaqat ajinlarning dastlabki belgilari paydo bo’la boshlagach yordam beradigan «tez yordam», balki yuzaga kelib bo’lgan yoshga bog’liq teri muammolarini bartaraf qilish yechimi hamdir. Niqoblar tayyorlanishi juda oson…
Qora nuqtalarni yo’qotish uchun niqoblar. Real hayotda hatto birinchi go’zallarga ham terida qora nuqtalar paydo bo’lishi kabi muammo begona emas Ularni bartaraf qilishning bir necha usullari mavjud, jumladan niqoblar, yopishqoq vositalar va…
Go’zallik sirlari
teri turiga mos keladigan niqob tayyorlash, Yuz uchun niqoblar: uy sharoitida