Yuz terisi turini to’g’ri aniqlash
Bunday yuz terisi egalari asosan 20-25 yoshgacha bo’lgan yoshlarni tashkil etadi. Bu yoshda organizmda gormon o’zgarishi bo’lib, u o’tkinchidir. Lekin shu davrda gigiena va kosmetik mahsulotlardan to’g’ri foydalanilmasa, o’zidan chuqur va xunuk iz qoldiradi. Buning uchun birinchi galda gigienaga amal qiling. Tez-tez dush yoki vanna qabul qiling. Yuzingizni siqmang, qo’lingiz bilan qizil toshmalarga hadeb teginmang. Bu paytda infektsiya tushish ehtimoli yuqori. O’z vaqtida kosmetik mahsulotlardan to’g’ri foydalansangiz yuzingiz tiniq va yanada jozibali bo’ladi. Parvarish tartibi: Quyidagi alomatlar sizning yuz teringiz quruq ekanini bildiradi: Bunday yuz terisini o’z vaqtida namlab, himoyalamasa yuzga tez ajin va dog’ tushadi.
Keyingi alomatlar yog’li yuz teri egalarida bo’ladi: Bunday teri egalarini dog’ va ajinlar xech qachon bezovta qilmaydi. Lekin bu yuzni o’z vaqtida oziqlantirib, namlantirish shart.
Aralash yuz terisi egalaridagi alomatlar quyidagicha: Bu yuz terisi ham ozuqa va himoyaga muxtoj bo’ladi. Quyoshda yuz terisiga dog’lar tushadi, ajinlar paydo bo’ladi.
Ta’sirchan yuz terisi egalaridagi alomatlar quyidagicha: Bu yuz terisi ham namlikka, ozuqaga va himoyaga muhtoj bo’ladi. O’z vaqtida parvarish qilinmasa yuzga ajin va dog’lar tushadi.
Yuz terisi turini to’g’ri aniqlash
DO`STLARGA ULASHING:
1. Gel bilan har kuni 2 mahal: ertalab va kechqurun yuz yuviladi.
2. Tonikda artiladi
3. Ugrilar bo’lsa maxsus ugri uchun krem surtiladi.
4. 4-5 kunda bir marta niqob yoki skrab quyiladi. Lekin hozirda sotuvda har kuni ishlatsa bo’ladigan (3 v 1) gel +maska+skrab bor.
— yuz ertalab yuvilganda tortishsa,
— yuzda sezilarli mayda ajinlar bo’lsa,
— yuzga umuman suv tekkizib bo’lmasa,
— yuz doim qurushqoq bo’lsa,
— yuzda dog’lar bo’lsa,Parvarish tartibi:
1. Molochkoda yuzni ikki mahal yuviladi.
2. Tonikda artiladi.
3. Himoya krem – quyoshdan himoyalovchi, oqartiruvchi, namlantiruvchi krem surtiladi.
4. Maxsus quruq yuz terisi uchun niqob va skrab ishlatiladi.
5. Kechqurun, maxsus quruq yuz terisi uchun namlantiruvchi va oziqlantiruvchi krem surtiladi.
— yuz doim yog’lanib tursa,
— yuzdagi teshiklar kengaygan bo’lsa,
— yuzda va burun ustida qora nuqtalar bor bo’lsa,
— barmoqlar peshona, yuz va iyak sohasida yurgizilganda yog’lansa.Parvarish tartibi:
1. Gelda yuzni ikki mahal yuviladi.
2. Tonikda artiladi
3. Maxsus yog’li yuz terisi uchun namlantiruvchi, yuz teri yog’ini ishlab chiqarishini tartibga keltiruvchi himoya kremi surtiladi.
4. Har 4-5 kunda maxsus yog’li yuz terisi uchun niqob va skrab qo’yiladi.
5. Kechqurun, maxsus yog’li yuz terisi uchun oziqlantiruvchi, namlantiruvchi krem surtiladi.
— peshona va burun usti terilari yog’li bo’lsa,
— yuz atroflarining ba’zi joylari quruq bo’lsa,
— yuz yuvilganda ba’zi joylari achishsa,
— yuz ba’zan yog’li va ba’zan quruq bo’lsa.Parvarish tartibi:
1. Gelda yuz ikki mahal yuviladi.
2. Tonikda artiladi.
3. Himoya – oqartiruvchi, himoyalovchi krem surtiladi.
4. Maxsus aralash yuz terisi uchun niqob va skrab qo’yiladi.
5. Kechqurun, maxsus aralash yuz terisi uchun oziqlantiruvchi, namlantiruvchi krem surtiladi.
— yuz terida mayda qizil tomirlar bor bo’lsa,
— yuz quyoshda achishib qizarsa,
— sovunlab yuvganda achishib qizarsa,
— sovuq kunlarda achishib qizarsa.Parvarish tartibi:
1. Molochkoda 2 mahal yuz yuviladi.
2. Tonikda artiladi.
3. Himoya – oqartiruvchi, ximoyalovchi krem surtiladi
4. Maxsus ta’sirchan yuz terisi uchun niqob va skrab qo’yiladi.
5. Kechqurun, maxsus ta’sirchan yuz terisi uchun oziqlantiruvchi, namlantiruvchi krem surtiladi.Agar siz yuz turingizni to’g’ri aniqlashga qiynalsangiz, maxsus ta’sirchan teri uchun to’plamdan foydalanashingiz mumkin. Bu to’plam barcha turdagi yuz terilariga mos keladi.
Yuz terisi turini to’g’ri aniqlash
