Yuz terisi tiniqligi

Yuz terisi tiniqligi

Yuz terisi tiniqligi

Mundarija скрыть
Yuz terisi tiniqligi
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Yuz terisining salqib, oqarib qolishi asosan avitaminoz — yaʼni organizmga vitaminlar yetishmasligi natijasida yuz beradi. Bu asosan qish va bahor fasllariga toʼgʼri keladi. Аgar yuzingiz rangi tiniq, shaftoli guli singari mayin boʼlishini istasangiz, vitaminlarga boy mahsulotlarni isteʼmol qiling. Bu mahsulotlar organizmda qon almashinish jarayonini yaxshilab, yuz rangiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
69efab0b a154 4972 a359 f986f4d8382d
Demak, kundalik taomnomangizda sabzavotlardan tayyorlangan salatlar boʼlishi lozim. Pishiqchilik davrida esa koʼproq mevalar isteʼmol qiling. Har kuni yangi tayyorlangan sharbat iching. Аgar bu sabzi yoki olma sharbati boʼlsa yanada yaxshi.
Bundan tashqari, yuz terisini yengil uqalash ham mumkin. Barmoqlaringiz yordamida yuzlaringizni yengil harakatlar bilan uqalang. Bu nafaqat yuzingizda qon yurishini yaxshilaydi, balki teri rangiga ijobiy taʼsir oʼtkazib, muddatidan oldin ajin tushishining ham oldini oladi.
Sogʼligingizga beeʼtibor boʼlmang. Jigar va oshqozon-ichak kasalliklaridan ehtiyot boʼling, chunki aynan shu kasalliklar eng avvalo yuz terisida namoyon boʼladi. Buning uchun vaqtida toʼgʼri ovqatlanishning oʼzi yetarlidir. Bordi-yu, organizmda bunday muammolar paydo boʼlsa, avvalo ulardan xalos boʼling. Chunki, bunday vaqtda xech qanday niqob yoki krem kor qilmaydi. Hatto qimmatbaho pardoz vositalaridan foydalansangiz ham.
Pardoz vositalarini toʼgʼri tanlang va qoida boʼyicha ishlating. Yuz teringizga mos kelmaydigan vositalarni ishlatmang, bu salbiy taʼsir koʼrsatib, yuzingiz terisida yangi muammolarni keltirib chiqaradi.
Kundalik yuz parvarishini esdan chiqarmay, muntazam shugʼullansangiz, goʼzallik sizni tark emaydi.

Yuz terisi tiniqligi