Yuz parvarishi

Yuz parvarishi

Yuz parvarishi

Mundarija скрыть
Yuz parvarishi
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Yuzga banan, limon, uzum, olma yoki bodring sutkab qo`ysa qanday bo`larkan?
c2b652c3d7a43e450f9ba4ab9209a7f2
— Bodring : Kengaygan yuz teshiklarini toraytirib, oqartiradi. Qarigan va so’ligan teriga foyda.
Hususiyatlari: Bodring suvini losyon sifatida ishlatsa bo`ladi.
Retsept: Agar yuz terisi yog’li va teshiklari keng bo’lsa, bodring atalasini ko’pirtirilgan tuxum oqi bilan yoki bir-ikki tomchi limon kislotasi bilan aralashtiring. Teri quruq bo’lsa, bodringga 2 osh qoshiq yangi qaymoq qo’shing.
— Kartoshka: Ajinlarni tekislaydi.
Hususiyatlari: Xom paytida ko’z ostidagi shishlarga juda foydali. Yangi kartoshka suvi yallig’lanishning oldini oladi.
Retsept: Pishgan kartoshkani sut bilan aralashtirib yuzga surtamiz. 1choy qoshiq glitserin qo’shish ham mumkin. Maskani yuzga iliq holda surtib pergament qog’ozi bilan berkitamiz. 15-20 daqiqadan so’ng iliq suv bilan chayib tashlaymiz.
Olma: Terini namlantirib yallig`lanishlarning oldini oladi.
Hususiyatlari: Olmada yallig`lanishlarni davolovchi moddalar ko`p, shuning uchun uni teri yallig`lanishida ishlatish mumkin.
Retsept: Yarimta olma qirg’ichdan o’tkazilib, 1choy qoshiq asal, 1ta tuxum sarig’i, 1osh qoshiq olma sirkasi, 1choy qoshiq o’simlik yog’I bilan aralashtiriladi.
Limon: Yuz terisi teshiklarini toraytirib, oqartiradi.
Hususiyatlari: Limon suviga doim suv qoshish kerak.
Retsept:  1osh qoshiq tvorogni 1-2tomchi limon suvi bilan aralashtiring. Bu maska ajinlarni yaxshi tekislaydi.
Oqartirish uchun: 1ta limon suvi 2osh qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Dokani shu aralashmada ho’llab yuzga 15-20 daqiqaga qo’yish kerak. Bu aralashmani muzlatgichda 1hafta saqlash mumkin.
Pomidor: Yuzni tozalaydi va hujayralarning tez bitishiga yordam beradi.
Hususiyatlari: Tomat suvi tualet suti (tualetnoye molochko) o’rnini bosadi.
Retsept: Yaxshi oziqlantiradigan va erta qarishni oldini oladigan maska:1ta pomidor, 1ta tuxum sarig’i, 1osh qoshiq kraxmal aralashtiriladi.
Banan: Terini tekislaydi va yumshatadi.
Hususiyatlari: Banan maskalari ayniqsa uzoq vaqt havosi quruq joyda bo’lganingizda yordam beradi. Ularni muhim uchrashuv oldidan ekspress modda sifatida ishlatish mumkin.
Retsept: Yarimta bananni vilka bilan ezib, nozik qilib yuzga surtish kerak.
E’tibor bering:
— Hamma maskalar yangi mevalardan faqat bir marta foydalanish uchun tayyorlanishi kerak.
— Har qanday maskani yuvganda 2-3 marta choy, losyon yoki bodring  suvida ivitilgan paxta bilan artib olish yetarli.
— Normal va quruq teriga maska haftada 1-2marta, yog’li yuzlarga esa 2-3marta surtiladi. Bo’yinga ham surtishni unutmang, ahir bo’yin terisi haqiqiy yoshingizdan xabar berib turadi. Bir kurs 15-20 muolajaga teng. 2 oydan so’ng yana qaytarish mumkin.
Juda muhim : Agar teri yog’li bo’lsa sizning o’simliklaringiz – qizil smorodina, brusnika, karam.
Teringiz quruq bo’sa – o’rik, uzum, qovun, olxo`ri, banan.
Tarvuz, bodring, apelsin va qulupnay har qanday teriga to’g’ri keladi.
Manba: Ayol.uz  Aliya Klebleyeva tarjimasi

Yuz parvarishi