Yuz ichida sonlarni xonadan õtib qõshish mavzusida bir soatlik ochiq dars ishlanmasiUmumta lim maktablarining 2-sinflari uchun
Uyga vazifa:5-misol
5-sinf matematika javoblari 144-145-misollar javoblari tahlili, 5-sinf matematika onlayn dars
Assalomu aleykum aziz o’quvchilar! Bugun sizlar bilan 5-sinf matematika javoblari 144-145-misollar javoblari tahlili, 5-sinf matematika onlayn dars haqida gaplashamiz Obuna bo’lishni unutmang! 5-sinf matematika,5-sinf matematika javoblari,5-sinf matematika onlayn dars,matematika onlayn dars,Matematika,misollar javoblari,5-sinf matematik o’yin,misollar yechimlari,5-sinf,5-sinf 2-qism,5-bob misollar javoblari,5-bob,2-qism,6-sinf matematika javoblari,6-sinf matematika,6-sinf,7-sinf algebra javoblari,geometriya javoblari,DTM test,dtm,majburiy fan matematika javoblari,testlar tahlili,testlar to’plami yechimlari,MATEMATIK,math,mathematical channel,mathematical testing,IQ test,O’zingizni sinab ko’ring,test 1,test 2,test 3,test 4,test 5,test 6,axborotnoma,abituriyentlar
Кадры из видео
Тэги из видео
Комментарии пользователей:
Amanbay Saparov
2023-02-21 17:45:33
Bahrom Choliyev
2023-02-11 13:24:19
Menga 189 dan 194 gacha kerak ishlab bera olasizmi
ProUZB Minecraft
2023-02-10 14:36:24
Nargiza Karimova
2023-02-10 04:04:50
LOKSKE GEMER
2023-02-09 12:27:49
Katta raxmat aka ishlarizga omad✊✊✊
Shoira Mirzaraimova
2023-02-08 03:14:26
Azizbek Israilov
2023-02-07 18:07:21
iltimos 138dan 143gachm chuntirin
Dilorom Jurayeva
2023-02-07 17:17:49
Katta raxmat aka ishlarizga omad
Yuz ichida sonlarni xonadan õtib qõshish mavzusida bir soatlik ochiq dars ishlanmasiUmumta’lim maktablarining 2-sinflari uchun
Mavzu: 100 ichida sonlarni xonadan o’tib qo’shish.
Ta’limiy: o’quvchilarga yuz ichida sonlarni xonadan o’tib qo’shish usullari haqida tushuncha berish. Misol va masalalarni yechish orqali ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish
Tarbiyaviy. Dars jarayonida qo’llaniladiga didaktik usullar orqali o’quvchilarda iqtisodiy bilimlar berib borish va egallangan bilimlarni hayotda qo’llay olish kompitensiyasini shakillantirish. Milliy qadriyatlarni hurmat qilish va Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik boshqotirma ustida fikr-mulohaza yuritishga jalb qilish orqali mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: suhbat, savol javob, guruhlarda ishlash, “Sayohat darsi” “Aqliy hujum” “Baliq ovi” “Do’stingni top” “Darsimiz mehmoni”
Dars jixozi: didaktik materilallar, tarqatma materiallar, osma plakatlar, AKT, baholovchi kartochkalar.
Darsning borishi
Taskiliy qism: o’quvchilar bilan salomlashiladi. Sinf xona va o’quvchilarning darsga tayyorliklari ko’zdan kechiriladi. O’quvchilar bilan suhbat olib boriladi.
-O’quvchilar hozir qaysi fan
-keling bo’lmasa fan shiorini bir esga olaylik.
Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bolaylik ogoh.
-bolajonlar hozir o’lkamizda qaysi fasl hukum surmoqda?
-hozir o’lkamizda kuz fali o’z hukmini surmoqda
-kuz fasli oylarini kim menga ingliz tilida aytib beradi?
-septembe, octobe, novembe
-bolajonlar bir esga olaylikchi shu kunga qadar qanday bayramlarni nishonladik?
– 1-sentabr “Eng ulug’, eng aziz” bayramimiz bo’lmish mustaqillik bayramini.
– Barakalla bolajonlar. Mustaqillik kuniga atab she’rlarda bilasizmi?
-qani bo’lmasa navbat sizlarga, bir-birida ajoyib she’rlaringiz bilan bizlarni lol qoldiringchi.
O’tgan ming asrdan beradi sado,
Boshqalar bir dunyo, o‘zi bir dunyo.
Tanamda doimo jo’sh urar qonim,
Mustaqil Vatanim O‘zbekistonim!
Har bir qarich yeri jannatlarga teng,
Buxoro, Samarqand, Xivasin ko‘ring.
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim,
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim.
-Barakkalo bolajonlar ota onasining quvonchi, ustozining ishonchi, bo’lgan gulu lolajonlar.
Sinf o’qucxhilari uch guruhga bo’linadi. Buning uchun sinf o’quvchilari soniga qarab kartatekalar tarqatiladi. Kartatekalarda milliy cholg’u asboblaridan doira, karnay –sunray va nay rasmlari tushirilgan bo’ladi. Kartochkalarning teskari tomoni qilib o’quvchilarga tarqatiladi. Hamma o’quvchilarga kartochkalarni ochish buyuriladi. Shu zahoti doira sadolari yangraydi kartochkasida doira aks etgan bolalar musiqa sadolari ostida guruh bo’lib yug’iladilar. Shunada so’ng karnay –surnay navolari jarang sochadi va nay ohangi ham yangraydi bolajonlar guruhlarga bo’linib saflanadilar.
Doira surati tasvirlangan bolalar “Tantana ” guruhi
Karnay –surnay surati tasvirlangan bolalar “Shodiyona” guruhi
Nay surati tasvirlangan bolalar “Milliy navolar” guruhlariga bo’linadilar.
Guruhlar o’zlarining o’rinlarini egallaydilar.
O’quvchilarni baholash maqsadida pul ko’rinishidagi kartochkalardan foydalaniladi va dars oxirida guruhlar to’plagan mablag’lariga yarasha o’quv qurollarida sotib oladilar. Bu jarayonda o’quvchilar o’z-o’zidan savdo –sotiq munosabatlariga kirishadilar. Bu esa o’quvchilarda iqtisodiy bilimlarni rivojlantirib qoldirmasdan fanni o’rganishga bo’lgan motivatsiyani ham oshiradi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Keling endi bugunga darsimizga qaytsak. Bolajonlar bugungi darsimiz qiziqarli va ser mazmun o’tadi. Nega deysizmi?! Chunki bugungi darsimizda mehmon tashrif buyurgan. Bu mehmonimiz biroz tartinchoq. (slayddan ko’rsatiladi).
Darsimiz mehmoni
Salom bolajonlar iltimos menga yordam beringlar.
Vaqtida o’qishni, matematikani o’rganmaganim uchun uyalyapman. Menga yardam berasizlar-a?!
-Xo’sh bolajonlar bugungi mehonimiz kim ekan?
-Axir bu Bilmasoy-ku
-Xush kelibsan Bilmasvoy. (slayd orqali Bilmasvoyning ovozi eshittiriladi)
-Xo’sh bolajonlar Bilmasvoyga yordam beramizmi?
Barcha o’quvchilar birgalikda ha deb javob beradilar.
Aziz bolajonlar biz sizlar bilan o’tgan darsimizda “Ikki xonali sonlar” mavzusi bilan tanishib o’tgan edik, shundaymi?
O’tgan darsni qanday o’zlashirganingizni “Do’stingni top” usuli orqali aniqlab olamiz.
Ko’rib turganingizdek stolingiz ustida sunlar yozilgan qo’l shaklidagi kartatekalar bor. Men sizga sonni ko’rsataman siz xona qo’shiluvchilarini ko’rsatasiz. Shu asnoda biz siz bilan do’stlashib olamiz.
Yangi mavzu bayoni
Bolajonlar va qadirli bilmasvoy agar darsni diqqat bilan tinglasangiz bugungi mavzuga tushinib olasiz.
Yangi mavzu haqida o’quvchilarga tushuncha beriladi. Bunda o’tgan darsda egallagan bilimlaridan foydalanoladi.
Bu misolni yechish uchun 35 sonini xona qo’shiluvchilariga ajratib olamiz
Birliklar birliklarga qo’shiladi .
3 o’nlikka 1 o’nlik qo’shiladi
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Sayohatga chiqamiz” usulidan foydalanamiz.
Buning uchun har bir guruhga ma’lum yo’nalish bo’yicha chiptalar tarqatiladi chiptalarning orqa tomonida misollar berilga o’quvchilar misollarni yechadilar va samalyotda uchish imkoniyatini qo’lga kiritadilar. Guruhlar misollarni yechib bo’lganlaridan so’ng slaydda videorolik namoyish etiladi va O’zbekistonim qo’shig’I sadolari ostida o’quvchilar uchishga taklif etiladi.
Bu usul orqali o’quvchilar ham o’tilgan mavzuni mustahkamlaydilar, ham dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
Chiptada berilgan misollar darslikdagi 2-topshiriqda berilgan misollar asosida tuziladi.
Buxoro –Toshkent yo’nalishi 68+2= 74+6= 81+9= 37+3= 54+6=
32+8= 83+7= 45+5= 16+4= 77+3=
Buxiro- Samarqand yo’nalishi 12+8= 23+7= 34+6= 65+5= 46+4=
57+3= 78+2= 81+9= 76+4= 56+4=
Buxoro-Buxoro –Farg’ona yo‘nalishi 91+8= 82+8= 73+7= 64+6= 55+5=
46+4= 37+3= 28+2= 96+4= 87+3=
Yashasin men ham matematikadan misol yechishni o’rganib oldim! Sizga rahmat ustoz. Do’stlarim sizga ham rahmat
Yangi mavzuni mustahkamlash
Darslikdagi 3-topshiriq og’zaki bajariladi. Shartda shakl cjizilgan va inda nechta uchbutchak borligi so’ralgan.
Shaklda 8 ta uchburchak bor.
4-topshiriq “Aqlni charxlaymiz” rukniga oida topshiriq. Bu topshiriqni nazariy tushunchalar berish orqali amaliy ish orqali bajariladi.
Rasmda bitta kata sariq koptokcha teng 2 ta kichik qizil koptokka va 3 ta katta sariq kopok teng nechta qizil koptokka? Shu mazmundagi rasmli topshiriq berilgan bo’lib mantiqiy topshiriq doskada tushuntiriladi va o’quvchilar bilan birgalikda tahlil qilib yechiladi.
“Baliq ovi” usuli orqali dars mavzusi mustahkamlanadi.
Hovuzchada baliqlar bor har bir guruhdan ikkitadan ishtirokchi baliq ovlaydi va baliqlar suzgichida yashiringan misollarni yechadilar.
O’quvchilarni baholash: Dars so’ngida o’quvchilar yig’gan pullarri hisoblanadi va g’olib guruh aniqlanadi. Shu bilan birga har bir guru o’zi jamg’argan pullar evaziga o’quv qurollari sotib oladilar.
Darsni yakunlash
Uyga vazifa:5-misol
Xulosa va tavsiyalar
Bunday mutodni qo’llash orqali sinf o’quvchilarini Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va shu bilan birga guruhlar asosida ishlash orqali o’quvchilar g’oliblikka intiladilar. Ta’limiy o’yinlar o’ynash orqali o’yin faoliyatidan foydalanib ta’lim oladilar. Bunday sharoitda o’zlarini erkin tutadilar va o’qituvchi bugungi darsdan oldiga qo’ygan barcha maqsadlariga erisha oladi.
Barchamizga ma’lumki kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning asosiy faoliyati o’yinlarga qaratilgan. Bola uchun 45 daqiqa o’rnidan qimirlamay darsni tinglab, o’qituvchi tomonidan berilayotgan barcha ma’lumotlarni o‘zlashtirish juda murakkab. Bunday murakkab jarayonni bola ongiga qiyinchiliklarsiz singdirish uchun o’yin va ta’lim faoliyatlarini chambarchas bog’lash zarur. Ya’ni dars jarayonida ta’limiy va harakatga keltiruvchi o’yinlardan foydalanish, ta’lim samaradorligini biz istagan darajadanda yuqori bo’lishiga erishishimiz mumkin.
Dars jarayonida didaktik o’yinlardan foydalanish bolada erkin muloqotga kirishish, o’z fikrini erkin bayon etish hamda yangi bilimlarni, tasavvurni ishga solgan holda to’laligicha esda saqlab qolish imkonini beradi.
Ta’limiy o’yinlarning yana bir jihati shuki, u bolada ikki miya yarim sharlarining bir vaqtning o’zida ishlashini ta’minlaydi. Miyadagi bunday faollik berilgan axbarotni bir vaqtning o’zida qabul qiladi, esda saqlaydi uni qayta tahrirlab berilgan savolga tez va aniq javob berishni ta’minlaydi.
Shularni inobatga olgan zamonaviy o’qituvchidan har bir darsni didaktik o’yinlar asosida tashkil etish talab etiladi. Shuning natijasida esa kun davomida bolada charchoq, toliqish kuzatilmaydi.
O’quv-bilim jarayonida yuqori samaradorlikka erishish bolada o’qishga bo’lgan motivatsiyani to’g’ri yo’naltirilganligiga bog’liq. Didaktik o’yinlar aynan shunday motivatsiyani bera oladi. Ta’lim jarayonini alohida jarayon sifatida ko’rib uni bolaning asosiy faoliyati bo’lmish o’yin faoliyatidan ajratib qo’yish esa bolani qafasga solib qo’yish bilan barobar.
O’yin faoliyati g’olib yoki mag’lub tushunchalardan iborat bo’lib dars jarayonida qo’llanilganda bola g’olib bolish uchun kurashadi va ana shu kurash natijasida berilgan axbarotni diqqat bilan tinglab bilimlarni osongina egallab oladi. Bir vaqtning o’zida bu bilimlarni hayotda qo’llab ko’radi.
Qiziqarli malumotlar
Yuz ichida sonlarni xonadan õtib qõshish mavzusida bir soatlik ochiq dars ishlanmasiUmumta lim maktablarining 2-sinflari uchun