YUSUPOV haqida

YUSUPOV haqida

YUSUPOV

YUSUPOV Usmon (1900.1.3, Fargʻona tumanidagi Kaptarxona qishlogʻi — 1966.7.5, Toshkent) — davlat va siyosat arbobi. Mehnat faoliyatini 1916 yil Qovunchi (hoz. Yangiyoʻl shahri)dagi paxta tozalash z-dida ishchilikdan boshlagan. Toshkent binokorlar uyushmasi raisi, kasaba uyushmalari Toshkent okrugi kengashi raisi (192628). Oʻzbekiston Kompartiyasi MK kotibi (1928 — 31), VSSPS Oʻrta Osiyo byurosi raisi (193134). Oʻzbekiston SSR Oziq-ovqat sanoati xalq komissari (1936—37), Oʻzbekiston Kompartiyasi MK 1kotibi (193750). SSSR Paxtachilik ministri (1950—53), Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi (1953—54), Mirzachoʻldagi 4»Boyovut» va 2»Boyovut» szlari va Yangiyoʻl tumanidagi «Xalqobod» agrarsanoat birlashmasi direktori (1955—66).

Yusupov respublikaga rahbar boʻlgan yillarda Oʻzbekistonda xalq hashari yoʻli bilan yirik suv inshootlari (Katta Fargʻona kanali, Kattaqoʻrgʻon suv ombori va boshqalar) qurilgan. 2-jahon urushi davrida mamlakat gʻarbidan koʻchirib keltirilgan korxonalarni ishga tushirish, yangilarini qurish, frontni oziq-ovqat, kiyimkechak bilan muntazam taʼminlash, oʻzbekistonliklarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qilish, urush tufayli uyjoy va boshpanasiz qolgan aholi hamda yetim qolgan bolalarga mehribonlik va insonparvarlik qilishda Yusupov bosh-qosh boʻlgan. U oʻz siyosiy faoliyati davrida imkoniyat doirasida Oʻzbekiston xalqi manfaatlarini himoya qilishga intilgan boʻlishiga qaramay ommaviy qatagʻon siyesatida (1937—39) Markaz farmoyishlarini bajarishga majbur boʻlgan. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan. Katta Fargʻona kanali, Fargʻona tumanidagi qishloq, respublikadagi bir necha maktab, koʻcha, shirkat xoʻjaligiga Yusupov nomi berilgan. Yangiyoʻl shahrida uymuzeyi bor, haykali mavjud.

As: Izbrannыye trudi, t. 1—3, T., 1982—84. Ad. Reskov B., Sedov G., Usman Yusupov, T., 1977; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob (Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.

Ensiklopediya.uz
YUSUPOV