Yurtimda bahor to’liq malumot oling
Yurtimda bahor
Mo‘jiza sehrga to‘la manzara,
Yurtimda bahor bayram tantana,
Sog‘inib vaslingga yetishdik mana,
Qayerda bor bunday go‘zallik yana?!
Boychechak, chuchmomo yalpiz hidlari,
Bahorda o‘zgacha yashnab oqar soy,
Tabiatning ajib manzarasini,
Tunlar ham kulib kuzatadi oy,
Saxiy kamtarin otashqalb elni,
Bahordek beg‘ubor orzu-o‘ylari.
Hayotda ko‘rmagin g‘am-anduh xalqim,
Qutlug‘ bo‘lsin aziz Navro‘z to‘ylari.
Bulbular sayrab, o‘sar lolalar,
Sochida tolpopuk o‘ynar bolalar.
Quyoshning huzurbaxsh nuriga boqib,
Qo‘llari duoda mamnun onalar.
Sevinchga mazmunga to‘la oy bahor,
Eng go‘zal farishta go‘yo zebo yor,
Oydan ham yorug‘ bog‘larda gullar,
Tovlanadi tunda misli kumush qor.
✍️ Baxtiyor Yo‘ldoshev
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Sherlar
Yurtimda bahor