YUNG Karl Gustav haqida

YUNG Karl Gustav haqida

YUNG Karl Gustav

YUNG Karl Gustav (1875.26.7, Bazel — 1961.6.6, Syurix) — shveysariyalik psixolog va faylasuf, psixoanalitik maktab asoschisi. Kollektiv gʻayrishuuriylik haqidagi taʼlimotni rivojlantirib, gʻayrishuuriylik timsollarini umuminsoniy ramziyatning, shu jumladan, afsonalar va tush koʻrishning manbai deb bilgan. «Metamorfozalar va libido ramzlari» (1912), «Ruhiy tiplar» (1921) asarlarida inson ruhi tabiatini ochib beradigan gʻoya va fikrlarni ilgari surdi. Ong va ongsizlikka oid masalalarni talqin qildi. Yung fikricha, psixoterapiyaning maqsadi har bir shaxsga oʻziga xos xususiyatga ega boʻlgan individ sifatida yondashishdan iborat. Qiyosiy dinshunoslik, mifologiya, xalq ogʻzaki ijodi (K. Kereni, M. Eliade va boshqalar)ga, shuningdek estetika va adabiy-badiiy tanqid (G. Rid, Buyuk Britaniya va boshqalar)ga taʼsir koʻrsatgan. 1948 yil Syurixda Yung instituti, 1958-yil Xalqaro tahliliy psixologiya jamiyati tashkil qilingan.

Ensiklopediya.uz
YUNG Karl Gustav