Yuklab olish

Yuklab olish

Bilgilki, odamzodning sharafi nutqi bilan va nutq odobiga rioya qilmagan odam bu sharafdan bebahradir.

Hamshiralik ishida muloqot

Bilgilki, odamzodning sharafi nutqi bilan va nutq odobiga rioya qilmagan odam bu sharafdan bebahradir.

Husayn Voiz Koshifiy

Nutq – fikrimiz, bilimimiz, munosabatlarimiz va dunyoqarashimizning so’zlar orqali ifodalanishidir. So’z – bu qurol, so ‘z – bu tig’, so ‘z – bu malham. So ‘z ko ‘rkimiz, mohiyatimiz, madaniyatimizdir.

Qadimdan so’z buyuk shifobaxsh kuch-qudratga ega bo’lib kelgan. So’z odamzod zabonidagi eng aziz gavhardir. Mashhur yunon hakimi Buqrot «Inson ruhini davolamay, tanga shifo berib bo’lmaydi», deb ta’kidlaganida aynan «so’z»ni nazarda tutgan. Darhaqiqat, turli kasalliklar ruhiyatda u yoki bu o’zgarishlarni vujudga keltiradi, bu esa bemorlar bilan bolgan muloqotda o’z ifodasini topadi. Inson aqliy va fiziologik faoliyatining mevasi – nutq orqali bu muloqot namoyon bo’ladi. Zamonaviy tibbiyotda shifobaxsh omil sifatida so’zning ahamiyati yanada ortdi. Turli davrlarda nutq madaniyatiga doimo katta e’tibor bilan qaralgan. Nutq madaniyatiga, bemor bilan muloqot san’atiga bekamu ko’st, mohirona amal qilish oson emas. Bu tibbiyot xodimidan yuksak ruhiy manbani, yuqori madaniyatni, o’ta nozik darajadagi sezgirlikni, bilimni, matonatni va hatto ba’zida aktyorlik darajasidagi mahoratni talab qiladi.
Qadimgi hind tabibi Sushruta: «So’z muloyim, yoqimli va umidvor qila oladigan, ruhga taskin berguvchi bo’lmog’i lozim», deb yozgan edi. Bu fikrlar hozirgi zamonda ham dolzarbdir.
Abu Ali ibn Sinoning zamondoshi Muhammad Zakariyo ar-Roziy «Tibbiyot hikmatlari» asarida shunday yozadi: «0’zini tib olamiga bag’ishlagan inson eng avvalo, bilimli, kamtarin, insonparvar, haqparvar, mulohazali, fahm-farosatli, istalgan masalaning mohiyatini tushuna oladigan bo’lishi lozim». Bu ta’rifga sazovor bo’lish uchun tibbiyot xodimidan katta bilim sohibi bo’lish talab qilinadi. Buning uchun shifokor va hamshira tib ilmlarini egallabgina qolmay, balki adabiyot, san’atni bilishi, nutq go’zalligini takomillashtirishi lozim. Nutqning vazminligi, yorqinligi, go’zalligi va hikmatliligidan tashqari, shifokor va hamshira uchun nutqdagi xulq-atvor, uslub, ohang, dadillik, ma’lum darajada chiroyli talaffuz ham muhimdir. Shifokor va hamshiraning nutqi dalilga asoslangan va ishontiruvchan, bemorni o’ziga rom qilib oladigan, aytgan tavsiya va ko’rsatmalariga rioya qilishga undaydigan bo’lishi kerak. Shifokorning fikri maqsadli, izchil bo’lishi, bemor uning so’zlaridagi kuchni, asoslanganlikni hamda o’zi haqidagi g’amxo’rlikni sezishi kerak. Tajribali shifokor kitob, she’r mutolaa qilayotganida, teatrga borganida oqilona jumlalar, she’riy satrlarni yodda tutishga harakat qilib, ularni bemorlar bilan bo’ladigan suhbatlarida qo’llay oladigan bo’lmog’i darkor. Bemorlar bilan suhbatda shifokor xalq donishmandlarining hayotni sevish, kelajakka ishonch haqidagi qisqa, yorqin ifodalangan maqollardan va o’gitlardan ham foydalanishi kerak. Bir so ‘z bilan aytganda, keng ma ‘lumotga egalik, his-tuyg’ularni tarbiyalash, xususan, nutq madaniyati bemorlar bilan mohirona va ta ‘sirliso ‘z orqali aloqa o ‘rnatishning asosidir. Nutqning ohang ifodasi, talaffuzi ayniqsa muhimdir. Suhbatda keskin, qo’pol, baland ohangda gapirish bemor bilan iliq munosabatni o’rnatishga xalaqit beradi. Bu to’g’rida nemis faylasufi Gegel shunday degan edi: «Ovozning xush ohangligidan gapirayotgan odam qalbining go’zalligini, uning ovozidagi qo’pollikda esa unga xos bo’lgan qo’pol hissiyotni anglab olish mumkin» Shifokor va hamshira butun hayoti davomida nutqining aniqligi, o’tkirligi, go’zalligi ustida ishlashi kerak. Bu holat shifokor kasbi va bemorlar bilan bo’ladigan jonli muloqoti uchun zarurdir. Afsuski, ayrim tibbiyot xodimlari o’rtasida nutq madaniyatiga ega bo’lish mutaxassis – psixoterapevtning vazifasi, oddiy terapevt yoki jarrohning bundan boshqa tashvishlari ko’p va ular «so’z ustasi bo’lishlari shart emas», degan fikr bor. Yo’q, nutq madaniyatiga ega bo’lish har bir tibbiyot xodimi uchun juda zarurdir.
Mashhur olim, atoqli fan arbobi G’aybulloh as-Salom aytganlaridek: «Dilingizning bir uchiga tugib qo’ying: dunyoda eng arzon va eng qimmat narsa – bu lutf. Shu qadar arzonki – tekin. Shu qadar qimmatki – bebaho».
So’z Sizning ichingizda ekan, u Sizning qulingiz. Tashqariga chiqqanida esa Siz o’zingiz uning quliga aylanib qolishingiz hech gap emas. Aytilgan so’z – kumush, aytilmagani – oltin. Bu bilan tolibi ilmlar indamas, soqov bo’lsin, demoqchi emasmiz, aslo. Gap qayerda va nima deyish, qanday aytish haqida borayotir. Bahs madaniyatini ham egallash kerak. Amaliy mashg’ulotlar, mashvaratlar (seminarlar), yotoqxona va boshqa jamoat joylarida bo’lib turadigan munozaralarda tanqidiy fikr bildirayotganda qizishmaslik, odob saqlash, nihoyatda ehtiyot bo’lish darkor. Mayda, nazarnigor bir uchqun katta alanga olib ketishi mumkin. Nosog’lom ehtiroslarning qo’zg’alishi, nomatlub mayllarning g’olib kelishiga sababchi bo’lishdan tiyiling. Arablarda shunday maqol bor; ikki jag’ orasiga ehtiyot bo’lgan – balodan xoli.
So’z mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy buyurmishlar:
Xub el bila suhbat tutubon xub o’lg’il,
Yaxshini talab qilgilu matlub o’lg’il,
Shirin so’z ila xalqqa marg’ub o’lg’il,
Yumshoq de hadisingniyu, mahbub o’lg’il.
Har kimki chuchuk so’z elga izhor aylar.
Har nechaki axyor durur yor aylar.
So’z qotili el ko’nglini ozor aylar,
Yumshoq ko’ngillarni giriftor aylar.
Inson tabiatiga xos yomon xislatlardan biri – andishasizlikdir. Andisha. Mumkin qadar birovning, xususan, bahslashuvchi tomonning dilini og’ritmaslik, bil’aks, ko’nglini ovlash odob taqozosidir. O’zaro bahslashar ekansiz, qo’rslik, qo’pollik qila ko’rmang. «Bekor aytibsan», «uyat», «yolg’on», «bo’hton», «nodonsan» degan so’zlarni aytishdan tiyiling. Qarshingizda turgan muqobil sherikni haqorat qilish bu o’z-o’zingizni haqorat qilishingiz bilan barobar. O’zingizni shunday tutingki, qo’rslik qilgani uchun suhbatdoshning o’zi uyalib qolsin. Haqoratga haqorat bilan javob qaytarish har kimning qo’lidan keladi, haqoratni «eshitmaslik», uni yutib yuborish yoki raqibga «yumshoq hadis» bilan javob qilish uchun esa kishidan katta aql talab etiladi. Xalqimiz deydi: so’zlovchi nodon bo’lsa, tinglovchi dono boiishi kerak; kim mard – o’zini-o’zi yenga olgan mard! Bu ilmlarni, bunday axloqni biz sohibqiron Amir Temurdan, Zahiriddin Muhammad Boburdan o’rganaylik. Mirzo Abdulqodir Bedilda shunday ajoyib satrlar bor:
Har ko’zki, agar olmasa ibrat, ko’rdir,
Har luqma, agar bermasa lazzat, sho’rdir.
Har tun, agar o’zgarmasa, to’nmas, u kafan.
Har xonaki, birdek turaversa, go’rdir.
Achchiqni achchiq kesadi, deydilar. Lekin hamma vaqt ham shunday bo’lavermaydi. Achchiq achchiqni. chaqiradi. Achchiqqa qarshi achchiq qo’llasangiz, hammayoq battar taxirlashib ketadi. Hadisi sharifda aytiladi: «Agar birov sizni sizda yo’q ayblar bilan ayblasa, siz uni unda bor ayblar bilan ayblamang».
Zero, I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «g’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashish zarur».
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, so’zning ta’siri benihoya katta. Bu o’rinda quyidagi rivoyatlarni keltirish mumkin.
1-RIVOYAT: Kunlardan bir kun Sulton Husaynning saroyida katta ziyofat bo’libdi. Gapdan gap chiqib, podshoh Alisherning aytgan so’zi uchun Mir Alisherga ikki ming tanga in’om etganini aytib bergan ekan, buni eshitgan boshqa vazirlar janjal qo’zg’abdilai. Ular podshoga arz qilib:
– Taqsir, har safar Mir Alisherga bir og’iz dono so’zi uchun ming tanga berilar edi, endi esa ikki ming tanga beribsiz! Nima uchun bizlarga ham ikki ming tanga berilmaydi? Yo bu iltifotg’a loyiq emasmizmi?
Podsho ularga qarab:
– Agar mening savollarimga to’g’ri javob topsalaring, o’sha ikki ming tanga sizlardan aylansin. Olsalaring, olaveringlar, mening sirayam qarshiligim yo’q, – debdi.
– Mayli, bizlar ham topamiz! Qancha savol bo’lsa beravering, olampanoh.
Sulton Husayn vazirlariga qarab turib, ko’rsatkich barmog’i bilan boshini ko’rsatibdi. Hech narsaga tushunmagan vazirlar bir-birlariga qarashib, angrayib turaveribdilar. Shu payt Mir Alisher o’sha barmog’i bilan tilini ko’rsatibdi.
Sulton Husayn hamon bezrayib turgan vazirlariga qarab:
– Men boshimni ko’rsatdim, Mir Alisher esa barmog’i bilan tilini ko’rsatdi. Shuning ma’nosini topib kelinglar, – deb buyuribdi.
Vazirlar uch kun muhlat so’rab olibdilar. Uch kun o’ylab-o’ylab, baribir hech qanday natija chiqarolmay, axiyri Mir Alisherning yoniga borib, boyagi imo-ishoraning ma’nosini so’rabdilar.
– Agar har qaysingiz ming tangadan bersangiz, mayli, aytib bera qolay, – debdi Mir Alisher.
Qirq vazir qirq ming tangani sanab bergach, u imo-ishoraning ma’nosini so’zlab beribdi.
– Sulton boshga balo nimadan keladi, deb so’radilar. Men har kishining boshiga balo kelsa, o’zining tilidan keladi, deb javob berdim.
Buni eshitgan vazirlar saroyga qarab yuguribdilar, Podshoning oldiga borib, biri-biriga gal bermay, «Men topdim, men topdim!» -deb gap talashib qolibdilar. Sulton Husayn ularni tinchlantirib, gap so’rasa, ular boyagina Mir Alisherdan eshitgan gaplarini oqizmay-tomizmay aytib berishibdi. Podsho ularning so’zlariga ishonqiramay:
– To’g’risini aytinglar, bu so’zlarni kim o’rgatdi sizlarga? – deb so’rabdi.
– O’zimiz topdik, taqsir! – deyishibdi vazirlar.
Podsho vazirlarning yolg’on gaplaridan achchiqlanib, hammasini o’limga buyuribdi. Shunda qo’rqib ketgan vazirlar bu gaplarni Mir Alisher o’rgatganini aytib berishibdi.
Sulton Husayn vazirlariga qarab, kulib turib:
– Men Mir Alisherga ikki ming tanga bersam, sizlar uning bir og’iz so’ziga qirq ming tanga beribsizlar-da! – debdi.
2-RIVOYAT: Qadim-qadimlarda oqil va odil bir odamning suluv qizi bo’lgan ekan, shu qizga ikkita yigitning ishqi tushibdi. Qiz ulardan qaysi biriga ko’ngil berishni bilmay qolibdi. Yigitlar qizning visoliga yetishish ilinjida yelib-yuguraverishibdi. Nihoyat, qiz ularga shunday debdi: «Men yurt farzandi bo’la oladigan o’g’ilga ona boiishni istayman. Uni qanday tarbiyalashga qodirliklaringni bilishim kerak. Ana shunga qarab, sizlarga qarorimni aytaman», – debdi.
«Bu ish faqat mening qoiimdan keladi, men unga ilm o’rgataman: riyoziyot (matematika)dan, falakiyot (astronomiya)dan saboq beraman. Siyosat bilan shug’ullanishni o’rgataman. Ajnabiy tillarni egallashga yordam beraman. U olamga dong taratadi», debdi birinchi yigit.
Navbat ikkinchisiga kelganda, u aytibdi:
«Avloddan-avlodlarga meros qoladigan asosiy boylik – til. Ona tili bor ekan, Vatan bor. Xalqning umr o’lchovini til be’lgilaydi. Dunyodagi bor go’zallik – sehrli ona allasini eshitmoqlik til bilan, maqsadimni anglagandirsan? Men o’g’limni ona tiliga xiyonat qilmaslikka, qo’shiq, ertak, dostonlar aytib, mana shu ona tilimiz uchun jonini ham ayamaslikka o’rgataman».
Bu gaplardan birinchi yigit qahqaha urib kulib, raqibini aqli pastlikda ayblabdi, o’rtadagi tortishuv janjalga aylanibdi. «Janjallashmanglar, – debdi qiz, – yurtimizda ulug’ donishmand bor, o’shaning huzuriga boramiz, hammasi o’sha joyda hal qilinadi. Uning hukmi mening uchun qonun bo’ladi». Ular donishmand yoniga borishibdi. U nizo qo’zg’agan barcha gap-so’zlarni tinglabdi-yu, «aqli past» yigitga debdi: «Qiz seni sevadimi-yo’qmi, bilmayman. Lekin otalik sharafiga sen loyiqsan. ».
Tilni asrab-avaylash har bir kishining insoniylik burchidir. Shukrlar bo’lsinki, respublikamizda ona tilimiz-o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Bu o’zligimizni anglashga olib kelmoqda, kelgusida o’zbek tilining yanada taraqqiy etishiga yo’l ochilmoqda. Har bir o’quvchi o’z ona tilini mukammal o’rganishi lozim, chunki tilga e’tibor elga e’tibordir.
Donolar aytibdilar: «Ey farzand. So’z to’rt na’v bo’ladi: birinchisi bilishga va aytishga hojati yo’q so’zlar; ikkinchisi bilishga va aytishga zarur bo’lgan so’zlar; uchinchisi bilishga zaruri yo’q, ammo aytsa bo’ladigan so’zlar; to’rtinchisi- bilsa bo’ladigan, ammo aytishga hojati yo’q so’zlar.
Ammo aytiladigan va bilinadigan so’z shunday bo’ladiki, dunyoning yaxshiligi shu so’zga bog’liq bo’ladi. Bunday so’z dunyo uchun foydalidir. Bunday so’zning aytuvchiga ham, eshituvchiga ham ko’p manfaati bor.
Bilish mumkin-u, gapirish mumkin bo’lmaydigan so’zlar shunday bo’ladiki, bir do’st kishining aybi senga ma’lum bo’ladi. Aql tomondan o’ylagan vaqtda uni aytish behayolikdir. Shu aybni aytsang, do’stingni jahli chiqadi, u sendan xafa bo’ladi yoki o’z boshingga katta g’avg’o orttirib olasan, shuning uchun bu so’zni bilish kerak, ammo aytmaslik lozim.
Ey farzand, hamma vaqt to’g’ri so’z gapir. Shoshilishdan qochgil. Har bir gapga quloq sol, tezlik qilma. O’ylamasdan so’zlama, har bir so’zni. o’ylab gapir, to aytgan so’zingdan pushaymon bolmagaysan. Sovuq so’z so’zlama. Sovuq so’z bir urug’, undan dushmanlik hosil bo’ladi».
Donolar hikmatlari asnosida so’z atalmish zar-oltin yoinki cho’g’ bilan qanday munosabatda bo’lgan ma’qul? Bu haqda quyidagi bandlar orqali ma’lumot olish mumkin:
1. Bir kishi so’z boshlaganda. juda zarurat bo’lmasa. tashlab ketmang, oxirigacha eshiting. So’zlagan vaqtingizda qichqirmang, qizishib ketmang, odob, tarbiya doirasidan chiqmang.
2. Yolg’on aralashtirib so’zlamang, to’g’ri so’zlang, hech kimni g’iybat qilmang, birovning gapini orttirib, ko’paytirib so’zlamang.
3. Tilingizni yomon so’zlarga o’rgatmang, eshitgan hamma gapni to’g’ri deb ishonavermang, tekshiring, to’g’ri bo’lsa so’zlang. Nutqingizni juda cho’zib yubormang.
4. Yig’ilishlarda biror kishi haqida noloyiq so’zlar aytmang. Boshqalarga gap bermasdan faqat o’zingizgina so’zlab, hammani bezor qilmang, odamgarchilik so’zda emas, balki amalda ekanini unutmang.
5. Ota-bobongizni, o’zingizni hadeb maqtab, kerilib yurmang. Kamolotdan, ya’ni mukammallikdan mahrum bo’lgan odamga quruq so’z bilan maqtanib yurish soyasida kamolot kelmaydi.
6. Biror narsa to’g’risida so’rasalar, qo’pollik bilan emas, odob tarbiyasiga rioya qilib javob bering. Tinglovchi kishi so’zingizni yana qaytarib aytishni so’rasa, yo’q demay, qaytarib ayting.
7. Agar bir voqea to’g’risida gapirmoqchi, fikringizni bayon qilmoqchi bo’lsangiz, avvalo yaxshilab o’ylab, tarbiya odobiga rioya qilib, muloyimlik bilan so’zga kirishing, so’zingizni qasam ichib quvvatlamang, o’z fikringizga o’zingiz hayron bo’lib qolmang, o’z flkriga hayron bo’lish – nodonlar odati, qasam ichib: «Mening so’zim to’g’ri», – deb da’vo qilish yolg’onchilik alomatidir.
8. Zaruriyat bo’lmasa, qayg’u-alamli xabarlarni so’zlamang. Hikoya yo’li bilan bo’lsa ham odob, tarbiyaga qarshi bo’lgan so’zlarni og’zingizga olmang. Zimmangizga omonat qo’yilgan sirlarni fosh qilmang.
9. Hech kimni yomon so’zlar bilan tilga olmang, ta’na va tuhmatdan uzoq bo’ling, jamoa oldida ikki kishining pichirlab so’zlashuvi odobsizlikdir, buni yodingizdan chiqarmang.
10. Ota-bobolarimiz, «Yaxshivso’z-jon ozig’i, yomon so’z-bosh qozig’i» deganlar. Bobolarimizning bu hikmatli so’zlariga amal qiling, hamma bilan yaxshi muomalada bo’ling, hech kimning diliga ozor bermang, yaxshilik qilishni o’zingizga odat qilib oling. To’g’rilik sizga yo’ldosh bo’lsin, egrilikdan uzoq yuring.
Donishmandlar quyida aytilgan o’n to’rtta axloqiy fazilatni inson uchun eng kerakli fazilatlar deb hisoblaganlar:
Sukut – o’zingga ham, boshqalarga ham hech bir foydasi tegmaydigan oldi-qochdi so’zlarni so’zlashdan qoch, jim bo’l.
Intizom – ishlaring tartibli, intizomli bo’lsin, ishingni o’z vaqtida bajar, kechiktirma.
Maqsad – bir ishga kirishmoqchi bo’lsang eng avval yaxshilab o’yla, shu ishdan kutgan maqsading nima ekanini yaxshi tushun, bir qarorga kel. Keyin qarorlashtirgan ishingni hech bir kamchiliksiz ado qil.
Tejash – iqtisod, ya’ni tejashga rioya qil, isrofdan saqlan.
Sa’y va shug’ullanish – doimo foydali ish bilan mashg’ul bo’l, kerak boimagan narsadan chekin.
Matonat – ishingda chidamli, matonatli bo’l. Hiyla-nayrang ishlatishdan hazar qil, tushunchang pok, sof va haqqoniy bo’lsin, tushunganing kabi so’zla va ishla.
Haqqoniyat, to’g’rilik- adolat va haqqoniyatni o’zinga rahbar qilib ol, hech kimga zararni qasd qilma.
Nazokat – kir, ifloslikdan xazar qil, vujuding, libosing, uy-ish joyingning toza, pokizaligiga diqqat qil.
Qalb uzri – mayda muvaffaqiyatsizliklardan xafalanib, salomatligingni buzma, qalbing huzur va rohatini ko’zla.
lffat – adabli, sharm-hayoli, nomusli bo’l. Bu go’zal xislatlardan ajralma.
Tavoze – o’zingni kamtar tut, tavoze sharaf va izzat bosqichi ekanini unutma.
Muloyimlik – sabrli, muloyim, ochiq yuz, shirin so’zli bo’l. Hech kimga qo’pol muomala qilma.
Xulosa: yuqorida zikr etilgan o’n to’rtta axloqiy fazilat bilan o’zingni orasta qilsang, bemorning muhabbatini o’zingga jalb etasan, hamma senga hurmat nazari bilan qaraydi.
Yaxshi so’zlash ham buyuk san’atdir. Har narsaning chegarasi bo’lgani kabi, kishi faoliyatining barcha qirralari, jumladan, so’zlashish san’atining ham odob doirasi bor. Yaxshi, shirin, odobli so’zlashish uchun quyidagilarga e’tibor berilsa, maqsadga muvofiq bo ‘ladi:
1. So’zning mantig’i, go’zailigi va boyligi insonning jamiyatda o’z o’rnini topishida, kishilar hurmatini qozonishida muhim ahamiyat kasb etadi. So’zlari sermazmun, muloyim kishilarning gapini boshqalar miriqib tinglaydi.
2. Shirinsuhanlik, go`zal notiqlik sanatiga ega bo’lish ham baxtdii -nutqi shirin kishilarning do’sti, yoru birodarlari ko’p bo’ladi. Shirin va oqil so’z – umr ozig’i va do’stliknmg mustahkam kalitidir.
3. Shirinso’zlik kishi umrini uzaytiradi. Bu fazilatga badiiy asarlarni o’qish va nutqni mashq qilish orqali erishish mumkin.
Buyuk allomalar Jomiy, Lutfiy, Navoiy, G’alur G’ulom, Oybeklar ko’plab o’qish, o’r ganish orqali so’z san’atkorlari bo’lib yetishganlar.
Kishi xalq og’zaki ijodi namunalaridan, ya’ni ertak, hikoya, rivoyatlarni ko’p o’qisa, tinglasa ham so’z boyligi ortib, shirinso’z va ma’noli gapiradigan bo’ladi.
4. So’zlashish me’yorini ham bilish kerak. Ko’p gapirish odobdan emas. Sukut saqlash yaxshi odob, so’zni qisqa, aniq ifodalash katta san’atdir. So’z – gavhardir. Gavhar esa noyobdir.
Yaxshi so’zing husningga kamoldir,
Yomon so’zing iqbolingga zavoldir.
Taniqli adabiyotshunos olim – professor Anvar Hojiahmedov yozadi: «Buyuk insonparvar shoir Navoiyning ushbu purmazmun ruboiysi yaxshi xulq, shirin so’z qadridan bahs etadi. Hazrat o’zlarining «Mahbub-ul qulub» pandnomalarida yozibdilar: «Xushgo’ykim so’zni rifq va muvoso bila aytg’ay, ko’ngul g’am keladurg’on bo’lsa, aning so’zidin qaytg’ay. So’zdadur har yaxshilikni imkoni bor. Mundin debdurlarki, nafasning joni bor. Masiko, kim nafas bila o’lukka jon berdi, go’yo bu jihatdin erdi». Ya’ni: «Shirinso’z odam har bir so’zni muloyimlik bilan, kelishtirib aytadi va ko’ngilga keladigan yuz g’am uning so’zi bilan qaytadi. So’z bilan har qanday yaxshilikni ro’yobga chiqarish mumkin. Shu tufayli nafasning joni bor, deyishadi. Masih, ya’ni Iso payg’ambar, o’z nafasi bilan o’liklarga jon bag’ishlaydi, deganlari shu sababdandir. Shoir demoqchi: Iso payg’ambar o’liklarga jon bag’ishlagan degan rivoyat uning shirin so’zli bo’lganiga ishoradir.
Aksincha, achchiq so’zni shunday ta’rifladi ulug’ shoir:
«Ul ko’ngulkim, qattig’ so’zdin reshdek bo’lg’ay, achchig’ til zakrolud neshdek bo’lg’ay. Ko’ngulda til sinoni jarohati butmas, anga hech nima marham yerin tutmas. Har ko’ngulki, til sinonidin jarohatdir ham yumshoq so’z va shirin til anga malham va rohatdur».
Ya’ni: «Qaysi bir ko’ngul qattiq so’zdan yaralgan bo’lsa, achchiq, til zaharli tikandek bo’lur. Ko’ngilga qadalgan til xanjarining jarohati bitmaydi, unga hech narsa malham bo’lolmaydi. Harko’ngil til xanjaridan jarohatlansa, yumshoq so’z va shirin til unga malham bo’ladi va rohat beradi».
Ha, donishmand xalqimizning «Yaxshi so’z – jon ozig’i», «Achchiq til – zahri ilon, chuchuk tilga -jon qurbon», «Shirin so’z -shakardan shirin», «Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar», «Yaxshi so’z – ko`ngil podshosi», «Yaxshining so’zi – qaymoq, yomonning so’zi – to’qmoq» kabi o’nlab dono hikmatlari bejiz aytilmagan.
Bir og’iz shirin so’z. U ba’zan hayot bilan teng. Ha, hayot bilan! Shifokorning o’zidan najot kutayotgan, taqdirini oppoq libos kiygan pokiza chehra inson qoiiga topshirgan, uning har bir so’zini orziqish bilan, ulkan umidlar bilan kutayotgan bemorga aytadigan so’zlari ana shunday mo’ ‘jizaviy qudratga ega desak, xato bo’lmas. Shifokor, avvalo, so’zi bilan davoiaydi, deydilar. Bemorga aytilgan har bir shirin so’z uni ruhan parvarishlab, najot sohiliga yo’naltiradi, sog’ayishiga bo’lgan ishonchini mustahkamlab, uning a’zosida mavjud bo’lgan sehrli kuchlarni ishga tushiradi, jismiga ilhom, hayotga bo’lgan intilishiga quvvat bo’ladi.
Zero:
Kimki bo’lsa xastadil, bir so’z bila topgay shifo,
So’zga ziqna yuz tabibdan yaxshi bir shirinzabon.
Bir zahar so’z birla g’amgin bo’lgusi yuz baxtiyor,
Bir shirin so’zdin davo topgay, ajab, yuz xasta jon.
Ha, shifokorning shirin so’zi – malham. Tiriklik suvi obi hayot bo’lsa, uning nodonlikdan nishon beruvchi dag’al bir iborasi- zahar, og’u bilan teng. Yuzlab, minglab hayotiy misollar. ushbu mulohazaning haqiqatligini tasdiqlaydi.
Shifokor, xushyor hoi, olam bezagi bo’lgan inson taqdiri sening qo’lingda, avvalo so’zingda! Shirin so’zingni darig’ tutma, ko’zingga mo’ltirab turgan bemordan! Odamlarni shirin so’zi bilan darddan xalos etgan Xizrga monandliginigni doimo yodingda tut!
Unutmagil, shifokor: shirin so’zing davodir.
Chehrangdagi tabassum, kulgan ko’zing – davodir.
Xush bir kalom, shaksiz, bemorga baxt etar jon,
Xurshid kabi munavvar gulgun yuzing davodur.
Faqat amaldor emas, yolg’izgina shifokor emas, hayotimizning barcha jabhalarida faoliyat ko’rsatuvchi har qaysi xodim, qolaversa, har bir madaniyatli inson shirin so’zni, ochiq chehralilik, xushmuomala, bir so’z bilan aytganda, odamiylikni o’zining eng oliy insoniy burchi, deb bilmog’i lozim.»
So’z kuchli qudratga ega. Shunday ekan, shifokor va hamshira bemorga eng avvalo so’zi orqali ta’sir qilish mahoratiga ega bo’lishi kerak, ya’ni bemor bilan suhbatda shirinsuxan, so’zlar tushunarli, ishonarli, bir so’z bilan aytganda, notiq bo’lishi lozim.

Tibbiyot hamshirasining ishi faqat katta jismoniy ish bajarish bilan emas, balki katta emotsional (ruhiy) zo’riqish bilan bog’liqdir. Bunday zo’riqish bemor bilan muomala qilish chog’ida ularning haddan ziyod ta’sirchanligi, kasallik tufayli injiq bo’lib qolishi, jizzakiligi natijasida vujudga keladi. Ruhiy zo’riqish, shuningdek, shifokor amaliyotiga xos salbiy holatdir. Zero, ulardan sabr-matonat, o’z ishiga fidoyilarcha yondashish talab qilinadi. Ayniqsa, hamshira kasallar orasida ko’proq bo’ladi. Shuning uchun aniq harakatlari va shifokorning ko’rsatmalarini mahorat bilan bajarishi, bemorga xayrixohlik bilan samimiy munosabatda bo’lishi kasal ruhiyatiga ijobiy ta’sir etadi, g’amxo’rlik, diqqat-e’tibor hamshira bilan bemor o’rtasidagi aloqaning asosi hisoblanadi. Bunda so’z, nutq madaniyati katta ahamiyatga ega.

Shifokorning muomala san’ati uning so’zga chechanligi, o’zbek tilini bilish darajasiga qarab emas, balki nutqning ta’sirchanligiga, nutq mazmuniga ishontira olish qobiliyatiga bog’liqdir.
Har bir shifokor ona tilining imkoniyat va boyliklarini yaxshi egallagan, nutq madaniyati tamoyillariga rioya qiluvchi, so’zga chechan bo’lishi mumkin. Lekin biz ko’zda tutgan eng nozik nuqta shifokorning bemor bilan malakali, ishonchli, shifokor etiketini o’zida saqlagan muloqoti masalasidir.
Ibn Sino «Mavjudotning taqsimlanishi to’g’risidagi risola»sida yozadi: «sezish va ixtiyoriy harakat qilish (qobiliyati)ga ega bo’lganlari hayvon deyiladi va bu ham o’z navbatida ikkiga ajraladi: biri nutqqa ega bo’lib, inson deyiladi va notiq hayvon deb ta’riflanadi (309-b). Ya’ni Ibn Sino aytmoqchi, inson va hayvon sezgi, ixtiyoriy harakat qilish qobiliyatiga birdek ega. Lekin inson va hayvonni ayirib turuvchi asosiy xususiyat sifatida Ibn Sino ularning so’zlay olishi (inson) yoki so’zlay olmasligi (hayvon)ni belgilagan. Allomaning bu fikri ushbu qo’llanmani mutolaa qiluvchi talabaga so’z quvvati, so’zlash va so’zlashishning naqadar buyuk ne’mat ekanini yanada chuqurroq anglashi uchun keltirildi.
Ibn Sino yana bir asari («Risolatun fi taxsin al mavjudot») da butun borliqni tarkibiy qismlarga bo’ladi. Ular: vujudi vojib, vujudi mumkin. Aql, jon, quvvat, sezish. Nutq kabi kategoriyalardir.
Ko’rinadiki, bu asarda inson fiziologiyasiga xos muhimliklar va a’zolar sirasida nutq alohida ko’rsatiladi.
Buyuk alloma yuqorida nomi keltirilgan asarida ham aynan inson nutqini tabiatning unga in’om etgan tolelaridan biri sifatida baholagan. Inson nutqidagi tovush ohanglari orqali o’z hissiyotlarini ifoda etadi.
Bu o’rinda biz nainki «o’z hissiyotlarimizni ifodalash», balki shifokorning nutqi, bemor bilan muomalasining tibbiy – ma’naviy tamoyil (asos)larini tahlil etishga urinamiz.
Yuqorida Ibn Sinodan misol keltirganimizdek, so’zlash, fikr va xayol quvvatlari Forobiyning ham ta’kidlashicha, faqat insonga xos. Odam o’zining mana shu quvvatlari bilan hayvonot olamidan tubdan farq qiladi.
Forobiy inson ibtidolari hisoblangan (ruhiy) quvvatlarni tahlil etib, so’zlash quvvati, harakatlanuvchi quvvat, xayol quvvati va sezish quvvatlarini ajratgan.
Alloma «Shakl va aksidensiyalarning ibtidosi haqida» asarida inson quvvatlarini quyidagicha tasnif qiladi. So’zlash quvvati shunday quvvatki, uning yordamida kishi hunar egallaydi, xatti-harakat va xulq-atvordagi go’zal narsalarni xunuk narsalardan ajratadi, zarur narsalarni amalga oshiradi, foydali narsalarni zararli narsalardan farqlaydi.
Kuzatuvdan ma’lum bo’ldiki, Forobiy ham Ibn Sino ham nutq madaniyati muammolarini chuqur his etganlar. Forobiy tilshunoslikka doir asarlar ham yozgan. Xususan, «Talaffuzlar va harflar kitobi». Har ikki alloma ham shubhasiz, nutq ilmiy ibtidosiga tamal toshini qo’ygan olimlardandir. Nutq, muloqot, tabiiyki, kamida bir juft inson o’rtasida ro’y beruvchi jarayondir.
Sharq qo’lyozmalaiidan birida Forobiyning «kasallik (organizmni) o’limga olib keladi. U qon, o’t, qora jigar va shilliqlarning (turli holati) natijasida paydo bo’ladi, mazkur to’rt element (holati) esa o’z navbatida ovqatlanishga bog’liq. Ovqatlanish esa o’simlik (tarkibiga), o’simlik (tarkibi) tuproq (tarkibiga), (shunday qilib) hammasi yerga bog’liq», degan fikri saqlanib qolgan. Bu fikr Forobiy hodisalarining sababiy bogianishini chuqur tushunganidan va birinchi qarashda go’yo bir-biridan juda uzoq bo’lgan jarayonlar o’rtasidagi sabab-oqibat munosabatlarini aniqlaganidan dalolat beradi. (M.Xayrullayev. «Uyg’onish davri va Sharq mutafakkiri.» O’zbekiston, 1971, 211-bet).
Yuqorida keltirilgan matnga biroz o’zgartirish kiritgan holda talqin qilib ko’raylik: to’g’ri, kasallik nafsilambrda insonni o’limga olib keladi. Kasallik, albatta, insonning hayot tarziga, ovqatlanishga, uning asab tizimiga so’zsiz bog’liqdir. Lekin bemor o’zini qanday his qilishi uning ruhiy – fiziologik holatiga ham bog’liqdir. Xususan, insonga salbiy ruhiy omil ta’sir etganda, albatta, kasallik rivoji tezlashadi.
Yana Shu narsa ma’lum bo’ldiki, shifokor va bemor muloqotining ma’lum tibbiy-ma’naviy asoslari bo’lmog’i darkor. Bemorning ruhiy madadkori – shifokor. Shunday ekan, shifokor bemorning zohiriy va botiniy salbiy tashqi va ichki ta’sirlardan saqlashga intilishi yaxshi natijalarni beradi. Shunday ekan, har bir shifokor bemorni alohida, betakror individ sifatida qabul qilmog’i va uni hech bir takrorlanmas ruhiyat namunasi sifatida o’rganmog’i, muloqot qilmog’i va nihoyat, shifolamog’i zarurdir.
Shifokor va bemor muloqoti muammosi mana shu bosqichda tibbiy, ma’naviy, estetik va qolaversa, ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etadi.
Az-Zamaxshariy: Xastalik. Shunday baloki, hatto xutbon (juda taxir, achchiq) ichimlikdan ko’ra ham achchiqroqdir, degan ekan. Mana shunday «balo»dan so’zsiz, shifokor halos etadi.
Al-Xorazmiy fikricha, har bir hodisa uchun ma’lum sabab va makon bo’lib, bu hodisa undan tashqarida bo’lishi mumkin emas (Mafotih al-ulum, 137-bet).
Al-Xorazmiyning aynan fikrini mavzuimiz nuqtai nazaridan baholaydigan bo`lsak, muomalani «hodisa» deb, «sabab»ni kasallik deb, «makonni» (albatta muloqot shifoxonadan tashqarida ham bo’lishi mumkin) esa shifoxona, deb shartli belgilasak, u holda bemor shifokorning ikki tomonlama muloqoti aynan shu makonda, aynan shu sabab bilan «hodisa» yuz beradi, deb talqin qilishimiz mumkin bo’ladi. Fikrimizni soddaroq ifodalaydigan bo’lsak, bemor-shifokor muloqoti faqatgina bemor – shifokor suhbat (dialog)i doirasida kechishi mumkin. Bu holatdagi shifokorning bemor bilan bo` ladigan muomalasi bil’aks matbuotda, radio lo’lqinlarida yoki televideniyedagi nutqqa ko ‘cha olmaydi. Shifokorning keng ommaga qaratilgan nutqining ayrim olingan bemor bilan kechadigan muomalasini ash muqoyasa qilib bo ‘Imaydi. albatta.
Yana aytish kerakki, bemor bilan bo’ladigan muloqot ham aynan bemor va yana bemor bilan amalga oshiriladi. Hech bir muloqot Al- Xorazmiy e’tirof etganidek, har bir hodisa (bunda – muloqot, N. D.), ma’lum sabab va makonda bo’lib, bu hodisa undan tashqarida bo’lishi mumkin emas. Hech bir nutq, hech bir muloqol shifokor va bemor aro o’tkaziladigan suhbat (dialog)ga o’xshamaydi. Shifokor o’zida bor nutq malakasini, muloqot odobini kerakli yo’sinda, faqat o’z bemori bilangina amalga oshira oladi. Bu muloqot namunasi u nechog’li oliy toifada bo’lmasin, faqatgina shifokor va bemor o’rtasida bo’ladi. Boshqa zamon va makonda uning kechishi aslo mumkin emas. Biz birinchi bob avvalida nutq madaniyati, unda mavjud boigan turli uslubiyatlar haqidagi ma’lumotlarni yodga oldik. Nutqda foydalanishimiz mumkin bo’lgan badiiy tasvir vositalarining ayrimlari haqida fikr bildirdik.
Demak, xulosa qilib aytish mumkinki, shifokor va hamshira bemor bilan muloqotda har bir bemorning o’zigagina xos bo’Igan belgilar, xususiyatlarni va ma’lum tibbiy-ma’naviy tamoyillarni hisobga olgan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
SHIFOKORNING BEMOR BILAN MULOQOT SAN’ATI
Bemor bilan muomalaga kirishishning o ‘ziga yarasha shartlari bor, albatta. Shifokor bemor xastaligining taxminiy diagnozini, shaxsini, kasbini, ijtimoiy sharoitini, saviyasini, dunyoqarashini, bilim darajasini, lashqi psixik belgilarini o ‘rganganidan so ‘ng, o ‘zini ham bu muloqotga ruhan tayyorlaganidan keyingina u bilan muloqot qilish uchun ma’naviy haqqi paydo bo’ladi. Bemor va shifokor muloqoti (shartli ravishda) ikki doirada kechadi. Birinchi, tashqi doira zanjirida yuqorida aytilgandek, shifokorning bemor bilan muloqotga tayyorlanish bosqichidagi amallar kiradi. Ikkinchi, ichki doirani esa bemor shaxsini, uning kasallik sabablarini begilovchi dalillar zanjiri tashkil etadi.
Birinchi doira sohibining mahorat darajasi qay darajada yuksakligi uning ikkinchi doiraga «ko’prik» sola olish san’ati Man belgilanadi. Aynan shu «ko’prik» solinganidan so’ng bemor shifokorga ishonch va umid ko’zi bilan qaray boshlaydi.
Shifokor bemor bilan muloqotning avvalidayoq uning saviyasiga mos ravishda suhbatlashishi muhim. Bemor hunarmand bo’lsa, shunga mos maqomda, akademik bo’lsa, albatta, uning yuqori saviyasiga yarasha muomala qila olishi asosiy talablardandir. Shifokor beixtiyor bu holatning aksini qilsa, u holda o’zining tuzatib bo’lmas xato qilganini bir umr afsus bilan eslab yurishiga to’g’ri keladi. Shifokor bemorni o’rab turgan atrof-muhitga katta e’tibor bermog’i lozim. Uning botiniy va zohiriy ko’rinishi bemor bilan kechadigan muloqotiga bevosita ta’sir o’tkazishi mumkin. Xususan, bemor yotgan xona shinam, ozoda, havosi toza bo’lishi, albatta, uning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu – botiniy ta’sirdir. Zohiriy ta’sir esa bemor atrofida kechadigan ijtimoiy hayot: boshqa bemorlarning, kichik tibbiy xodimlarning yoki tashrif buyuruvchilarning salbiy xatti-harakatida ko’rinadi. Bu ta’sirga, atrofdagi shovqin-suronlar, qo’shni bemorlarning muloqoti, hatto, shifokorning yoqimli bo’Iib tuyulgan tovushi, mimikasi5, jestlari6 ham kiradi.
Shifokor, bemor bilan muloqotga kirishar ekan, uning ko ‘z o ‘ngida ma ‘lum ma’noda kamchiliklardan holi, yuksak axloqli inson sifatida gavdalanishi zarur. O’z axloq normalarini to’g’ri belgilay olmagan shifokor bemor ko’z o’ngida obro’sizlanadi. Obro’sini yo’qotgan shifokorning esa, tabiiyki, o’z bemori bilan talab qilingan saviyada muloqot qilishga ma’naviy haqqi bo’Imaydi. Shifokor ma’naviyati deganda, ma’nili fikrlashi, so’zlashi, shuningdek shaxsiyatidagi, tarbiya va odobidagi hamda amaliyotidagi barcha ijobiy xatti-harakatlar majmuasi tushuniladi.
Allomalar aytadilar-ku, yer yuzida uzoq muddat qamal qo’yishga eng muhtoj narsa tildir, deb. Shifokor aynan shu qoidadan holi sub’ekt bo’lmog’i kerak. Shuningdek, bemor bilan muloqotda uning diqqati va ixtiyorini shifokor suiste’mol qilmasligi, ya’ni so’zda me’yorni saqlay bilishi muhim. Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt, deydilar. Shifokor bemor bilan muloqotda unga baayni zarur gaplardan so’zlamog’i uning amaliyoti uchun juda foydalidir. Ibn Burayda aytadi:«. Yaxshi so’zlarni so’zlagin, foyda topgaysan, yomon so’zni aytishdan o’zingni tiygin, salomat bo’lgaysan. » Zero, «Inson a’zolari ichida eng harakatchan va juda yengil harakat qiladigani til bo’Iib, shu bilan birga insonga eng zararlisi ham udir».
Bemor shifokor bilan muloqotdan so’ng o’zini ruhan tetik va yengil his etishi kerak, dedik. Mohir shifokor haqida aytish mumkinki, yaxshi suhbatdosh atirfurushga o’xshaydi, garchi u senga atridan bermasa ham xushbo’y hidi yetib turadi. Shifokor bemor ko’nglini ko’tarib agar u yosh bo’Isa, «hali to’yingizda osh yeymiz, xizmat qilamiz», yoshi ulug’roq bo’Isa – «hali nevara-yu chevaralaringizni boqib yurasiz», qabilida gaplar aytishi kerakki, bemor beixtiyor bunday ko’ngilga yoquvchi muloqotni mamnuniyat bilan eslasin. Har bir shifokor Mahmud Qoshg’ariyning: «Bilag’on odamlarning nasihatlaridan foydalan. Chunki yaxshi so’z ta’sir qilgach, dilga joylashadi», degan purhikmatlarini yodda olib qolishi foydadan holi emas.
Zero, I.V. Gyote aytgandek, «so’zni ishonch bilan gapir, eshituvchilarga ta’sir etish esa o’z o’zidan kelib qoladi».
Nutq og’zaki so’zlashuvga xos bo’lgani bois, u ayrim nuqsondan holi bo’lmaydi. O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning «Nutq» nomli hazil she’rida bugungi kun shifokori nutqining qanday nuqsonlardan holi bo’lishi kerakligiga ishora qilingandek:
Har so’zida «bu», «anu»,
«Haligi», «so’ng», «qanaqa»,
«Bu bu» deydi – nima bu?
«Shunaqa»si – qanaqa?
Tiliga kelib qolgan
So’zdan qayta olmasa.
«Bu» qo’shmasdan savolga
Javob ayta olmasa!
O’zingiz o’ylab ko’ring
Nima, bu? Qanaqasi?
Qachon qolar O’tkirning
«Nima», «bu», «qanaqasi»?
To’g’ri, aniq gap tuzib,
Javob bering so`roqqa.
Xizmat qilsin har so’zing
Fikringni to’latmoqqa.
Mazmun nomli mo’ljalga
So’z aytilgan o’q bo’lsin.
Nishonga tegmay qolgan.
Bitta o’q ham yo’q bo’lsin!
Shifokor bemor bilan ma’lum mantiqiy ketma-ketlikda savol-javob qilishi kerak. Bu suhbat (dialog)da fikrning tushunarli bo’lishi uchun marom, urg’u va takror to’g’ri belgilanishi, mazmun va ohangdorlikning uyg’unlashuvi, so’zlaraniq hamda to’g’ri talaffuz qilinishi muhimdir. Zero, xalqimiz – kishining jamoli tilidir, deydi. Biz esa shifokorning mahorati va malhami tilidir, degimiz keladi. Darhaqiqat, xalq ertaklarida podshoning «Eng shirin narsa nima?» va «Eng achchiq narsa nima?» degan savoliga tilning olib kelib ko’rsatilishida buyuk hikmat bor. Bemorga: «Rangingiz oqaribroq ko’rinyapti, bugun tobingiz chatoqroqmi?» deb aytilsa, bir oz o’tib, uning rangi endi rostdan ham oqarinqirab qolganini sezish mumkin. Yoki aksincha, zarxil yuzli bemorga: «Bugun rangingiz naqshin olmadek», deyilsa, shifokoniing buyurgan barcha muolajalari em bo’ladi, bemorning hayotga ishtiyoqi yana ham kuchayadi. Zero, qadimgi yunon faylasufi Aristotel: «Nutqning bosh fazilati aniq va ravshanlikdir», degan edi. Donolar nasihat qilganlaridek, o’ziga boqma, so’ziga boq. Shunday ekan, shifo istab kelgan bemorga eng tez la sir etuvchi «eleksir – ilk sir bu so ‘z, degan hayotiy haqiqat anglanadi.
Demak, aytish mumkinki, shifokor bemorni nechog’lik o’rganib kirsa, muloqotga jiddiy tadorik (tayyorgarlik) ko’rsa, amaliyot natijasi shunga ko’ra yuqori bo’ladi. Shifokorning so’zlash odobi uning madaniyatini ko’rsatuvchi asosiy omil ekan, bu narsadan u qurol kabi samarali foydalanmog’i zarurdir. Shu o’rinda «Foydalanilmagan mehnat ta’tili» nomli badiiy filmdagi bir lavhani eslaylik. Yosh shifokor kasal qizcha bilan suhbatlashish uchun bemorxonaga kiradi. Qizchaning yuragi xasta, uni operatsiya qilishlari aniq. Bemor ham bundan xabardor. Shifokor o’zini quvnoq tutishga harakat qiladi va bemor bilan quyidagi tarzda suhbat qiiadi:
– Qizcha, ayt-chi, dadangni ko’proq yaxshi ko’rasanmi,
oyingnimi?
Qo’g’irchoq o’ynab yotgan qizcha devor tlarafga keskin burulib yotib oladi. Bir ozdan so’ng qizcha javob beradi:
– Hech qaysisini.
Hayron qolgan shifokorga xonada ularning suhbatini kuzatib turgan ikkinchi shifokor:
– Qizchanuig otasi ham, onasi ham yo’q. U bolalar uyidan.
Kutilmagan axborotni eshitgan yosh shifokor bemor qizcha ko’z o’ngida juda mulzam bo’lib qoladi.
Badiiy filmdagi bunday o’ta noxush holat shifokor amaliyotida ro’y berishi mumkin bo’lgan hayotiy holatdir. Bu lavha, tabiiyki yuqorida kuyunib yozganimiz – bemorning shaxsi, ijtimoiy holati va boshqalarni o’rganib kirish naqadar muhim ekanini yana bir bor
tasdiqlaydi.
Shifokor, barcha zaruriy deontologik amallarni ado etar ekan, eng avvalo, o’z vazifasiga ma’naviy kamolot nuqtai nazaridan yondoshmog’I bugungi davr talabi bo ‘lib qolaveradi.
Necha asrlardan buyon ko’pni ko’rgan otaxon-onaxonlarimiz har gal fotihaga qo’l ochilganda, eng avvalo, tanisihatlik, xotirjamlik, tilaydilar. Hayotda tanisihatlik katta ahamiyatga molik ekanligi shundan ayon. Lekin hayot-hayotda. Insonning dunyoga kelishi va ketishi hayot qonuniyatiga asoslangan bo’lsa, uning turli kasalliklarga moyilligi, qisqagina hayot davomida necha turli dardga duchor bo’lishi tevarak-atrofini qurshagan muhitga, uning o’ziga, ahvol-ruhiyatiga juda-juda bog’liq.
Inson boshiga tashvish tushib, tanisihatlikdan ayrilib qolganda, najot izlab, tibbiyot xodimlari huzuriga bosh urib keladi. Shu ondan boshlab, uning taqdiri, hatto hayoti shifokorlar va hamshiralar qo’lida, deyish mumkin. Yengilmi, og’irmi dard bilan shifoxonaga tushib, shu darddan xalos bo’lib, uyiga qaytgunga qadar bemor bir necha shifokor nazarida bo’ladi. Bu soatlar, haftalar va ba’zida oylarni imtihonga qiyos qilish mumkin. Bu bemor uchun ham, shifokor uchun ham haqiqiy sinov. Hamdardlik, xushmuomalalik sinovi. Shu qisqa vaqt ichida ular orasida iliq munosabat paydo bo’lsa, ular bir-birini tushunsa, nur ustiga a’lo nur. Demak, shifokor hamda hamshiraning ishi muvaffaqiyatli yakunlanadi, ya’ni bemor shifo topadi.
Tibbiyot xodimlarining kasbga munosabati, axloq-odobi, shuningdek, shifokorlar va bemorlar orasidagi turli huquqiy munosabatlar zamonamiz tilida bioetika va deontologiya deyiladi. Buni sodda shaklda ona tilimizga ko’chirsak, tibbiyot xodimi bilan bemor o’rtasidagi burchga sodiqlik, muomala qoidalariga rioya qilishi va yaxshi, to’g’ri muloqot, munosabat ham desa bo’ladi. Tibbiyotimizning necha ming yillik tajribasi ham, uning kazo-kazolari – Buqrot, Jolinusdan tortib Abu Ali ibn Sinogacha buni tasdiqlaganlar. Ularning ta’biricha, bemorning ruhiy holati davolovchi shifokor, hamshira uchun qanchalik ahamiyatga molik bo’lsa, bemorning o’zi uchun ham shunchalik qimmatlidir. O’zaro muloqotdan so’ng tibbiyot xodimiga – uning bilimi, tajribasi, samimiyatiga bemorda ishonch hosil bo’lmog’i, insoniy fazilatlariga hurmat va muhabbat uyg’onmog’i kerak.
Avvalo hech kimni dard chekib, yotib qolgudek qilmasin. Lekin dardga chalingan har kimsaning undan forig’ bo’lishi tibbiyotimizning yutug’iga, shifokor, hamshiraning bilim, tajribasiga, insoniy fazilatlariga va shu bilan bir qatorda, bemorning tabiati, o’z dardiga munosabatiga bog’liq.
Tibbiyot ilmiy allomalaridan bo’lmish Buqrot: «San’atlar ichida tabobat eng olijanob san’atdir», – deb ta’kidlagan. Yana Buqrot: «Bemorni dori bilan emas, balki so ‘z bilan davolash afzal» desa, Abu Ali ibn Sino uning bu fikrini quvvatlarkan: «Bemor borki, uni so’z bilan davolasa bo ‘ladi», – deb aytgan.
TIBBIYOT DEONTOLOGIYASI LAVHALARI
Shamdek bo’l, shamni ko ‘r, kuyib qalbu tan
O’zgalar dilini qiladi ravshan.
A.Jomiy
Tibbiyot deontologiyasi (lotincha «deon» – zarur, lozim bo ‘Igan narsa va («logos» – ta’limot) tibbiyot xodimining burchi, odobi haqidagi fan bo’lib, shifokorlar, hamshiralar va kichik tibbiyot xodimlari uchun ma’naviy-mafkuraviy dasturilamaldir.
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov aytganlaridek: «Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. Ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur. Xalqning teran ma’naviyatisiz, g’ururisiz, yuksak mudaniyatisiz buyuk davlat qurib bo ‘lmaydi».
«Deontologiya» tushunchasi kishining xulqi, odobi haqidagi fanni ifodalash uchun XVI asrning boshlarida ingliz faylasufi va iqtisodchisi Beniam tomonidan taomilga kiritilgan edi. Bu atama joriy qilinmasdan ancha ilgari tibbiyot xodimining odob qoidalarini tartibga solib turuvchi asosiy axloq qoidalari va qasamyodlari uzoq asrlardan bizgacha yetib kelgan yozma manbalarda saqlangan.
Manuning «Vedalar» nomli hind «Qonunlar majmuasi»dayoq tibbiyot xodimining axloq qonun-qoidalari sanab o’tilgan. Antik davrlarda ilmiy tibbiyotning asoschisi Buqrotning mashhur «Qasam»i tibbiyot xodimining xulq-atvor tamoyillari rivojiga katta ta’sir qilgan.
Tibbiyot – bu ilmmi yoki san’atmi, degan fikr hozirgi davrga qadar tabobat olamida yechilmay kelayotgan masala. Uzoq va yaqin o’tmishdagi allomalar, bugungi olimlar e’tirof etishicha, tibbiyotga, avvalo, fan sifatida qarash kerakligi hech kimda e’tiroz yoki shubha tug’dirmaydi. Lekin uning amaliy ijrosi, tabobatchilik sir-asrorlarini hayotga tadbiq eta olish katta san’at ekanligini ham e’tirof etish joizdir. Aslida, tibbiyot deontologiyasi keng falsafiy tushuncha
bo ‘lib, bir qancha yo ‘nalishlardan iborat. Ular:
– shifokor bilan bemor o’rtasidagi munosabat;
– shifokor bilan bemorning yaqin kishilari (qarindoshlari, do’stlari, hamkasblari) orasidagi munosabat;
– shifokorlarning hamkasblari, hamshiralar va kichik tibbiyot xodimlari bilan munosabati;
– shifokor va bemorning davolash jarayonidagi huquqlari;
– shifokorlik sirlarini saqlash madaniyati;
– ustoz va shogird munosabatlari;
– shifokor faoliyatidagi xato kamchiliklar va boshqalar.
Deontologiya qonun-qoidalarining tibbiyot amaliyotida to’g’ri joriy qilinishi tibbiyot xodimining ongi, saviyasi, dunyoqarashi, bilim mezoni va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas bog’langandir. Kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida shifokor, hamshiralarning bemorlar bilan deontologik munosabatlari turlicha kechgan. U zamon talabiga qarab o’zgarib borgan.
Shifokor deontologiyasi hamshira bilan bemor o’rtasidagi munosabatni ham o’z ichiga oladi. Hamshiraning butun bilimi, burchi, odobi, xatti-harakati bemorda unga nisbatan ishonch uyg’onishiga qaratilgan bo’lishi, ya’ni bemorda dardimga faqat shu shifokor, hamshiragina malham bo’la oladi, degan umid paydo qila olishi kerak. Buning uchun hamshira bemor bilan muloqotning yuksak san’atiga ega bo’lishi lozimdir.
Tibbiyot xodimi biron bir a’zo yoki tizim (sistema)larning kasallanishidan tashqari, avvalo insonni, undagi bemorlikni va uning salomatligi borasida chekayotgan tashvishini ko’ra olishi kerak.
Hamshira shifokor belgilagan davolashni amalga oshirar ekan, bemorni parvarish qilish sohasidagi vazifaning anchagina qismini o’z zimmasiga oladi, bunda psixoterapevtik ta’sir ko’rsatish usullaridan foydalanadi va tibbiyot bioetikasi va deontologiyasi tamoyillariga rioya qiladi.
Deontologiyada «yatrogeniya» tushunchasi bor. Bu shifokorning yoki hamshiraning farosatsizligi, nojo’ya ko’rsatmalari, qo’pol xatti-harakatlari. bilimsizligi va loqaydligi, qisqacha aytganda, tibbiyot xodimlarining aybi bilan paydo bo’lgan yana bir kasallikdir. Bu buyuk tib allomasi Buqrotning «Primun non nocere», ya’ni «Bemorga eng avvalo zarar keltirma» degan deontologik naqlining buzilishi oqibatidir. Bunday kasallik bugungi kunda uchraydigan xastaliklarning taxminan 10 foizini tashkil qiladi. Bu shifokorlar va hamshiralar orasida hali o’z deontologik burchini to’la tushunib yetmaydiganlar borligidan darakdir. Shuningdek, egrotogeniyalar, ya’ni bir xasta kishiga boshqa bir bemor so’zining salbiy ta’siri ham mavjud. Shifoxonada ba’zi bir bemorlarning o’z xonasidagi xasta qo’shnisiga ma’lum darajada ta’siri sezilib, u ruhiy tanglikni, xavotirni keltirib chiqaradi. Bunday holatni, o’z fikricha tibbiyot xodimlaridan-da «chuqurroq» bilimga ega bo’lgan «azaliy» bemorlar keltirib chiqarishlari mumkin. Ular kasalxonaga kelgach, bemorlarga maslahat va tavsiyalar beradilar, aksariyat hollarda, o’z tinglovchilarini ruhiy tushkunlik holatiga olib keluvchi qayg’uli va mash’um «oldindan aytish fikrlari» bilan o’rtoqlashadilar. Bu kabi egrotogeniyalarning oldini olishda aynan shifokor hamda hamshiralarning bo’lim tartibi, bemorlarning ma’lum majburiyatlari, intizomi va bir-birlari bilan o’zaro munosabatlari haqida to’liq va monand axborot berish; mvntazam ravishda o’tkaziladigan suhbat katta ahamiyatga ega. Bu o’rinda bemorlarga tanbeh berish usuli singari xususiy masala to’g’risida to’xtalib o’tish ham foydadan holi emas. Tanbeh berish zaruriyati ko’pchilik hollarda bemor shifoxonadagi bo’lim tartibi, intizomini buzganda yuzaga keladi. Shifokor, hamshira bunday hollarda bemor bilan juda ravshan, tushunarli, aniq, ishontirib gaplashishi kerak. Bu suhbatning natijasi muhimdir, bemor tanbehni to’g’ri tushunishi va shifokor hamda hamshira saboqlarini to’liq qabul qilishi lozim. Shu bilan birga, bunday suhbat bemorning ahvoliga hech ham yomon ta’sir qilmasligi darkor. Bemor hamshira bilan ilgarigidek mehribon va yaqin munosabatda ekanini, yotsirash yoki ziddiyat vujudga kelmaganini sezishi zarur.
Tibbiyot deontologiyasi tib xodimlaridan yuksak insoniy fazilatlarga ega bo’lishni taqozo etadi. Bu fazilatlar: bilimdonlik,odamiylik, jasorat, mehr-shafqat, xushmuomalalik, halollik, pokizalik, insoflilik, sofdillik, ziyraklik, hozirjavoblik, bosiqlik, kamtarlik, izlanuvchanlik, andishalilikda ko’rinadi.
Bemor kasalxonada o’z yaqinlari, do’stlaridan uzoqda bo’lgani uchun ko’pincha o’zini yolg’iz, baxtsiz his etadi, yangi sharoitga moslashishi qiyin kechadi. Shuning uchun ham hamshira kasallarga e’tibor bilan qarab, g’amxo’rlik ko’rsatishi darkor. Bemorni bo’limda uchraydigan ba’zi kamchiliklar davo muolajalarining o’z vaqtida bajarilmaganligi, bemorxonalarning sovuqligi, ovqatning kechikib kelganligi va h.k.lar asabiy holatga olib keladi, o’zaro munosabatlarni chigallashtiradi. Bu esa davo natijasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu muammolarning yechimida shifokor, hamshiraning tutgan o’rni, vazifasi beqiyosdir.
Shifokor o’zi kim?
Uning shifokorlik sohasida o’rni nimalardan iborat?
Bu savolning javobida har bir tib xodimi hozirda o’zicha yondashib kelmoqda.
Zamonaviy yosh shifokorlarni va oliy ma’lumotli hamshiralarni tibbiyot oliy bilimgohlarida deontologik tarbiyalashda qadimda o’tgan va o’rta asr tabiblarining, ya’ni Sharq tabobati namoyandalarining ma’naviy boyliklaridan samarali foydalanishimiz kerak.
Ma’lumki, ko’hna Sharqda tabobatchilik kasbi aholi o’rtasida eng mo’tabar va savobli mutaxassislik hisoblangan.
Shifokorlikni tanlagan va oliy ma’lumotli hamshira bo’lishni orzu qilgan inson sharm-hayoli, iymon-e’tiqodli, nozik ta’b, bosiq va o’zining murakkab faoliyatida og’ishmay ishlaydigan, jur ‘atli bo’Imogi darkor. Uning uchun bemorning manfaatidan o’zga yuqori tuyg’u bo’lmasligi kerak. U bor bilimini, aql-zakovatini va orttirgan kasbiy tajribasini bemor salomatligini tiklashga, unga yordam qo’lini cho’zishga doim tayyorligi, o’zining huzur-halovatidan kechib, bemor atrofida doimo tibbiy yordamga shay ekanligini namoyish qila olishi, bemor va uning qarindosh-urug’Iari oldida o’zining xatti-harakati bilan ularning muhabbatini qozonishga intilmog’i kerak.
Shifokor degan sharafli nom ana shunday yuksak ma’naviyatni talab etadi va haqiqiy hamshira bo’lish barchaga nasib etmaydi.
Sharq tabobatining buyuk allomasi, vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino og’ir shifokorlik kasbini zimmasiga olgan insonlarga ko’pyaxshi o’git va talablarni yozib qoldirgan. Masalan, «o’z umrini savob ish -shifokorlikka baxsh etgan odam, eng avvalo saxiy, muruvvatli, soddadil, haqgo’y, beg’araz va adolatparvar bo’lmog’i kerak. Tashqi qiyofasi e’tiborga loyiq, kamsuqum va kamgap, ochiq chehrali, boqishlari muloyim va tabassumli, ozoda va kamtarin kiyingan bo’lishi lozim. Zero, uning ko’rinishi va xatti-harakatlari bemor va uning qarindoshlari orasida hurmat va ishonch tuyg’usini uyg’ota olsin. Shifokorning samimiyligi u qilmoqchi bo’lgan muolajaning avvalidir».
Shuni ta’kidlash lozimki, sharq tabobatida islom dinimiz aqidalari keng o’rin olgan. Musulmonchilikda ko’p targ’ib etiladigan «haIol», «harom», «gunoh», «mahram», «nomahram» kabi qator tushunchalar borki, bu tabiblikni bo’yniga olgan har bir shaxsdan birinchi navbatda o’z e’tiqodiga sodiq bo’lishni, barcha vojib va farz amallarni mukammal va muntazam bajarishni talab qiladi.
«Hayoli bo’lish iymondandir, iymonli, bo’lish jannatiydir, behayolik jafolikdan bo’lib, jafo esa jahannamdur. Kimki odamlardan hayo qilmasa, u tangridan ham uyalmaydi».
(Hadisdan)
Ko’zga ko’ringan o’rta asr namoyondalaridan Nizomiy Aruziy Samarqandiy o’zining tabobatga oid nodir «Chor maqola» risolasida tabiblar hayotidan ibratli namunalar keltirib, shifokor kasbining ta’rifi haqida shunday yozgan ekan: «Shifokor Ollohdan madad so’ramog’i va natijani barcha ishga qodir yagona Ollohning hukmiga havola qilmog’i lozim. Chunki hamma narsa faqat ungagina ayondir. Olloh bergan idrok, tafakkur orqali shifokor kasallikning sabablarini aniqlay oladi». Muallif shifokorning mantiqni bilish zaruratini quyidagicha izohlaydi: «Shifokor mantiqan nasl bilan turni farqlay olmasa, biror narsaning tub mohiyatini – uning ikkilamchi sifatlaridan ajrata olmasa, davolash ishida ko’zlagan maqsadga erisha olmaydi. Hodisaning sabab va oqibatini yaxlit tushunadigan shifokor esa isitma, bu uning qaysi turi, bu isitmaning kelib chiqish sabablarini anglagan holda, zudlik bilan muolajani boshlaydi. Ollohga ishonmoq va uning nomi bilan ish boshlamoq shifokorning oliy fazilatlaridandir».
Odatda, shifokor ham, hamshira ham bemorlarni undan iltimos qilishi bilanoq Olloh nomi bilan, ya’ni «Bismillohir rahmonir Rohim» deb amal va imkonlarini ishga solmog’i, barchaga barobar yaxshi va xushmuomalada bo’lmog’i, bemorlar to’g’risida qayg’urib, mehr-shafqatli bo’lib ularga hech qachon jazoni («evtanaziya»ni) ravo ko’rmasligi kerak. Oqil tib xodimi og’ir. tuzalishi mumkin bo’Imagan bemorlarga, ularning jonlari uzilmaguncha qo ‘lidan kelgan barcha kerakli xatti-harakatini, madadini va g ‘amxo’rligini sidqidildan amalga oshirishi darkor.
Mustaqil davlatimizda tib xodimlarining odobi va vatanparvarlik tuyg’ulari o’zaro chambarchas bog’liq bo’lishi kerak. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino ijod va tabobatdagi faoliyatida nafaqat yuksak odamiylik, balki Vatanga cheksiz sadoqat hissi to’lib toshgan. Shogirdi Jurjoniyning ta’kidlashicha, ustoz Ibn Sino manfaatini odamlar va Vatan manfaatidan yuqori qo’yuvchi ba’zi nodon amaldorlar bilan kurashib o’tdi. Ko’p quvg’inlikka uchragan tabib o’zga yurtlarda boshpana izlashga majbur bo’lganda ham «0’zga elning sultoni bo’lguncha, o’z elingning ultoni bo’l» degan naqlga amal qilib, hayotiy qiyinchiliklarga bardosh berib, ularni engib, ijoddan to’xtamagan, xalqqa, bemorlarga umrining so’nggi damlarigacha xizmat qilgan.
Zamonaviy oliy ma’lumotli hamshira odobi uning xatti-harakati, odamlar bilan bo’lgan muomalasi va muloqoti bilangina namoyon bo’lmay, balki o’zbek va sharqona ayol sifatiga, ya’ni mentalitetiga xos fazilatlarga ega bo’lishi bilan ham farqlanadi. Bularga nomus, sharm-hayo, iffat, nazokat, lutf, hayo, kamtarlik kabi fazilatlar kiradi.
Kiyinishdagi madaniyat, zeb-ziynatlar, atir-upa va boshqa pardoz vositalardan foydalanish hamda kiyim bichimi, uzunligi me’yorda bo’lishi kerak.
Tovushni baland qilib gapirish, o’qrayish, bemor gapini bo’lish, sharttakilik, qo’pol muomala, ortiqcha taqinchoqlar, saqich chaynash, sigareta chekish yoki spirtli ichimliklarni iste’mol qilish tib xodimi odobiga yarashmaydigan illatlar hisoblanadi
Nomus, sharm-hayo, iffat hamshiraning ko’rkidir. O’z obro’si, shuhratini, qadr-qimmatini kasbining ijtimoiy ahamiyatini anglash, unga bo’lgan muhabbati va kasbidan g’ururlanishi ma’naviy jihatdan takomillashishi, ish malakasini va sifatini oshirishiga bo’lgan doimiy intilishidan ham iboratdir. Har bir tibbiyot hamshirasi o’z kasb qadr-qimmati va sharafi tuyg’usini hamisha baland saqlamog’i zarur, chunki bu xalqning tib xodimlariga bo’lgan ishonch tuyg’usini ko’taradi.
Demak, tib xodimi, eng avvalo, sof vijdonli, halol, adolatli, yuksak axloqli bo’lmog’i kerak, chunki vijdon insonning ichki axloqiy hakamidir. Vijdon – bu o’z burchini anglash demak. Tibbiyot olamida vujudga kelgan ko’pgina muammolarning hal qilinishi vijdonga, shifokor va hamshiraning axloqiy madaniyatiga va ma’naviyatiga bog’liq.
Ma ‘naviyat – bu shifokorlarga nihoyatda zarur omil bo ‘lib, bu ularning qalb ko’zgusidir. Chunki ular doimo el orasidadirlar. Ma’lumki, kishilik ma’naviyatining asosi bilimdir. Yuksak bilim va malakaga ega bo’lgan uquvli hamshira o’ta intizomii bo’lib, boshqalarga ham har ish, har yumushda ibratli bo’lsalar yarashadi. Shu o’rinda hamshiralar haqidagi mulohazalarimiz bilan o’rtoqlashsak. Ba’zilar muomalani joyiga qo’yib: «Amakijon, yaxshi dam oldingizmi? Kayfiyatiar yaxshimi? Ertalabki dorilarni ichib oldingizmi?» – deb hoi so’raydi. Bu iliq so’zlardan kasalning chiroyi ochiladi. Ba’zi hamshiralar esa «Hali ham yotibsizmi? Yuz-qoini yuvdingizmi? Bunday qilsangiz davoning unumi bo’lmaydi» deb qo’pollik qiladilar. Bu albatta, bemor ruhiyatiga yomon ta’sir qiladi. O’z bemoriga munosabat ham shunday bo’ladimi? Qani oddiy ma’naviyat, qani oddiy odob, intizom tushunchasi? Ayniqsa, tomirga dori yuborish mahoratini o’rganish shunchalar mushkulmi? Ba’zan butun bir davo maskanida qator hamshira bo’lgani holda birorta hamshira tomirga igna bilan tushishni bilmaydi. Gohida besh-o’n joyingga igna qadab: «tomiringiz qochib ketyapti», deb bahona qiladi. Bu esa bemor asabiga tegadi.
Yo deylik, bemorga huqna (klizma) qilish zarur bo’lib qoldi. Darhol «Vazeliningiz bormi?» – deb so’raydi. Yo’q, desa, chala yuvilgan rezina idishni suvga bir chayib, ishni boshlayveradi. Bu to’g’ri emas. Hamshira, albatta kerakli narsalarni avvaldan tayyorlab qo’yishi lozim.
Ayrim hamshiralarda diagnostika haqida tushuncha yo’q. Ko’pincha ular «bemor yomon bo’lib qoldi» degan iborani ishlatadilar. Ba’zan, hatto zuluk solishni ham bilmaydi. Nahotki bilim yurti talabalari o’qish, o’rganish davomida tomirga tushish, zuluk solishni o’rganib olmasalar? Bizning nazarimizda, musiqaga kichik yoshda tanlanganidek shifokorlik, hamshiralik ishiga ham mehribon, e’tiborli, insonparvar odamlarni tanlash zarur. Bu yerda «matematikasi yo’q ekan, kiraveray», deydigan xudbin, o’ziga ortiqcha bino qo’ygan odamlar kelgusida tibbiyotga yaroqsiz bo’lib chiqadilar». (Sayyor)
«Bizningcha, hamshira faqat shifokor aytgan ishni xotirjamgina, loqaydgina bajarishi to’g’ri emas. Hamshira – oddiy ijrochi emas. U o’z shifokori yonida, garchi birov buyurmasa ham yana bir shifokorga aylanishi zarur. U tibbiyot jabhasida millatimizning obro’si va madaniyatini ko’taruvchi va ayni chog’da o’ta mas’ul shaxsdir» (Q. Xonazarov).
Jahondagi yirik davlatlar qatoridan joy olgan, aholisining yarmidan ko’pini o’qish yoshidagi bolalar va yoshlar tashkil qiladigan O’zbekiston, albatta, a’lo darajada ishlaydigan hamshiralar «qo’shin»iga ega bo’lishi zarur. Bu «lasbkar»lar xalq sog’lig’i uchun olib boriladigan sabr-toqat va izchillikni talab qiluvchi jabhalarda asosiy kuchdir. Bir narsani ko’zda tutaylik: bemor shifokorni kuniga faqat bir necha daqiqagina ko’radi Hamshira esa tunu-kun bemor bilan doimo yonma-yon. Hamshira shifokor ko’rsatmalariga amal qilgan holda bemorning sog’ligini tiklashga harakat qiladi. Kasaixonada ish qizib turganda ham, hamma ishlar tugallanib, boshqa hamkasblar uy-uylariga ketganlarida, zim-ziyo, qorong’ilik tushganida ham bemorning oldida hamroh va hamdard bo’lib qoluvchi yakkayu yagona inson – hamshiradir.
Hamshira so’zining o’zi nihoyatda chuqur mazmunga ega. Hamshira – «bir onadan sut emgan» degani. Demak, har bir inson uchun u tug’ishgan opa va singildir. Gap shundaki, hamshira, ayni vaqtda, tibbiyotning rasmiy vakilasi. U shifokor bilan bemorni bog’lab turuvchi va shu sababli davolanish jarayonini amalga oshiruvchi asosiy vositachi. Shifokor bemorning dardini to’g’ri aniqlab, zarur dori-darmonlarni belgilashi mumkin. Lekin bu ko’rsatmalarning qay tarzda ijro etilishi va binobarin, samarasi hamshira mahoratiga bog’liq.
Endi yana bir qadriyatimizga yondashsak. Buyuk hazrat Alisher Navoiy: «Sihat tilasang ki/p yema, izzat tilasang ko’p dema»,-deb alohida uqtirgan ekanlar. Bu hikmat hammamizga, ayniqsa, shifokorlarga dasturulamal bo’lmog’i joizdir. Bundan mingyilavval Ibn Sino ta’biricha, shifokor qiyofasining ustuvorligi uning sog’lom va ko’rkam xulqli bo’lishi bilan ifodalangan:

Adab bilan inson izzat topadi.

Obro’yu, sharafu xizmat topadi.
Adab sohibi-la so’zlashgan kishi
Ruhiga darmonu lazzat topadi.

Buyuk alloma Ibn Sino asarlarini bo’lajak shifokorlar chuqur o’rganishlari va mukammal o’zlashtirishlari lozim. Misol uchun, o’qishni «Tib ilmi va uning vazifalari»dan boshlagan ma’qul. «UnsurIar nima?», «Mijoz haqida», «Kasallik, uning sabablari», «Kasalliklarning davrlari haqida», «Atrofni o’ragan havoning vujudga ta’siri haqida», «Yaxshi havo haqida», «Yil fasllarining ta’siri haqida», «Turar joylarga bogiiq hukmlari», «Eyiladigan va ichiladigan narsalar keltirib chiqaradigan hodisalar haqida», «Suvlar haqida», «Hammomga tushish», «Quyoshga toblanish va qumda yotish», «Sog*liq va kasaliikning sababi va o’limning muqarrarligi haqida», «Bolalarga qo’llaniladigan tadbirlar», «Balog’atga yetgan kishilar uchun umumiy bo’lgan tadbirlar», «Hammomlarda cho’milish haqida», «Ovqatlanish tadbiri», «Suv va ichimliklarni ichish tadbiri», «Uyqu va uyg’oqlik haqida», «Keksalar tadbiri», «Yilning turli fasllaridagi tadbirlar va havoni sog’lomlashtirish haqida», «Safar qiluvchilar tadbiri»; «Davolanishning umumiy qoidalari» bo’limidan esa: «Gavdani bo’shatish haqidaw, «Qon olish haqidax, «ZuIuk solish», «Og’riqlarni to’xtatish haqida» kabi qonunlarni puxta bilishlari, ayniqsa, hamshiralarning kundalik ishlarida juda asqotadi.

Ana endi hamshira falsafasi haqida birozfikryuritsak’. Falsafa – olamning bo’lak va qismlarini o’zaro bogiiq, bir butun holda o’rganadigan fan. Shu nuqtai nazardan har bir kishi, har bir bemor ham butun bir olam. Sog’Iom inson yoki bemor bilan qanchaiik ko’p va diqqat bilan suhbatlashar ekansiz, siz uning qanchaiik keng fikrli, bilimli, o’ziga xos xulq va fei-atvorga ega inson ekanligiga ishonch hosil qilasiz. Uning jismoniy azoblari va ruhiy qiynalishlarini bilish esa sizni yanada murakkabroq muammolar olamiga olib kiradi. Shunday ekan, bemor bilan uzoq vaqt va bemorlik davrining asosiy qismida birga bo’luvchi hamshira haqiqiy falsafiy fikr yurituvchi, masalaga keng va chuqur yondashuvchi mutaxassis bo’lmog’i zarur. Hamshiraning ixtiyorida o’nta bemor bo’lsa o’nta, yuzta bemor bo’lsa – yuzta olam mavjud. Inson qiyofasiga ega har bir olamni yaxshi anglash uchun o’rganmoq zarur. Har birodam bir butun olam. Uning jussa-tanasining barcha qism-bo’laklari bir-biriga bog’liq. Hamshira bularni inobatga olib ish olib borishi zarur.
Xo’sh, hamshira bemor bilan qanday so’zlashgani ma’qul: uzoqmi yoki qisqa? Kasal bilan so’zlashish hajmi ko’pgina omillarga bog’liq bo’lib, hamshiradan juda nozik, o’ziga xos me’yorini talab etadi. Suhbat davomiyligi va mazmuni bemoming ahvoli, uning madaniyat darajasi, fe’1-atvor xususiyatlariga bevosita bog’liqdir. Shunga ko’ra, bemor bilan suhbatlashayotganda hamshira me’yorni bilishi, kasalning suhbatdan qanday ta’sirlanayotganini sinchkovlik bilan kuzata olishi kerak. Barcha tushuntirishlar lo’nda, aniq, qat’i, bemorlar uchun mutlaqo tushunarli bo’lmog’i lozim. Yoqimli va shirin so’z bilan murojaat qilishda, samimiy tabassumda hamshiraning o’z bemorlariga g’amxo’rligi va diqqat-e’tibori ifodalanadi.
Biroq hamshiraning diqqat-e’tibori va samimiyligi xufiyona tarzda bo’lmasligi, bemorlar o’zlari bilan hamshira o’rtasidagi yaqinlik munosabatlarini suiste’mol qilishga yo’l qo’ymasligi va shunga muvofiq o’zining xatti-harakatlarini tartibga solishi va bemorning xulq-atvorini kuzatib borishi kerak. Bemor bilan suhbatda uning kechinmalarini yengillashtirishga intilish belgilangan dori-darmonlarga qaraganda yaxshiroq ta’sir ko’rsatadi. Bemorni diqqat bilan tinglay olish kasal haqida zarur ma’lumotga ega bo’Iishda yordam beradi. Hamshira ishga kelgani zahoti o’zining barcha bemorxonalaridan xabar olishi va ish kuni yakunida hech boimaganda juda qisqa muddatga barcha bemorlarining xonasiga kirib chiqishi ayni muddao bo’lar edi. Bu bemor ruhiyatiga bag’oyat ijobiy ta’sir ko’rsatadi: bemorlar o’zlarini bir necha soat davomida hamshiraning uzluksiz kuzatuvi ostida bexatar sezadilar, hamshira ana shu vaqt ichida o’zlariga xizmat ko’rsatishiga, uning juda ham ziyrak ekanligiga, kun davomida xastalardan bir necha marotaba xabar olishiga ishonch hosil qiladilar.
Erta bilan bemorlar yotadigan xonalarga qilingan tashrif 5-10 daqiqa davom etsa-da, bu ular uchun katta ahamiyatga ega.
Tibbiyotda shunday bir ibora bor: «Yaxshi parvarishlangan bemor». Bunda bemorlarning yaxshi jismoniy, gigiyenik parvarishigina (yaxshi ovqatlantirish, joylashtirish, xona havosini o’zgartirish, kiyim-kechak va choyshablarining tozaligi va h.k.) emas, avvalo mohirlik bilan olib borilgan «ruhiy parvarish»: bemorga to’g’ri ma’lumot berilgani, ruhiy ahvoli yaxshiligi, asta-sekin tiklanayotganligi, hamshira bilan yaxshi munosabatda ekanligi tushuniladi. Ish kunining boshi va oxirida hamshiralarning bemorxonalarga qisqa muddatli tashrifi davolash muassasalarida «iliq ruhiy iqlimni» yaratishga asos bo’ladi.
SHIFOKOR SIRI HAQIDA
Tib xodimlari bemor bilan o’zaro munosabatda bo’lar ekan, kasalning shaxsiy xususiyatlarini, kasallik keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan asabiy ta’sirlanishni, madaniyat darajasini hisobga olishi va albatta shifokor sirini oshkor qilmasligi kerak. Shifokor siri deganda ko’pincha bemor to’g’risidagi ma’lumotlar (bu ma’lumotlar asosan bemorning o’zidan olinadi), kasallikning noxush yakuni, psixologik (inson ruhiga) ziyon yetkazuvchi tashxis tushuniladi. Tibbiyot xodimining faoliyatida aksariyat shunday hollar bo’ladiki, shifokor siri «aldash» bilan bog’liq bo’ladi, bu «muqaddasyolg’on» deb ataladi. Masalan, kasalligi o’limga olib boradigan bemorga uning ahvoli og’ir ekanligini gapirmaslik kerak. O’limi aniq bo’lgan bemorlarga sog’ayib ketishiga umid bildirib aytilgan so’zlar tasalli beradi. Kasallikning kechish tarzi va uning qanday tugashi haqidagi ma’lumotlarnigina emas, shu bilan birga bemorlarning xufiyona hayoti haqidagi ma’lumotlarni ham oshkor qilib bo’lmaydi, chunki bu hoi ularga qo’shimcha azob-uqubat keltirishi va shifokor, hamshiraga bo’lgan ishonchga putur yetkazishi mumkin.
Tibbiyot xodimlari bemorga uning haqiqiy tashxisini ma’lum qilishi yoki qilmasligi haqida fikr yuritishlari zarur. Agar ular bemorga tashxisni bildirishga qaror qilsalar, uning bosqichi, asoratlarini yengil shaklda, bemorni asta-sekin tayyorlagan holda, bosqichma-bosqich aytishni o’ylab ko’rishlari kerak. Tabiiyki, unga hamma narsani gapirib bo’lmaydi, lekin ziyoli, tushunadigan bemor oldida «sukut saqlash» yoki ikkilanish foydadan ko’ra, ko’proq zarar keltiradi.
Shu o’rinda ta’kidlash kerakki, bemor uchun aytilmagan «yomon xabar», aytilgan «yomon haqiqatudan dahshatliroq tuyulishi mumkin. Masalan, bir qator kasalliklarda, jumladan, zararli o’smalari bo’lgan xastalarga tashxis ma’lum qilinmaydi, onkologiya shifoxonasiga kelgan kasal o’zidagi shish «yomon»mi yoki «yaxshi», degan iztirobli kechinmani boshdan kechiradi va tabiiyki, buni shifokordan yoki hamshiradan so’rab-surishtirishga doimo harakat qiladi. Onkologiya kasalligiga uchragan bemorlar psixikasi juda nozik va ta’sirchan bo’ladi. Bu hoi, ayniqsa, kasallikning yaqinlashib kelayotgan oqibatini his qilganda namoyon bo’ladi. Shunday sharoitda hamshira baland ovoz chiqarib gaplashishi, qah-qaha bilan kulishi bemorni muvozanat holatidan chiqarib yuborishi mumkin.

Bemorlarga tashxis, davolash, asoratlar va qaytalashlarning oldini olish bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina ma’lumotlar bildiriladi. O’z-o’ziga yordam berish yo’Uari ko’rsatilib, maxsus eslatmalar bilan ta’minlanadi. Masalan, oddiy misol – shifokor qandli diabet kasalligining mohiyatini faqatgina tushuntirmay, balki diabetga qarshi parhez, bemor o’zi yolg’iz qolgan hollarda in’eksiyalarni bajarish texnikasini o’rgatishi, turli xil insulinlar va ichiladigan dorilarning xossalari, koma oldi belgilari va boshqalar haqida ma’lumot berishi kerak. Shu tariqa tushuntirishlar infarktdan keyingi kardioskleroz, gipertoniya kasallig:, aritmiyalar, oshqozon-ichak yara kasalligi va boshqa xastaliklari bo’lgan bemorlar uchun zarurdir.

Shifokorning oiimi muqarrar bo’lgan og’ir bemor to’shagi yonidagi xatti-harakatlari tibbiyot deontologiyasining muhim va mushkul masalasi bo’lib kelmoqda. Masalan, bemorga o’lim ehtimolini ma’lum qilish yoki qilmaslik, agar bu haqda axborot berilsa, uni qaysi sharoitda va qay tarzda amalga oshirishdadir. Barcha zamonlarda bu masala aniq ravishda manfiy yechimga ega bo’lgan. Buning uchun bir qator kcskin asoslar va fikrlar mavjud. Bemorga mutlaqo najotsiz oxir-oqibat to’g’risidagi «achchiq haqiqatni» ma’lum qilish – bu, avvalo, uning hayotidagi eng muhim narsa – umidini tortib olish, oxirgi kunlari va soatlarini zimiston tunga, tubsiz qora jarlikka tushishga aylantirishdir. Bunday hollarda shifokor, hamshira bemor ko’ngliga sog’ayib ketish umidini solishi va unda kasallikka qarshilik ko’rsatish hissiyotini kuchaytirishi zarur.
Shifokor bilan bemor o’rtasidagi munosabatning yana bir tomoni bemorga tayinlangan shaxsiy tartib, parhez, dori-darmonlar bilan davolashning rejalarini tushuntirish va to’g’ri tashkiletishdan iborat.
X asrning taniqli olimi Ali Ibn Abbos Axvaziy o’zining «Shifokorlar uchun o’gitlar» asarida yozganidek, bemorlarni davolash jarayoniga e’tibor berish va davo uchun faqatgina dorilarni emas, balki to’g’ri ovqatlanishni ham qo’llashga harakat qilish zarur. Bemorlarga asoratli yoki xavfli dorilarni buyurish, xuddi shuningdek, ularni u yoki bu xastalikni davolayotganda bemorlar orasida targ’ib etish mumkin emas. Faqatgina tartibli ravishda va ta’siri ma’lum dorilarni qabul qilish, parhez to’g’risida batafsil. qat’i va ishontira oladigan darajadagi ko’rsatmalarni ham nazorat qilish zarurdir. Shu tariqa, yuqori deontologik kuchga, xususan bemorlar bilan so ‘z orqali aloqaga, davoga uquvli bo’lish – lib xodimlari faoliyaiidagi zarur iy ko ‘nikmadir.

SHIFOKORNING BEMOR BILAN MULOQOTI USLUBIYOTIGA DOIR

Shifokorning bemor bilar o’zaro muloqoti davolash jarayonining asosidir.

Butun flkr, e’tiborni bemorga qaratish, samimiylik, uni diqqat bilan tinglash, bemor bilan birga qayg’urish, jiddiylik o’zaro muloqot o’rnatishning (kommunikatsiyaning) asosi bo’lib xizmat qiladi.
Muloqot turlari va tinglash mahoratining umumiy tamoyillari
Bemor bilan munosabalda so ‘z orqali (verbal) va so ‘z yordamisiz-(noverbal) muloqot ko’nikmalari mavjud.
So ‘z orqali muloqot (verbal muloqot) o’zaro munosabatning asosiy ko’rinishidir, bunda quyidagilarga rioya qilmoqlik maqsadga muvofiq:
-tushunarli tarzda so’zlang;
– so’z ohangingiz bosiq va mayin bo’lsin;
– o’rinsiz savollar bilan bemor g’ashini keltirmang;
– ikki yo ko’p ma’noli so’zlarni ishlatmang;
– ko’rsatmalarni aniq bei ing;
– ilojsiz muolaja, dori-d irmonlarni va’da qilmang;
– bemor sizni tushunmay qolsa, erinmasdan so’zlaiingizni yana takrorlang;
– siz bilan suhbatda bemor o’zida tug’ilgan savollarga javob topganiga ishonch hosil qiling;
– zarurat bo’lganda bemorga tegishli mutaxassisni tavsiya eting;
– bemorga zarurat paydo bo’lganda o’z telefon raqamlaringizni bering va telefon orqali so’zlashuvdan qochmang, bemorga tekshiruv natijalarini muntazam ravishda aytib turing;
– tavsiyalaringizni, ko’rsatmalaringizni nazorat qilib turing;
– punktual bo’ling (puntktual – fransuzchadan ponktuel – nuqta, ya’ni aniq, saranjom-sarishta, va’dasini vaqtida bajaruvchij;
– qabul vaqtiga kech qolsangiz bu haqda telefon orqali ogohlantiring;
– davo ijobiy natija bermasa kerakli mutaxassisga yuboring;
– zarur bo’lsa shifoxona (statsionar)lar davolanishni qat’iyan talab
qiling.
Muloqotning ikkinchi ko’rinishi noverbaldir, ya niso ‘zyordamisiz muloqot. Bunday muloqot asosan xatti-harakat, imo-ishoralar bilan yuzaga keladi. Bunda:
– mimikalarga, ayniqsa, noxush tuyg’uni ifodalovchi mimikalarga e’tibor qiling va ularni nazorat qiling;
– qo’lning beo’xshov xatti-harakatlarini qilmang;
– chuqur «uh» tortmang;
– ko’z qarashlaringizni nazorat qiling;
– burun jiyirmang, qosh chimirmang, tish kavlamang, quloq qichimang, saqich chaynamang (aks holda bemor hamiyati ozor chekishi mumkin);
– behuda kulavermang;
– vaziyat taqozosidan kelib chiqib, eng maqul masofada turing;
– gavdangizni bemorni teksirish uchun va u bilan suhbatlashishga qulay holatda tuting (kasalliklarning spesifik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda), juda uzoq masofada muloqot
qilmang;
– suhbat vaqtida erkinlik yarating, bemorni diqqat bilan tinglang, savollar va mulohazalar bilan chalg’itmang, shoshilmang;
– bemordan nigohingizni (ko’zlaringizni) olib qochmang;
– uning so’zlariga qiziqishingizni bildirib turing;
– suhbatning asosiy mohiyatini ilg’ab oling;
– muloqotni ko’zlaringiz bilan qoilab turing;
– «ha» ma’nosida boshingizni irg’ab turing;
– ma’lumotlami tushunishga harakat qiling;
– tabassumdan to’g’ri foydalaning.
SO’RAB-SURISHTIRISH USLUBLARIGA DOIR
Bemor bilan dastlabki muloqot iliq tabassum ila salomlashishdan va o’zaro tanishuvdan boshlanadi. Shifokor va bemor suhbat uchun qulay vaziyat egallab olgach, bemordan shikoyatlarini, kasallikning rivojlanish tarixi (Anamnesis morbi): qachon, qay tarzda boshlangan, dastlabki klinik belgilari, qachon tibbiy yordamga murojaat qilgan, qanday yordam ko’rsatilgan, uning foydasi va h.k. Kasalning hayot tarixi (Anamnesis vitae): oilaviy, ijtimoiy ahvoli, yashash, ishlash joyi va sharoiti, avvalgi kasalliklari, o’tkazilgan jarrohlik amallari, nasliy-irsiy kasalliklari, dori-darmonlarga allergik sezgirligi kabilar surishtiriladi.
Umumiy ko’zdan kechirish, tekshiruvdan so’ng bemorga dastlabki tashxisiy mulohazalar, yordamchi yoki qo’shimcha tekshiruvlr«r, dori-darmonlarning qanday qabul qilinishi va boshqa maslahailar aytiladi. Anamnezning yig’ilishi davolanish jarayonida to’ldirib boriladi. So’rab-surishtirish shifokordan alohida mahorat talab etadi. Aniq. chuqur bilim asosida o’tkazilgan so’rab-surishtirish aksariyat kasallikka to’g’ri tashxisning qo’yilishiga yordam beradi.
Suhbatdan so’ng bemor o’zini yengil his etishi, shifokorga nisbatan katta ishonch, tuzalishga umid paydo bo’lishi darkor!
Shifokorning linglay olish madaniyatiga oid tamoyillarni tahbalar uqib olishlari va kelgusi amaliyotlarida qo ‘Hay olishlari zarur.
Turli xastaliklarda bemor bilan muloqotning o’ziga xos xususiyatlari
Mazkur qo’llanmada ma’lumotlar terapiya bo’limidagi bemorlar hamda shifokor-hamshira muloqotiga taalluqlidir. Tibbivot amaliyotida kasallik turlari yuzlarcha. Bular bilan qanday muomala qilish zarur?
Qo’yilgan savolga javob berishni tartiblashtirish maqsadida kasallik turlaridan kelib chiqib, muloqotni quyidagi guruhlarga boiamiz:
1. Ruhiy bemorlar bilan muloqot.
1. O’limi tez orada muqarrar bemorlar bilan muloqot.
3. Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlar bilan muloqot.
4. Jarrohlik bo’limidagi bemoriar bilan muloqot.
5. Ginekologiya va tug’ruq bo’limidagi bemorlar bilan muloqot.
6. Pediatriya muomala odobi.
7. Bemor qarindoshlari bilan muloqot.
Ruhiy bemorlar bilan muloqot. Ruhiy kasalliklar shifoxonasida tibbiyot xodimlari bemorlarga yumshoq muomalali, sabrli bolishlari kerak. Iliq munosabatlarni o’rnatish, avvalombor, bemorning ishonchini qozonish darkor. Buning uchun shitbkordan bag’rikenglik, qat’iyat, muloyimlik, mehr-muruvvat, to’g’riso’zlik talab qilinadi. Aksincha, yolg’on so’zlash, mug’ombirlik qilish kasalning shifokorga boigan ishonchini yo’qotadi. Davolash jarayoni uchun muhim bo’lgan ichki olam sirlarini ruhiy bemor ochmaslikka harakat qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, aksariyat ruhiy bemoilar o’ta sezgir bo’lib, samimiylikni soxtalikdan tezda ajratib oladilar.
Ruhiy kasallikka chalingan har qanday bemor shifokor, hamshiradan o’ziga nisbatan alohida e’tibor, mehr talab etadi. Shunday ekan, bu munosabatning ikki comonlama bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Hosil boigan vaziyat nihoyatda qaltis. Bemor c’z shifokoridan kutgan iliq munosabatni, mehr-muruvvatni ko’rmasa, undan ko’ngli qoladi. Natijada hatto o’z vaqtida amalga oshirilgan kimyoviy va hatto ruhiy muolajalar ham samara bermay qolishi mumkin. Shifokor bemori bilan muloqotda ana shunday «jarlik» yoqasiga kelib qolmasligi kerak.
Quy ida toksikoman – bemor bilan muloqot haqida fikr yuritamiz.
Toksikoman bemor tushkunlik kabi og’ir holatga o’zining o’ta irodasizligi tufayligina tushib qoladi. Bemordagi qi’su: va kamchiliklarni ochiq-oydin ko’rsatish davo jarayoniga zarar keltirishi mumkin. Muloqot chog’ida bemorning kundan-kunga ahvoli yaxshilanib borayotganini, mushohadasi liniqlashayotganini, so’zlashganda talaffuzi aniqlashayotganini, nigohlari esa oydinlashayotganini gap orr.sida (urg’u bermasdan) aytib o’tish durust boiadi. Ruhiy muolaja, albatta, mehnat terapiyasi bilan uyg’uniikda olib borilsa, samaraiiroq boiadi.
Shuningdek. alkogolizm, narkomaniya muammosini hal qilishda o’zaro ishonch asosida muloqot o’rnatish muhimdir. Ko’pincha, bunday kasallar o’zlarini, «mutloq sog’» deb hisoblaydilar va o’z «qobiqlariga» kirib qoladilar. Bunday bemorlarga uning kimlargadir kerakligini, uni faqat o’zi uchun emas «kimdir» uchun ham tuzalishi va yashashi lozimligiga ishontirish, ruhiy dalda beiish, kasallikni yengish uchun ishonch paydo qilish kerak. Bu o’rinda bemor yaqinlarining yordami benihoya katta.
Ruhiy bemorlar bilan muomala qiluvchi shifokor nihoyatda kuchli irodaga ega bo’Isagina ko’zlangan maqsadiga yetishi oson bo’ladi. Aks holda mazkur kasbni tanlaganiga tezda pushaymon bo’lib qolishi mumkin.
Demak, ruhiy kasallik bilan og’rigan bemor bilan muomalada shifokor va hamshiradan an anaviy talablardan tashqari katta sabr-toqat talab etiladi.
2. O ‘limi tez orada muqarrar bo’Igan bemorlar bilan muloqot. Bu muloqot chog’ida shifokor va hamshirada kuchli ruhiy zo’riqish ro’y beradi. Barcha chora-tadbirlar ko’rilgan, lekin bemor hayoti letal tugashi (o’limi) muqarrar. Har bir bemor xoh u hayotga qaytsin, xoh buning aksi bo’lsin, shifokor va hamshira fojiali holatlarda o’zini o’zi «ey li». Shifokor o’zini mana shunday nozik hayotiy holatlarga tayyorlashi muhim.
Jigar sirrozi kasaliigida bemor ma’lum vaqtdan so’ng (ehtimol, yaqin kelajakda) vafot etadi. Bemor endi taqdirga tan bergan. Uning vafoti juda yaqin emas, lekin uzoq yillar ham yashamaydi. Bu holatda shifokor ma’lum me’yorda bemor bilan ochiqroq suhbatlashishi mumkin. «Sizning ahvolingiz nisbatan durust. Negaki, songgi olingan bioximik natijalar ancha yaxshi», – deb yupatish mumkin. Bu yerda ham ma’lum holatda bemoruing shaxsiy xususiyatlariga e’tibor berish kerak bo’ladi. Masalan, irodasi mustahkam,hayot zarbalarini matonat bilan titib oladigan ba’zi bemorlarga (agar o’zi talab qilsa) haqiqatni balki aytgan ma’qul (xususan, vasiyatnoma, meros taqsimoti kabi yuridik hujjatiarni rasmiylashtirishi uchun). Yana bir muammo. Kasalga rak tashxisini aytish kerakmi? Ayni paytda bir hayotiy voqeani keltiramiz. Bemor (taniqli jurnalist) kundan-kun ozib, holsizlanib, to’sh suyagi ostida noxushlik seza boshlaydi. O’tkazilgan davo ijobiy natija bermaydi. Shunda Respublikadagi taniqli jarrohni maslahat uchun chaqiradilar. Bemor bu mutaxassisni bir necha kun intizorlik bilan kutadi. «Ko’rik» kuni ham yetib keladi. O’sha «mashhur» jarroh kasalni tezda ko’radi-yu, achchiq haqiqatni qo’rslik bilan (bemor huzurida) aytadi: «Bu kasalda oshqozon raki. O’tkazib yuborilgan, davodan foyda yo’q»,- deb xonadan chiqib ketadi.
Bechora kasal ahvolini bir tasavvur qiling-a, qancha-qancha umid bilan necha kunlab kutilgan «ko’rik»ning natijasi. Bunday haqiqat metastazdan ham dahshatliroq emasmi? Axir bemorning sanoqli kunlari qora tunga aylanmaydimi?
Shuni ham aytish kerakki, agar bemor operatsiyadan bosh tortsa, unga kasalining jiddiyligini yengil shaklda bildirish joizdir. Ayniqsa, bemor qohiga rak tashxisini ko’rsatuvchi rentgen qog’ozlarini bermaslik, hujjatlarda «oshqozon organik o’zgarishi» yoki «oshqozon yarasi» deb ko’rsatishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, bemor atrofidagi tibbiyot xodimlari o’z kasblariga nisbatan jiddiy bo’lib, fahm-farosat bilan munosabatda bo’lsalargina o’z vijdonlariga xilof ish tutmagan bo’ladilar.
3. Yuqumli kasalliklar bilan og ‘rigan bemor bilan muloqot. Bemor o’zining yuqumli kasal bilan og’riganidan xabar topgan zahoti ruhan tushkunlikka uchraydi. Chunki bulardan ba’zilari uzoq muddat davolanadi (masalan, sil, zahm kabilar). Boz ustiga ba’zan qat’iy, davomli parhezning talab etilishi bemorni tushkunlikka tushirib qo’yadi (jumladan, virusli gepatit kabilar).
Sil kasalligi bilan og’rigan bemorlar ruhiyati intoksikalsiya va uzoq davomli tuberkulostatik dorilarni ichishi ta’sirida o’zgarib boradi. Ular o’ta asabiy, xudbin (egotsentrik) bo’lib qoladilar. Atrofdagilarning bunday kasallardan «qochish»lari ularni ruhiy tushkunlikka solib qo’yadi. Sil bilan og’rigan bemorlar oylab statsionarda, yaqinlaridan uzoqda yashaydilar. Shuning uchun tibbiyot xodimlari e’tibor bilan doimiy psixoterapevtik muolajalarni o’tkazib turishlari, ulardan oshkora qochmasliklari kerak.
Teri-tanosil kasalliklarida bemor o’zidagi teri o’zgarishlarini yashirishga harakat qilib, jismidagi doimiy noqulaylikni his etib yashaydi. Zahm tashxisini eshitgan bemor depressiyaga uchraydi va joniga qasd qilish (ya’m suitsid) fikri tug’iladi. Bunday damlarda shifokor bosiqlik bilan kasallikni davolash mumkinligini tnshuntirishi kerak.
Amaliyotda zahm, so’zak (gonoreya) yoki trixomonoz bilan og’rigan kasallar davolanishdan bosh tortgan hollar uchrab turadi. Albatta, bunday paytda ushbu kasallik bilan og’rigan bemorlar zudlik bilan majburiy davolanishga jo’natiladi. Bu vazifa huquqni muhofaza qilish organlari yordamida amalga oshiriladi.
Demak, shifokor yuqorida qayd qilingan kasalliklarga mubtalo bo’lgan bemorlami davolash jarayonida ularning ruhiyatidagi o’zgarishlarni va bu kasalliklarning xususiyatlarini e’tiborga olgan holda har bir bemor bilan alohida mulcqot o’rnatishi durust bo’ladi.
Dizenteriya, virusli gepatit, meningit kasalliklarida shifokor o’ziga xos deontologik yondoshmog’i kerak. Bemorga, bunday paytda zudlik bilan kasalxonada davolanishi kerakligi, aks holda turli asoratlar muqarrarligini, izolyatsiya qilinmasa, oilaning boshqa a’zolariga yuqish xavfi borligi tushuntirilishi kerak. Ko’pincha aholi o’rtasida o’zim tuzalib ketaman, degan noto’g’ri fikr yuradi.
Xulosa qilib aytish kerak, yuqumli kasalliklar deontologiyasi bemorlarning nozik ruhiyatlari xususiyati bilan bog’liq.

Jarrohlik bo’limidagi bemorlar bilan muloqot.

Bu bo’limdagi bemorlarni shartli ravishda 2 guruhga bo’lish mumkin:

1. Bo’limga reja asosida kelgan bemorlar.
2. Bo’limga to’satdan kelgan bemorlar.
Birinchi guruhga oid bemorlar keyingi guruhdagilarga nisbatan taqdirga tan bergan, bo’limda kechayotgan tibbiy jarayon va hodisalarga asabiylashmay, aql ko’zi bilan qaray oladigan bemorlar kiradi. Chunki ular haftalab, oylab va hatto yillab jarroh stoliga yotish muddatini kutib yashaydilar. Bunga kishi tanasidagi ba’zi fiziologik jarayonlar (hayz davri yoki donordan biron a’zoni kutish) sabab bo’ladi. Bemor jarrohlik jarayonini intizorlik bilan kutadi. Bular bilan suhbat keyingi guruhga oid bemorlarning o’rtasida bo’ladigan suhbatdan yengilroqdir. Donorlik a’zoni kutayotgan bemorni shifokor tinchlantirishi, umid baxsh etishi kerak.
Bo’limga to’satdan kelib qolgan bemor ruhi bunday zarbaga tayyor bo’lmaydi. Shu sababga ko’ra, ular bilan nihoyatda ehtiyotlik bilan muomalada bo’lishi kerak. Shu o’rinda aytish mumkinki, bu bemorlar taqdir zarbasi tufayli jarrohlik bo’limiga kelib qolganlar.
Demak, jarrohlik bo’limida shifokor bemorning ham jismoniy, ham ruhiy iztiroblarini tushungan holda muomala qilgani ma’quldir.

Ginekologiya va tug ‘riq bo ‘limidagi bemorlar bilan muloqot.

Bemorlar bu bo’limga (jarrohlik bo’limidagi kabi) reja asosida vato’satdan kelib qoladilar. Bemorlarni asosan, kamqonlik, toksikoz, bola tushish tahdidi kabi holatlar bezovta qiladi. Ba’zilari kutilmagan tashvishga duchor bo’ladilar, ya’ni bu onalar o’z rahmi (bachadoni)dagi farzandlaridan bevaqt judo bo’ladilar. Aks holler ham bo’ladi – ayollar istalmagan homiladan xalos bo’lishni so’rab keladilar. Shifokor turli niyatlar, turli orzular, aytish kerakki, bir- biriga zid maqsadlar bilan bo’limga kelgan ayollar ko’nglini topib muomala qila bilishi kerak.

Ijobiy va salbiy, ya’ni qarama-qarshi tuyg’ular ummoni mavjud muhitda xizmat qiluvchi tibbiyot xodimlaridan ziyraklikning talab etilishi tabiiydir.
Ginekologiya bo’limidagi ayollarni tekshinsh jarayonida ular tabiatiga xos bo’lgan uyatchanlikni hisobga olib, muomala qilish kerak. Ayniqsa, befarzand va klimaks davridagi ayollar fe’li juda ta’sirchandir. Bemor ayollarni imkon qadar begona nigohlardan xalos etgan ma’qul.
Tug’ish jarayonida ayollarga muloyim so’zlash, qo’pol xatti-harakat qilmaslik, shirin so’zlar bilan qo’llab-quvvatlash kerak.
Farzandini yo’qotgan, og’ir loksikoz paytidagi ayollarga o’zgacha deontologik yondoshmoq kerak. Aytaylik, ayol farzandini yo’qotdi. Shifokor bu ayol va uning turmush o’rtog’iga hamdardlik bildirib, kelajakda yana farzand ko’rishlariga umid tug’dirishi lozim. Shuningdek, har bir yosh ayol bilan kontratsepsiyalar haqida. abortning (ayniqsa, birinchi farzandni oldirishning) o’ta zararligi xususida suhbatlashishi muhim.
Ta’kidlangandek, e’tiborsiz aytilgan so’z noxush holatga olib kelishi mumkin. Bu o’rinda hayotiy misol keltiramiz: hamshira bemor ayolni navbatdagi muolajaga olib borar ekan: «Negadir bachadoningizdagi yoriqlar bitmayapti. Yaxshilab tozalamasak, bachadoningiz chirib ketishi mumkin» – dedi. Bunday «suhbat»dan so’ng bemor ruhiy tushkunlikka tushib, laktatsiya (sut kelishi) to’xtab qoladi. Ko’rinib turibdiki, bunday deontologik xatoga aslo yo’l qo’ymaslik kerak.
Barcha bo’limlardagi kabi ginekologiya dargohida ham shifokorlik sirini saqlash talab etiladi (bepushtlik tashxisi, faizand asrab olish kabi).
Tug’ruq va yangi tug’ilgan chaqaloqlar bo’limida tibbiyot xodimi shaxsiy tozalik qoidalariga rioya qilishi, ya’ni tirnoqlari olingan, qo’llarida turli bezak, taqinchoqlar bo’lmasligi kerak.
Demak, hayot-mamot chegarasida turgan va yaqin kun, soat, daqiqalarda ona bo’lish baxtini kutayotgan, lekin toig’oq dardida azob chekayotgan ayolning barcha injiqliklarini mehribonlik, bag*rikenglik, shirinso’zlik va sabr bilan «ko’tarish» uchun shifokor va hamshira o’zida katta kuch topa bilishi muhimdir.

Pediatriya muomala odobi.

Darhaqiqat, bu soha mutaxassislari:
-hali tilga kirmagan, so’zlay olsa-da, xastalik belgilarini to’g’ri bayon qilib bera olmaydigan;
-ozroq ma’lumot bera olsa ham «begona», «oq xalatli» insonlar bilan gaplashishdan bosh tortadigan, betinim yig’laydigan, hech narsaga ovunmaydigan bolalar bilan muomala qilishga majbur bo’ladi.
Bola tinmay yig’lab, pediatr ko’rigiga xalaqit berishi mumkin. Lekin shifokor bu holatda asabiylashmasligi, sovuqqonlik bilan avval ona bilan savol-javob qilish:, so’ng bolani tekshira boshlashi kerak. Yosh onaning hayot tajribalari oz va ruhiyatining nozik ekanini hisobga olgan ravishda tashxisni yumshoqroq, kishi cho’chib ketmaydigan shaklda aytgani ma’qul.
Bolalarni operatsiyaga tayyorlashda ularga tushunarli tilda gapirish kerak.
Pediatr kichik bemorlar bilan muomalada quyidagi tamoyillarni hisobga olishi talab etiladi:
– tinch, sokin, muloyim, qat’i gapirish;
– yoshni hisobga olib, o’tkaziladigan muolajalarni tushuntirish;
– bola uchun (imkon qadar) tushunarsiz so’zlarni ishlatmaslik;
– bola biron muolaja (operatsiya)da cho’chiganda boshqa bolalar misolida tinchlantirish kerak.
Demak, pediatr – donorlar aytgandek, farzandlarga katta hurmat, ehtirom bilan munosabatda boiish lozimligini yodda saqlagani maqsadga muvofiqdir.

Bemor qaringdoshlari bilan muloqot.

Bemor qarindoshlari bilan ko’pincha qaltis, og’ir holatlarda muloqot qilinadi. Xususan:

– o’zi haqida to’liq va to’g’ri ma’lumot bera olmovchi ruhiy kasalning;
– o’limi muqarrar bo lgan, lekin buning ochiq belgilarini sezmayotgan bemorning;
– jonlantirish holatida yotgan, ya’ni shifokor bilan suhbatlashish layoqatiga ega bo’lmagan bemorning;
– nozik va qaltis operatsiya yoki oddiy operatsiya qilinishi zarur bolgan bemorning qarindoshlari bilan alohida, yakkama-yakka suhbat qilinishi zarur.
Bunday suhbatlar yuridik hujjatlarda (zaruriy holatlarda) o’z aksini topishi zarur (masalan, bemor operatsiyasiga ruxsat etuvchi xatni yozish).
Ba’zan bemorning qarindoshlari bilan ahvolning yomonligi yoki qandaydir oxirgi chora ko’rish maslahatlashiladi. Va bu hufyona (yashirincha) kechgan suhbatdan bemor shubhalanmasligiga e’tibor muhimdir.
Biz turli xastaliklarda bemor bilan muloqotning o’ziga xos xususiyatlari masalasini ko’rdik. Imkon qadar turli xastaliklardagi muloqotning umumiy va o’ziga xos dcontologik xususiyatlariga e’tibor qildik.
Bemor bilan muloqotda hosil bo’ladigan savollarga etalonli javob namunalari
1.Bemorni tekshirishdagi 4 sub’ektiv usulni aytib bering:
– pasport qismi;
– bemorning asosiy shikoyatlari;
– kasallikning rivojlanish tarixi;
– bemorning hayot tarixi.;
2.Kasallikning rivojlanishi to’g’risida aniq javob olish uchun bemorga 5 ta qanday asosiy savolni berish kerak:
– kasallik qachon va qay vaqtda boshlandi?
– u qanday boshlandi: to’satdanmi yoki asta-sekinmi?
– kasallikning kechishi qanday bo’ladi?
– qanday tekshirish o’tkazildi va uning natijalari?
– qanday muolaja o’tkazildi va uning natijalari?
3.Bemorning hayot anamnezini yig’ishdagi 5 ta asosiy bosqichni sanab bering:
– umumtarjimai holi to’g’risida ma’lumot;
– yashash, turmush sharoitlari;
– noqulay sharoitlar va ishlab chiqarishning zararli ta’sirlari,
– oilaviy-irsiy anamnez
– allergik anamnezi.;

4.Bemorni ob’ekth tekshirishning 5 ta usulini sanab bering:
– bemorni umumiy ko’zdan kechirish (inspeksio);
– paypaslash (palpatsio),
– to’qillatish (perkuss, -eshitish (auskultatsio);
– laborator asboblar orqali tekshirish usullari.;
5.Eng ko’p uchraydigan 4 ta allergik reaksiyani aytib bering:
– vazomotor rinit;
– eshakemi,
– Kvinke shishi
– Anafilaktikshok.

6.Shifokor (hamshira) deontologiyasi bo’yicha 3 ta asosiy tushunchani aytib bering:

– shifokor (hamshira) bilan bemorlarning o’zaro munosabati to’g’risiciagi ilm;

– mutaxassislik vazifalari haqidagi ilm;
– bioetika me’yorlarning majmui.
– 7.Bemorni umumiy ko’zdan kechirishda rioya qilinadigan 4 ta qoidani ayting:
– tibbiy yorug’likda ko’rish;
– xonada normal haroratning bo’lishi;
– bemorning belgacha yechingan bo’lishi,
– ko’zdan kechirishni to’Iiq va tartib bilan o’tkazish.

8. Bemorni sohalar bo’yicha tartib bilan ko’rishning 10 ta qoidasini aytib bering:

-boshni ko’rish;
-yuzniko’rish;
– bo’yinni ko’rish;
– ko’krakni ko’rish;
– oyoq-qo’llarni ko’rish;
– terini ko’zdan kechirish;
– suyaklarni ko’rish;
– bo’g’imlarni ko’rish;
– shilliq qavatlarni ko’rish;
– sochni ko’rish.
9. Bemor ahvolining 5 xil holatini aytib berins:
– qoniqarli holat;
– o’rtacha ahvol;
– og’ir holatda;
– o’rta og’ir holat
– agonal (o’lim to’shagida yotgan) holat.
10.Bemor es-hushi buzilish holatining 4 xilini aytib bering:
60
– es-hush xiralashgan holat;
– garang bo’lib, qotib qolish holati (stupor);
– es-hushi yo’qolib, uyquga ketish holati (sopor);
– chuqur uyquga ketish – reflekslarning yo’qolishi (koma).
11.Eng ko’p uchraydigan koma holatini 7 turini aytib bering:
– ichkilikdan kelib chiqqan koma;
– diabetik koma;
– gipoglikemik koma;
– jigar kasalligidagi koma;
– buyrak kasalligidagi uremiya komasi;
– tutqanoqli koma; -apopleksik koma.
12.Bemor faoliyatining 3 xilini ayting:
– faol (aktiv) vaziyat;
– passiv (sust) vaziyat;
– majburiy-noilojlik vaziyati.
13.Qaddi-qomat tuzilishini 3 ta turini aytib bering:
-astenik;
-giperstenik;
-normastenik.
14.Endokrin bezlarning funksiyasi buzilganda sodir bo’lgan yuz ko’rinishining 4 xil o’zgarishini aytib bering:
– akromegaliyadagi yuz ko’rinishi;
– miksedemadagi yuz ko’rinishi;
– bazedov yuzi;
– oysimon yuz ko’rinishi.
15.Bemorlarda uchraydigan 9 ta yuz qiyofasini ayting:
– kerkigan yuz;
– korvizor yuzi;
– isitmali yuz;
– shersimon yuz;
– mumli qo’g’irchoqqa o’xshash yuz qiyofasi;
– mimikasiz yuz «Parkinson niqobi»;
– Gippokrat yuzi;
– assimmetrik yuzi;
– sardonik yuz.
16.Terini ko’zdan kechirishda qanday 5 ta o’ziga xos o’zgarishga diqqatni qaratishimiz kerakligini aytib bering:
– rangi:
– cho’ziluvchanligi;
– namli;
– toshmalar borligi;
– chandiqlar borligi.

17. Teridagi 4 xil toshmalarni aytib bering:

– rozeola;
– eritema;
– uchuqtoshma;
– purpura.
18. Teri rangining 6 xil o’zgarishini aytib bering:
– bo’zargan;
– qizargan;
– ko’kargan;
– sarg’aygan;
– oqargan;
-qora qo’ng’ir yoki jigarrang.

19. Bemor haroratining 6 asosiy turini aytib bering:

– doimiy harorat;
– bo’shashtiruvchi harorat;
– almashinib turuvchi harorat;
– gektik harorat;
– teskari xillik harorat;
– noto’g’ri harorat.
20.Tananing asosiy 6 ta antroponietrik o’lchamlarini ayting:
– bo’yi va ko’kragi;
– ko’krak qafasi aylanasi;
– qorin aylanasi;
– oyoqlar oichami;
– beli va bo’yin aylanasi;
– chanoq o’lchami.

Pediatriyada hamshiralik ishi kitobi

O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi yuqordagi ko`rinishga ega: tog`lar, daryolar va so`l tomoni bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo`lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko`rinishida: Humo qushi va daryolar – kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi – oltin rangida; g`o`za shoxlari va barglari, tog`lar va vodiy – yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda; lenta – O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak – oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar – oq rangida tasvirlangan.

O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i

O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i

“O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risida” gi qonun 1991 yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog’ining rangi ham moviy rangda edi. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg’unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg’uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go’zallikka intilishning timsoli. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko’pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog’liq. Ayni paytda u qo’lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o’n ikki yulduzga bo’lgan e’tiborimiz O’zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog’imizdagi 12 yulduz tasvirini o’zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o’z tuprog’ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi

O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi

O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli “O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.

Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Pediatriyada hamshiralik ishi

Ушбу дарслик тиббиёт коллежлари талабалари ва тиббиёт ҳамширалари учун мўлжалланган.

Дарсликнинг назарий қисмида болалар муассасаларининг асосий типлари, тегара(участка) ҳамда оилавий ҳамширанинг функсионал вазифалари, болаларнинг анатома-физиологик хусусиятлари, текшириш усуллари, болаларни овқатлантириш, болаларда учрайдиган соматик ва юқумли касалликлар ҳақида маълумот берилган.

Дарсликни амалий қисми эса, болаларни текшириш, даволаш ва парвариш қилиш жараёнида бажариладиган амалий кўникмалар ва шошилинч ҳолатларда болаларга ёрдам кўрсатиш чора тадбирларига бағишланган.

Китоб ҳақида маълумотлар:

Муаллиф: Қодирхон Иномов

Чоп этилган нашриёти: “Ғафур-Ғулом “

Чоп этилган йили: 2009

Бетлари сони: 304

Xususiyatlar

Книги, продукты, мировая литература, узбекская литература, бизнес и психология, на русском языке, современная узбекская литература, детская литература, религиозная литература, наука и учебники, для абитуриентов, лучшие книги, топ-100 бестселлеров, художественная литература (биографическая литература), биография , на английском языке много другое. Быстрая доставка в Узбекистан

Hamshiralikning ma’nosi

Hamshiralik bu tadqiqotlar to’plami klinik ko’rsatmalarga rioya qilgan holda kasallarga, yaradorlarga va nogironlarga avtonom yordam ko’rsatish uchun.

Hamshiralik bu parvarish kasbi sog’liqni saqlashni qo’llab-quvvatlash, kasalliklarning oldini olish va muhtojlarga g’amxo’rlik qilish orqali odamlar o’rtasidagi munosabatlar, yordam va o’z-o’ziga xizmat qilishni ta’kidlaydi.

Hamshiralik ishi sifatli sog’liqni saqlashning asosiy kasbidir, chunki u bir vaqtning o’zida avtonom va birgalikda xizmatni taklif etadi.

Xalq sog’lig’iga qarang.

A hamshira yordamchisi U hamshiralik ishi bo’yicha tayyorgarlikka ega va o’zini bu sohada texnik yordamchi deb biladi va asosiy yordamga ixtisoslashgan va invaziv usullarni qo’llamaydi. Hemşirelik mutaxassisi, boshqa tomondan, universitetda o’qiydi va ixtisoslashtirilgan yordam beradi va klinik diagnostikada ishtirok etadi.

Hamshiralikni kasb sifatida vazifalari

Hamshiralik ishi to’rtta asosiy funktsiya yoki ixtisoslikka ega:

  • Yordam: ijtimoiy funktsiyaga qaratilgan va bemorlarni parvarish qilishdan iborat.
  • Tadqiqotchi– Eng yaxshi davolanish uchun dalillarga asoslangan tibbiy bilimlarni to’plash.
  • o’qituvchi: hamshiralarni o’qitadi va fuqarolarni o’qitadi.
  • Ma’mur: yordamni boshqarish, ya’ni rejalashtirish, tashkil etish va zarur tibbiy yordamga nisbatan mutaxassislarni baholashdan iborat.

Madaniyatlararo hamshiralik va madaniyatlararo hamshiralik

Amerikalik Madeleine Leininger (1925-2012) madaniyatlararo hamshiralikning asoschisi bo’lib, u bemorni yanada samarali va etarli darajada parvarish qilish uchun mavjud bo’lgan madaniy farqlar va o’xshashliklar haqidagi bilimlardan iborat.

The madaniyatlararo hamshiralik bu hamshiralik ishi bo’yicha mutaxassislar madaniy muvofiqlikni ta’minlash uchun madaniy qadriyatlarni, e’tiqodlarni va amaliyotlarni aniqlaydigan intizom.

The madaniyatlararo hamshiralik Uni turli madaniyatlar to’g’risida bilimga ega bo’lgan va ularni o’z ishlarida intuitiv ravishda qo’llaydigan hamshiralar shug’ullanadilar. Bilim rasmiy emas, balki amaliydir.

Rasmiy o’rganish sifatida madaniyatlararo hamshiralik va o’zlashtirilgan ta’lim sifatida madaniyatlararo hamshiralik almashinuvi biz yashayotgan globallashgan dunyoda bemorlarga g’amxo’rlik va g’amxo’rlikni yanada yaxshilashga yordam beradi.

Qiziqarli malumotlar
yuklab olish