YUKAVA haqida
YUKAVA
YUKAVA (Uikatea) Xideki (1907.23.1, Tokio — 1981.8.9, Kioto) — yapon fizigi, Yaponiya FA aʼzosi (1946), Kiotodagi untni tugatgan (1929). Shu untda va Osakadagi untda ishlagan (193239), Kioto un-t prof. (1939-yildan), Nyu-Yorkdagi Kolumb un-ti prof. (1949—53), Kioto untiga qarashli Fundamental fizika ilmiy tekshirish intini boshqargan (1953—70). Ilmiy ishlari kvant mexanika, yadro va mezon fizikasi, elementar zarralar fizikasiga oid. lmezonning mavjudligi haqidagi gipotezani ilgari surdi (1935). Mezon nazariyani rivojlantirdi va nuklonlarning oʻzaro taʼsiri uchun matematik ifoda (Yu. potensiali)ni topdi. Yadro kuchlari nazariyasini yaratdi va neytral mezon tushunchasini kiritdi (1938). Oraliq bozon haqidagi gʻoyani ilgari surdi (1953). Nobel mukofoti laureati (1949).
Ensiklopediya.uz
YUKAVA