YUG haqida

YUG haqida

YUG

YUG — RFning Yevropa qismidagi daryo, Vologda va Kirov viloyatlari hududida. Shim. Dvina daryosining oʻng bosh irmogʻi. Uz. 574 km, havzasining mayd. 35,6 ming km2. Yuqori qismida tor va chuqur vodiyda, serostona va sayoz joylari koʻp oʻzanda oqadi. Quyi qismida daryoning vodiysi va oʻzani ancha keng. Yug, asosan, qor va qisman yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 306 m3/sek. Noyab. boshlaridan apr. oxirlarigacha muzlaydi. Yogʻoch oqiziladi. Quyi qismida kema qatnaydi. Asosiy irmoqlari — Kichmenga va Luza.

Ensiklopediya.uz
YUG