Yozgi ko’ylaklar fasonlari ( 75 FOTO) — rang, mato va uzunligi bo’yicha uslublar

Yozgi ko’ylaklar fasonlari ( 75 FOTO) — rang, mato va uzunligi bo’yicha uslublar

Har bir qomat uchun mos bo’lgan ko’ylaklar tanlash — ishning asosi. Libos o’z vazifasini bajarishi — kamchiliklarni yashirishi va nafosatga urg’u berishi zarur. Quyidagi rasmlarda buning namunasi keltiriladi.

15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda 4 haftalik TechGirls yozgi oromgohi: barcha xarajatlar qoplanadi!

TechGirls – Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida yashovchi qizlarni ilm-fan va texnologiyalar sohasida ish yuritishga rag‘batlantirish va ilhomlantirishga qaratilgan xalqaro yozgi almashinuv dasturi hisoblanadi.

Ushbu oromgohda qizlar texnologik kompaniya va yetakchi muassasalarga tashrif buyurishadi, jamoat xizmatlarini ko‘rsatish ishlarida va madaniy tadbirlarda ishtirok etishadi. Dastur nihoyasiga yetgach, qatnashchilar o‘z yurtlaridagi maktab yoki jamoa ichida kamida bitta trening-dastur yoki xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq loyihani amalga oshiradilar.

TechGirls dasturi malaka oshirish seminarlarida qatnashish va AQSHning eng yaxshi innovatsion texnologiya mutaxassislari bilan tajriba almashish bilan bir qatorda, Virjiniya texnologik lagerida ishtirok etish imkonini ham beradi. Shuningdek, TechGirls dasturi boy madaniy tajriba imkoniyatini taqdim etib, ishtirokchilarni texnologiya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumot olishga ilhomlantiradi va ushbu sohada ishlash qobiliyatini oshiradi. Dasturbir oy davom etadi.

Dasturga qabul qilinganlar 2023-yil iyul oyi boshida AQSHga joʻnab ketadi va 25 kun davomida AQSHdagi Virginia Tech University oliygohida mashgʻulot oʻtashadi.

Mazkur dastur boʻyicha Oʻzbekistonda qabul jarayonini tashkillashtirish va savol-javoblar uchun masʼul tashkilot Toshkentdagi AQSh elchixonasidir.

Maʼlumot uchun: Dastur ishtirokchilari har kuni 24 soat davomida nazorat qilinadi. Maxsus xodimlar qizlarni madaniy moslashuvi yuzasidan yordam, mntorlik va maslahatlar bilan taʼminlaydi.

Grant kimlar uchun?

15-17 yoshdagi qizlar uchun

Batafsil ma’lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan taʼminalandi:

  • Viza toʻlovi qoplanadi.
  • AQSHga borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
  • Dastur davomida bepul turar joy taʼminlandi (ishtirokchilar 2 kishilik xonalarga joylashtiriladi).
  • Dastur davomida bepul nonushta, tushlik va kechki ovqat taʼminlanadi.
  • Jamoaviy dastur tadbirlariga qatnash uchun mahalliy trasnport taʼminalandi.
  • Legacy International tomonidan turli madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.
  • Favqulodda holatlardagi tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bolishi kerak:

  1. Belgilangan davlatlardan birining fuqarosi boʻlish kerak. Bu davlatlar ichida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojkiston ham bor.
  2. Dasturga faqat qizlar ariza topshira oladi.
  3. Nomzod almashuv dasturi boshlanishida, yaʼni 2023-yil 8-iyul holatiga koʻra 15-17 yosh bo‘lishi kerak (2005-yil 9-iyuldan 2008-yil 8-iyulgacha sanalar oraligʻida tugʻilganlar qatnasha oladi).
  4. Nomzod texnologiya, muhandislik va/yoki matematika sohalarida ilg‘or koʻnikma, taʼlim va jiddiy qiziqishga egaligini namoyish qilishi kerak.
  5. Nomzod texnologiya sohasida oliy taʼlim olish yoki karyera qilishni ko‘zlagan bo‘lshi kerak.
  6. Ingliz tilini yaxshi bilishi, shu tilda erkin muloqot qila olishi kerak.
  7. Nomzod o‘tkir zehnli, moslashuvchan va ochiq fikrli bo‘lishi kerak.
  8. Oʻzbekistonga qaytib kelgach, o‘rta maktab, litsey yoki kollejda hech boʻlmaganda bir semestr o‘qishi kerak.
  9. Nomzod vataniga qaytgach, jamoatchilikka moʻljallangan foydali loyihani amalga oshirishi kerak.
  10. Avval AQShda bo‘lmagan yoki cheklangan muddat davomida bo‘lganlarga ko‘proq imtiyoz beriladi. Agar so‘nggi uch yil ichida AQSHning Taʼlim va madaniy masalalar byurosi almashinuv dasturlari doirasida AQShga safar qilgan bo‘lsangiz, ushbu dasturda ishtirok etishingiz mumkin emas.
  11. AQSh elchixonasi yoki AQSh Davlat departamenti xodimlarining oila a’zolari dasturda ishtirok eta olmaydi.

TechGirls dasturi turli sohadagi taʼlim / tajriba tarixi va koʻnikmalarga ega boʻlgan, jumladan, nogironlikka ega boʻlgan nomzodlarni ushbu dasturga ariza topshirishga chaqiradi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar qabuli 2022-yil 16-dekabr, soat 13:00 da yakunlanadi. Arizalar onlayn shaklda bu yerda topshiriladi.

Ariza topshirishda onlayn arizani toʻldirish, berilgan savollarga javob yozish va oxirgi bir yilda olingan baholarni ingliz tilida topshirish soʻraladi. Masalan, ariza topshirish vaqtida 10-sinf boʻlsangiz, 9-sinfda olgan baholaringiz topshiriladi. Fanlar va undan olingan baholarni oʻzingiz mustaqil tarjima qilib, maktab, litsey / kollej direktori imzosi va muhri bilan tasdiqlab, ariza tizimga yuklashingiz mumkin.

Ariza topshirish jarayonidan muvaffaqiyatli oʻtgannlar suhbatga taklif etiladi. Suhbat onlayn tarzda yoki nomzodning mamlakatida AQSH elchixonasida yuzma-yuz shaklda boʻlishi mumkin.

Muhim sanalar:

  1. 2022-yil 17-oktabr, arizalar qabuli boshlanadi.
  2. 2022-yil 16dekabr: ariza topshirishning so‘nggi muddati.
  3. 2023-yil fevral: ariza topshirish bosqichidan o‘tganlarga elektron pochta orqali xabar beriladi.
  4. 2023-yil fevral oxiri yoki mart oʻrtalarida intervyu boʻlib oʻtadi.
  5. 2023-yil mart: g’oliblar e’lon qilinadi. Barcha ariza topshirgan nomzodlar natijalar haqida xabardor qilinadi.
  6. 2023-yil iyul oyi boshlari: ishtirokchilar AQSHga joʻnab ketadi.
  7. 2023-yil 1-avgust: ishtirokchilar AQSHdan Oʻzbekistonga joʻnab ketadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqng.

TechGirls 2021 dasturi gʻolibasi bilan qilingan suhbatni BU YERDA oʻqing.

Yozgi ko’ylaklar fasonlari (+75 FOTO) — rang, mato va uzunligi bo’yicha uslublar

Tez orada yoz fasli ham kirib keladi va shu kunlarda har bir ayol kishini qiziqtiradigan savol «garderobimni bu mavsumda qanday yangi ko’ylaklar bilan to’ldirsam ekan?» kabi bo’lsa ajabmas. Ushbu maqolada siz shu savolga javob topish bilan birgalikda, shu yil yoz mavsumida ko’ylaklarning qanday fasonlari, ranglari, qay materiallar urfda bo’lishi haqida bilib olasiz.

Qomat turiga ko’ra fason tanlash

Har bir qomat uchun mos bo’lgan ko’ylaklar tanlash — ishning asosi. Libos o’z vazifasini bajarishi — kamchiliklarni yashirishi va nafosatga urg’u berishi zarur. Quyidagi rasmlarda buning namunasi keltiriladi.

  • Oval — bunday qomat sohibalariga ampir, baskali uslub, bo’y o’rtachadan uzunroq bo’lganda esa hajmli ko’ylaklar ham mos keladi.
  • Noksimon — nisbatan kichik nomutanosiblikda futlyar-uslub, yuqori qismida oborkalari bo’lgan, trapetsiya, maksining yengil tushib turuvchi fasonli ko’ylaklar mos keladi.
  • To’rtburchak — baska va qo’shimcha elementlari bor ko’ylaklar mos keladi, yunoncha uslubdagi liboslar esa belni ingichka qilib ko’rsatishga yordamlashadi.
  • Teskari to’rtburchak — yelkalarni tenglashtirsh maqsadida «quyosh» uslubli yubka yoki ballon mos keladi. Baska fasonlari ham yaxshi uyg’unlik hosil qiladi.

Uzunligini tanlash qoidalari

Ko’ylakning nafaqat tikilish fasoni, balki uzunligi ham ahamiyatga ega. U qizlar/ayollarning yoshi, bo’yi, qaysi uslubni xush ko’rishi kabi omillardan kelib chiqib tanaladi.

Mini (kalta) ko’ylaklar

Deyarli hamma tipdagi figuralarga, asosan bo’yi uzun qizlar uchun juda ham ma’qul variant.

Midi (o’rtacha uzunlikdagi) ko’ylaklar

Bo’yi uzun bo’lmagan va nostandart figurali qizlar uchun judayam mos va ular ko’pincha baland poshnalar bilan kiyiladi.

Maksi (uzun) ko’ylaklar

Yengil matolardan tikiladi va «havodor» obraz yaratishga yordam beradi, lekin hamma uchun ham mos kelavermaydi.

Yozgi ko’ylaklar: urfdagi rang va matolar

2020-yil yoziga mo’ljallangan kollektsiyalarni yaratishda dizaynerlar o’zlarining tasavvurlariga erkinlik berishdi, shuning uchun ushbu mavsum palitrasi haqiqatan ham ajoyibligi shubhasiz. Ko’p yillar davomida mashhurligini yo’qotmagan ikkala yorqin neon va klassik pastel ranglar modada bo’lishi kutilmoqda. Quyidagi ranglar esa eng zamonaviylari hisoblanadi:

Yorqin ko’k (donador uslubda)

Qizil (bir tekis rangli uslubda)

Shaftoli rang va gulli uslublar

Ushbu yilning asosi bo’lib noziklikni va romantikani ko’rsatib berish olingani uchun bu mavsumda ko’proq noziklikni aks ettiruvchi yengil pastel ranglari ( imon rangli, yorqin sariq, tilla va kumush ranglar, qaymoq rang moda) hamda yengil matolar urfda bo’lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, deyarli hamma qizlar garderobida topiladigan va modadan xech qachon chiqmaydigan ranglar mavjud: qora, to’q ko’k, bordo, quyuq yashil va boshqalar. Ushbu ranglar universalligi bilan birga har qanday figuraga mos kelganligi bilan ko’pchili orasida mashhur. Bunday yozgi fasonlar nafaqat siluetni ingichka qilib yaratishga qodir, balki bazm yoki kundalik qiyofaga ham mos keladi.

Materiallar bo’yicha tanlash

Bu mavsumning eng muhim qismini yengil va nozik matolar egallaydi, bu esa obrazni yanada chiroyli va betakror qilib ko’rsatadi. Quyidagi materiallardan tayyorlangan liboslar eng urfdagilar hisoblanadi:

Qiziqarli malumotlar
mato va uzunligi bo’yicha uslublar, Yozgi ko’ylaklar fasonlari ( 75 FOTO) — rang