Yozda qanday roʼza tutiladi?
Yozda qanday roʼza tutiladi?
DO`STLARGA ULASHING:
Yozning issiq kunlarida Muqaddas Ramazon oyi roʼzasini qiynalmay tutishni istasangiz quyidagi qoʼrsatmalarga amal qiling.
Bu oyda taomingiz odatdagidan farq qilmasligi kerak. Iloji boricha oddiy boʼlishi lozim. Sababi, taomnomadagi keskin oʼzgarishlar ham ayrim aʼzolarni zoʼriqtirishi, turli muammolarga duchor qilishi mumkin. Koʼproq sabzavotlar, mevalar, parranda, baliq, non, donli va sut maxsulotlarini isteʼmol qiling. Ularning hazmi oson va toʼyimli sanaladi. Qovurilgan taom yeyishdan oʼzingizni tiying. Bunday taomlar hazm qila omaslikka, jigʼildon qaynashiga, kuchli chanqoqqa sabab boʼladi. Bundan tashqari, issiqdan saqlanish ham lozim. Bu tanani suvsizlantirib, chanqashga olib keladi.
Аmal qilish lozim boʼlgan narsalar:
Yogʼli va qand miqdori koʼp boʼlgan mahsulotlarni isteʼmol qilmang. Ular tufayli sizni chanqoq qiynashi mumkin.
Saxarlik vaqtida koʼp yeb qoʼyishdan, koʼp miqdorda suv ichishdan cheklaning. Buning oqibatida kun davomida organizmni tonusda ushlab turuvchi mineral tuzlar chiqib ketadi.
Chekmang, agar bu odatingizni tashlay olmasangiz, bugundan chekishni kamaytirib boring.
Saxarlik vaqtida qaynatilgan, yengil, ammo uzoq vaqt davomida hazm boʼluvchi taomlarni tanovul qiling. Bularga dukkakli va don maxsulotlari kiradi.
Organizmingizda suvni meʼyorda ushlab turish uchun iftor vaqtida va kechki uyqu orasida koʼproq suv va sharbatlar iching. Bu tanangizning suv bilan toʼyinishiga yordam beradi.
Ramazon roʼzasini tutmaslikka ruxsat etilganlar quyidagi kishilardir:Balogʼatga yetmagan bola.
Аqlini yoʼqotgan majnun.
Hushidan ketgan kimsa.
Kasalga chalinib, roʼza tutolmaydigan kimsalar.
Safardagi musofir.
Roʼza tutishga madori yoʼq keksalar.
Hayz yoki nifos koʼrgan ayollar.
Homilador va emizikli juvonlar.
Kutiladigan muammolar.Ramazon roʼzasining issiq kunlarga toʼgʼri kelishi tanamizda turli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Аlbatta, bu oʼzimizning notoʼgʼri oqatlanishimiz tufayli boʼladi. Аna shunday koʼngilsizliklar va ularni oldini olish haqida toʼxtalamiz.
Qabziyat
Sabablari: koʼp miqdorda quyuq ovqat yeyish, suv ba sabzavotlarni yetarlicha isteʼmol qilmaslik.
Davosi: suyuqlik isteʼmolini koʼpaytiring, non maxsulotlarini pishirishda dagʼal yanchilgan undan foydalaning.Hazm qila olmaslik va qorinning dam boʼlishi
Sabalari: haddan ziyod yeyish (boʼkib qolish), koʼp miqdorda qovurilgan, yogʼli, achchiq taomlarni isteʼmol qilish, shuningdek meteorizm (ichaklarda havo toʼplanishi) chaqiruvchi mahsulotlarni isteʼmol qilish. Masalan: tuxum, karam, gazlangan ichimliklar.
Davosi: haddan ziyod koʼp yemang, meva sharbatini iching, undan ham yaxshisi distillangan suvni iching.Holsizlik (qon bosimining tushishi)
Sabablari: yetarlicha suyuqlik va tuz isteʼmol qilmaslik
Davolash: ortiqcha issiqlikdan saqlaning, suyuqlik va tuz isteʼmolini koʼpaytiring.Bosh ogʼrishi
Sabablari: chekish va kofein isteʼmol qilish, oʼta charchash, uyquning yetishmasligi, kun davomida paydo boʼluvchi va kuchayuvchi ochlik hissi. Аgar bosh ogʼrishining sababi qon bosimining pasayishi boʼlsa, bosh ogʼrigʼi ancha kuchayib, iftor vaqtida koʼngil aynishni chiqarishi mumkin.
Davolash: tamaki va kofein isteʼmolini ramazondan 1-2 hafta oldin asta-sekin kamaytiring. Oʼtli yoki kofein saqlamaydigan choy ichish mumkin. Ramazon vaqtida kuningizni yaxshi uxlab olishga ham qulay qilib taqsimlang.
Yozda qanday roʼza tutiladi?