Yoz havosida nima uchun bosh ko`p og`riydi?

Yozning issiq kunlarida havo o`zgarib, osmonda bulut paydo bo`lsa, ko`pchilik insonlar o`zini juda yomon his qiladi. Ayrimlarning organizmi esa hatto bunday kunlar yaqinlashayotganini avvaldan sezadi: kayfiyati o`zgara boshlaydi, bo`g`imlarida og`riq, holsizlik, tez charchash, uyquchanlik, asabiylik kuzatiladi.

Xo`sh, buning sabablari nimada? Bu qanday omillar bilan bog`liq?

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Doniyor Alimov mazkur savollarga javob berdi.

Shifokorning so`zlariga ko`ra, tananing ob-havo o`zgarishiga reaksiyasi «meteorologik qaramlik» deb ataladi.

«Bu organizmning normal ishlashi va o`zgaruvchan muhitga moslasha olishining belgisidir. Ammo ba`zi odamlar ushbu holatga boshqalardan ko`ra ko`proq sezgir bo`ladi. Ulardagi surunkali kasalliklar alomatlari esa aynan bulutli kunlarda yanada zo`rayadi. Misol uchun, 30 daraja issiqda va 70 foizdan ortiq namlikda tana sovib, yurak-qon tomir tizimi odatdagidan ko`ra ko`proq ishlashga majbur bo`ladi. Bunday paytda ko`p terlash oqibatida tomirlarda qon miqdori kamayib, miyaga kislorod etib borishi qiyinlashadi. Shuningdek, o`zgaruvchan ob-havoda yurak mushaklari, bosh miya, ko`z tomirlari va buyrakda o`zgarishlar ro`y beradi. Orqa miya va bo`g`imlarda og`riqlar, qon bosimining ko`tarilishi, nafas olish va asab tizimi muammolari kuzatiladi»,-deydi Doniyor Alimov.

Ma`lumotga ko`ra, ushbu holatlarga, asosan, surunkali kasalliklar bilan og`riydigan yoshi katta insonlar, chekish va spirtli ichimliklar iste`mol qiluvchi shaxslar, bosh jarohati va suyak-bo`g`im xastaliklariga chalingan  bemorlar hamda faol turmush tarziga ega bo`lmagan kishilar duch keladi.

XAVF GURUHIGA KIMLAR KIRADI?

Shifokorning ta`kidlashicha, juda ko`p yog`li taomlar iste`mol qiluvchi insonlar, me`yordan ortiq qahva ichadiganlar ham xavf guruhiga kiradi. Eng yomoni, meteorologik qaramlik progressiv xastalik bo`lib, vaqt o`tishi bilan uning alomatlari kuchayadi va bemor noxush holatlarni yanada og`irroq his qiladi.  

«Agar inson ushbu bosqichda o`z salomatligiga jiddiy g`amxo`rlik qilmasa, yomon oqibatlarga, xususan, insultni boshdan kechirishi mumkin. Shunday ekan, buning oldini olish uchun albatta shifokorga ko`rinish va uning tavsiyalariga amal qilish lozim. Toza havoda sayr qilish, sport bilan muntazam shug`ullanish, taomnomaga ko`proq meva-sabzavotlarni kiritish ham bu muammoning oldini olishda katta yordam beradi. Osh tuzi, dudlangan, konserva va achchiq eguliklarni kamroq iste`mol qilgan ma`qul. Ayniqsa, yozning issiq kunlarida juda to`yib ovqatlanmaslik, aksincha ko`proq suv ichish tavsiya etiladi. Eguliklarda askorbin 1kislotasi (vitamin S), karotin (vitamin A), mineral moddalar, to`yinmagan yog` kislotasi miqdori etarli bo`lishi muhim.

Bundan tashqari, immunitet, yurak-qon tomir hamda hazm tizimlarini mustahkamlash haqida qayg`urish lozim. Agar issiq va dim havoda ta`sirchanlik ortsa, bunday insonlarga organizmni kislorod bilan to`yintirishga yordam beruvchi jismoniy mashqlar — sayrga chiqish, nafas gimnastikasi, piyoda yurish, tanani sovuq suv bilan artish tavsiya qilinadi.

Chidamlilikni oshirish uchun basseynda cho`milish, ertalabki badantarbiya mashg`ulotlarini kanda qilmaslik hamda oyoqqa sovuq va iliq suvli vanna qilish ham muammoni bartaraf etishga yordam beradi»,-deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya