Yoz fasli haqida sherlar to’liq malumot oling

Yoz fasli haqida sherlar to’liq malumot oling

Urra yoz keldi.

Urra yana yoz keldi,

Quyosh bizga yaqin keldi.

Mevalar pishar hil-hil,

Turlari ko’p xilma-xil.

Har kuni sayr qilamiz,

Mevalarni teramiz,

O’rik,olcha,olma,

Bolalar xursand hamma.

Mevalarni biz yeymiz,

Dehqonga raxmat deymiz.

Jannatmakon elimiz,

Har kun yayrar dilimiz.

✍️: Islomova Mukambar

Quvnoq yoz.

Ko’kda quyosh porlaydi,

Keldi quvnoq yozimiz,

Bizni raqsga chorlaydi,

Kuy qushiq sozimiz

Turli xil o’yinlar,

O’ynab rosa to’ymaymiz,

Unutilmas bu onlar,

Doim yayrab quvnaymiz.

Har yangi kunimiz ,

Baxtni beradi bizga,

Bag’ri issiq yozimiz,

O’xshaydi onamizga.

✍️: Islomova Mukambar

Yozda chumilamiz.

Bog’chamiz keng chiroyli,

Sharoitlar yetarli,

Xoxlagancha o’ynaymiz,

Doim yayrab quvnaymiz.

Bog’chamiz o’rtasida,

Xovuz bor chiroyli juda,

Suv bo’lganda illiq,

Chumilamiz mazza qilib.

Suvda roxat olamiz,

Chiniqadi tanamiz,

Issiqni ham sezmaymiz,

Yozda sog’lom hammamiz.

✍️: Islomova Mukambar

Sherlar
Yoz fasli haqida sherlar