Yovuzlik, zolimlik
Yovuzlik, zolimlik
DO`STLARGA ULASHING:
Har xil kishilar va har xil mijozlar bo‘ladi. Ayrimlarning masalan, barcha ehtirosu ko‘tarinki qiyofasi sovuq yovuzlikdan iboratdir va undaylar faqat yovuzlik qilayotgan paytlaridagina uddaburon, iqtidorli va hatto soglom bo‘lib ketadilar.
V. G. BELINSKIYPastkash kimsalar uchun muqaddas va buyuklikka o‘zlarining iflos qarashlari va fikrlarini chaplab, o‘z nochorliklarining alamini olishdan ham ko‘ra yoqimliroq narsa yo‘q.
V. G. BELINSKIYQabih odamga saxovat ham, donishlik ham qabihlik bo‘lib ko‘rinadi: iflosga — ifloslik yoqadi.
V. ShEKSPIRKechki odam kekning o‘zi singari doimo bemulohaza ish qiladi. Bu egizak xususiyatdir, ulartting birini ajratsang, ikkinchisi shol bo‘ladi.
N. V. ShELGUNOVYomon odam misoli ko‘mir: mabodo kuydirmasa ham seni qora qiladi.
ANAXARSISYovuz odamlar kishi tanasida yurib, faqat yara bor joyda to‘xtaydigan nashshaga o‘xshaydilar.
J. LABRUERYovuz uchun yovuz xabarni eshitishdek yoqimli taskin yo‘q.
Sh. RUSTAVELIRahmsiz kishilar birovning kulfatidan shodlanadi.
VAJA PSHAVELATajribadan bizga ma’lumki, o‘zimizni qancha ayab, suyasakda, o‘zgalarga nisbatan shafqatsiz bo‘lsak, bu bir gunohning ikki tomonidir.
J. LABRUERMuttaham doimo yovuz; jasur esa muruvvatlidir.
I. I. DMITRIEVBerahmlik va qo‘rquv yakkash, bir-birini qo‘llaydi.
O. BALZAKYovuzlik hamisha shafqatsizlik va zaiflikdan kelib chiqadi.
SENEKAShafqatsizlik jasoratga hamroh bo‘lolmaydi.
M. SERVANTESQahr-g‘azab o‘z yo‘lida irodasizlikdir.
L. P. ChEXOVQasd olishdan mayda va pastkash qalbgina rohatlanadi.
YuVENALFosiqdin hayo tilama,
Zolimdan vafo tilama.
A. NAVOIYItdin kiyikka va mushukdan kabutarga shafqat maholdir.
A. NAVOIYQasos — ojiz qalbning yovuz merosi,
Mag‘rurlar qalbidan haydalgan bir his.
K. KORNERYiqilganni depsishni muttaham qo‘rqoq boshlaydi.
OVIDIYSaxovat iiqobi ostida yovuzlik qilinmaganda edi, dunyoda bu qadar yovuzlik bo‘lmasdi.
M. EBNER-EShENBAXYovuzlik hamisha himmat qo‘ltiqtayog‘ida yuradi.
M. M. PRIShVINO‘taketgan jinoyatchi ham o‘zini xaspo‘shlashga va o‘zi qilgan jinoyat ahamiyatsiz va zarurat yuzasidan yuz berganligiga shpontirmoqchi bo‘ladi.
G. LESSINGAfsus — fosh etilishidan sarosimaga tushgan qahr-g‘azab, o‘z ojizligini sezgan ojiz quturishdir.
A. AMIELAdovatchilikka qarshi adovat uygoting.
A. FRANSO‘zgalar kulfatini masxaralash aslo kechirilmasligi kerak.
A. P. ChEXOVO‘taketgan nafrat bizni o‘sha nafratlagan odamimizdan ham tubanlashtirib yuboradi.
F. LAROShFUKOKattami, kichikmi, sira yovuzlik qilmaslik kerak.
EZOPBironta ham yovuz odam baxtli bo‘lolmagan.
YuVENALYovuz odamlarning hayoti doimo notinch.
D, DIDROKimdanki ko‘pchilik qo‘rqsa, u ham ko‘pchilikdan qo‘rqishi kerak.
SOLONKimki yovuzlik ustiga yovuzlikni qalashtiraversa, qo‘rquvi ham shu qadar oshaveradi.
SENEKAQo‘rquv bilmayin desang, yovuzlik qilma.
QOVUSKim yovuzlik urug‘ini setssa — pushaymon yig‘ar.
SA’DIYTavba qilmoq kerak odatda bir bor,
Zahar yutib bo‘lmas ikki qur zinhor.
A. ShUKURziyouz.uz
Yovuzlik, zolimlik