YOVMUT haqida
YOVMUT
YOVMUT, yovmut — turkman qabilalaridan biri. Yovmutlar 19—20a. larning boshida Xorazm, Shim. va Gʻarbiy Turkmanistonda, Eronning Astrobod viloyatida yashagan. Ular bir kancha tira — boʻgʻin (otli temir, qutli temir) larga, tiralar urugʻlarga boʻlingan. Urugʻlardan eng yiriklari; qora chaqa, bayramshali, sharifjafarbayli, otabayli; kichiklari: sallax, okuz, oʻrsukchi, ushak, gujak va b. 19a. ning oxirlarida Rossiya bilan Eron oʻrtasida chegara belgilanganda Yovmut larning bir qismi Rossiya bosib olgan joylarda, bir qismi Eron hududida qolib ketdi. Eron hududida yashaydigan Yovmutlar orasida tiraurugʻlarga boʻlinish saqlanib kelayotgan boʻlsa, Turkmanistonning (Toshhovuz viloyati)dagi Yovmutlar turkman xalqi tarkibiga singib ketdi.
Ad.: Karpov G. I., Plemennoy i rodovoy sostav turkmen, Ashxabad, 1925; D i kiyev A., Ocherki proisxojdeniya i formirovaniya turkmenskogo naroda v epoxu Srednevekovya, Ashgabad, 1991.
Ensiklopediya.uz
YOVMUT