YO‘TALNING ODDIY DAVOLARI to’liq malumot oling

YO‘TALNING ODDIY DAVOLARI to’liq malumot oling

YO‘TALNING ODDIY DAVOLARI
Mundarija скрыть

— Qora andiz ildizidan tayyorlangan damlama yo‘talga juda foyda qiladi. Buning uchun bir choy qoshiq quritib maydalangan andiz ildizining ustiga bir stakan qaynatib sovitilgan suv quyilib, 10 soat tindirib qo‘yiladi. Damlamadan kuniga 4 mahal ovqatlanishdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi.

— Anjir mevasi va uning qoqisidan tayyorlangan damlama tomoqni yumshatadi, isitmani tushiradi.

— Arpabodiyon mevasi (urug‘i)dan tayyorlanadigan damlama quruq yo‘talni qoldirish bilan birga yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi (traxeit, loringit, yiringli bronxit)da dardni yengillashtiradi. Damlama tayyorlash uchun 1 choy qoshiq o‘simlik mevasi 1 stakan qaynoq suvga solinadi va 1 soat davomida damlab qo‘yiladi. Damlama sovigandan so‘ng suziladi va uchga bo‘linib, kun mobaynida ichiladi.

— Zubturum bargining quritilganidan 1 osh qoshig‘ini bir stakan suvda qaynatib, o‘rog‘liq holda 2 soat tindirib qo‘yiladi. So‘ng dokada suzib olinadi. Kuniga 4 mahal 1 osh qoshiqdan ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin ichiladi.

— Bir choy qoshiqdagi ukrop urug‘ini bir choynak suvga damlab ichish balg‘amning yengil ko‘chishiga foyda qiladi.

— Orasiga sariyog‘ yoki dumba qo‘yib bug‘da yo dimlab pishirilgan behi yoki sholg‘om quruq yo‘talni davolashda eng yaxshi shifodir.

— Yog‘i olinmagan sutni sariyog‘ bilan qaynatib issiq holda ichish tomoqni yumshatadi, qirilishi va yo‘taldan qutulishda yordam beradi.

— Yovvoyi (achchiq) bodomni chaqib, choydek damlab ichish ham yo‘talga foyda qiladi.

— Bir stakan qaynoq suvga bir osh qoshiqda quritib maydalangan bargizub (zubturum) bargini damlab ichish ham yo‘talning davosidir.

— Chilonjiyda mevasidan tayyorlanadigan damlama yuqori nafas yo‘llari yallig‘langanda yaxshi foyda berib, quruq yutalni qoldiradi, balg‘amning oson ko‘chishiga yordam beradi. Buning uchun 20 g maydalangan mevani yarim choynak qaynoq suvda 1 soat damlab qo‘yiladi. Suzib, damlamadan kuniga 3 mahal ovqatlanishdan oldin ichiladi.

— Sholg‘om sharbati ham iztirobli yo‘talda yaxshi davo bo‘ladi. Bunda tozalangan sarxil sholg‘om sharbatini 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 marta ichish tavsiya qilinadi. Katta yoshdagilar esa bu sharbatdan 2 osh qoshiqdan kuniga 5-6 mahal ichishlari mumkin.

@sharq_tabobati

Kasalliklar
YO‘TALNING ODDIY DAVOLARI