Yo‘talni tabiiy usulda davolash yo‘llari haqida malumot
Yo‘tal, gripp va boshqa kasalliklarga chalinmaslik uchun immunitetni doim sog‘lom holatda ushlab turish kerakligi hech kimga sir emas. Ammo qanday qilib? Immunitetga yordam berishning eng asosiy qoidasi ovqatlanish ratsionidan rafinadlangan mahsulotlarni minimallashtirish va shakarni ratsiondan umuman chiqarib tashlashdir. Fermentlangan mahsulotlar umumiy immunitetni juda yaxshi oshiradi. Immunitet yaxshi ishlashi uchun ozuqa tizimimizda oqsil, rux yetarli bo‘lishi kerak. Oqsillar foydali yog‘lar bilan birga yeyilishi tavsiya qilinadi. Oqsil manbalari: sog‘lom hayvon go‘shti, tuxum, loviya va dukkaklilar, yong‘oqlar. Ruxga eng boy ozuqalardan biri bu qovoq urug‘idir.
Umumiy qilib aytilsa, immunitet uchun foydali umumiy sog‘lom ovqatlanishda yetarli miqdorda sifatli oqsil, foydali yog‘lar, ko‘pgina sabzavotlar, fermentlangan mahsulotlar va minimum tabiiy shira bo‘lishi kerak. Hatto tabiiy shirin mevalarni ham haddan ortiq ko‘p yeyish tavsiya qilinmaydi. Rafinadlangan shakar esa umuman tavsiya qilinmaydi.Yetarli quyosh, normal uyqu, badanni chiniqtirib borish ham muhim.
Muammo shundaki, chaqaloqlar don mahsulolarini hazm qilishga tayyor emas. Bola tahminan 3 yoshlarigacha don mahsulotlarini yaxshi hazm qila olmaydi.
Quyidagi yo‘talga qarshi tabiiy usullar homilador ayollar uchun ham havfsiz hisoblanadi.
- Bir choy qoshiq rayhon barglari va asal aralashmasi pastasi yeyiladi. Alternativ ravishda rayhon barglaridan choy damlanib, iliq choyga asal qo‘shib ichsa bo‘ladi. Rayhon homiladorlikda mumkin va foydali, ammo juda ko‘p miqdorda iste’mol qilish mumkin emas.
- Sabzavot va piyozli tovuq sho‘rvasi tezroq tuzalishda yordam beradi.
- Sarimsoqli limonad resepti. 2 donacha sarimsoqni maydalang va 1 litrli shisha idishga soling. Shisha idishni qaynoq suv bilan to‘ldiring va qopqog‘ini yopib 30 daqiqaga qoldiring. So‘ngra suvni suzib oling, sarimsoqlarni olib tashlang va suzilgan suvga 1ta limon suvini siqib soling. Ta’bga ko‘ra tabiiy asal bilan shirinlashtiring (shakar mumkin emas). Iliq holda iching. Bu recept 1 yoshdan oshgan bolalar uchun ham havfsizdir.
- Zanjabilli choy. Bir osh qoshiq yangi qirilgan zanjabil ustidan 1stakan qaynoq suv quyiladi, usti yopilib, 10 daqiqaga qoldiriladi. So‘ngra ta’bga ko‘ra tabiiy asal va limon solinadi. Issiqqa yaqin iliq holatda ichiladi. Homiladorlar va emizikli onalarga kuniga 2 stakangacha mumkin. Qolganlarga kuniga 4 stakangacha mumkin.
- Oltin sut resepti. Ozgina suvda (1/4 stakan) 0.5 choy qoshiq kurkuma (turmeric) va 0.25 choy qoshiq murch, istasangiz biroz yangi qirigan zanjabil solib, 3 daqiqa qaynatasiz. Keyin 3/4 stakan yog‘li sut qo‘shilib qaynog‘iga yetkaziladi. Tayyor bo‘lgach biroz saryog‘ qo‘shilsa yana ham foydalidir. Proporsiyalarni ta’bingizga qarab o‘zgartiring, ammo kurkuma va murchni doim birga soling. Kurkuma murchsiz yaxshi o‘zlashmaydi. Kurkuma va murchli sutning organizmga boshqa juda ko‘p ijobiy ta’sirlari ham bor.
- Qizil piyoz va asal siropi. Piyozni po‘stidan tozalab, pastki qismidan boshlab gorizontal ravishda kesib chiqing. Har bir kesilgan qismga tabiiy xom asal surting va qismlarni ustma ust joylang. Idishni yopib, xona haroratida 12 15 soatga qoldiring. Keyingi kun idish tagiga tahminan 1 stakan sirop ajralib chiqqan bo‘ladi. Bu sirop yo‘talni osonlashtiradi, immunitetni oshiradi. Tabiiy asalning kunlik dozasi 1 osh qoshiq bo‘lgani uchun juda ko‘p iste’mol qilinmasligi kerak. Siropdan piyoz mazasi kelmaydi.
- Ko‘k choy. Kuniga 1 2 stakan.
- Ko‘p suyuqlik ichiladi. Na’matak damlamasi (shakarsiz) tavsiya qilinadi. Yangi siqilgan meva va sabzavot suvlariga 1/4 qism suv qo‘shib ichsa bo‘ladi. Tayyor soklar, gazli ichimliklar mutlaqo tavsiya qilinmaydi.
- Buzina mevasi siropi (Elderberry syrup) kunga 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichilsa bo‘ladi.
- Exinatseya choyi yoki nastoykasi suv bilan ichilsa bo‘ladi.
- Iliq dush yo‘talni yumshatadi.
- Tomoqni iliq tuzli suvda g‘arg‘ara qilish ham yaxshi yordam beradi. Iliq suvga yangi siqilgan limon suvi va asal qo‘shib tomoq g‘arg‘ara qilish ham samaralidir.
- Qaynayotgan suvdan chiqayotgan parni hidlash. Qaynayotgan suv pari ham qaynoq bo‘lishini hisobga olib, ehtiyot choralarini ko‘ring va o‘zingizni issiq pardan biroz uzoq ushlang.
© Healthycures.org
© Uzshifo.info
Kasalliklar
Yo‘talni tabiiy usulda davolash yo‘llari