YOSIN TIZMASI haqida

YOSIN TIZMASI haqida

YOSIN TIZMASI

YOSIN TIZMASIQashqadaryo viloyatiningjan. sharqidagi tizma. Koʻhitang tizmasiint shim. gʻarbiy chekkasida joylashgan. Eng baland joyi 1401 m, tizma jan. gʻarbga tomon (1100 m) pasayib boradi. Uz. 18 km. Yosin tizmasi ningjan. sharqiy yon bagri juda tik. Suvayirgʻich qismi paleogenning qattiq ohaktoshlaridan (buxoro yarusi), yon bagʻirlari paleogen, boʻr va yura davrlarining shoʻrtob gil, ohaktosh, karbonatli qumtosh, konglomeratlaridan tashkil topgan. Dagʻal mexanik tarkibli toʻq boʻz tuproklarda efemeroidlar va shuvoq tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
YOSIN TIZMASI