Yoshlik, keksalik va umrboqiylik to‘g‘risida
Kasallikni faqat uning nomiga qarab emas, balki bemorning o‘zini, uning a’zoyi badanini, organlarini, uning quvvatini davolash kerak. Yaxshi shifokor ma’lum dardlarning davosini biladigan, agar o‘ziga noma’lum kasallik bo‘lsa, bemorga yordami tegadiganlarni chaqiradigan kishidir. Davolovchi vrach tajribasi osha borgan sari gigiyenaning qudratini va dori-darmonning nisbatan zaifligini ko‘proq tushuna boshlaydi. Ayrim dori-darmonlar dardning o‘zidan ko‘ra ham xavfliroqdir. Kelajak — profilaktik meditsinaniki. Bu fan davolovchi meditsina bilan qo‘lni-qo‘lga berib, insoniyatga shak-shubhasiz foyda keltiradi. Darrov ta’sir qilmagan zaharning zahri baribir kamayib qolmaydi. Dono odam dardiga malham qidirib yurgandan ko‘ra kasallikni o‘ziga yo‘latmaydi. Eng yaxshi dori hordiq va nafsni tiyishdir. Mehnat bilan me’yor — insonning eng sodiq shifokori mana shu: mehnat ishtahani ochadi, nafsni tiyish esa ishtahani suiiste’mol qilmaslikka garov bo‘ladi. ziyouz.uzYoshlik, keksalik va umrboqiylik to‘g‘risida
DO`STLARGA ULASHING:
M. Ya. MUDROV
J. LABRUER
G. A. ZAXARIN
SENEKA
N. I. PIROGOV
G. LESSING
TOMAS MOR
B. FRANKLIN
J. J. RUSSO
keksalik va umrboqiylik to‘g‘risida, Yoshlik