Yoshlar uchun qanday imtiyozlar bor? haqida to’liq ma’lumot oling
🔰 Qonunchilikda yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlar haqida Adliya vazirligi quyidagilarni eslatdi:
🔹Mehnat kodeksida yoshlar uchun alohida kafolatlar belgilangan, jumladan 16 dan 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan oshmasligi lozim.
🔹Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va kontrakt bo‘yicha o‘qiyotgan ijtimoiy faol talabalarga kontrakt summasining 35 foizi to‘lab beriladi.
🔹Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga ta’lim krediti beriladi.
🔹Yoshlar muammolari bilan ishlashning yangicha tizimi – “Yoshlar daftari” ishga tushirilgan.
🔹“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarning nogiron oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari miqdorida yordam ko‘rsatiladi.
🔹Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun 15 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
🔹Davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.
🔹Ijtimoiy faol yoshlarga OTMga o‘qishga kirishda imtiyozlar beriladi.
🔹Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga 12 turdagi yordam beriladi.
🔹Ayrim yoshlar OTMga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi.
🔹“Moziyga sayohat” dasturi doirasida “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.
🔹Xorijdagi yosh vatandoshlarning vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratiladi.
Malumotlar
Yoshlar uchun qanday imtiyozlar bor?