Yoshlar daftari nima? Yoshlar daftari haqida batafsil to’liq malumot oling
“Yoshlar daftari” – bu har bir sektor hududi kesimida istiqomat qilayotgan, 18 yoshga to‘lgan 30 yoshdan oshmagan ishsiz yoshlarning manzilli ro‘yxati qayd etiladigan elektron dastur.
“Yoshlar daftari”ni kim yuritadi?
“Yoshlar daftari”ni sektor kotibi va Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i yuritadi.
“Yoshlar daftari”ga kimlar kiritiladi?
“Yoshlar daftari”ga yoshi, jinsi, kasbga layoqati bo‘yicha: bitiruvchi yoshlar, hozirda ishsiz bo‘lgan yoshlar, ishga muhtoj nogiron yoshlar, xorijdan qaytgan yoshlar, JIEM ozod etilgan yoshlar, harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar kiritiladi.
“Yoshlar daftari”ga kiritiladigan oilalarni kim shakllantiradi?
Sektor rahbari tomonidan ishchi guruhi bilan birgalikda mahallalar kesimida ishsiz yoshlar xatlovdan o‘tkaziladi va “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olinadi.
Bunda, ta’lim muassasalari o‘z bitiruvchilarini, Mahalla va Yoshlar agentligi ishsiz yoshlarni, IIB xorijdan qaytgan va JIEM ozod etilgan yoshlarni aniqlashga ko‘maklashadi.
Shakllantirilgan ro‘yxatni kim “Yoshlar daftari”ga kiritishga ruxsat beradi?
Xatlov natijasida sektorlar kesimida shakllantirilgan ro‘yxatlar sektorlar kotibi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan maxsus dasturga (“Yoshlar daftari”ga) kiritiladi.
“Yoshlar daftari”ga yoshi, jinsi, kasbga layoqati bo‘yicha quyidagi mezonlar asosida kiritiladi:
a) umumiy o‘rta ta’lim hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilari;
b) rasman ish bilan band bo‘lmagan, ishsiz yoshlar;
v) imkoniyati cheklangan, biroq mehnatga layoqatli ishsiz yoshlar;
g) koronovirus pandemiyasi sababli qo‘llanilgan karantin choralari natijasida o‘zining ish o‘rni
va daromad manbaini yo‘qotgan fuqarolar, jumladan chetdan qaytgan yosh mehnat muhojirlari;
d) jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan, ishsiz yoshlar;
ye) muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan, biroq ish bilan band bo‘lmagan yoshlar;
yo) oilaning o‘zgalar qaramog‘iga muhtoj keksalarga g‘amxo‘rlik qilayotgan yoshlar;
j) oilaning haqiqatda ehtiyojmand, nochor va moddiy ko‘makka muhtojligi.
baxtiyor.uz
Davlat Xizmatlari
Yoshlar daftari nima? Yoshlar daftari haqida batafsil