Yosharishni istaysizmi? haqida malumot
Ayollar mavzusiga maqola yozishga kelganda, ularning go‘zallikka, doimo yosh ko‘rinishga intilishiga e’tibor qaratmasak yozilgan maqolaning, faqat sarlavhasi o‘qilardi xolos, shunday emasmi?! Ayollar go‘zalligiga keladigan bo‘lsak, ularning yuzlari, ko‘zi, sochlari, tishu tirnoqlari shu iforni baxsh etib turadi. Ularning yosh ko‘rinishi ham aynan shu a’zolaga bog‘liq. Biz hozir ana shu a’zolaga foydali bo‘lgan mahsulotlar va ularning xususiyati haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Teri uchun
Zig‘ir yog‘i terini namlantiradi.. U haqiqatdan teridagi qizarishlarni va qat-qat ko‘chishni bartaraf etadi. Chunki zig‘irnig tarkibida Omega-3 yog‘ kislotasi bor. U terining moyini va silliq bo‘lishini ta’minlaydi. Zig‘ir yog‘ini yogurt, turli pishiriqlar uchun tayyorlangan xamir va salatlarga ham qo‘shish mumkin.
Ko‘zlar uchun
Ismaloq ko‘zni tiniqlashtiradi. Bu mahsulot ko‘zlardagi charchoqni oladi va uni tiniqlashtirib, tabiiy oq rangini qaytaradi. Kun davomida 1-2 stakan ismaloq barglarini iste’mol qilish meyor hisoblanadi.
Yuzlar uchun
Kivi yuzni silliqlashtiradi. Ishonavering bu sitrus meva aynan yoshlikni saqlab qolish borasida har doim birinchi bo‘lgan. Agar 40 yoshda ham 25-30 yoshli ayollardek ko‘rinishni istasangiz, muntazam kivi iste’mol qilishga odatlaning. Negaki, kivi tarkibida ko‘p miqdorda C vitamini mavjud, bo‘lib u qarish jarayonini sekinlarshtiradi. Ya’ni ajnlar tushishi kechikadi.
Tirnoqlar uchun
Tuxum tirnoqlar mustahkamligini ta’minlaydi. Chunki uning asosiy qismi biotin moddasidan tuzilgan. Bu element tirnoqlar mustahkamligini ta’minlaydi. Haftasiga bir necha dona tuxum iste’mol qilishning o‘ziyoq tirnoq bilan bog‘liq muammolar barham topadi.
Tishlar uchun
Har kuni 1 donadan olma yeb yursangiz uzoq vaqt tish shifokori qabuliga bormaysiz, chunki mazkur meva tishlarni choy, qahva va turli dog‘lardan tozalaydi.
Sochlar uchun
Mosh, no‘xat, loviya kabi mahsulotlarni ishlatasizmi?! Endidan, ishlatavering. Chunki bu mahsulotlar tarkibida ko‘p miqdorda kremniy mavjud. U sochlar sog‘lomligi, jilvakorligi va mustahkamligini ta’minlaydi.
Musafolik uchun
Olimlar yuz terisidagi toshmalarni bartaraf etishga qovoq urug‘ining o‘rni beqiyosligini bot-bot ta’kidlashadi. Olib borilgan tajribalardan ma’lumki, kimning organizmida rux moddasi bo‘lsa, uning yuziga husnbuzar va turli toshmalar toshadi. Shu bois kuniga 1-2 qoshiqdan tozalangan qovoq urug‘i iste’mol qilinsa, bu muammodan xalos bo‘lishi mumkin.
Bir gap aytaymi?!
Siz shundoq ham chiroylisiz!!!
Kasalliklar
Yosharishni istaysizmi?