YOSH TADBIRKORLARGA 540 MILLION SO‘MGACHA KRЕDIT AJRATISH BO‘YICHA YANGI QAROR. to’liq malumot oling

YOSH TADBIRKORLARGA 540 MILLION SO‘MGACHA KRЕDIT AJRATISH BO‘YICHA YANGI QAROR. to’liq malumot oling

YOSH TADBIRKORLARGA 540 MILLION SO‘MGACHA KRЕDIT AJRATISH BO‘YICHA YANGI QAROR.

✅ Vazirlar Mahkamasining 21.12.2021 yil kuni 765-son “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

✅ Prezidentning 2021 yil 13-iyuldagi PF–6260-son Farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan TIF Milliy bankka 100 mln dollar pul ajratilgan.

✅ Qarorga asosan, ajratilgan mablag‘lar 2022-2024 yillarda yosh tadbirkorlarning yangi biznes loyihalari uchun sarflanadi.

❗️Kreditlar nechpuldan qanchagacha beriladi ?

Kredit miqdori BHMning 1000 baravari (270 million so‘m)dan 2 ming baravari (540 million so‘m)gacha beriladi.

❗️Qancha muddatga beriladi bu kredit ?

Kredit muddati – 7 yil, imtiyozli davr – 3 yil.

❗️Foizi qanaqa bu kreditni ?

Foiz stavkasi – Markaziy bankning asosiy stavkasida (Ya’ni 14 %).

❗️Qayerga borish kerak buning uchun ?

Kreditlar ajratish uchun Yoshlar ishlari agentligi, Savdo sanoat palatasi va banklar tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar ro‘yxati shakllantiriladi shuning uchun shu tashkilotlarga borib murojaat qilasiz.

❗️Kim borsa beraveradimi bu kreditni ?

Yo‘q, yoshlar o‘rtasida biznes ko‘nikmalarini shakllantirish va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv amaliy kurslari, shu jumladan “onlayn” kurslar bepul tashkil etiladi. Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga sertifikat taqdim etilib, ana undan keyin ular tomonidan o‘z biznesini tashkil etish uchun yuqoridagi shartlarda kreditlar ajratiladi.

❗️Xop o‘qidik xam deylik keyin kreditni qayerdan olamiz ?

Biznes loyihani amalga oshirish uchun yoshlar TIF milliy bank filliallariga ariza beradi va unga muvofiq kredit ajratiladi yoki asoslantirilgan holda rad etiladi.

❗️Bu bor narsami o‘zi ?

Hukumat yo‘q narsa uchun qaror chiqarmaydi.

Yuridik
YOSH TADBIRKORLARGA 540 MILLION SO‘MGACHA KRЕDIT AJRATISH BO‘YICHA YANGI QAROR.