Yosh kitobxon” tanlovi shaffof va adolatli o`tadi(mi)
b) L.Kolberg va T.Laykon tadqiqotlariga asoslangan shaxstaraqqiyotining eng oliy namunasi sifatida tadqiq etuvchi yo’nalish;
“Yosh kitobxonlar” aniqlandi
Bugun aksariyat bolajonlarimizning kitob o‘qishga ishtiyoqi ortib borayotgani quvonarli. Kitob do‘konlarida kattalar qo‘lidan tutib, kitob tanlayotgan kichkintoylarni ko‘rsam, ich-ichimdan ana shunday manzaraning ko‘proq guvohi bo‘lishni istayman. Ayniqsa, poyoniga yetayotgan yozgi ta’til kitobsevar bolajonlar uchun ayni muddao bo‘ldi, desam yanglishmayman.
Ko‘p asarlarni o‘qishga, undagi qahramonlar kechinmalarini anglashga ko‘proq imkoniyat bor, degani bu. Poytaxtdagi G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘ida ana shunday kitob ixlosmandlari jam bo‘ldi.
Xalq ta’limi vazirligi, Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirish, ma’naviy tahdidlarga nisbatan sog‘lom immunitetni rivojlantirish maqsadida “Yosh kitobxonlar” ko‘rik-tanlovi tashkil etilgan edi. Ushbu ko‘rik-tanlov respublikamizdagi 10 mingga yaqin maktablarni qamrab olgan holda o‘tkazildi. Ishtirokchilar tanlov nizomidan kelib chiqqan holda ikkita shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Eng kuchli deb topilganlar tanlovning respublika bosqichiga qatnashish uchun tavsiya etildi. Ko‘rik-tanlovning final bosqichida respublikamizning 14 hududidan jami 56 nafar ishtirokchi qatnashdi. Tanlov qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar g‘olib bo‘lish uchun o‘zlarining bor ijodiy salohiyatlarini namoyish etib, eng kuchli jihatlarini ko‘rsatishga harakat qildilar.
— Odam jismonan baquvvat, bilimli, har ishda chaqqon, epchil bo‘lishi mumkin. Ammo oqko‘ngil, iymon-e’tiqodli, insonparvar, yurtparvar bo‘lmasa, hayotda o‘zidan yaxshi nom, yaxshi iz qoldirolmaydi. Adabiyot va san’at bolaning ana shunday go‘zal tuyg‘ular, fazilatlar sohibi bo‘lib ulg‘ayishida muhim ahamiyat kasb etadi, — deydi Respublika bolalar kutubxonasi mutaxassisi Ulug‘bek Yodgorov.
Tanlov yakunida hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra eng yuqori ball olgan kitobxon o‘quvchilar aniqlab olindi:
1-o‘rin — Namangan viloyatining “Yosh kitobsevarlar” jamoasi;
2-o‘rin — Toshkent shahrining “Bilimdonlar” jamoasi;
3-o‘rin — Samarqand viloyati jamoasi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyatining “Baxtli bolalik” jamoasi “Eng zukko kitobxon jamoa”, Xorazm viloyatining “Iftixor” jamoasi “Eng yaxshi teatr-sahna ko‘rinishini ochib bergan jamoa” nominatsiyalari bilan taqdirlandi.
Tashkiliy qo‘mita tomonidan g‘olib deb topilgan ishtirokchilarga maxsus diplom, ko‘rik-tanlov logotipi tushirilgan statuetka hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Qolgan barcha ishtirokchilar Xalq ta’limi vazirligining “Ko‘rik-tanlovning faol ishtirokchisi” diplomi bilan taqdirlandilar.
“Yosh kitobxon” tanlovi shaffof va adolatli o`tadi(mi)?
Hozirda tanlovning mahalliy bosqichlarida g`olib bo`lgan kitobxonlar yozgi ta`tilni kutubxonada o`tkazayotgan bo`lishi aniq. Chunki ro`yxatda belgilangan kitoblarni o`qish va uqish aql-idrok bilan birga anchagina vaqt ham talab etadi. Hududiy bosqichlarga esa juda oz fursat qoldi.
O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining Madaniyat, sa`nat, kitobxonlikni rivojlantirish va millatalaro totuvlik bo`limi bosh mutaxassisi Mansur Boysariev bilan “Yosh kitobxon” tanlovi, undagi jarayonlar va yangiliklar haqidasuhbatlashamiz.
- Mansuraka, intiqlik bilan kutilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichlari qachon va qaysi viloyatdan boshlanadi?
- Albatta, g`alvir suvdan ko`tariladigan kunlar yaqin. Chunki tanlovning hududiy bosqichlari avgust oyi davomida o`tkaziladi. Hududiy bosqichlarni Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda Buxoro viloyati kitobxonlari boshlab beradi. Ular 5-7 avgust kunlari o`z bilimlarini sinovdan o`tkazishadi va Respublika bosqichida qatnashish imkonini qo`lga kiritadigan g`oliblar aniqlanadi.
- Bilamizki, o`tgan 2018 yilda tanlov shov-shuvlar va qiziqishlar ostida o`tdi. Bunga sabab nima deb o`ylaysiz: g`olibga Prezident sovg`asi – “Spark” avtomashinasi berilishimi yoki kitobga tashnalik.
- To`g`ri, dastlab, mashina kitob o`qishga kuchli motivasiya bergan edi. Hozir esa jamiyatda o`z o`rnini topish, hurmatga sazovor bo`lish kitobdan boshlanishini yoshlar tushunyapti. O`ylab ko`ring, oddiy energetik ichimlik orqali ham mashina yutib olish mumkin. Lekin Respublikada tengsiz kitobxon sifatida e`tirof etilish bu umuman boshqa masala.
- 2 yil davomida tanlovni tashkillashtirish jarayonida ko`plab qiyinchiliklar bo`lgani aniq. Chunki yangi ishning boshlanishi har doim qiyin kechadi. O`tgan kamchiliklardan xulosa chiqargan holda bu yil yosh kitobxonlarni qanday o`zgarishlar va yangiliklar kutmoqda?
- Bildirilgan haqli e`tiroz va takliflar asosida Nizomga ayrim o`zgartirishlar kiritildi. Jumladan, saralash bosqichida 86 balldan yuqori to`plagan ishtirokchilar 15 nafardan ortiq bo`lsa, ular o`rtasida qayta test o`tkaziladigan bo`ldi. Tavsiya etilgan kitoblar soni kitobxonlarning xohish-istaklariga ko`ra o`zgardi (10-14 yosh toifasida 60 ta, 15-19 yosh toifasida 80 ta, 20-30 yosh toifasida 100 ta kitoblar). Eski nizom talabi bo`yicha hududiy bosqichlarda “Badiiy asarlar bilimdoni” shartida ishtirokchi asardan parchani topa olmasa, hech qanday ball berilmas edi. Yangi nizomda esa qatnashchi asarning nomini topa olmagan bo`lsa-da, lekin uning mazmun-mohiyati haqida ma`lumot berganligi uchun 50 ballgacha baholanishi belgilab qo`yildi. Respublika bosqichida bo`lib o`tadigan “She`riyat” shartida ham shu tartib saqlab qolindi.
- O`tgan 2018 yili “Yosh kitobxon” tanlovi jarayonida ko`plab ziddiyatlar kelib chiqqani haqida ijtimoiy tarmoqlarda o`qigan edik? Bu yil shunday tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun qanday choralar ko`rilmoqda?
- Ziddiyatli holatlar texnik xatolar tufayli bildirilgan, biroq ushbu e`tirozlar joyida bartaraf etilgan. Bu yil ham tanlov shaffof va adolatli o`tishi uchun telekanalar tomonidan to`liq yozib olinadi. Ishtirokchilar tanlov jarayonida xato va kamchiliklar yuzasidan appellyasiya tartibida Respublika ishchi guruhiga yozma tartibda murojaat qilishlari mumkin bo`ladi. Mahalliy va hududiy bosqichlar o`sha kunning o`zida, Respublika bosqichida esa murojaat belgilangan 10 kun muddat ichida ko`rib chiqiladi.
- “Yosh kitobxon” tanlovining asosiy tashkilotchisi bo`lgan O`zbekiston yoshlar ittifoqiga tanlov yuzasidan ko`proq qanday murojaatlar, savollar bo`ladi. Fursatdan foydalanib, javobingizni ham aytib o`tishingiz mumkin?
- To`g`risi , saralash bosqichidan to Respublika bosqichigacha bo`lgan vaqt oralig`ida ishtirokchilar biz bilan har kuni bog`lanadi . Birinchi masala, ro`yxatdagi kitoblarning ayrimlarini topa olmayotganligidan shikoyat qilishadi. Shuning uchun kitoblar joriy yilning fevral oyidayoqhududiy Kengashlarga elektron tarzda etkazildi. Bizda biror bir yoshning murojaat va takliflari e`tibordan chetda qolmaydi. Qo`shimcha ma`lumot uchun +998998584354 raqami 24 soat yosh kitobxonlar xizmatida.
- Tanlovga katta umidlar bilan qatnashayotgan kitobsevar yoshlarga qanday tavsiyalar bera olasiz?
- Eng birinchi tavsiyam, kitoblarni to`liq o`qib chiqing. O`qigan asarlaringizni do`stingiz va ustozlaringiz bilan muhokama qiling va xulosa chiqaring. Barchaga optimistik kayfiyat tilayman! Zero bugun o`qigan kitobingizdan olgan bilimingiz ertaga
10 ta “Spark”dan qimmat bo`lishi mumkin.
Go`zal OXUNOVA suhbatlashdi
YOSH KITOBXON Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»
Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shaxakimova Shaxnoz Raushandjanovna, Аxmedova Shaxzoda Abdulxamidovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada o`quvchi va o`qituvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularni kitobxonlikka undash masalalari qonunlar va mutafakkirlarning fikrlari asosida muhokama etiladi.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по экономике и бизнесу , автор научной работы — Shaxakimova Shaxnoz Raushandjanovna, Аxmedova Shaxzoda Abdulxamidovna
TALABALARDA KITOBXONLIK MADANIYATI NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
O‘QUVCHILARDAGI KITOBXONLIK MADANIYATI ORQALI ALTRUISTIK MOTIVLARNI RIVOJLANTIRISH
Ta’lim muassasalarida va o’zbek oilalarida bolalar ma’naviyatini shakllantirishda kitobxonlikning o’rni
KITOB MUTOLAASI-MA’NAVIYAT POYDEVORI
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI OILADA KITOBXONLIKKA O’RGATISH TEXNOLOGIYASI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Текст научной работы на тему «YOSH KITOBXON»
SJIFACTOR: Ш RE SEA RCHB1B( J, F ) : Щ U.I.F: R
Yashnobod tuman 69-maktab kutubxona mudirasi Shaxakimova Shaxnoz Raushandjanovna Kutubxonachi: Axmedova Shaxzoda Abdulxamidovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada o’quvchi va o’qituvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularni kitobxonlikka undash masalalari qonunlar va mutafakkirlarning fíkrlari asosida muhokama etiladi.
Kalit so’zlar: kitobxonlik, tarbiya, madaniyat, psixologiya, metod.
Bugungi kunda har bir maktabda kitobxonlikka yuqori darajada etabor qaratilmoqda, jumladan Toshkent shahar, Yashnobod tuman 69-maktabda otkazilajak “Yosh kitobxon” tanlovi ham shu islohotlarning bir qismi bolishi shubhasiz. Bu kabi tadbirlar o’quvchilarning kitobxonlikka bo’lgan qiziqishlarini oshirib, manaviy dunyosini o’stiradi, dunyoqarashini kengaytirib, kelajakka bo4gan ishonchini mustahkam etadi. Nafaqat bizning maktabimizda, balki butun Respublika maktablarida shu kabi tanlovlarni tashkil etish bugungi kun talim tizimining yetakchi vazifalaridan biri desak mubolag’a bolmaydi.
Yoshlarning axloqiy rivojlanishi, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga O’zbekistonda katta e’tiboг qaratilgan. Prezidentimiz Sh.M.Mirzieyov tomonidan taklif etilgan mamlakatimizni rivojlantirish va uning mustaqilligini mustahkamlashning strategik vazifalarida ma’nan yetuk, barkamol avlodni va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash hamda ijtimoiy vazifalarni hal etishda jamiyatga yoгdam ko’гsata oladigan ko’ngilli,milliy g’urur hissi ustun bo’lgan yoshlarni tarbiyalash muhim vazifalardanbiri sifatida belgilab berilgan. Bu vazifalarni amalga oshirishda “biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy meгosiga tayanamiz” [1] va o’sib kelayotgan yosh
SJIFACTOR: CJ” RESEARCHBTB(I,F): ¿.2 U.I.F: E
avlodni Sharqona tarbiya asosiga qurilgan umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash jamiyat oldiga ulkan mas’uliyat yuklamoqda.
Mazkur belgilangan vazifalarni hal etishda esa albatta, maktab ta’limining o’rni beqiyosdir. Davlatimiz rahbari bu borada maktab o’qituvchilarining oldiga o’quvchi va o’qituvchilarda milliy xususiyatlardan bo’lmish kitobxonlik madaniyatini shakllantirish masalasiga urg’u bermoqdalar. Ma’naviy jasorat sohibi deb ardoqlangan atoqli adabiyotshunos olim va tarjimon Ozod Sharafiddinov dunyodagi yetti mo’jizaga ta’rif berib “. yetti mo’jiza inson aqlining, tafakkurining, qalbining otashin madhiyasi, inson dahosining ulug’ligiga qo’yilgan mangu obida bo’lib kelmoqda. Biroq, shunday bo’lsa-da, olamda yana bir mo’jiza borki, uning buyukligi, muqaddasligi yetti mo’jizaning jamiki ulug’vorligi, go’zalligidan kamlik qilmaydi. Bu mo’jiza – kitob. Kitobning mo’jiza, mo’jiza bo’lganda ham birinchi mo’jizaekanligini ko’pgina buyuk odamlar qayd qilgan”, -deb yozadi. Jumladan, yozuvchiva dramaturg C.Sveyg “Qaerdaki kitob bor ekan, u yerda odam o’zi bilan o’zi uzlatda, o’z ko’lami doirasida qolib ketmaydi, u o’tmish va bugungi kunning barcha olamshumul yutuqlariga, butun insoniyatning fikr va tuyg’ulariga oshno bo’ladi”, – deb yozadi. Yozuvchi va faylasuf J.Svift “Kitoblar aql farzandlaridir” desa, pedagog va yozuvchi Ya.Komenskiy “Kitoblardonishmandlikni yoyish qurolidir”, – deydi, faylasuf va tarixchi F.Bekon esa “Kitoblar zamon to’lqinlarida suzuvchi va o’zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur kemalaridir”, – deb yozadi. Shu tariqa buyuk allomalar, donishmandlar va yozuvchi-yu, olimlar kitobning mo’jizaga, nurga, tafakkur quvvati va ustuniga, mangulik va ma’naviyat timsoliga, bilim manbaiga, sodiq do’stga, davr ko’zgusiga o’xshatganlar. Eng muhimi, kitob jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashda yengilmas kuchdir.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Oquvchi yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini targ’ib qilish ko’pgina zararli illatlarni oldini olishga sabab bo’ladi. I.S.Zbarskiy shaxsdakitobxonlik madaniyatini shakllantirishning uch muhim komponenti bor ekanligini ta’kidlab o’tgan [2]:
1) Kognitiv komponet – o’quvchi va oqituvchilardama’naviy ongini,
badiiyeruditsiyani, dunyoqarashini shakllanishi bilan tavsiflanadi. 2) Emotsional komponent – o’quvchi va o’qituvchilarda estetik hislar, emotsionalqadriyatlar tizimi, oliy hislarning shakllanishi bilan belgilanadi.
Xulq-atvor komponenti – o’quvchi va o’qituvchilarning ijtimoiy xulq
me’yorlariga rioya etish ko’nikmasi, axloqiy dunyoqarashi tarbiyalanadi.
1-rasm. I.S.Zbarskiy bo’yicha kitobxonlik madaniyatinishakllantirishning
Umuman olganda kitob mutoalasi shaxsning kompleks taraqqiyotiga ta’sir etadi. Ye.P.Suvorov, M.P.Voyushina, Ye.A.Kupirovalar [5] kitobxonlik faoliyat yo’nalishiga qarab shaxsning taraqqiyotiga ta’sir etishini asoslabberganlar. Jumladan, kitobxonlik o’quvchi va o’qituvchida konstruktiv, tarbiyaviy, qadriyatli, kommunikativ, analitik faoliyatni jadallashtiradi. Birgina”Sinchalak” qissasini oladigan bo’lsak, “o’zi kichkina, nimjon bo’lsa ham osmonni ko’targulik quvvati, g’ayrati bor” Saida Alieva va “xotin kishi rahbarlik qilsa kalavasi uchini yo’qotib qo’yadigan” Arslonbek Qalandarov, “gapga kelganda burganing yo’talidan bo’ron qo’porishga qodir” [4] bo’lgan Eshonobrazlari oquvchilarda shaxslararo munosabatlarni konstruktiv asosda qurish,jamiyat va shaxs orasidagi munosabatlarda axloqiy tamoyillarni, milliy qadriyatlarni tahlil qilish asosida ratsional altruistik pozitsiyaningshakllanishida ichki motiv vazifasini bajaradi. Badiiy asarlarda keltirilgan qaxramonlarning o’zaro ta’siri va munosabatlarini aks ettirgan syujetlar o’quvchida dastlab badiiy idrokni faollashtirib, o’quvchining kuzatuvchanligi, empatiya qobiliyati, ijodiy xayolini, emotsional obrazli xotira va ravon nutqini faollashtiradi hamda shaxsning ichki altruistik qarashlarini yuzaga kelishiga olib keladi.
SJIFACTOR: CJ” RE SEA RCHBTB( J, F): ¿.2 U.I.F: E
Altruizm motivlarini o’rganishga qaratilgan tadqiqotlar barcha fan sohalari doirasida uch yo’nalishda olib borilgan. Bular:
a) Dj.Rayt qarashlariga asoslangan axloqiy xulq mezoni sifatida o’rganuvchi yo’nalish;
b) L.Kolberg va T.Laykon tadqiqotlariga asoslangan shaxstaraqqiyotining eng oliy namunasi sifatida tadqiq etuvchi yo’nalish;
v) Sharq allomalari, faylasuflarning g’oyalariga asoslangan komil inson xususiyatlari yo’nalishidagi tadqiqotlar[3].
Yana bir sevimli yozuvchimiz O’tkir Hoshimovning “Urushning so’nggi qurboni” hikoyasini olsak. Hikoya oquvchilarda urushning nafaqat front maydonlarida, balki har bir qishloqda, har bir xonadonda kechgani, urush qurbonlari esa har bir oilada topilgani haqida tasavvurlarni shakllantiradi[6]. Shu bilan bir qatorda asar qahramoni Shoikrom urushga bormagan bo’lsa-da, uning dahshatini, achchig’ini o’z uyida turib totishiga to’g’ri kelganligi bayon qilingan. Oilasi koriga yarab turgan birgina sigiri o’g’irlab ketilgan, ukasi og’ir betob bo’lib to’shakka mixlanib yotibdi, bu ham yetmagandek, bolalarining so’nggi rizqi – hovli chetidagi bir hovuch qulupnayga ham o’g’ri oralagan. Yetishmovchilik va xudbinona xarakteri Shoikromni qaltis qaror qabul qilishga majbur qiladi. Shoikromning xudbinligi ayanchli holatni keltirib chiqaradi. Asar qahramonining ayanchli taqdiri orqali oquvchilarda o’z muammolariga o’ralib yashash oqibatida atrofidagi yaqinlarining holidan xabar olmaslik, ularga yordam bermaslik qanday natijalarga olib kelishi targ’ib qilinadi. Adib hikoyadagi voqealar syujeti orqali o’quvchilarni hudbinlikdan qochib, altruist bo’lishga, yaqinlariga himmatli bo’lishga undaydi.
XULOSA VA MUNOZARA
Umuman olganda yuqoridagi fikrlar asosida xulosa qiladigan bo’lsak:
1. O quvchi va o qituvchilardagi kitobxonlik madaniyati ularning ma’naviy dunyoqarashi, axloqiy ongining oshishiga xizmat qiladi;
2. Sharq allomalari asarlari, afsonalardagi futuvvat ilmi negizida altruistik
SJIFACTOR: CJ” RE SEA RCHB1B( J, F ) : ¿.2 U.I.F: E
motivlarning namoyon bo’lishini kuzatishimiz mumkin;
3. Altruizm o’zgalarga beg’araz yordam ko’rsatishga asoslangan milliy xususiyatlardan biridir;
4. Maktablarda murabbiylik soatlarida badiy asar mutoalasini targ’ib qilish orqali o’ quvchilarda altruistik xulq motivlarini shakllantirish mumkin.
1. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash -yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T.: O’zbekiston 2017. B.48.
2. Zbarskiy I.S. Vnekalassnaya rabota po literature(4-8): posobie dlya uchitelya. -M.: Prosveshenie, 2010. – 208 s.
3. ALIMOVA, G. (2020). KICHIK MAKTAB YOSHIDA O’QUVCHI SHAXSINING PSIXOLOGIKPEDAGOGIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI. Pedagogik mahorat, 103-107.
4. Alimova, G., & Alimova, A. (2020). SOCIO-ECONOMIC CONDITIONS FOR EFFECTIVE ENTREPRENEURIAL ACTIVITY. IMPERATIV SOSIALNOGO PARTNERSTVAV OSVITNO-NAUKOVOMU PROSTORI: €VROINTEGRASIYNI TA REGIONALNI VIKLIKI SOGODENNYa, 246-250.
5. Jalilova, S. X. (2020). SHAXS ISTE’MOLCHILIK XULQINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARIILMIY-NAZARIY JURNALI, 240-244.
6. Taskarayevna, N. Z. (2020). Maktabgacha yosh davridagi bolalarda milliy xususiyatlarni shakllantirish yo’llari. Oriental Art and Culture, (II), 79-85.
Qiziqarli malumotlar
Yosh kitobxon” tanlovi shaffof va adolatli o`tadi(mi)