YoSh haqida

YoSh haqida

YoSh

YoSh (biologiyada) — organizmning tugʻilganidan boshlab uning oʻsishi, rivojlanishi, voyaga yetishi va qarishidan iborat hayoti tavsifi.

Odamlar Yosh O dam da kalendar Yo. (tugʻilgandan boshlab muayyan vaqtgacha oʻtgan davr) va biologik Yosh boʻladi. Biologik Yosh organizmdagi moddalar almashinuvi holati va bu jarayonlarning muayyan populyatsiya uchun mos kelishiga qarab belgilanadi.

Umrning uzayishi va akseleratsiyaning rivojlanishi bilan Yosh chegarasi toʻgʻrisidagi tasavvur ham oʻzgarib boradi. Odam uchun Yoshning eng yukrri chegarasi 115—125 yil xisoblanadi. Agar biologik Yosh kalendar Yoshdan ilgarilab ketsa, u holda vaqtidan oldin qarish deyiladi. Odam Yosh iga ijtimoiy va iqtisodiy sharoit ham taʼsir koʻrsatadi. Hayvonlar Yo. i. Yovvoyi hayvonlar Yoshi ularni tutqinlikda (mas, hayvonot bogʻida) kuzatish yoki halqalash, q. x. hayvonlari Yoshi ular tugʻilgan vaqtni qayd qilib qoʻyish yoki ularni nishonlash orqali, koʻpchilik sut emizuvchilar Yo. i tishlarining yedirilishi yoki shoxlarining holatiga, baliqlar Yo. i tangachalariga, qushlar Yo. i patlariga qarab aniqlanadi. Oʻsimliklar Yo. i urugʻning unib chiqishi yoki niholning rivojlana boshlashidan Yosh hisobga olinadigan davrgacha oʻtgan vaqt bilan oʻlchanadi. Oʻsimliklar umri oʻsimlik turiga va u oʻsayotgan sharoitga bogʻliq. Oʻsimliklar orasida bir necha haftadan (mas, bahor erofilasi, efemerlar) bir necha ming yilgacha umr koʻradigan turlari (mas, avstraliya mikrozaliyasi) bor. Koʻpchilik daraxtlar uzoq yashaydi.

Ensiklopediya.uz
Yosh