YORITQICH BALANDLIGI haqida

YORITQICH BALANDLIGI haqida

YORITQICH BALANDLIGI

YORITQICH BALANDLIGI (h) ufq tekisligi bilan yoritqich (yulduz, sayyora va b.)ga yoʻnalgan chiziq orasidagi burchak. Vertikal doyra yoyi bilan oʻlchanadi. Osmon gumbazi kurinma sutkali aylanganligi sababli Yoritqich balandligi oʻzgarib turadi va meridianda eng yuqori qiymatlarga erishadi. Yoritqich balandligining 90° ga toʻldiruvchisi zenit masofasi deyiladi.

Ensiklopediya.uz
YORITQICH BALANDLIGI