Yordam.uz sayti 3 yoshda!

Yordam.uz sayti 3 yoshda!

Yordam.uz sayti 3 yoshda!

Assalom alaykum.

3 yil avval 2017-yil 1-fevral kuni bir guruh ko’ngilli dasturchilar tomonidan UzGeeks Communty dasturchilar jamiyati boshchiligida Yordam.uz — axborot texnologiyalari bo’yicha savol-javoblar sayti ishga turishirilgan edi.

Ushbu maqolada loyiha haqida ma’lumotlar, natijalar, hozirgi holat haqida ma’lumot beriladi.

Yordam.uz loyihasi hech qanday uchrashuvlarsiz oddiygina telegramda bir guruhda, o’z sohasining mutaxassislari tomonidan o’rtaga chiqqan taklif asosida yaratilgan bo’lib, loyihani amalga oshirishda asosiy e’tibor saytning o’zbek tilidaligiga qaratilgan. Yordam.uz saytida har qanday foydalanuvchi(agar u bloklanmagan bo’lsa) axborot texnologiyalari sohasiga oid o’zlarini qiziqtirgan savolni berishlari mumkin. Ushbu savolga ixtiyoriy ravishda har qanday foydalanuvchi javob berishi mumkin. Loyihaning yana bir muhim tomoni shundaki, saytdan ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar o’rtasida ularni saytdagi faolliklari hisobga olgan holda, reyting tashkil etilgan. Ya’ni, foydalanuvchilar saytda qanchalik ko’p savol bersa, qanchalik ko’p savollarga javob bersa va imkon qadar to’g’ri, to’liq javob bersalar ularning shunchalik ballari yuqori bo’ladi.

Quyidan yordam.uz saytining eng ko’p ball to’plagan 10 ta foydalanuvchisi ro’yxati keltirilgan:

  1. Saidolim — 3551
  2. vejon — 2992
  3. Sardor Dushamov — 1660
  4. parmonov98 — 1591
  5. Farruxnet — 1365
  6. Orzular.uz [Админ] — 1313
  7. SedBigDaddy — 1237
  8. Farhodjon — 1192
  9. Kenjabaev — 1091
  10. Bilmasvoy — 904

Quyida yordam.uz loyihasi ko’ngilli mualliflari ro’yxati keltirilgan:

Hozirgi kunga qadar(2020-yil 1-fevral holatiga ko’ra) yordam.uz saytida 1286 ta savol joylashtirilgan.

Umumiy javoblar joni 1667 taga yetgan. Umumiy izohlar soni esa 1921 tani tashkil etadi.

Ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar soni 2191 taga tengdir.

Loyiha faoliyati davomida bir qancha muommolar yuzag keldi/kelmoqda.

Bular:

  • Spam foydalanuvchilar(botlar);
  • O’zbek tilida internetda ma’lumotni kamligi;
  • O’zbek tilining rivojlanishi sustligi;
  • Savol tug’ilgan foydalanuvchining dangasaligi;
  • Savolga javob biladigan foydalanuvchilarning dangasaligi;
  • Yoshlarimizning o’zbek tilida savodsiz yozishlari.

Yuqorida umumiy muommolar keltirilgan. Afsuski bu muommolarni ba’zilarini bir donagina loyiha doirasida hal etishning ilojisi yo’q.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki, bizga(o’zbekcha so’zlashadigan internet foydalanuvchilariga) yordam.uz kabi loyihalar juda zarur. Nafaqat savol-javob platformalari, balki, o’zbek tilida yuritiladigan bloglar, onlayn darslar(video yoki matn), turli xil foydali resurslar ham.

Agar Sizda ham bilim va imkoniyat bo’lsa, yordam.uz kabi loyihalarni amalga oshirib, xalqimizni, mamlakatimizni rivojlanishiga o’z hissangizni qo’shing!

Yangiliklar
Yordam.uz sayti 3 yoshda!