YOQUBOV haqida

YOQUBOV haqida

YOQUBOV

YOQUBOV Bekjon (1893, Xiva — 1979) — oʻymakor usta, kandakor. Xivalik usta Karimdan meʼmorlik va naqqoshlikni oʻrgangan. Nurillaboy saroyini bezashda qatnashgan. Navoiy teatrining Xiva zalini usta Roʻzimat arbob, A. Boltayevlar bilan birga ganch oʻymakorligi bilan bezagan. Yoqubov yaratgan oftoba, choydish, patnis, mis kosa, qanddon, guldonlar xalq amaliy sanʼatining ajoyib namunalaridir. 1952-y. dan Yoqubov asarlari respublika va xalqaro koʻrgazmalarda namoyish qilinadi, respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.

Ensiklopediya.uz
YOQUBOV