Yo‘qolgan smartfonni oflayn qidirish texnologiyasi

Yo‘qolgan smartfonni oflayn qidirish texnologiyasi
yoqolgan smartfonni oflayn qidirish

photo 2021 03 16 21 39 47

Yo‘qolgan smartfonni oflayn qidirish texnologiyasi

Mundarija скрыть
Yo‘qolgan smartfonni oflayn qidirish texnologiyasi
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Yo‘qolgan smartfonni oflayn qidirish texnologiyasi
Yo‘qolgan smartfonni topish funksiyasi hozirda barcha Android smartfonlarda mavjud va bu haqida kanalimizda ham ma’lumot berganmiz (Yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan smartfonni qanday topish mumkin? (https://t.me/gsmgurus_FAQ/489))
Agarda smartfon o‘chirilgan yoki quvvati tugagan bo‘lsa, unda yuqorida ko‘rsatilgan qidiruv funksiyasidan foydalana olmaysiz. Hozircha Samsung va Apple kompaniyalari ushbu muammoning yechimini topishdi.
SmartThings Find xizmati Android 8 yoki undan yuqori versiyalarda ishlaydigan Galaxy qurilmalarini tez va oson topishga yordam beradi. Ushbu xizmat Galaxy smartfonlari, planshetlari va taqiladigan qurilmalarini (smart soat, garnitura) topish uchun kam quvvat sarflovchi Bluetooth Low Energy (BLE) va ultra keng polosali aloqa (UWB) texnologiyalaridan foydalanadi.
SmartThings Find orqali qurilma oflayn (tarmoq mavjud emasligi) bo‘lsa ham topish mumkin, chunki SmartThings foydalanuvchilari bir-birlarini topishda yordam berish imkoniga ega. Masalan, smartfon 30 daqiqa mobaynida oflayn rejimda bo‘lsa, u boshqa qurilma tomonidan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan BLE signalini yuboradi.
Agar SmartThings Find yordamida yo‘qolish haqida xabar berilsa, yaqin atrofdagi har qanday Galaxy smartfoni yoki plansheti Samsung serveriga uning joylashgan joyi to‘g‘risida xabar berib, qidirishda yordam berishi mumkin. Serverdan signal yo‘qolgan qurilmaning egasiga yuboriladi.
Yo‘qolgan qurilmani topish xaritadagi ko‘rsatmalar va qurilmaga «qo‘ng‘iroq qilish» imkoniyati tufayli oson. SmartThings ilovasini oching va topmoqchi bo‘lgan qurilmani tanlang, shundan so‘ng uning aniq joylashuvi xaritada ko‘rsatiladi. Kerakli nuqtaga yaqinlashganda foydalanuvchi ovozli signalni yoki kengaytirilgan reallikka (https://t.me/gsmgurus_FAQ/863) asoslanga «Yaqin-atrofda qidirish» funksiyasini yoqishi mumkin: ekranda rangli grafikalar paydo bo‘ladi, ular qurilmaga yaqinlashgan sari yorqinlashib boradi.
SmartThings ilovasini yuklab olish: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.samsung.android.oneconnect
Yuqorida ko‘rsatilgan texnologiya hozircha Samsung Galaxy qurilmalarida ishlaydi. Lekin yaqin orada Google o‘z Android tizimida ushbu texnologiyani barcha uchun qo‘llashi mumkin. Shunda yo‘qolgan smartfonni topish imkoniyati yanada kengayadi, chunki xizmat faqat bitta kompaniya qurilmalariga bog‘liq bo‘lib qolmaydi.
Ushbu texnologiya haqida siz qanday fikrdasiz va Samsung Galaxy smartfonlarida sinab ko‘rganmisiz?
#ma’lumot

Yo‘qolgan smartfonni oflayn qidirish texnologiyasi