Yoqilg’ilar aynan qaysi jihati bilan atmosferaga zarar keltiradi ?

Yoqilg’ilar aynan qaysi jihati bilan atmosferaga zarar keltiradi ?
yoqilgilar aynan qaysi jihati bilan atmosferaga zarar keltiradi 65ca6ebfa3f0b

/ Avto Olam / От

DO`STLARGA ULASHING:

Yoqilg’ilar aynan qaysi jihati bilan atmosferaga zarar keltiradi ?

Bu ancha bahsli savol bo’lardi sababi kimlardir elektrni atmosferaga eng zararsiz energiya manbai deyishsa, yana kimlardir metan eng zararsizi deyishadi. Haqiqattan esa ularning har biri atmosferaga yetarlicha ta’sirga ega.

Benzin — Benzinda harakatlanadigan mashinalar o’zidan uglerod oksid (CO),karbonat angidrid(CO2), Azot oksidlari , mayda zararli zarrachalar (PM — particulate matter)
Dizel — Azot oksidlari (benzinnikidan ko’proq), CO2, PM
Suyultirilgan gaz(LPG) — bu turdagi gazlar benzin va dizel bilan solishtirganda kamroq zararli moddalar chiqaradi. Lekin u ham o’z navbatida CO2,PM tarqatadi
Siqilgan tabiiy gaz(CNG) — tepadagi barcha yoqilg’ilardan tozarog’i sanaladi va kamroq ifloslantiruvchi moddalar va issiqxona gazlarini chiqaradi. Lekin uning tarkibida ham C02,PM bor
Vodorod — bu gaz turi yonganda o’zidan suv bug’ini chiqargani uchun havoga zararsizdir. Ammo vodorod ishlab chiqarish ham energiya talab qiladigan jarayondir va uning ta’siri vodorod uchun ishlatiladigan manbaga bog’liq
Elektr — elektr haraktlanadigan mashinalar o’zidan hech narsa chiqarmaydi. Lekin bu elektrni olishning o’zi ko’mir yoki tabiiy gaz kabi qazib olinadigan yoqilg’idan ishlab chiqariladi, u havo ifloslanishiga va issiqxona gazlari emissiyasiga hissa qo’shishi mumkin.

P.S. Qisqacha aytganda ‘energiyaning saqlanish qonuni’da aytilganidek — energiya bordan yo’qolmaydi, yo’q joydan esa paydo bo’lib qolmaydi.

Avtomexanik_07

Yoqilg’ilar aynan qaysi jihati bilan atmosferaga zarar keltiradi ?